Savdo-sanoat palatasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi
2.75K subscribers
5K photos
614 videos
50 files
2.28K links
Savdo-sanoat palatasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi rasmiy Telegram kanali
https://www.facebook.com/uzchamber.sd/
https://instagram.com/uzchamber_sd/
Download Telegram
Biznes sayohatda yoshlar

Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi, “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi viloyat filiali, Termiz shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida shahardagi 20-sonli umumta’lim maktabining tadbirkorlikka qiziquvchi o‘quvchilari ishtirokida “ZIF TEKSTIL” MCHJ hamda viloyat Hunarmandlar uyushmasiga “Biznes sayohat” tashkil etildi. Sayohat davomida ishlab chiqaruvchilik, tadbirkorlikka, tikuvchilikka qiziquvchi yoshlar ish jarayoni bilan yaqindan tanishtirilib, ishlash istagida bo‘lganlar ishga taklif qilindi.

Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi Axborot xizmati

t.me/uzchamber_sd/ facebook.com/uzchamber.sd/ sd.chamber.uz
1.pdf
2.4 MB
"Surxon tongi" gazetasi biz haqimizda

Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi, “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi viloyat filiali, Termiz shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida shahardagi 20-sonli umumta’lim maktabining tadbirkorlikka qiziquvchi o‘quvchilari ishtirokida “ZIF TEKSTIL” MCHJ hamda viloyat Hunarmandlar uyushmasiga “Biznes sayohat” tashkil etilgani yuzasidan maqola chop etildi.

Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi Axborot xizmati

t.me/uzchamber_sd/ facebook.com/uzchamber.sd/ sd.chamber.uz
❗️Bugundan uy-joy olish uchun subsidiyaga arizalar qabul qilish boshlandi

📋 Prezident Farmoniga muvofiq, dastur doirasida subsidiyalar to‘lashning amaldagi tartibiga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi:

subsidiyalar ajratish yuzasidan arizalar tasdiqlangan parametrlar doirasida 2024-yil 15-maydan 1-noyabrga qadar qabul qilinadi;

2024-yilgi dastur doirasida ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – 12 foizdan oshgan qismiga, 2025-yil va undan keyingi yillar dasturlari doirasidagi kreditlar bo‘yicha esa – Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshgan qismiga to‘lanadi;

birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar2024-yilgi dasturdan boshlab qat’iy belgilangan 30 million so‘m miqdorida to‘lanadi.

✔️ Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun my.gov.uz portali orqali elektron tarzda ariza yuborish mumkin.

❗️ Murojaatchi my.gov.uz portalining «Mening arizalarim» bo‘limiga kelib tushgan ijobiy xabarnomadan so‘ng javobda ko‘rsatilgan uy-joyning yuqori qiymatidan oshmagan qiymatdagi uy-joyni ipoteka krediti orqali sotib olish yuzasidan qurilish (pudrat) tashkiloti bilan shartnoma tuzadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari boshchiligida tadbirkorlar hamda tuman hokimlaridan iborat vohamiz delegatsiyasi Qozon shahrida o‘tkaziladigan “Rossiya – Islom dunyoci 2024: Kazanforum” 15-xalqaro iqtisodiy forumida ishtirok etish uchun Tataristonga yetib borishdi.

Tashrifning birinchi kunida delegatsiya a’zolari xalqaro savdo yarmarkalari, Kazan Halal Market ochilishi tadbirlarida ishtirok etishdi. Tadbir doirasida viloyat hokimining o‘rinbosari Sherali Jo‘rayev Tatariston Respublikasi sanoat va savdo vaziri Oleg Korobchenko bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralarda o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, tashriflar davomida erishilgan loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, delegatsiyamiz Qozon shahrida ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishib, tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazishdi.

Tatariston Respublikasiga tashrif davom etmoqda.

#Surxondaryo #Tatariston #Forum

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Tadbirkorga Savdo-sanoat palatasi madadkor!

Tadbirkorlikni boshlamoqchisiz, lekin qanday hujjatlar talab qilinishini bilmayapsizmi?

Tadbirkorlikni ochdingiz, hujjatlarni rasmiylashtirishda muammolar va vaqt yetishmovchiligi bormi?

Tadbirkorlik bilan shug‘ullanyapsiz, lekin soliq organi sizga qo‘ng‘iroq qilib hisobotlar topshirishingizni so‘rashyaptimi?

O‘tgan oy qancha soliq to‘laganingizdan xabaringiz yo‘qmi?

Biznes reja tuzishda sizga yordam kerakmi?

Bu kabi xizmatlarda sizga Savdo-sanoat palatasi mutaxassislari yordam beradi.
 
Eslatib o‘tamiz viloyatimizning barcha tumanlar DXM markazlarida palata xodimlari faoliyat olib bormoqda. Murojaat qiling va Palata ko'magidan bahramand bo'ling.

Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi Axborot xizmati

t.me/uzchamber_sd/ facebook.com/uzchamber.sd/ sd.chamber.uz
“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi

Qaror bilan “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida quyidagilarga ruxsat berildi:

markaz hududida faoliyat yurituvchi subyektlarda Afg‘oniston va chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni tasdiqnoma olmasdan mehnat shartnomasi asosida ishlashiga;

ulgurji va chakana savdo uchun to‘lov sifatida AQSh dollari, yevro, Rossiya rubli va yuan valyutalarini qabul qilishga;

Afg‘oniston va Pokiston fuqarolariga savdo do‘konlari, xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan bino va inshootlarni ijaraga olish, istisno tariqasida mulk huquqi bilan sotib olishga.

Shuningdek, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning kirish vizasini rasmiylashtirmasdan, chegara va bojxona nazoratidan o‘tgan holda maxsus yo‘lak orqali kirishi (chiqishi) hamda o‘n besh muddatgacha markaz hududida bo‘lishi tartibi joriy etiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
⚡️ Surxondaryolik bitiruvchi yoshlar diqqatiga

Siz aziz yoshlarimiz bilan uchrashish maqsadida yurtimizning taniqli tadbirkorlaridan biri, Millat Umidi universiteti va boshqa ko‘plab loyihalar asoschisi Umidjon Ishmuhammedov vohamizga tashrif buyurmoqda.

Uchrashuvda taniqli tadbirkor va innovatsion loyihalar asoschisi surxondaryolik yoshlarga "To'g'ri maqsad qo'yish" mavzusida maslahat va tavsiyalarini beradi.

📍 Manzil: Termiz shahri “Yoshlar markazi” binosi.

📆 Boshlanish vaqti: 2024-yil 20-may kuni, soat 10:00.

❗️Eng yaxshilardan o‘rganish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Intellektual mulk markazi tomonidan o'tkaziladigan sayyor qabulga taklif etamiz!

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2023-yil 27-dekabrdagi buyrug'iga asosan, Intellektual mulk obyektlarini yaratish va ulardan foydalanishni keng targ'ib qilish maqsadida Intellektual mulk markazi mas'ullari ishtirokida joriy yilning 23-may kuni 9:00da Surxondaryo viloyat Adliya boshqarmasida sayyor qabul o'tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur sayyor qabulda o'z intellektual mulkiga muhofaza hujjatini olishda qiynalayotgan tadbirkorlik subyektlari ishtirok etishi mumkin.

Mazkur sayyor qabulda ishtirok etishni istaysizmi?

Demak, shoshiling!

Hoziroq Savdo-sanoat palatasining Surxondaryo viloyati hududi boshqarmasiga murojaat qiling!
Biz sizga yordam berishdan mamnunmiz!

Murojaat uchun: 94-165-27-21

Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi Axborot xizmati

t.me/uzchamber_sd/ facebook.com/uzchamber.sd/ sd.chamber.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirkorlik faoliyati qo’llab-quvvatlanmoqda

Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi Axborot xizmati

t.me/uzchamber_sd/ facebook.com/uzchamber.sd/ sd.chamber.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF 193-son Farmoniga ko‘ra "Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi" AJga yangi vakolatlar taqdim etildi.

💠 Bu haqida O‘zbekiston 24 telekanalining "Axborot 24" yangiliklar sahifasida ma‘lum qilindi.

Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi Axborot xizmati

t.me/uzchamber_sd/ facebook.com/uzchamber.sd/ sd.chamber.uz