Savdo-sanoat palatasi
14.1K subscribers
7.41K photos
1.07K videos
97 files
9.24K links
Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi rasmiy kanali

facebook.com/uzchamber
instagram.com/uzchamber
youtube.com/uzchamber
https://chamber.uz

Murojaat va takliflar uchun 24/7:
+998 (78) 150-60-06
Download Telegram
🏗 Buxoro tumanida neft-kimyo klasteri barpo etilmoqda

O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining o'rinbosari v.v.b. U.Pazilxanov, Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi boshlig'i Sh.Sadillayev "PETROCHEМ SEPEHR" O'zbekiston-Eron qo'shma korxonasida bo'lib, umumiy qiymati 274 mln dollarlik neft mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi bilan yaqindan tanishishdi.

Neft-kimyo klasterini tashkil etish loyihasi hisobiga 10 dan ortiq loyihalarni amalga oshirilishi hamda pentan, geksan, benzol, toluol eritgichlari, riformat va izomerizat aromatik uglevodorodlari, monometilanilin, dimetilkarbonat, ammoniy bikarbonat, kaustik soda va kaliy sulfati kabi jami 13 xil turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilishi ko’zda tutilgan.

Mazkur loyihaning ishga tushirilishi evaziga 240 mln dollarlik kimyo va neft-kimyo mahsulotlari ishlab chiqarilishi, shundan 82 mln dollarlik mahsulotlar eksportga yo'naltirilishi, 123 mln dollarlik import o'rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarilishi hamda yiliga 214 mlrd so'mlik byudjetga tushumlar tushishi, shu bilan birga 600 nafar yangi ish o'rinlari yaratiladi.

Loyihaning birinchi bosqichi 2024-yilning sentabr oyida ishga tushishi rejalashtirilgan.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Gurlan tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

Unda Xorazm viloyati hokimi J.Rahimov, Savdo-sanoat palatasi Xorazm viloyati boshqarmasi boshligʼi K.Igambergenov ishtirok etdi.

Uchrashuvda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni faol qo‘llab-quvvatlash, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish, eksport faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratib berish masalalariga e’tibor qaratildi.

Tadbirkorlar faoliyatlarini yanada kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha o‘zlarining qator takliflarini bildirdilar, ayrim muammolari yechimida amaliy yordam so‘radilar.

Muloqot yakunida muhim ijtimoiy ahamiyatga ega biznes loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari belgilandi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Buxoroda sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishildi

Savdo-sanoat palatasi raisining o'rinbosari v.v.b. U.Pazilxanov, Buxoro viloyati masalalari bo'yicha rais maslahatchisi H.Safarov, Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi boshlig'i Sh.Sadillayev tomonidan viloyatdagi ishlab chiqarish korxonalarni o'rganish ishlari davom etmoqda.

Maqsad – eksport salohiyatini yanada rivojlantirish va ishlab chiqarish hajmini oshirish vazifasi doirasida korxonalar faoliyati bilan tanishish, muammolarini o‘rganish va ularni hal etish yo‘llarini topishdir.

“Agroklaster DZZ” MCHJning sut va sut mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil qilish va tuproq tahlil laboratoriyasi, “Tibtexnika” MCHJning tibbiyot buyumlari ishlab chiqarishni kengaytirish hamda "Merganteks" paxta to'qimachilik klasteri loyihalari bilan tanishib, korxonalarning faoliyat yoʻnalishlari, mavjud zamonaviy uskunalarning boshqarilishi, ularning sertifikatlashtirish tartiblari, laboratoriya qurilmalarining kalibrovkadan oʻtkazish holati boʻyicha mutaxassislar bilan suhbatlar oʻtkazildi.

Ishchi guruh tomonidan o'tkazilgan o'rganishlar natijasida aniqlangan muammo va murojaatlarni tezkor hal qilish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Studiya 24 | Vazifa va ijro: yuqori qo'shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish va eksportni kengaytirish yuzasidan suhbat 🎤

👉
Youtube orqali ko‘rish

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
5 yilda "nol"dan yirik eksportchiga aylangan klaster

"Tadbirkorlik taqdirimda" loyihasining navbatdagi soni qahramoni Buxoro viloyatidagi "HAJTEX GROUP" paxta-to'qimachilik klasteri ta'sischisi Nurmuhammad Ochilov.

Loyiha qiymati 83 mln dollar. Bugungi kunda klasterda paxta yetishtirish va uni chuqur qayta ishlashning to'liq zanjiri yo'lga qo'yilgan va 4 000 ta ish o'rni tashkil etilgan. Klasterda yiliga 1 trln so'mlik mahsulot ishlab chiqarilmoqda.

Global brendlar – “Zara”, “Massimo Dutti”, “Pull and Bear”, “Bershka”, “Oysho”ni o‘z ichiga oluvchi Ispaniyaning “Inditex”, Germaniyaning C&A, Fransiyaning “Auschan” va “Kiabi” brendlariga mahsulot yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

📺 Tadbirkor faoliyati bilan batafsil video orqali tanishing YOUTUBE

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Soliq qo‘mitasi tadbirkorlarga xatolarini tuzatish uchun imkoniyat beradi

Tadbirkorlarga 2023-yil 1-yanvardan chop etilgan onlayn-NKT va elektron cheklarda yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni tahrirlash imkoni beriladi.

Hozirda texnik imkoniyat yaratilmoqda, tadbirkorlarga ham tegishli tayyorgarlik choralarini ko'rish tavsiya etilmoqda.


⚡️Налоговый комитет предоставляет предпринимателям возможность исправить свои ошибки

Предпринимателям для корректировки чеков онлайн-ККТ и маркетплейсов, ошибочно пробитых с 1 января 2023 года, будет предоставлен доступ.

В настоящее время создается техническая возможность, предпринимателям рекомендуется принять соответствующие меры по подготовке.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM