Savdo-sanoat palatasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi
742 subscribers
5.5K photos
690 videos
58 files
2.56K links
Savdo-sanoat palatasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi rasmiy Telegram kanali
https://www.facebook.com/uzchamber.sd/
https://instagram.com/uzchamber_sd/
Download Telegram
Termiz shahrida “Termiz-Urumchi savdo uyi” ochildi

Savdo uyi ikki hudud o‘rtasida o‘rnatilgan hamkorlik aloqalarining uzviy davomi bo‘lib, bu yerda Xitoyda ishlab chiqarilgan jihoz va uskunlarni keltirish, mutaxassislarni jalb qilib, o‘rnatish va ishlatish, shuningdek, logistika va transport xizmatlaridan foydalanishda ko‘maklashish kabi tadbirlar amalga oshiriladi.

Bu esa vohalik tadbirkorlarga bir qancha qulayliklarni yaratadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil aprel oyida Urumchi shahrida “Surxondaryo-Urumchi” savdo uyi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan edi.

Tadbirkorlar Termiz shahridagi savdo uyi bilan quyidagi aloqa kanallari orqali bog‘lanishlari mumkin:

Telegram:
+99850-507-10-30
Wechat: 13899804019

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Issiqko'l" biznes-forumga chorlaydi

Joriy yilning 27-iyun kuni Qirg'izistonning “Issiqko'l” ko'li yonbag'rida Turkiy davlatlari Savdo-sanoat palatalari ittifoqining biznes-forumi o'tkazilishi
rejalashtirilgan.

Mazkur biznes-forumda ishtirok etishni istaysizmi?

Demak, shoshiling!

Hoziroq Savdo-sanoat palatasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasiga murojaat qiling!
Biz sizga yordam berishdan mamnunmiz!

Murojaat uchun: 94-165-27-21

Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi Axborot xizmati

t.me/uzchamber_sd/ facebook.com/uzchamber.sd/ sd.chamber.uz
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Surxondaryo va Novosibirsk o‘rtasida hududlararo hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilish maqsadida Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk viloyati gubernatori Andrey Travnikov bilan videokonfrensaloqa shaklida onlayn muloqot o‘tkazdi. Unda ikki viloyat hududlari rahbarlari ham ishtirok etdi.

Muzokaralar davomida hududlar ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, yetkazib berish, tog‘-kon, yengil sanoat, ta’lim, sog‘liqni saqlash kabi o‘ndan ortiq yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish imkoniyatlari mavjudligi ta’kidlandi.

Muloqot yakunida mutasaddi vakillar va malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda qo‘shma dastur va yo‘l xaritalarini ishlab chiqish hamda yangi loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi Axborot xizmati.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:

Telegram | Facebook | Instagram | Twitter
Eksportyor korxonalar faoliyati o'rganilmoqda

O'zbekiston Savdo-Sanoat palatasi tadbirkorlik subyektlarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish bilan bir qatorda ishbilarmon doira vakillarining tashqi iqtisodiy faoliyatiga ko'maklashish hamda eksportyor korxonalariga ko'maklashishga doim tayyor.

Ayni shu maqsadda Savdo-Sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi mas'ullari hamda shahar va tuman bo'limlarida faoliyat yuritayotgan xodimlar viloyatimizda mavjud eksportyor korxonalar faoliyati, taklif va tashabbuslari, murojaatlarini joyiga chiqqan holda o'rganishmoqda.

Xususan, "South Shingdon Group" MCHJ, "Surxon Keramiks", "Sherobod textil invest" korxonalari faoliyati bilan tanishilib, tadbirkorlarning murojaatlari tinglanib, ko'tarilgan masalalarni hal etish choralari ko'rilayotir.

Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi Axborot xizmati

t.me/uzchamber_sd/ facebook.com/uzchamber.sd/ sd.chamber.uz
Forwarded from Savdo-sanoat palatasi
2023-yil 18-avgust kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida tadbirkorlarga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish va ularni rag‘batlantirish maqsadida Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi joriy etish vazifasi belgilangan.

Хo'sh, barqarorlik reytingi joriy qilingandan so'ng nimalar o'zgardi

📈 Mazkur tartib joriy qilinganda reytingning yuqori “AAA”, “AA” va “A” ko‘rsatkichidagi tadbirkorlar soni 727 nafar bo‘lgan bo‘lsa, hozirda ularning soni 4 398 tani tashkil etmoqda. O'rta “BBB”, “BB” va “B” reytinga ega tadbirkorlik subyektlari soni esa 36 853 tadan 87 922 taga oshgan.

🪙 Reytingning eng yuqori “AAA” pog‘onasidagi tadbirkorlik subyektlariga tizim joriy qilingandan bugungi kunga qadar 213 ta holatda 213,5 mlrd so‘mlik qo‘shilgan qiymat solig‘idan bo‘lgan ortiqcha mablag‘lar bir kun muddatda tekshiruvlarsiz qaytarib berilgan.

🫂 Reytingdagi qo‘shimcha rag‘batlardan foydalanish maqsadida tadbirkorlar tomonidan yangi ish o‘rinlari yaratilishi hamda legallashtirilishi hisobiga rasmiy band fuqarolar soni 5 351 ming nafardan (235 mingtaga ortib) 5 586 ming nafarga yetdi.

Shuningdek, sohalar kesimida ishchi xizmatchilarning o‘rtacha ish haqi miqdori tahlil qilinganda tizim joriy qilingandan keyingi davrda 2023-yilgi o‘rtacha ko‘rsatkichga nisbatan sezilarli darajada ortganligi ham kuzatilmoqda.

Jumladan, sanoatda 1 050,0 ming so‘mdan 1 575,0 ming so‘mga (o‘sish 1,5 barobar), qurilishda 1 622,3 ming so‘mdan 2 072 ming so‘mga (o‘sish 1,3 barobar), savdoda 1 045,0 ming so‘mdan 1 394,0 ming so‘mga (o‘sish 1,4 barobar) oshgan.

📞 O‘z navbatida, tizim yuzasidan maslahatlar berish hamda ularning mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida Savdo-sanoat palatasida tunu-kun ishlovchi +998781506007 CALL-markazi doimiy ishlab kelmoqda.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Savdo-sanoat palatasi
🗣🔊🗣🗣🗣🗣🗣

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida 15-iyundan 9 ta Ekspert guruhi tadbirkorlarni qiynayotgan masalalarga yechim izlashga kirishadi:

🫥 1-guruh — Tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash masalalari bilan shug‘ullanadi

🫥 2-guruh — Soliq tizimini takomillashtirishga mas’ul

🫥 3-guruh — Ishlab chiqarish maydonlari bilan ta’minlashga oid barcha masalalarni qamrab oladi

🫥 4-guruh — Infratuzilma bilan ta’minlashga qaratilgan masalalarga yechim topadi

🫥 5-guruh — Transport-logistika,

🫥 6-guruh — Tadbirkorlar mahsulotlariga bozor topish yo‘nalishida ishlaydi.

🫥 7-guruh — Eksport-import masalalari,

🫥 8-guruh — Tadbirkorlikni tartibga solishni soddalashtirishga mas’ul.

🫥 9-guruh — Tadbirkorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish masalalarini qamrab oladi.

Еkspert guruhlari tadbirkorlar murojaatlari asosida aniqlangan tizimli muammolarni tahlil qilib, ularning yechimi bo‘yicha takliflarni Respublika shtabiga kiritib boradi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Termiz muhandislik-texnologiya institutida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovning tadbirkorlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda 56 nafar tadbirkorning 64 ta murojaat, taklif va tashabbuslari tinglandi va atroflicha o‘rganildi.

❗️Eslatma: Tadbirkorlar o‘zlarini qiynayotgan muammolar, yangi taklif va tashabbuslar yuzasidan telegram guruhi va @surxondaryo_tadbirkorlari_bot telegram boti hamda quyidagi telefon raqamlariga murojaat qoldirishlari mumkin:

☎️ (76) 225 09 59;
☎️ (76) 225 09 45;
☎️ (76) 225 10 84;
☎️ (76) 225 10 85.

Uchrashuv haqida batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2114

#Surxondaryo #tadbirkorlar #uchrashuv

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X