Savdo-sanoat palatasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi
1.8K subscribers
5.35K photos
674 videos
57 files
2.49K links
Savdo-sanoat palatasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi rasmiy Telegram kanali
https://www.facebook.com/uzchamber.sd/
https://instagram.com/uzchamber_sd/
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Туркия Республикаси Президенти Режеп Таййип Эрдоған раислигида Ўзбекистон-Туркия олий даражадаги Стратегик ҳамкорлик кенгашининг учинчи йиғилиши бўлиб ўтди.

Под председательством Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева и Президента Турецкой Республики Реджепа Тайипа Эрдогана состоялось третье заседание узбекско-турецкого Совета стратегического сотрудничества высшего уровня.

#Mirziyoyev #tashrif #Turkiya #Kengash

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Forwarded from Savdo-sanoat palatasi
Oʻzbekiston va Turkiya Prezidentlari raisligida Oʻzbekiston-Turkiya Ishbilarmonlar kengashining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston tomonidan tadbirda “Global Textile”, “ProCab”, “Agromir Group”, “ERIELL Group”, “Akfa Holding”, “Murad Buildings”, “SAG”, “BMB Holding”, “Uzbekistan Hydrogen” kompaniyalari ishtirok etdi.

Turkiya tomonidan “Çalık”, “Cengiz”, “Acibadem”, “Eczacıbaşı”, “Anadolu Group”, “Aksa Energy”, “Zorlu”, “Kalyon”, “Onur Group” kabi xolding kompaniyalari qatnashdi.

Tadbirkorlar bilan bunday formatdagi muloqot ilk bor oʻtkazilmoqda. Oʻzbekiston va Turkiya Prezidentlari Ishbilarmonlar kengashining tuzilishi ikki tomonlama munosabatlar rivoji yangi bosqichga koʻtarilganining ramzi ekanini taʼkidladilar.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov “Huaxing Development and Investment Group” kompaniyasi raisi Chen Xingfu hamda "Nuwa Robotics CIS Group" kompaniyasi raisi Rey Hungni qabul qildi. Qabul O‘zbekiston-Xitoy biznes assotsiatsiyasi rahbari Baxtiyor Muhammadiyev ko‘magida tashkil etildi.

Uchrashuvda tomonlarning avvalgi muzokaralarida muhokama qilingan loyihalarni boshlash, xususan, robotatexnikalar va noutbuklar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, vohada yangi loyihalarni boshlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Termizning logistika imkoniyatlaridan samarali foydalanish maqsadida logistika markazi tashkil etish, kaliy qazib olish, qayta ishlash va eksport qilish loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari ham muhokama etildi.

Termiz shahri va Shansi provinsiyasining Yuncheng shahri o‘rtasida qardosh shaharlar munosabatlarini rivojlantirish yuzasidan kelishuv imzolandi.

#Surxondaryo #Xitoy #muzokaralar #kelishuvlar #hamkorlik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
#tadbirkorlar_diqqatiga!

Tataristonlik investorlar hamkorlikka chorlaydi!


Xabaringiz bor, viloyatimiz hamda Tatariston Respublikasi o'rtasida hamkorlik aloqalari kundan kunga kengayib borayotir. Tatariston Respublikasi korxonalari vohamiz Agrosanoat korxonalari bilan qishloq xo'jaligi sohasida ikki tomonlama biznes aloqalarini o'rnatish istagini bildirmoqda.

Mazkur hamkorlik siz uchun muhimmi?

Demak, shoshiling!

Hoziroq Savdo-sanoat palatasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasiga murojaat qiling!
Biz sizga yordam berishdan mamnunmiz!

Murojaat uchun: 94-165-27-21

Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi Axborot xizmati

t.me/uzchamber_sd/ facebook.com/uzchamber.sd/ sd.chamber.uz
Forwarded from Savdo-sanoat palatasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣🔊🗣🗣🗣🗣🗣

🖥🖥🖥 | Ochiq muloqot: tadbirkorlikdagi muammolarga yechim

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Savdo-sanoat palatasi


Qonunchilikka ko'ra, ipak qurti urug'i, tut ko'chatlari va pilla yetishtirish, pillani qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hamda qorako'lchilik bilan shug'ullanayotgan subyektlar, qorako'lchilik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari va qorako'lchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uchun ko'zda tutilgan soliq va bojxona to'lovlari bo'yicha imtiyozlar 2026-yil 1-yanvargacha belgilangan.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Savdo-sanoat palatasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston-Turkiya sanoat klasteri tashkil etiladi

🇺🇿🇹🇷 Bu haqda Oʻzbekiston va Turkiya Prezidentlari raisligida bo'lib o'tgan O'zbekiston-Turkiya ishbilarmonlar kengashining birinchi yig'ilishida so‘z bordi.

“Uzbekistan Hydrogen” va “SAG Group” kompaniyalari rahbarlari uchrashuvdan olgan taassurotlari bilan bo'lishdilar.


🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yuristlar malakasini oshirish markazi tadbirkorlarni hamkorlikka chorlaydi

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan "Tadbirkorlar uchun eng muhim huquqlar" maxsus o'quv kursi dasturi ishlab chiqilgan.

Ushbu o'quv kursida tadbirkorlikni boshlash, hujjatlar yuritish, kreditlar jalb qilish, soliq imtiyozlari, eksport va import tartibi haqida bilim va huquqiy ko'nikmalar beriladi.

Ushbu o'quv kursida tahsil olib, huquqiy savodxonligini oshirish maqsadidagi tadbirkorlik subyektlarini Yuristlar malakasini oshirish markazi hamkorlikka chorlaydi.

Batafsil: (71) 234-56-02

Savdo
-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi Axborot xizmati

t.me/uzchamber_sd/ facebook.com/uzchamber.sd/ sd.chamber.uz
Bugun Termiz shahridagi Tadbirkorlar markazida "O'zbekekspertiza" AJ hamda O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi hamkorligida vohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuv o'tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tashqi savdo va hududiy sanoatni rivojlantirishda tadbirkorlar birlashmalarining rolini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori ijrosini ta'minlash va tadbirkorlarning tashqi iqtisodiy faoliyatiga ko'maklashish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvda  "O'zbekekspertiza" AJ direktori o'rinbosari ishtirok etib, aksiyadorlik jamiyatining loyiha ofislari haqida batafsil ma'lumot berildi.

Shuningdek, hududiy sanoatni yanada rivojlantirish, tadbirkorlarning tashqi iqtisodiy faoliyatiga ko'maklashish borasida ham muhim ma'lumot berildi. Uchrashuvda tadbirkorlar savollariga javob oldi.

Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi Axborot xizmati

t.me/uzchamber_sd/ facebook.com/uzchamber.sd/ sd.chamber.uz