Savdo-sanoat palatasi
11.3K subscribers
6.4K photos
934 videos
89 files
8.76K links
Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi rasmiy kanali

facebook.com/uzchamber
instagram.com/uzchamber
youtube.com/uzchamber
https://chamber.uz

Murojaat va takliflar uchun 24/7:
+998 (78) 150-60-06
Download Telegram
⚡️ Tashrif doirasidagi navbatdagi manzil — Toshkent metallurgiya zavodi bo'ldi

Afg‘oniston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiya Toshkent metallurgiya zavodiga tashrif buyurib, og‘ir sanoat sohasida O‘zbekiston-Afg‘oniston hamkorlik aloqalari bo'yicha muzokaralar olib borildi.

Toshkent metallurgiya zavodining qurilish loyihasi umumiy hisobda 326,7 million yevro miqdoridagi, shu jumladan, 226 million yevro miqdoridagi chet el investitsiyalarini jalb etish evaziga amalga oshirilgan. Jalb etilgan mablag‘ning o‘ziga xos jihati shundaki, bunda davlat kafolati taqdim etilmagan.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✔️ O'zbekiston-Afg'oniston biznes-forumi
——

✔️ Узбекско-Афганский бизнес-форум

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎲 O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi D.Vaxabov, “O‘zbekekspertiza” AJ raisi A.Grigoryans, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A.Jumanazarov, “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” raisi U.Murodov va soha vakillari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda so‘nggi yillarda mamlakatimizda eksportni qo‘llab-quvvatlash tizimi tubdan isloh qilinganligi, xususan, Eksportni rag‘batlantirish agentligi Jahon savdo tashkiloti talablari asosida, Savdoni rivojlantirish kompaniyasi sifatida qayta tashkil etilganligi alohida e’tirof etildi.

⚙️ Shuningdek, eksportchi korxonalarning murojaatlari va muammolarini o‘z vaqtida sifatli va samarali hal etish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Xususan, eksportchi korxonalarning muammoli masalalarini muntazam ravishda hal etib borish maqsadida “onlayn” tartibda yagona darcha tamoyili asosida Eksportchilar markazi tizimi export.epauzb.uz ishga tushirilganligi qayd etildi.

Savdo-sanoat palatasi raisi D. Vaxabov so‘z olib, mazkur tizim imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish zarurligini, eksportchi korxonalar vakillari o‘zlarini qiynayotgan muammolarga ushbu tizim orqali yechim topishi lozimligini ta’kidladi. Shu maqsadda, Eksportchilar markaziga daxldor boshqa platforma va tizimlar bilan integratsiyalashtirish lozimligiga urg‘u berildi.

Davra suhbati so‘nggida muhokama qilingan masalalar yuzasidan eksport qiluvchilar faoliyatini muvofiqlashtirish, ularga har tomonlama ko‘maklashish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlarni doimiy tahlil qilib borishga kelishib olindi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Mis xomashyosini qayta ishlaydigan tadbirkorlar muammo va takliflari tinglandi

Joriy yilning 25 aprel kuni misni qayta ishlash bilan shug‘ullanayotgan 50 ga yaqin tadbirkorlar bilan davra suhbati o‘tkazildi. Unda Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov hamda sohadagi yirik tadbirkorlik subyektlari ishtirok etdi.

Muloqot chog'ida bugungi kunda sohada tadbirkorlarda yuzaga kelayotgan muammolar, ularni bartaraf qilish masalalari muhokama qilindi.

Xususan davra suhbatida soha yaxshi rivojlangan xorijiy mamlakatlardan malakali mutaxassislarni jalb etib, banklar tomonidan eksport shartnomalarni garov sifatida qabul qilish, aylanma mablag‘lar uchun faktoring asosida qisqa muddatli “revolver” kreditlar ajratish, mahalliy ishlab chiqarish xodimlar malakasini oshirish, rux xomashyosini chuqur qayta ishlab qo‘shilgan qiymat yaratishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tadbirkorlarga qo‘shimcha sharoitlar yaratish kabi dolzarb masalalar tadbirkorlar tomonidan bildirildi.

Uchrashuv yakunida amaliyotdagi mavjud muammolar va ularga taklif etilayotgan yechimlar umumlashtirilgan holda, ko‘rib chiqish uchun Hukumatga va tegishli idoralarga yuborilishi yuzasidan kelishib olindi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
PQ-162.pdf
44.3 MB
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi "Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo'chimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-162-sonli qarori

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Savdo-sanoat palatasi
PQ-162.pdf
🔆 Qarorga ko'ra, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo'lgan xo'jalik jamiyatlari (davlat ishtirokidagi korxonalar) birinchi rahbarlarining asosiy vazifalaridan biri etib o'z sohasida xususiy sektor ulushini muttasil oshirib borish, raqobat muhiti shakllangan sohalardagi, shuningdek, ularning faoliyatiga xos bo'lmagan, samarasiz foydalanilayotgan va bo'sh turgan aktivlarini xususiylashtirish (sotish) belgilandi.

⬇️Shuningdek, quyidagilar tasdiqlandi:

◾️Ommaviy savdolarga chiqariladigan aksiya paketlari (ulushlari) ro'yxati;

◾️Ommaviy savdolarga chiqariladigan davlat va davlat ishtirokidagi korxonalarning ko'chmas mulk obyektlari ro'yxati;

◾️Mahalliy fond bozorida aksiyalarining birlamchi (IPO) yoki ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifi o'tkaziladigan korxonalar ro'yxati.

⬇️Davlat ishtirokidagi korxonalar aksiyalarining ommaviy taklifini o'tkazish jarayonida:

◾️ qabul qilingan buyurtmalar asosida aksiyalarni uyushgan savdolarda sotishda oldi-sotdi bitimlari investitsiya vositachilari tomonidan qat'iy ravishda “Toshkent” RFB savdo maydonchasida ro'yxatdan o'tkaziladi;

◾️ mahalliy investorlarning buyurtmalarini qabul qilish “Toshkent” RFB savdo maydonchasida amalda bo'lgan usullarga qo'shimcha ravishda, “E-AUKSION” elektron savdo platformasi, shu jumladan uning mobil ilovasidan foydalangan holda amalga oshiriladi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📺 Ayni damda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgunga qadar muhokama qilinmoqda.

Jumladan, soliq va bojxona ma’murchiligini takomillashtirish yuzasidan soha mutaxassislarining takliflarini muhokama qilish maqsadida Soliq qo’mitasi raisi Sh.Kudbiyev, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Biznes-ombudsman, Bojxona qo’mitasi, Kadastr agentligi mas’ul xodimlari taklif etildi.

Kun tartibiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish to’g’risida”gi qaror loyihasi yuzasidan tanqidiy hamda samarali muloqot o’tkazilmoqda.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM