UzCombinator
8.56K subscribers
688 photos
66 videos
3 files
206 links
UzCombinator — O’zbekistondagi startaplarni tez o’stiruvchi akselerator 🚀

Asoschilarimiz nimalarga ega bo'lishadi?

- 45 kunlik intensiv dastur
- $1000 stipendiya
- $1.000.000 gacha investitsiya

3-mavsum uchun ochiq: https://uzcombinator.uz/apply
Download Telegram
🚀 UzCombinator 2-mavsum uchun qabul ochildi!

45 kunlik akseleratsion dasturda sizni nimalar kutmoqda?

O'tgan mavsumdagidek:
🏢 45 kun davomida qulay ofisdan foydalanish
🎓 Tajribali mentorlardan startup ilmini olish
💳 $1.000 stipendiya va kuniga 3 mahal bepul ovqat
💰 Demo Day'da $1.000.000 gacha investitsiya olish imkoniyati

Bu safar esa qo'shimcha ravishda:
🌟 Y Combinator mehmonlari tashrif buyurib, qabul qilingan 30 ta startup uchun maxsus darslar o'tkazadi
📈 45 kun davomida 5 ta tracker o'sishingizga yordam beradi
📚 Yangilangan metodika asosida mentorlik darslari bo'lib o'tadi.

Bu imkoniyatni qo'ldan boy bermang — arizangizni hoziroq topshiring! 👇

https://uzcombinator.uz/apply

⚡️ @uzcombinator
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2212🔥7👍4🎉2❤‍🔥1
UzCombinator 2-mavsumiga qabul qilinish uchun aynan nima kerak?

Ushbu videoda aynan shu savolga javob topasiz!

a16z scout'i Yasin Ehsan yangi videoda UzCombinator 2-mavsumi uchun qanday asoschilarni qidirayotganimizni aniq aytib berdi.

Bundan tashqari ushbu videoda Yasin Ehsan hozir dunyoda faol o'sayotgan 4 ta yo'nalishdagi startap g'oyalarini ham ulashdi.

Ushbu g'oyalar ustida ishlab, bozorda birinchi va yetakchi bo'lish imkoniyatiga ega bo'ling!

🎥 Videoni ko'ring va hoziroq o'z arizangizni topshiring: https://uzcombinator.uz/apply

⚡️ @uzcombinator
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14🔥7🎉5👍2
🇺🇿 Hurmatli Alisher Sa’dullayev Zafarovich!

🎉 Sizni tug’ilgan kuningiz bilan UzCombinator jamoasi chin dildan tabriklaydi!

Yoshlarga bo’lgan g’amxo’rligingiz, ularning orzu-intilishlarini qo’llab-quvvatlashdagi xizmatlaringiz biz uchun doimo ibrat bo’lib qoladi.

🇺🇿 Yoshlarimizning startap g’oyalari yangi cho’qqilarni zabt etib, mamlakatimiz kelajagini yanada yorqin qilishiga ishonamiz va bu yo’ldagi har bir qilgan tashabbusingiz uchun o’z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz!

Bu yo’ldagi ishlaringiz davomiyligi uchun sizga baxt, sog’liq va yangi muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!🧡

Hurmat bilan UzCombinator jamoasi!

⚡️ @uzcombinator
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3118🔥10❤‍🔥6😁4👍3
🚀 UzCombinator yangilik qilishdan to'xtamayapti!

Kecha UzCombinator ofisiga Adliya vazirligining Raqamlashtirish bo'yicha mas'ul rahbar xodimi — Anvar Abduvoxidovich Karimov tashrif buyurdilar.

Yangilik shundaki, endi UzCombinator va Adliya vazirligi o'rtasida hamkorlik o'rnatildi! 🤝

Bu hamkorlik doirasida yosh startaperlar uchun huquqiy qo'llab-quvvatlash va davlat organlari bilan tezkor muloqot imkoniyatlari yaratiladi.

Bu O'zbekistonda startap ekotizimini rivojlantirish yo'lidagi yana bir muhim qadam.

UzCombinator o'z founderlariga nafaqat moliyaviy va mentorlik qo'llab-quvvatlashini, balki davlat darajasidagi hamkorlikni ham ta'minlab bormoqda.

⚡️ @uzcombinator
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥157🎉5👍41❤‍🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
16🔥8😁5❤‍🔥22👍1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
14🔥10👍1🤩1
🔥 Bugun UzCombinator’da yana bir samarali kun bo'ldi!

"Ochiqchasiga Gaplashamiz" doirasida asoschilar o'z g'oyalarini taqdim etishdi, Idea va MVPlarni ko'rsatishdi va zal to'la savol-javoblar bilan davom etdi 💬

Har bir taqdimotdan keyin chuqur muhokamalar, foydali fikr-mulohazalar va yangi g'oyalar tug'ildi.

🚀 Va eng muhimi bugun biz yana yangi founderlarni kashf qildik! Ularning ishtiyoqi va g'oyalari bizni hayratda qoldirdi.

UzCombinatorning 2-mavsumiga qabul hali ham ochiq. Hoziroq ariza topshiring: https://uzcombinator.uz/apply

⚡️ @uzcombinator
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14🔥6❤‍🔥5😍3👍1
📌 KO'P BERILAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR

Keling bugun 2-mavsumga ariza topshirmoqchi bo'lgan obunachilarimizdan kelayotgan savollarga javob beramiz👇

Dastur online bo'ladimi?
• Yo'q, dastur 45 kun davomida Toshkent shahrida offline o'tkaziladi.

Qabul rasman ochilishidan oldin ariza topshirgandim, yana topshirishim kerakmi?
• Yo'q, agar avval topshirib bo'lgan bo'lsangiz, shuning o'zi yetarli.

Oilaviy topshirmoqchiydik, yoshim 40 da va farzandimning yoshi 13 da.
• Bo'ladi! Bizda yosh chegarasi yo'q, hattoki o'tgan mavsumda 12 yoshli ishtirokchimiz ham bo'lgan.

2-mavsum qanday bo'ladi?
• Bu haqida alohida postda UzCombinator'ning 45 kunlik akseleratsion dasturida nimalar bo'lishi va 2-mavsumdagi o'zgarishlar haqida to'liq ma'lumot berganmiz.

Javoblar qachon e'lon qilinadi?
• Javoblar shu yerda e'lon qilinadi. Shuning uchun kanalimizni "pin" qilib doimiy kuzatib turing!

⚡️ @uzcombinator
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
144🔥2❤‍🔥1
📅 Ariza topshirish jarayoni haqida savollaringiz ko'payib ketganini ko'rib turibmiz.

Va shuning uchun barchasini bir joyda, jonli muhitda hal qilishga qaror qildik.

Shu sababdan dushanba kuni soat 20:00 da Telegram kanalimizda ovozli chat (voice chat) tashkil qilyapmiz ⚡️

🎙Ovozli chat davomida siz:
— Barcha savollaringizga to'g'ridan-to'g'ri javob olasiz
— Ariza jarayonidagi noaniq nuqtalarni birga hal qilamiz
— 2-mavsum haqida qiziqtirgan har bir savollaringiz haqida ochiqchasiga gaplashamiz


Ovozli chat haqidagi ba'tafsil ma'lumot:
📅 Sana: 13-iyul, Dushanba
🕗 Vaqt: 20:00
📍 Manzil: UzCombinator Telegram kanali

Ovozli chatimizgacha barcha savollaringizni tayyorlab qo'ying 😊

⚡️ @uzcombinator
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15👍7🔥5
🎯 UzCombinator 2-mavsumda bizga qanday founderlar kerak?

Har bir muvaffaqiyatli kompaniya ortida to'g'ri asoschi turadi.

Biz ham shu tamoyillarga asosan 3 xil turdagi founderlarni qidiryapmiz 👇

1️⃣ Mahsulot quruvchi (Builder)

Yoshligidan dasturlash bilan shug'ullangan, haqiqiy mahsulot yaratgan, sun'iy intellekt vositalari bilan ishlay oladigan, foydalanuvchini yaxshi tushunadigan va boshlagan ishini oxirigacha yetkazadigan inson.

2️⃣ Biznes boshqaruvchisi (Operator)
Oldin biznes yuritgan, daromad va foyda qilish tajribasiga ega, jamoa va jarayonlarni boshqara oladigan va endi o'z tajribasini texnologik startap qurishda qo'llamoqchi bo'lgan inson.

3️⃣ Raqobatbardosh (Competitor)
Fan olimpiadalari, xalqaro musobaqalar yoki sportda yuqori natijalarga erishgan, kuchli raqobatda chiniqqan, intizomli va bosim ostida ham natija ko'rsata oladigan inson.

Agar siz ham shu turdagi founderlardan biri bo'lsangiz hoziroq 2-mavsumga ariza topshiring: https://uzcombinator.uz/apply

⚡️ @uzcombinator
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
21🔥6👍4😁2🎉2
Live stream started