This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😁🎮 Har kuni Counter-Strike o‘ynab ham chempion bo‘lsa bo‘lar ekan
Muddatidan oldin chempionlikni qo’lga kiritgandan so’ng Javohir o‘z hayoti haqida qiziq gaplarni aytib o‘tdi:
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova

— “Balki endi shaxmat bilan yanada ko‘proq ishlashga harakat qilarman. Lekin hozirgacha hayotimni qanday o‘tkazganimdan juda mamnunman. Boshqalar kuniga 10 soat ishlagan paytda, men vaqtimni boshqacharoq o‘tkazardim…
Rostini aytsam, har kuni Counter-Strike o‘ynardim. 2019-yilda grossmeyster bo‘lganimda ham kuniga 3–4 soat shu o‘yinga ketardi.
Karantin davri menga juda katta ta’sir qilgan. O‘sha paytda o‘yindan charchab - endi jiddiy ishlash kerak deb o’ylagan edim.
Shundan keyin ancha qattiq ishlay boshladim va hayotim keskin o‘zgardi.”
🔖
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga
154 kun
qoldi
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁261🔥58❤49👍24🤣17 10⚡4😢1🏆1
Tur yakunlangach, yurtdoshimizning bugungi raqibi
— “Albatta, jadvalda yetakchilikka biroz yaqinroq bo‘lishni xohlardim. O‘yinlar yomon o‘tmadi, lekin ayrim vaziyatlarda ustunlikni oxirigacha olib bora olmadim.
Odatda bunday turnirlar oxirigacha teng kurash bilan o‘tadi, deb o‘ylaysan. Bu safar esa boshqacha bo‘ldi. Bir o‘yinchi ajralib chiqdi va hammaga qiyin bo‘ldi. Men ham turnirni yaxshi boshlay olmadim.
Ochig‘ini aytsam, mening ham yetarlicha imkoniyatlarim bo‘ldi. Lekin Javohirda ular ko‘proq edi."
Giri Sindarov haqida alohida to‘xtaldi:
— “Hozir u qanday yutishni juda yaxshi bilayotgandek. Balki undan nimanidir o‘rganishim ham kerakdir.
Bundan tashqari, u juda tez o‘ylaydi, variantlarni juda aniq hisoblaydi. Hujumda ham, himoyada ham juda ishonchli ko'rinadi. Hozirgi formasi bilan u eng kuchlilardan biri bo‘lib turibdi.”
Giri bu natijalarni hozirgi tayyorgarlik holati bilan bog‘ladi:
— “Aslida hammasi qanday formadaligingga bog‘liq. Agar boshqa kimdir, masalan🇺🇸 Fabiano Karuana yutganida ham xuddi shunday gaplar aytilardi.
Masalan,🇮🇳 Gukesh Dommaraju yutgan paytda ham uni eng kuchli deyishgandi. Hozir esa bu sifat Sindarov tomonda.”
Yosh avlod haqida esa u shunday dedi:
— “Hozirgi yoshlar juda jasurlik bilan o‘ynaydi. Masalan, men hatto eng yaxshi tayyorgarlik holatida bo'lganimda ham bunday turnirda bunchalik ko‘p g‘alaba qozonishim qiyin.
Shuning uchun ham, masalan, Gukesh bilan Sindarov o‘rtasidagi matchda hammasini aynan forma hal qiladi.”
🔖 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 153 kun qoldi
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥95❤40👍27 13🏆5😢1
UzChess
O'zbek shaxmatchisi endi jahon toji uchun o'ynaydi 🇺🇿 Javohir Sindarov Kiprda o'tkazilgan Nomzodlar turnirida muddatidan avval g'alaba qozondi. U eng yaqin ta'qibchisi bo'lmish Anish Giri bilan durang o'ynadi va jahon toji uchun o'ynash imkoniyatini muddatidan…
1 million ko'rishlar uchun 1 million so'm!
⚡ Biz ijodkorlar, montaj ustalari va video qilish qo'lidan keladigan barchani maxsus video-konkursga taklif etamiz!
Nima qilish kerak?
👉 Javohir Sindarovning Nomzodlar turniridagi ishtiroki, g‘alabalari yoki umuman uning faoliyati haqida qiziqarli video (Reels, Shorts) tayyorlang.
🎁Agar siz tayyorlagan video 1 000 000 yoki undan ko'proq ko'rilsa, biz sizga 1 000 000 so‘m pul mukofoti beramiz!
❗️ Instagram’da bizni belgilashni yoddan chiqarmang.
Mahoratingizni ko‘rsating va g‘olib bo‘ling!
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
Nima qilish kerak?
🎁Agar siz tayyorlagan video 1 000 000 yoki undan ko'proq ko'rilsa, biz sizga 1 000 000 so‘m pul mukofoti beramiz!
Mahoratingizni ko‘rsating va g‘olib bo‘ling!
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍58 31🔥12❤10👏1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍121🔥42❤31 21💯5😢4🏆4👏2🤩1🤣1🆒1
G’olib aniq. Ertaga endi Yan Nepomnyashiy aytganidek — rasmiyatchilik uchun final bahsi bo’lib o’tadi🙌🏻
🔖 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 153 kun qoldi
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍49❤30 9🔥5👏1
Open guruhida chempionlik allaqachon hal qilingan bo'lsa, ayollar turnirida ertaga QIZG'IN FINAL bo'lishi kutilmoqda.
Chempionlik kimga nasib etadi?
🔖 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 153 kun qoldi
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️The Guardian: Javohir Sindarov Nomzodlar turnirida zafar quchib, Shaxmat toji uchun kurashish huquqini qo‘lga kiritdi
Kiprda o‘tkazilayotgan Nomzodlar turniri yakuniga bir tur qolganida, 20 yoshli o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov muddatidan oldin g‘alabani naqd qildi. Endi u shu kuzda amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaraju bilan shaxmat toji uchun kurashadigan bo‘ldi.
Seshanba kuni bo‘lib o‘tgan 13-turda Sindarov niderlandiyalik Anish Giriga qarshi qora donalarda harakat qilib, 58-yurishda durangga erishdi. Natijada Javohir o‘z ochkolarini 9,5 taga yetkazib, eng yaqin ta’qibchisidan 2 ochko o‘zib ketdi.
— deydi Sindarov o‘yindan so‘ng.
Turnir jadvalidagi matematik imkoniyatlarini saqlab turgan Anish Giri bir kun avval xitoylik Vey Yi bilan o‘yinda g‘alabali vaziyatni qo‘ldan boy berib, farqni qisqartirish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan edi.
Sindarovning Peyia kurort shahridagi g'alabasi uning butun turnir davomidagi mag‘lubiyatsiz seriyasiga asoslandi: 13 ta o‘yindan 6 ta g‘alaba va 7 ta durang. Bunday barqarorlik Nomzodlar turniri kabi shafqatsiz turnirlarda kamdan-kam uchraydigan holat. U turnirni chorshanba kuni Vey Yiga qarshi oq donalarda o‘tkaziladigan (turnir taqdiriga ta'sir qilmaydigan) o‘yin bilan yakunlaydi.
Ushbu turnir "eski gvardiya" uchun o‘zini ko‘rsatishning so‘nggi imkoniyati sifatida qaralgan edi. Biroq amerikalik Fabiano Karuana va Hikaru Nakamura jiddiy qarshilik ko‘rsata olmadi. Bu esa dunyo shaxmat elitasida yosh avlodning hukmronligi boshlanganini yana bir bor isbotladi.
Eslatib o‘tamiz, Gukesh ikki yil avval Singapurda xitoylik Ding Lirenni taxtdan tushirib, tarixdagi eng yosh jahon chempioniga aylangan edi. Shu tariqa u 1985-yilda Anatoliy Karpovni mag‘lub etgan 22 yoshli Garri Kasparovning rekordini yangilagan edi.
O‘shanda shaxmat toji uchun kurashlarning 138 yillik tarixida ilk bor Osiyoning ikki vakili to‘qnash kelgan bo‘lsa, endi bu ketma-ket ikkinchi marta sodir bo‘ladi. Noyabr oyiga belgilangan bahsda har ikki shaxmatchi ham 21 yoshga to‘lmagan bo‘ladi (Gukesh Sindarovdan deyarli olti oyga yoshroq).
Magnus Karlsen deyarli 15 yillik peshqadamlikdan so‘ng motivatsiya yo‘qligi sababli tojdan voz kechgach, Ding Liren Yan Nepomnyashiyni mag‘lub etib chempion bo‘lgan edi. Sindarov va uning tengdoshlari natijalari Karlsenning qaytishi haqidagi gap-so‘zlarni jonlantirsa-da, Magnusning o‘zi qaytish niyati yo‘qligini takrorlab kelmoqda.
— deydi Sindarov Gukesh haqida.
Bu g‘alaba Sindarov uchun ajoyib yilning mantiqiy cho‘qqisi bo‘ldi. U o‘tgan yili FIDE Jahon kubogidagi muvaffaqiyatidan so‘ng dunyo reytingida 11-o‘ringa ko‘tarilgan. Aksincha, Gukeshning oxirgi natijalari biroz pastlagan: mart oyida Pragadagi turnirda u 9 o‘yindan faqat bittasida g‘alaba qozonib, oxirgi o‘rinlardan birini egallagan edi.
— deb yozdi Gukesh o‘tgan oy Instagram sahifasida.
Sindarov turnir g‘olibi sifatida 700 000 yevrolik mukofot jamg‘armasidan 70 000 yevro ($82,582) va to‘plagan har bir yarim ochkosi uchun qo‘shimcha 5 000 yevro mukofot oladi. Shaxmat olamidagi eng nufuzli unvon uchun kurashishini his qilyaptimi degan savolga Javohir shunday javob berdi:
14 ta o‘yindan iborat bo‘ladigan jahon chempionati bahsi qachon va qaysi shaharda o‘tkazilishi hozircha tasdiqlanmagan.
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
Kiprda o‘tkazilayotgan Nomzodlar turniri yakuniga bir tur qolganida, 20 yoshli o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov muddatidan oldin g‘alabani naqd qildi. Endi u shu kuzda amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaraju bilan shaxmat toji uchun kurashadigan bo‘ldi.
Seshanba kuni bo‘lib o‘tgan 13-turda Sindarov niderlandiyalik Anish Giriga qarshi qora donalarda harakat qilib, 58-yurishda durangga erishdi. Natijada Javohir o‘z ochkolarini 9,5 taga yetkazib, eng yaqin ta’qibchisidan 2 ochko o‘zib ketdi.
"U farzinlarni almashgandan so‘ng [20.Qxa6], o‘zimda hech qanday bosimni his qilmadim,"
— deydi Sindarov o‘yindan so‘ng.
Turnir jadvalidagi matematik imkoniyatlarini saqlab turgan Anish Giri bir kun avval xitoylik Vey Yi bilan o‘yinda g‘alabali vaziyatni qo‘ldan boy berib, farqni qisqartirish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan edi.
Sindarovning Peyia kurort shahridagi g'alabasi uning butun turnir davomidagi mag‘lubiyatsiz seriyasiga asoslandi: 13 ta o‘yindan 6 ta g‘alaba va 7 ta durang. Bunday barqarorlik Nomzodlar turniri kabi shafqatsiz turnirlarda kamdan-kam uchraydigan holat. U turnirni chorshanba kuni Vey Yiga qarshi oq donalarda o‘tkaziladigan (turnir taqdiriga ta'sir qilmaydigan) o‘yin bilan yakunlaydi.
Ushbu turnir "eski gvardiya" uchun o‘zini ko‘rsatishning so‘nggi imkoniyati sifatida qaralgan edi. Biroq amerikalik Fabiano Karuana va Hikaru Nakamura jiddiy qarshilik ko‘rsata olmadi. Bu esa dunyo shaxmat elitasida yosh avlodning hukmronligi boshlanganini yana bir bor isbotladi.
Eslatib o‘tamiz, Gukesh ikki yil avval Singapurda xitoylik Ding Lirenni taxtdan tushirib, tarixdagi eng yosh jahon chempioniga aylangan edi. Shu tariqa u 1985-yilda Anatoliy Karpovni mag‘lub etgan 22 yoshli Garri Kasparovning rekordini yangilagan edi.
O‘shanda shaxmat toji uchun kurashlarning 138 yillik tarixida ilk bor Osiyoning ikki vakili to‘qnash kelgan bo‘lsa, endi bu ketma-ket ikkinchi marta sodir bo‘ladi. Noyabr oyiga belgilangan bahsda har ikki shaxmatchi ham 21 yoshga to‘lmagan bo‘ladi (Gukesh Sindarovdan deyarli olti oyga yoshroq).
Magnus Karlsen deyarli 15 yillik peshqadamlikdan so‘ng motivatsiya yo‘qligi sababli tojdan voz kechgach, Ding Liren Yan Nepomnyashiyni mag‘lub etib chempion bo‘lgan edi. Sindarov va uning tengdoshlari natijalari Karlsenning qaytishi haqidagi gap-so‘zlarni jonlantirsa-da, Magnusning o‘zi qaytish niyati yo‘qligini takrorlab kelmoqda.
"U tarixdagi eng yosh chempion va dunyoning eng kuchli o‘yinchilaridan biri. Unda juda kuchli mahorat bor, bahsimiz juda qiziqarli o‘tadi. Uning jamoasi ham kuchli. Unga omad tilayman."
— deydi Sindarov Gukesh haqida.
Bu g‘alaba Sindarov uchun ajoyib yilning mantiqiy cho‘qqisi bo‘ldi. U o‘tgan yili FIDE Jahon kubogidagi muvaffaqiyatidan so‘ng dunyo reytingida 11-o‘ringa ko‘tarilgan. Aksincha, Gukeshning oxirgi natijalari biroz pastlagan: mart oyida Pragadagi turnirda u 9 o‘yindan faqat bittasida g‘alaba qozonib, oxirgi o‘rinlardan birini egallagan edi.
"Oxirgi musobaqalardagi chiqishim nafaqat o‘zimni, balki meni qo‘llab-quvvatlayotgan barchani xafa qildi,"
— deb yozdi Gukesh o‘tgan oy Instagram sahifasida.
Sindarov turnir g‘olibi sifatida 700 000 yevrolik mukofot jamg‘armasidan 70 000 yevro ($82,582) va to‘plagan har bir yarim ochkosi uchun qo‘shimcha 5 000 yevro mukofot oladi. Shaxmat olamidagi eng nufuzli unvon uchun kurashishini his qilyaptimi degan savolga Javohir shunday javob berdi:
"Agar bu savolni bir yil oldin berganingizda, bunga hech qachon ishonmagan bo‘lardim. Ammo so‘nggi bir yil ichida men o‘z shaxmatimni haqiqatda rivojlantirdim. Mahoratimdan mamnunman va yanada yaxshiroq o‘ynashga harakat qilaman."
14 ta o‘yindan iborat bo‘ladigan jahon chempionati bahsi qachon va qaysi shaharda o‘tkazilishi hozircha tasdiqlanmagan.
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
Nomzodlar turnirida muddatidan oldin g‘alabani ta’minlagan Javohir Sindarov intervyuda o‘z his-tuyg‘ulari va rejalari bilan bo‘lishdi.
— “Juda xursandman. Turnir hali tugamadi, lekin oldindan yutib qo‘yganimdan xursandman. Agar bugun yutqazganimda, kun juda og‘ir o‘tardi. Yaxshi o‘ynadim.
Kecha oilaviy chatda billboard rasmini yuborishganda hayron qoldim. Butun O‘zbekiston turnirni kuzatayotganini his qildim. Har turda qo‘llab-quvvatlashni sezdim. Buning uchun hammaga rahmat.”
Jamoasi haqida shunday dedi:
— “Menda uchta sekundant bor. Bittasi shu yerda edi, qolganlari onlayn yordam berdi. Roman Vidonyak bilan ko‘proq ko‘nikmalar va psixologiya ustida ishlaymiz. Jamoamiz juda zo‘r.
Hozircha hammani ochiqlamayman, chunki oldinda match ham bor.”
Turnir davomida bosim bo'lganini ham yashirmadi:
— “Yaxshi pozitsiyada bo‘lsam, ko‘p yuraman. Bu odat bo'lib qolgan. Lekin ayrim partiyalar juda og‘ir bo‘ldi, ayniqsa🇺🇸 Fabiano Karuanaga qarshi va birinchi tur. Birinchi turda omad ham rol o‘ynadi va bu butun turnirni o‘zgartirdi.Bunday turnirni yutish uchun biroz omad ham kerak.”
Sevimli partiyalari haqida bunday javob berdi:
— “🇮🇳 Praggga qarshi ikkala partiya ham yoqdi. Lekin🇺🇸 Fabiano Karuanaga qarshi partiya alohida yoqdi. Men odatda shunaqa o‘yinlarni afzal ko‘raman.”
Tayyorgarlik haqida ham to'xtalib o'tdi:
— “Bu turnir oldidan debyutlar ustida ko‘proq ishladim. Jamoamiz bilan ko‘p tayyorlandik. Bundan tashqari murabbiyim bilan umumiy o‘yin darajam ustida ham ishladik.
Va eng muhim maqsad:
— “Bugun eng avvalo oilamga qo‘ng‘iroq qilaman. Bu lahzani ular bilan bo‘lishishni xohlayman.
Keyingi vazifam esa jahon chempionligi uchun matchda maksimal darajada yaxshi o‘ynash.”
🔖 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 153 kun qoldi
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍74❤42🔥14 14❤🔥1👏1
UzChess
Ushbu jamoa a'zolaridan ustozi Roman Vidonyak va do‘sti, sekundanti GM Muhiddin Madaminov turnir davomida doimo chempionimiz yonida bo‘lib, uni qo‘llab-quvvatlab kelishdi.
Ularning mehnati, tayyorgarligi va ishonchi bugungi muvaffaqiyatda muhim omillardan biri bo‘ldi.
🎥 Shu o‘rinda turnir avvalida Roman Vidonyak bilan olgan suhbatimizni YouTube’da tomosha qilishingiz mumkin.
🎧 Intervyuni 3 tilda tomosha qilishingiz mumkin.Kerakli audioni YouTube pleyeri sozlamalaridan tanlang.
🔖 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 153 kun qoldi
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤🔥53🔥27❤18😁13👍11🏆10 4👏1🎉1🤣1
YouTube’da tomosha qiling
🔖 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 153 kun qoldi
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆81👍21❤17🤣15😁9 5🔥1👏1😢1🤝1
🧩 Ikki yurishda motni toping
📌 Yurish oqlardan
#Boshqotirma
❗️ Yanada ko'proq boshqotirmalar — UzchessApp'da
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
📌 Yurish oqlardan
#Boshqotirma
🔖 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 153 kun qoldi
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤17 9🔥1👏1
Nomzodlar turniri 2026’ning hal qiluvchi turi esa bugun soat 17:45'da boshlanadi!
🔖 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 153 kun qoldi
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍47 26❤12🔥5👏1🤩1
Nomzodlar Turniri FINAL bahslari uchun juftliklar
Natijalar qanday bo'ladi?
🟥 Jonli efir 17:45'da boshlanadi.
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
Natijalar qanday bo'ladi?
🔖 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 153 kun qoldi
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42❤15👏6🔥5 5💯1
Ayollar Nomzodlar Turniri FINAL bahslari uchun juftliklar
🟥 Jonli efir 17:45'da boshlanadi.
Chempionlik kimga nasib etadi?
Open guruhda chempionlik allaqachon hal qilingani tufayli - konkursimizni ayollar turniri bo'yicha o'tkazishga qaror qildik.
Har bir o‘yinning aniq hisobini kommentda yozib qoldiring👇
Masalan:
Divya– Bibisara 0-1
Vaishali – Lagno 0.5-0.5
🎁 Barcha natijalarni birinchi bo'lib to‘g‘ri topgan ishtirokchi premium obunaga ega bo‘ladi!
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
Chempionlik kimga nasib etadi?
Open guruhda chempionlik allaqachon hal qilingani tufayli - konkursimizni ayollar turniri bo'yicha o'tkazishga qaror qildik.
Har bir o‘yinning aniq hisobini kommentda yozib qoldiring👇
Masalan:
Divya– Bibisara 0-1
Vaishali – Lagno 0.5-0.5
Muhim: javoblarni misolda keltirilgandek — ishtirokchilarning ism yoki familiyasi bilan yozib,qoldiring. Aks holda javoblar hisobga olinmaydi.
🔖 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 153 kun qoldi
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤38 15👍6🏆5👏2🔥1💔1🤝1
— “Bu hali eng katta natija emas. Biz rejamizdagi to‘rt bosqichdan ikkinchisinigina yakunladik.
Birinchisi Nomzodlar turniriga chiqish edi. Ikkinchisi esa uni yutish. Buni uddaladik. Endi navbat uchinchi bosqichga — jahon chempionligi uchun matchga.
Eng qiyini esa to‘rtinchi bosqich bo‘ladi: 2800 darajasiga chiqib, turnirlarda doimiy ustunlik qilish. Buni o‘z vaqtida Garry Kasparov va Magnus Karlsen qilgan.”
Vidonyakning aytishicha, bu darajaga chiqish uchun vaqt kerak:
— “Buning uchun kamida ikki yil jiddiy ishlashimiz kerak bo‘ladi. Ular (Kasparov va Karlsen) bu yoshda allaqachon tayyor edi, biz esa hali ham ustimizda ishlayapmiz.”
U tayyorgarlik jarayoniga ham to‘xtaldi:
— “Bir yil ichida to‘qqizta yig‘in o‘tkazdik. Ular asosan Myunxenda bo'lib, har biri 10–14 kun davom etadi.”
Shuningdek, biz odatda kompyutersiz, shaxmat taxtasi oldida ishlaymiz. Turli mavzular bo‘yicha tizimli tarzda men tuzgan 40 mingga yaqin mashqlarni bajaramiz. Maqsad o‘yinchining fikrlashini rivojlantirish,”
— deya tushuntirdi Vidonyak.
FINAL bahslari soat 17:45'da boshlanadi!
🔖 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 153 kun qoldi
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤84👏37 23🔥7👍5🆒2💔1
Terma jamoamizning iqtidorli va mehnatkash a’zosi — Umida Omonova endilikda RASMAN ayollar o‘rtasidagi xalqaro grossmeyster (WGM) unvoniga sazovor bo‘ldi!
🥳 Umidani ushbu yutuq bilan chin dildan tabriklaymiz! Kelajakda yanada yorqin g‘alabalar tilaymiz!
🔖 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 153 kun qoldi
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥83 26 22❤14👍9❤🔥4👏4🆒4🏆3😁2🤝2