O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI
3.52K subscribers
6.86K photos
2.61K videos
9 files
5.81K links
Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi O'simliklar karantini va himoyasi agentligi rasmiy kanali

+99871 2028484
www.karantin.uz

FB: https://www.facebook.com/uzdavkarantin.rasmiy/?ref=pages_you_manage

Instagram: https://www.instagram.com/uzdavkarantin/
Download Telegram
Kiberxavfsizlikni ta'minlash bugunning talabi

🖊 “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida respublika miqyosida “Kiberxavfsizlikni ta’minlash oyligi” o‘tkazilmoqda.

Xususan, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligida “Vatan muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” shiori ostida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

‼️ Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – fuqarolarning kiberjinoyatlar qurboniga aylanishini oldini olish hamda kiberjinoyatlarga qarshi ogohlikni oshirishdan iborat.

🤳 Uchrashuv davomida xavfsiz ilovalar haqida ma’lumotlar berilib, shubhali dastur va platformalardan foydalanmaslik tavsiya etildi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Qovun yetishtirilayotgan maydonlarda un-shudring kasalligi

Kasallik tarqalishini oldini olish maqsadida O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislarining tavsiyasiga ko‘ra, 30-iyulga qadar erta va o'rta pishar qovun maydonlarida quyidagi qarshi kurash tadbirlarini o'tkazish tavsiya etiladi 👇

🍈 Qovun yetishitirsh va undan yuqori hosil olish uchun asosan agrotexnik tadbirlarni o'z vaqtida o‘tkazish, ekinni belgilangan muddatlarda ekish, urugʼlarni ekishdan oldin samarali urugʼdorilagichlar bilan ishlov berish va vegetatsiya davrida kasalliklarga qarshi fungitsidlarni qoʼllash yaxshi samara beradi.

🚻 Qovun dala maydonlarida barglarga kam tasir etuvchi kimyoviy vositalardan

🚩 Mankotseb gold 72% n.kuk. Simoksanil + mankotseb (cymoxanil+mancozeb)

🚩 Mankolaksil 72% n.kuk. Mankotseb + metalaksil M ( mancozeb + metalaxyl M)

🚩 Fundazol 50% n.kuk Benomil ( benomyl ) asosli kimyoviy vositalar bilan ishlov berish tavsiya etiladi.

🤳 Zarurat yuzaga kelganda qo'shimcha savollar bilan "Agroko'makchi" mobil ilovasi orqali O'simliklar karantini va himoyasi agentligi inspektorlariga murojaat qilishingiz mumkin!

📱Mobil ilovani “App Store” va “Play Market” platformalari orqali bepul yuklab olishingiz mumkin

#karantin_tavsiya

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlash yuzasidan birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boshlandi.

Tahlillar koʻrsatishicha, 2024-yilning birinchi olti oyida yalpi ichki mahsulot 6,4 foizga koʻpaydi, sanoat – 7,8 foizga, qurilish – 10,1 foizga, xizmatlar – 12,9 foizga, qishloq xoʻjaligi – 3,8 foizga oʻsdi.

Byudjet daromadlari ham 113 trillion soʻmga yetib, 14 foizga oʻsdi.

Umuman, yil boshidan buyon respublikada yaratilgan qoʻshilgan qiymat 567,4 trillion soʻmga yetdi. Bu – oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 94 trillion soʻmga koʻp.

Yil boshidan 3,5 milliard dollarlik 3 mingta loyiha ishga tushib, 76 mingta yuqori daromadli doimiy ish oʻrni yaratildi.

Tadbirkorlik uchun 82 trillion soʻm kredit va 15,5 trillion soʻm subsidiya berilib, 600 ming aholi biznesga jalb qilindi. Berilgan yengillik va imtiyozlar hisobiga tadbirkorlar ixtiyorida 56,3 trillion soʻm mablagʻ qoldi.

“Yashil” energetikadagi islohotlar natijasida hozirgacha ishga tushgan 2,4 gigavattli 10 ta quyosh va shamol elektr stansiyalari hisobiga birinchi yarim yillikda 1,6 milliard kilovatt “yashil" energiya olindi.

Bu yilgi byudjetda belgilangan tushum prognozini taʼminlash masalalari koʻrib chiqildi.

Mutasaddi rahbarlar ikkinchi yarim yillik uchun tushum soʻzsiz taʼminlanishi shartligi haqida ogohlantirildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 "Renessans TV" — Eksport ko'rsatkichlarini oshirishda Markaziy eksport shtabi faoliyati

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident raisligida iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlash yuzasidan birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi davom etmoqda.

Oʻtgan yili tadbirkorlarga 90 trillion soʻm bojxona va soliq imtiyozi, subsidiya va kompensatsiya taqdim etilgan.

Endilikda imtiyoz va subsidiyalar maqsadli koʻrsatkich bilan bir yilga berilishi, natijasiga qarab muddati choʻzib berilishi yoki umuman bekor qilinishi belgilandi.

Joriy yilda hududiy korxonalarda 164 trillion soʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi, oʻsish 8,6 foizni tashkil qildi.

Xususan, 87 ta tumanda hududiy sanoat oʻsishi respublika koʻrsatkichidan yuqori boʻldi. Lekin ayrim tumanlarda sanoat pasaygani, baʼzilarida deyarli oʻsmagani koʻrsatib oʻtildi.

Barcha vazirliklar va viloyat hokimliklarida Barqaror rivojlanish markazlarini tashkil qilish zarurligi qayd etildi.

Shuningdek, tannarxni kamaytirish, istiqbolli bozorlarga yoʻl ochish, hududlarda tadbirkorlar masalasini tez va shaffof hal qilishda 7 ta iqtisodiy tadqiqot markazlari va oliygohlari imkoniyatlaridan foydalanish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

Qurilish sohasi yarim yilda 10 foizga oʻsib, 80 trillion soʻmga yetdi. Shunday boʻlsa-da, xotirjamlikka berilmay, qurilishda tannarxni pasaytirish boʻyicha jiddiy shugʻullanadigan vaqt kelgani taʼkidlandi.

Jamoat transporti tizimidagi oʻzgarishlarni tizimli davom ettirish zarurligi taʼkidlandi.

Transport vazirligiga yil yakunigacha barcha viloyat markazlarida yoʻlovchi tashishni brutto-shartnoma asosida moliyalashtirishni joriy qilish topshirildi.

Prezident investitsiya va tashqi savdo, qishloq xoʻjaligi komplekslaridagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

Soʻnggi ikki yilda chetdan kelgan, biroq haligacha oʻrnatilmagan 183 million dollarlik uskunalarni toʻliq ishga tushirish zarurligi qayd etildi.

Investitsiya hisobiga tashkil etilgan ayrim korxonalar hozirda ishlamayotgani tanqid qilindi.
#huquqiy_targibot

🖊 Qonunchilikka koʻra, umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr energiyasini hisobga olish asbobiga, shu jumladan uning plombasiga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asbobining koʻrsatkichini oʻzgartirish maqsadida unga tashqaridan aralashish yoʻli bilan talon-toroj qilish oʻgʻrilik hisoblanadi.

➡️ Mazkur jinoyat uchun 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoʻllanilishi mumkin.

Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning oʻtgan davrida meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti 910 million dollarni tashkil qildi. Yil yakunigacha reja qilingan eksportni taʼminlash uchun birinchi galda qayta ishlangan meva-sabzavot eksportini keskin koʻpaytirish kerakligi koʻrsatib oʻtildi.

Hozirda saqlash, saralash va qayta ishlash quvvatlarini oshirish boʻyicha 9 trillion soʻmlik 382 ta loyiha boʻyicha ishlar boshlandi.

Bunday loyihalarni koʻpaytirish, yil yakunigacha jami quvvati 57 ming tonna boʻlgan 10 ta agrologistika markazi, 230 ming tonnalik sovutkichli omborxona qurish zarurligi qayd etildi.

Mutasaddilarga meva-sabzavotni saqlash sigʻimini 63 foizga yetkazish vazifasi qoʻyildi.

Prezident eksportni koʻpaytirish uchun yangi urugʻ navlarini oʻzimizda yaratishimiz kerakligini taʼkidladi.

Qishloq xoʻjaligi vazirligiga Xitoy va Turkiya tajribasi asosida qishloq xoʻjaligida urugʻchilik tizimini toʻliq qayta koʻrib chiqib, ekinlar gen bankini kengaytirish choralarini ishlab chiqish topshirildi. Ushbu ishlarga 24 million dollar mablagʻ yoʻnaltiriladi.

Bu borada yangi tizim joriy qilinib, unga koʻra hokimliklar sanoatlashgan bogʻlarni yaratish uchun buyurtma beradi, loyihalarini ishlab chiqib, tadbirkorlarga 30 yilga ijaraga beradi.

Sanoatlashgan bogʻlarni yaratish uchun Qishloq xoʻjaligi jamgʻarmasi orqali imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Mutasaddilarga 75 ming gektar samarasiz bogʻlar hamda 100 ming gektar past hosilli paxta, gʻalla va boshqa ekin yerlari oʻrnida sanoatlashgan bogʻ va tokzorlar barpo qilish boʻyicha uch yillik dastur ishlab chiqish topshirildi.
⚡️Eksportchi korxonalar uchun!

🚛 Transport logistika korxonalar roʻyxati, hududlar kesimida ma'lumot, telefon raqamlar

🔰 O'simliklar karantini va himoyasi agentligining Markaziy eksport shtabi masʼul xodimlarining telefon raqamlari

🏛 Oʻzbekiston Eksportchilari uyushmasi masʼul mutaxassislari telefon raqamlari taqdim etilmoqda

Tadbirkorlar savol, taklif, murojaatlari yuzasidan yuqorida keltirilgan masʼullar bilan bogʻlanishlari mumkin

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌱O'simliklar bizning hayotimizda qanchalik muhim o'rin tutadi? Zararli organizmlarchi? Bu haqda hech o'ylab ko'rganmisiz?

☘️ BMT Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) hamda Xalqaro o‘simliklar karantini va himoyasi Konvensiyasi (IPPC) tomonidan tayyorlangan mazkur videorolikda barchasi juda oddiy tushuntirilgan.

🍃 Qisqacha qilib aytganda, FAO jahon miqyosida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq xo'jaligini rivojlantirish va ochlikka qarshi kurashishni ilgari sursa, 🌱🌱 IPPC o'simlik kasalliklari va zararkunandalarni nazorat qilish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlashga o'z hissasini qo'shib kelmoqda.

🇺🇿O'zbekiston 2020-yilda Konvensiyaga a'zo bo'lib, Xalqaro tashkilotning talab, tavsiya va ko'rsatmalari O'simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan bosqichma-bosqich joriy etib kelinmoqda.

🔰 Agenlikning Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy hamkorlik faoliyatda fitosanitariya sohasini muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi Sulton-Mahmud Sultonov Xalqaro tashkilotning vitse-prezidenti lavozimiga tayinlangan.

E’tibor qaratishga loyiq videorolik! Farzandlaringizga ham ko'rsating, ular ham flora olamining ahamiyatidan xabardor bo'lsin!

P.S. Video o'zbek tilida subtitr bilan tayyorlangan

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

🖊 Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-936-son, 17.07.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

Yer kodeksiga hamda “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga koʻra, endilikda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining dala chetlaridagi kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlari 10 yilgacha boʻlgan muddatga ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin boʻladi.

📝 Shuningdek yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan mazkur yer uchastkalarida hamda bogʻlar va tokzorlarning qator oralariga maqbul ekinlar ekilishini yoki tut koʻchatlari oʻtqazilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

🔍Bundan tashqari Yer kodeksiga pillachilik va tutchilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklariga, agrosanoat klasterlariga va boshqa yuridik shaxslarga maydoni 10 gektargacha boʻlgan yer uchastkalari ajratilishi mumkinligi toʻgʻrisidagi qoʻshimcha kiritildi.

🖊 Ilgari bunday norma mavjud emas edi.

📁 Shuningdek, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchaga koʻra, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyalariga maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga doir vakolatlar berildi.

📌Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM