Taekwondo WT🇺🇿
3.6K subscribers
7.12K photos
739 videos
72 files
2.54K links
O'zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi rasmiy telegram kanali

Официальный телеграм-канал Ассоциации таэквондо ВТ Узбекистана
Download Telegram
🏆🌏Osiyo o'yinlarining g'olib va sovrindorlari munosib taqdirlandi!

🇺🇿Toshkent viloyatida joriy yilning 24-sentyabr 8-oktyabr kunlari Xitoyning Xanchjou shahrida o'tgan XIX yozgi Osiyo o'yinlarida g'olib va sovrindor bo'lgan sportchilarni taqdirlash marosimi oʻtkazildi.

Yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Alisher Saʼdullayev, viloyat hokimi Zoir Mirzayev ishtirok etgan tadbirda taekvondo WT bo'yicha milliy terma jamoamiz a'zolari, Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari sovrindorlari Svetlana Osipova, Feruza Sodiqova, Charos Qayumova hamda ularning murabbiylari ham munosib taqdirlandi.

Shuningdek, sportchilarimiz taqdirlash marosimidan so'ng hududda tashkil etilgan 🌳"Yashil makon" loyihasida ham ishtirok etdi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🔥Milliy terma jamoamiz navbatdagi xalqaro musobaqaga yo'l oldi!

🇯🇴Avval xabar berganimizdek, 9-10-noyabr kunlari Iordaniyada taekvondo WT bo'yicha kattalar o'rtasida G2 tasnifiga kiruvchi "Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti kubogi" o'tkaziladi.

🏆Ushbu musobaqada O'zbekiston milliy terma jamoasining 5 nafar a'zosi g'oliblik uchun bahs olib boradi.

Musobaqada quyidagi sportchilarimiz ishtirok etadi:

-74 kg: Jasurbek Jaysunov
-80 kg: Shuhrat Salayev
-87 kg: Nikita Rafalovich
-62 kg: Feruza Sodiqova
+73 kg: Svetlana Osipova.

Murabbiylar shtabi:

Pavel Xan
Maksim Rafalovich
Paxlavon Sobirov

Shifokor:

Aleksey Chernyov.

Shuningdek, hamyurtimiz Dmitriy Kim musobaqada hakamlik vazifasini bajaradi.

✈️Delegatsiyamiz bugun erta tongda Iordaniyaga yo'l oldi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆"WT President's cup". Musobaqaning ilk kunida uch nafar hamyurtimiz dayanga chiqadi!

🇯🇴Bugun Iordaniyaning Amman shahrida joylashgan "Prince Hamzah Hall" majmuasida taekvondo WT bo'yicha G2 tasnifiga kiruvchi "Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti kubogi"ning Osiyo mintaqasi turniri start oladi.

Musobaqaning ilk kunida O'zbekiston milliy terma jamoasining uch nafar a'zosi bahslarda ishtirok etadi:

-74 kg, nimchorak final. 🇺🇿Jasurbek Jaysunov — 🇯🇴Layt Aldarabseh/🇯🇴Ahmad Al Bavaya (Har ikkisi Iordaniya) bahsi g'olibiga qarshi
-87 kg, chorak final. 🇺🇿Nikita Rafalovich — 🇯🇴Bani Hani Sameer (Iordaniya)
-62 kg, chorak final. 🇺🇿Feruza Sodiqova — 🇨🇳Gu Venjing (Xitoy)/🇸🇦Abdulfatah Elvishi (Saudiya Arabistoni) bahsi g'olibiga qarshi.

Ma'lumot uchun, bellashuvlar Toshkent vaqti bilan 11:00 da start oladi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
11-noyabr, shanba kuni soat 21:25 dan boshlab, 📺📺"Sport TV" telekanalida taekvondo WT bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasining mashg'ulot jarayonlari, ularni oldinda kutib turgan muhim musobaqalar hamda boshqa mavzular haqida suratga olingan "Parij 2024" ko'rsatuvi efirga uzatiladi

😉Feruza Sodiqova hamda Svetlana Osipova ta'kidlaganidek, "Parij 2024" ko'rsatuvini o'tkazib yubormang!

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆"WT President's cup". Musobaqaning birinchi kunida ishtirok etgan uch nafar vakilimizning barchasi shohsupaga ko'tarildi!

🇯🇴Iordaniyaning Amman shahrida taekvondo WT bo'yicha kattalar o'rtasida G2 tasnifidagi "Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti kubogi" musobaqasi start oldi.

🇺🇿Musobaqaning ilk kunida O'zbekiston milliy terma jamoasining uch nafar a'zosi Jasurbek Jaysunov, Nikita Rafalovich hamda Feruza Sodiqova ishtirok etdi va quvonarlisi, barcha sportchilarimiz kun yakunida g'oliblar qatoridan joy oldi.

🥈Kumush:

Jasurbek Jaysunov
Nikita Rafalovich

🥉Bronza:

Feruza Sodiqova

⚡️Ertaga turnirning so'nggi kunidan o'rin olgan bellashuvlar o'tkaziladi. Unda terma jamoamiz a'zolari Shuhrat Salayev hamda Svetlana Osipova ishtirok etadi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆"WT President's cup". Bugun Shuhrat Salayev va Svetlana Osipova g'oliblik uchun bahs olib boradi!

🇯🇴Bugun Iordaniyaning Amman shahrida joylashgan "Prince Hamzah Hall" majmuasida taekvondo WT bo'yicha G2 tasnifiga kiruvchi "Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti kubogi"ning Osiyo mintaqasi uchun bag'ishlangan turniri yakunlanadi.

Musobaqaning so'nggi, ikkinchi kunida O'zbekiston milliy terma jamoasining ikki nafar a'zosi bahslarda ishtirok etadi:

-80 kg, chorak final. 🇺🇿Shuhrat Salayev — 🇮🇶Saif Alrammahi (Iroq)
+73 kg, yarim final. 🇺🇿Svetlana Osipova — 🇮🇷Anahita Tavakoli (Eron)/🇨🇳Mu Venze (Xitoy) bahsi g'olibiga qarshi.

Ma'lumot uchun, bellashuvlar Toshkent vaqti bilan 11:00 da start oladi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆Kechagi kun qahramonlari — Nikita Rafalovich, Jasurbek Jaysunov hamda Feruza Sodiqovaning taqdirlash marosimidan suratlar🤩

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆"WT President's cup". Musobaqada ishtirok etgan barcha sportchilarimiz sovrindorlar qatoridan joy oldi!

🇯🇴9-10-noyabr kunlari Iordaniyaning Amman shahrida taekvondo WT bo'yicha G2 tasnifidagi V "Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti kubogi" musobaqasi o'tkazildi.

🇺🇿Xabar berganimizdek, musobaqada O'zbekiston milliy terma jamoasining 5 nafar sportchisi ishtirok etdi. Sportchilarimiz yakunda 2 ta kumush va 3 ta bronza medallariga ega bo'lishdi.

🥈Kumush:

Jasurbek Jaysunov (-74 kg)
Nikita Rafalovich (-87 kg)

🥉Bronza:

Feruza Sodiqova (-62 kg)
Svetlana Osipova (+73 kg)
Shuhrat Salayev (-80 kg).

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM