Savdo-sanoat palatasi
13.3K subscribers
8.36K photos
1.23K videos
109 files
9.78K links
Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi rasmiy kanali

facebook.com/uzchamber
instagram.com/uzchamber
youtube.com/uzchamber
https://chamber.uz

Murojaat va takliflar uchun 24/7:
+998 (78) 150-60-06
Download Telegram
⚡️O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida moliyaviy texnologiyalar sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

🇺🇿🇹🇷 Joriy yilning 20-sentyabr kuni Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o'rinbosari Islom Jasimov Turkiy davlatlar ittifoqi Savdo-sanoat palatalari Bosh kotibi Adem Kula hamda “DGpays Fintech” Xalqaro turk moliyaviy texnologiya kompaniyasi bosh direktori Ahmet Kayhan bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuvda delegatsiya aʼzolari DGpays kompaniyasi faoliyati to'g'risida, shuningdek, mamlakatimizdagi uch kunlik tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar haqida maʼlumotlar berib, mazkur kelishuvlarni amalga oshirishda hamda yangi va ishonchli hamkorlar topishda Savdo-sanoat palatasidan amaliy yordam soʻradi.

DGpays - innovatsion elektron toʻlov yechimlarini ishlab chiqish va yetkazib berishga ixtisoslashgan toʻlov texnologiyasi kompaniyasidir. Kompaniya keng ko'lamli xizmatlarni taklif etadi, jumladan, to'lovlarni qayta ishlash, risklarni boshqarish, hamkorlar va mijozlar uchun dasturiy ta'minotni ishlab chiqish, integratsiya va boshqalar.

Islom Jasimov delegatsiya a’zolariga mamlakatimizga tashrifi va O‘zbekiston tadbirkorlari bilan hamkorlikka qiziqish bildirgani uchun minnatdorlik bildirdi hamda Savdo-sanoat palatasi ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirishda ko'mak berishga tayyor ekanligini ta’kidladi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ayollar rahbarlik qilayotgan kichik korxona va mikrofirmalar eng koʻp boʻlgan hududlar

Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda hududlar kesimida ayollar rahbarlik qilayotgan eng koʻp kichik tadbirkorlik subyektlari soni:

Toshkent shahrida – 10 906 ta
Toshkent viloyatida – 4 995 ta
Samarqand viloyatida – 3 289 ta
Qoraqalpogʻiston Respublikasida – 2 593 ta
Xorazm viloyatida – 2 363 ta
_______

⚡️Регионы с наибольшим количеством малых предприятий и микрофирм, возглавляемых женщинами

По данным Агентства по статистике, регионы, в которых по итогам 2022 года отмечено наибольшее количество малых предприятий и микрофирм, возглавляемых женщинами:

в городе Ташкенте – 10 906 единицы
в Ташкентской области – 4 995 единиц
в Самаркандской области – 3 289 единиц
в Республике Каракалпакстан – 2 593 единицы
в Хорезмской области – 2 363 единиц

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🫥 Qo‘qon shahrida II “Xalqaro hunarmandchilik festivali” va unga uyg‘un holda Rishton tumanida boʻlib oʻtayotgan “Xalqaro kulolchilik forumi” ochilishi.
_____

🫥 Открытие II «Международного фестиваля ремесел» в Коканде, а также «Международного форума гончарного дела» в Риштонском районе.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌐 Qo‘qon shahrida II “Xalqaro hunarmandchilik festivali”ning ochilish marosimi bo'lib o'tdi

Festivalni tantanali ravishda Butunjahon hunarmandlar kengashi prezidenti Saad Al Kadumiy, Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug'bek Abdullayev, Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozarov va Qo‘qon shahar hokimi Maruf Usmonov ochib berdi.

Mazkur festivalda 70 ta xorijiy mamlakatlarning 200 dan ziyod hunarmand, olim, dizayner va tashkilot rahbarlari ishtirok etadi. Bundan tashqari, mamlakatimiz viloyatlaridan eng sara 700 nafar hunarmand qatnashadi.

Bugun Hunarmandlik muzeyi ochilishi, ilmiy – amaliy konferensiyalar, Rishton kulollari forumi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
482.pdf
350.7 KB
⚡️Respublikaga keltirilayotgan ba’zi asbob-uskunalar bojхona boji va QQSdan ozod etiladi

✍️ Vazirlar Mahkamasining 19.09.2023 yildagi 482-son qarori bilan Hukumatning ayrim qarorlariga sanoat ishlab chiqarishida хomashyo uzluksizligini ta’minlashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Prezidentining «Sanoat ishlab chiqarishida хomashyo uzluksizligini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha qulayliklarni yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaroriga muvofiq, respublika hududiga import qilishda bojхona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan alohida asbob-uskunalar roʻyхati tasdiqlandi.

Mazkur roʻyхat oʻхshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan teхnologik asbob-uskunalarni kiritish hisobiga kengaytirildi.

Shuningdek, hujjatda investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiga qoʻshimcha vakolatlar berish belgilangan.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#INFOGRAFIKA

📊 2023 yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar.
____

📊 Страны-партнеры с высокой долей во внешнеторговом обороте Республики Узбекистан в январе-августе 2023 года.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️UzCharmExpo-Eurasia 2023

Joriy yilning 18-20-oktyabr kunlari
Toshkent shahridagi "O'zekspomarkaz" MKM 1-2-pavilionlarida "UzCharmExpo-Eurasia 2023" 15-xalqaro charm, poyabzal, attorlik, mo'yna, jun va mahalliylashtirilgan mahsulotlar ko'rgazma-yarmarkasi o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Ko'rgazmaga dunyodagi yirik davlatlardan salohiyatli investorlar taklif qilingan. Ushbu xalqaro ko'rgazmada Rossiya Federatsiyasi, Italiya, Germaniya, Turkiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Koreya va boshqa bir qator xorijiy davlatlardan hamda mahalliy tadbirkorlik sub'yeklari o'z mahsulotlari bilan ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.

"UzCharmExpo-Eurasia2023" 15-xalqaro ko'rgazmasida respublikamizda ishlab chiqarilgan eksportbop mahsulotlarini tashqi bozorlar uchun namoyish etish, sohaning eksport salohiyatini oshirish, ichki va tashqi ishlab chiqarish kooperatsiyasini o'rnatish va ishonchli xaridorlar bilan uzoq muddatli hamkorlik munosabatlarini yo'lga qo'yish rejalashtirilgan.

🌐 Batafsil ma'lumot uchun: www.uzcharm.uz

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Urganchda "Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi" bo'lib o'tmoqda

Joriy yilning 21-22-sentyabr kunlari Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida Xorazm viloyati hokimligi, Savdo-sanoat palatasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi va Investitsiya va savdo vazirligi Xorazm viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi bo'lib o'tmoqda.

Ushbu tadbirni o‘tkazishdan ko'zlangan maqsad sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdan iborat.

Ko‘rgazmada Respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 200 tadan ortiq ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarini namoyish etmoqda. Yarmarkaga tashrif buyurgan mehmonlar mahalliy sanoat korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar namunalari bilan tanishish va tadbirkorlar bilan muloqot qilish imkoniga ega bo'lmoqdalar.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM