π—’π˜‡π—Όπ—±π—―π—²π—Έπ——π—²π˜ƒ
371 subscribers
136 photos
65 videos
76 files
117 links
Dasturlash | Kiberxavfsizlik | Shaxsiy blog
.............................................................................
Build Break Secure

@ozodbekdevv | @dasturchichoyxonasi
Download Telegram
instagramdownloaderbot.zip
8.1 KB
@TezTartBot bot kodi

Izoh:
πŸ‘‰Instagram tarmog'idan media fayllar yuklab beradi
πŸ‘‰3ta til( o'zbek, rus, qoraqalpoq)da ishlaydi
πŸ‘‰Texnologiya: PHP
πŸ‘‰RapidAPI saytidan API olib qo'yasiz


Manba: @uzcodingblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2πŸ”₯32πŸ‘1
Forwarded from Sariq Dev
2 ta haqiqat:
1. Oson va tez katta pul topishning yo'li yo'q.
2. Buning yo'lini topgan odam hech qachon sizga o'rgatmaydi, chunki o'ziga raqobatchi kerak emas.

Shu ikkisini va'da qilganlarni ko'rdingizmi, bilingki bu aniq firibgarlar.
Yana bir "red flag" bu hashamatni ko'z-ko'z qilish, "1 yil ishlab o'zimga uy oldim, mashina oldim".

Afsuski dasturlash, AyTi sohalarida ham shunday va'dalar bilan kurs sotayotganlarni ko'rayapmiz. 3 yil oldin o'quv markazida o'qib, mentor bo'lib yurganlar, bir dumalab 7+ yillik senior dasturchiga aylanib qolganini ham ko'rdik.

Bugun kun.uz da treyderlarga aldanganlarni ko'rib shular esimga tushdi. Treyding loxotron deb 1000 marta aytsak ham, qancha yoshlar shularga ergashib, qarzga botib ketdi.

Haqiqiy, kelajagi bor kasb o'rganmoqchimiz Data Science, Kiberxavfsizlik, Sun'iy intellekt, Dasturlashni o'rganing.
🏠 @uybozortopbot - Yana bir kichik telegram bot loyihasi [test rejimda]
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MobiUz aloqa operatori serverlarini ham buzishibdi

Agar xakerlar berayotgan maΚΌlumotlar toΚ»gΚ»ri boΚ»lsa, aloqa operatorining SMS gateway va billing tizimlari, mijozlar hamda xodimlarning shaxsiy hujjatlari, bir nechta yirik ma’lumotlar bazalari yomon bolalar qoΚ»liga tushibdi.

Men koΚ»rgan skrinshotlardan kelib chiqsak, ad.ums.uz va MobiUz ning toΚ»liq ichki arxitekturasi ularning qoΚ»lida boΚ»lishi mumkin. 2025-yil iyul oyi holatiga koβ€˜ra MobiUz abonentlari soni 8 milliondan oshgan.

Bu degani shuncha odam maΚΌlumotlari xavf ostida. Xabar toΚ»ldirilmoqda.

Surat: Spot.

@hisperspective
😁31
Oxirgi bir necha oyda Oβ€˜zbekistonda davlat va yirik onlayn servislar bilan bogβ€˜liq kiberhodisalar vaqti-vaqti bilan kop uchrab turibdi. Masalan, ayrim davlat portal va idoralar saytlarida turli hujumlar sabab vaqtincha ishlamay qolish holatlari, shuningdek ayrim resurslarda ruxsatsiz kirish urinishlari haqida rasmiy bayonotlarda xabarlar berilgan. Bu holatlar odatda tizimlar tiklanib, zaifliklar yopilgani bilan yakunlangan.

Aslida bu kutilmagan narsa emas β€” davlat xizmatlari onlayn koβ€˜paygani sari hujumlar ham koβ€˜payadi. Koβ€˜p platformalar tezroq ishga tushiriladi, keyin esa xavfsizlik qatlamlari bosqichma-bosqich kuchaytiriladi. Kiberxavfsizlik boβ€˜yicha mutaxassislar yetishmasligi ham ochiq muammo sifatida tez-tez tilga olinadi.

Qisqasi, β€œyana buzilibdi” degan xabarlar faqat shov-shuv emas β€” bu raqamlashtirishning tabiiy yon ta’siri. Yaxshi tomoni, har bir shunday hodisadan keyin auditlar oβ€˜tkazilib, tizimlar yangilanadi va himoya darajasi real ravishda oshadi. Ya’ni jarayon ogβ€˜riqli boβ€˜lsa ham, tizimlar asta-sekin mustahkamlanib boryapti


@uzcodingblog
πŸ’―3
πŸ‘¨β€πŸ’» Python yordamida istalgan rasmdan fonni bir necha soniya ichida olib tashlash!

πŸ“¦ OΚ»rnatish:
pip install rembg


Misol:

from rembg import remove

with open("input.jpg", "rb") as i:
input_data = i.read()
output_data = remove(input_data)
with open("output.png", "wb") as o:
o.write(output_data)

@uzcodingblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ramazon muborak πŸŒ™
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
25❀3
π—’π˜‡π—Όπ—±π—―π—²π—Έπ——π—²π˜ƒ
Gemini – Ozodbek
Gemini yangi modeli orqali generatsiya qilindi, ovoz tiniqligi va nutq yomon emas. Avvalgi modellardan ancha sifatli
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1πŸ”₯3❀1
Wine β€” Linuxda .exe dasturlarni ishga tushirish imkonini beruvchi kutubxona. U Windows tizimini toβ€˜liq oβ€˜rnatmasdan turib koβ€˜plab dastur va oβ€˜yinlarni ochishga yordam beradi

Afzalliklari:
β€’ Yengil va tez ishlaydi
β€’ Virtual mashina talab qilmaydi
β€’ Koβ€˜plab dasturlar bilan mos
Oβ€˜rnatish:
sudo apt update
sudo apt install wine

Ishga tushirish:
wine dastur.exe

@uzcodingblog
πŸ”₯4
#metroda
Buildroot – bu oβ€˜rnatiladigan qurilmalar (embedded systems) uchun minimal Linux tizimini yigβ€˜ishga moβ€˜ljallangan build tizim. Odatda monitorlar, routerlar, sanoat panellari va transport displeylarida ishlatiladi, ya’ni bu oddiy kompyuter emas β€” maxsus qurilma ichida ishlaydigan kichik Linux tizimi

@uzcodingblog
space.html
13 KB
ozodbekdev.uz/space website kodi

❗️Tashqi browserda oching, telegram da emas

@uzcodingblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5❀3
πŸ” Nishon: ozodbekdev.uz/ctf

Missiya: Tizim arxitekturasidagi mantiqiy zaiflikni ekspluatatsiya qilib, Boshqaruvchi profilidagi CTF{...} maxfiy kodini qo'lga kiritish Ro'yxatdan o'tganingizda tizim sizga avtomatik ravishda eng pas yani oxirgi darajani beradi siz esa TASHKILOT BOSHLIG'I malumotlariga kirishingiz kerak

🧭Zaiflik darajasi: oddiy

😈 Tizimni muvaffaqiyatli buzib kirganlar izohlarda skrinshot qoldirsin

#CyberLab
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
π—’π˜‡π—Όπ—±π—―π—²π—Έπ——π—²π˜ƒ
πŸ” Nishon: ozodbekdev.uz/ctf Missiya: Tizim arxitekturasidagi mantiqiy zaiflikni ekspluatatsiya qilib, Boshqaruvchi profilidagi CTF{...} maxfiy kodini qo'lga kiritish Ro'yxatdan o'tganingizda tizim sizga avtomatik ravishda eng pas yani oxirgi darajani beradi…
https://t.me/uzcodingblog/556?comment=5752
ZAIFLIK TOPILDI

Qanday ishladi?
Ro'yxatdan o'tganingizda URL manzilda ?id=101 kabi o'zingizning raqamingiz chiqdi. Siz raqamni shunchaki 1 ga o'zgartirdingiz va to'g'ridan-to'g'ri Admin profiliga kirib bordingiz.

Xato qayerda?
Sayt ma'lumot chiqarishdan oldin foydalanuvchini umuman tekshirmagan. Ya'ni, "Bu ma'lumotni so'rayotgan odam rostdan ham shu profil egasimi?" degan mantiqiy tekshiruv kodda yo'q edi. Server shunchaki ko'r-ko'rona ishonib, adminning sirini hammaga ochib berdi.
πŸ’ 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni

Yurtimizning muhtaram va aziz ayollari!


Sizlarni 8 mart β€” Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan tabriklayman
Mamlakatimiz taraqqiyoti, jamiyat ravnaqi va kelajak avlodni tarbiyalashda xotin-qizlarning oβ€˜rni beqiyosdir. Sizlar oβ€˜zingizning fidokorona mehnatingiz, yuksak mas’uliyatingiz va mehr-oqibatingiz bilan har bir sohada munosib hissa qoβ€˜shib kelmoqdasiz.
Shu fayzli bahor ayyomida sizlarga mustahkam sogβ€˜liq, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan yutuqlar tilayman!

@ozodbekdevv
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❀‍πŸ”₯4❀2πŸ’˜1