UzCombinator
8.57K subscribers
684 photos
66 videos
3 files
203 links
UzCombinator — O’zbekistondagi startaplarni tez o’stiruvchi akselerator 🚀

Asoschilarimiz nimalarga ega bo'lishadi?

- 45 kunlik intensiv dastur
- $1000 stipendiya
- 3 maxal bepul ovqat
- $1.000.000 gacha investitsiya

3-mavsum uchun qabul tez orada...
Download Telegram
🚀 UzCombinator’da AloqaVentures partneri Davron Parmanov bilan “Startup Investment: Valuation, Due Diligence & Funding Rounds” sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda!

Founderlar valuation, due diligence va investitsiya raundlari bo‘yicha amaliy bilimlar olishmoqda.

⚡️ @uzcombinator
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1053
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
9🔥5❤‍🔥4
🚀 AloqaVentures Partneri Davron Parmonov UzCombinator'da

🔥Bugun asoschilarimiz uchun UzCombinator’da navbatdagi qizg‘in va foydali master-klass bo‘lib o‘tdi.

Mehmonimiz — tajribali mutaxassis Davron Parmonov startaplarni moliyalashtirish, investitsiya jalb qilish va investorlar bilan to‘g‘ri muloqot o‘rnatish sirlari bilan bo‘lishdilar⚡️

📌 Sessiyada davomida quyidagi 4 ta yo‘nalish bo'yicha muzokaralar olib borildi:

Valuation (Kompaniyani baholash): Startapning g‘oya va dastlabki bosqichdagi haqiqiy qiymatini qanday belgilash kerak? Bozor hajmi, jamoa va ilk ko‘rsatkichlar (traction) baholashga qanday ta'sir qiladi?

Due Diligence (Investorlar tekshiruvi): Investorlar pul tikishdan oldin startapning yuridik, moliyaviy va texnik holatini qanday audit qiladi? Bu jarayondan muammosiz o‘tish uchun qaysi hujjatlar tayyor bo‘lishi shart?

Funding Rounds (Rundlar ketma-ketligi): Pre-seed va Seed’dan boshlab Series A, B bosqichlarigacha bo‘lgan yo‘l. Har bir rundda kimdan va qancha investitsiya so‘raladi?

Investitsiyaga tayyorgarlik: Pitch deck tayyorlash, cap table’ni to‘g‘ri shakllantirish va investorlar oldida uchraydigan asosiy xatolardan qochish usullari.

#UzCombinator #StartupInvestment #AloqaBank #StartupsUzbekistan

Sizningcha, ilk bosqichdagi startap uchun eng qiyini qaysi biri: kompaniyani baholashmi yoki due diligence’dan o‘tish?

Fikrlaringizni izohlarda qoldiring!

⚡️ @uzcombinator
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍32❤‍🔥1
🚀 Bulutli texnologiyalar va sun’iy intellekt kelajagi sari!

🔥Kuni kecha Huawei Uzbekistan’ning Cloud Solutions bo‘limi va UzCombinator o‘rtasida juda muhim va samarali uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida startaplar va tashkilotlar uchun eng zamonaviy va masshtablanuvchan (scalable) infratuzilmalarni barpo etish imkoniyatlarini muhokama qildik⚡️

📌 Bundan tashqari quyidagi yo'nalishlarda muhim muzokaralar olib borildi:

- AI compute & Token xizmatlari: Sun’iy intellekt loyihalarini tezkor o‘qitish hamda token-based xizmatlarni qulay integratsiya qilish.

- Virtual Mashinalar va Serverless: Resurslarni samarali boshqarish, xarajatlarni optimallashtirish va tezkor quvvat ajratish.

- Resilient Infratuzilma: Katta miqdordagi foydalanuvchilar oqimiga va kutilmagan yuklamalarga chidamli tizimlar qurish.

Huawei Cloud taklif etayotgan ushbu texnologiyalar mahalliy startaplar va rivojlanayotgan loyihalarga xalqaro standartlar darajasida tezlashish imkonini beradi. Oldinda bizni ko‘plab texnik imkoniyatlar va yangi bosqichlar kutmoqda!

⚡️ @uzcombinator
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥102❤‍🔥21😍1
📅 Dushanba kungi kontent tavsiyasi!

Vaqtingizni bekorga sarflamay, haftani foydali va amaliy kontent bilan boshlang!

⚡️ UzCombinator 1-mavsum ishtirokchilaridan biri Azim Pulat o‘zining YouTube kanalida navbatdagi qiziqarli va foydali videosini joyladi 🚀

📌Ushbu videoda Azim Pulat ikkita ulkan karyera yo‘lining ijobiy va salbiy tomonlari, startap muhitidagi shaxsiy tajribalari va katta texnologik kompaniyalardagi imkoniyatlar haqida batafsil bo‘lishgan.

Startaperlar va IT sohasidagilar uchun tavsiya! Ushbu video ayniqsa, o‘z yo‘lini tanlashda ikkilanayotgan, shaxsiy loyihasini boshlash yoki yirik IT kompaniyalarda tajriba orttirishni maqsad qilganlar uchun ayni muddao 🎯

📱 Videoni tomosha qilish: https://youtu.be/fEmfeSraTGA
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1752🎉2
Asoschilarimiz uchun navbatdagi sessiyamiz bo’lib o’tmoqda 🔥

Bugungi spikerimiz kim ekanligi qiziqmi?

⚡️ @uzcombinator
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥9🔥6👍4🎉2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
73🔥2❤‍🔥1👍1
🔴 Alisher Tojiev bilan eksklyuziv sessiya bo’lib o’tdi!

Bugun asoschilarimiz uchun mahsulot boshqaruvi va uni rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi amaliy sessiya bo‘lib o‘tdi.

🎯 Mavzu: “Building Products People Love”

Bugungi uchrashuvda spikerimiz Alisher Tojiev startaplar uchun eng hayotiy tushunchalar bilan bo‘lishdi:

- Mijoz ehtiyoji: Shunchaki g‘oya emas, foydalanuvchining real og‘riqli nuqtasini topish va unga aniq yechim berish.

- Product-Market Fit: Mahsulotni bozordan o‘z o‘rnini topguniga qadar to‘g‘ri sinovdan o‘tkazish va iteratsiya qilish.

- Sodiqlik: Insonlar shunchaki bir marta sinab ko‘rmay, har kuni sevib foydalanadigan mahsulot arxitekturasini yaratish.

💡Asoschilarimiz o‘z loyihalaridagi muammolar va mahsulot strategiyasi bo‘yicha Alisher Tojievdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob hamda tavsiyalar olishdi.

#UzCombinator #LiveSession #ProductManagement #Startups #BuildingProducts

⚡️ @uzcombinator
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3❤‍🔥2🔥2🏆1
🎉 Bizda ajoyib yangilik — Portflemizdagi startaplar allaqachon investitsiya jalb qilishdi!

⚡️ UzCombinator 2-mavsum asoschilarimi allaqachon birinchi investitsiyalarni jalb qilishni boshlashdi. Ushbu yangilikning birinchi qahramoni — Abdulloh Masaidov!

Occlum startapi asoschisi Abdulloh Masaidov United Ventures fondidan $40,000 miqdorida investitsiya jalb qildi! 🚀

Bugungi kunda ko‘plab xodimlar va kompaniyalar Kundalik ishida AI vositalaridan (ChatGPT, Claude va h.k.) foydalanishmoqda. Ammo eng katta xavf — mahfiy va konfidentsial ma’lumotlar: moliya ko‘rsatkichlari, mijozlar ismi, ichki API kalitlarlarni neyrotarmog‘ga sizib chiqishidir.

Occlum — bu xodim va sun’iy intellekt (AI) o‘rtasidagi xavfsiz qalqon.

Occlum qanday ishlaydi?

Avtomatik shifrlash: So‘rov AI’ga yuborilishidan oldin kompaniyaning maxfiy ma’lumotlarini avtomatik yashiradi/shifrlaydi.
Natijani qaytarish: AI javob qaytargach, asl ma’lumotlarni qayta tiklab beradi.
To‘liq nazorat: Kompaniya o‘z ma’lumotlari xavfsizligini 100% nazorat qiladi va AI’dan havotirsiz foydalanishda davom etadi.


🥳 Abdulloh va uning jamoasini ushbu muhim bosqich bilan tabriklaymiz!

💡Siz hali ham qachon investitsiya olaman deb o'ylab o'tiribsizmi?

O'ylab o'tirgandan foyda yo'q, hoziroq UzCombinatorga ariza topshiring. Bizda 3-mavsum uchun arizalar ochiq! 🔥

⚡️ @uzcombinator
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
21👍108
🚀 19 yoshli founder bolalarga yaxshi odatlarni o‘rgatuvchi yangi ilova yaratdi!

Ota-ona sifatida har kuni "Tishingni yuvdingmi?", "Uyingni yig‘ishtir!", "Uy vazifangni qachon qilasan?" deb eslatishdan charchadingizmi? Bir-ikki kun hammasi yaxshi ketadi-yu, keyin yana o‘sha eski holat… Bolaning o‘zi xohlab bajaradigan tizim esa deyarli yo‘q.

⚡️ UzCombinator 2-mavsum ishtirokchisi 19 yoshli Abdullox aynan shu muammoga zamonaviy yechim siftida HabitKid ilovasini yaratdi!

HabitKid nima va u qanday ishlaydi?

📌HabitKid bu 5–10 yoshli bolalar uchun kundalik vazifalarni qiziqarli o‘yinga aylantiradigan mobil ilova bo'lib, ota-onalar va bolalar undan quyidagicha foydalanishadi:

Vazifa berish: Ota-ona bola bajarishi kerak bo‘lgan ishni belgilaydi.
Ota-ona ovozi: Vazifaga o‘z ovozingizda topshiriq va eslatmalarni qo‘shishingiz mumkin.
Coin yig‘ish: Bola vazifani qunt bilan bajarsa, coin’lar yutib oladi.
Mukofot: Yig‘ilgan coin’larni ota-ona belgilagan real mukofotlarga almashtiradi! 🎁

Farzandingizni majburlamasdan, o‘yin orqali foydali odatlarni shakllantirishni istasangiz, ilovani hoziroq sinab ko‘ring!

💡Siz hali ham qachon UzCombinatorga topshiraman deb o'ylab o'tiribsizmi?

O'ylab o'tirgandan foyda yo'q, hoziroq UzCombinatorga ariza topshiring. Bizda 3-mavsum uchun arizalar ochiq! 🔥

⚡️ @uzcombinator
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1164👍1🎉1