Taekwondo WT🇺🇿
3.69K subscribers
7.31K photos
776 videos
73 files
2.65K links
O'zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi rasmiy telegram kanali

Официальный телеграм-канал Ассоциации таэквондо ВТ Узбекистана
Download Telegram
Forwarded from OlympicUz
Hindistondan ajoyib xabar: Otabek Umarov Osiyo Olimpiya kengashining Markaziy Osiyo mintaqasi boʻyicha vitse-prezidenti etib saylandi

Ayni paytda Hindistonning Nyu-Deli shahrida Osiyo Olimpiya kengashi (OOK)ning 44-Bosh Assambleyasi oʻtkazilayotgani haqida xabar bergan edik. Assambleya kun tartibiga muvofiq, tashkilotning rahbarlik lavozimlariga saylovlar boʻlib oʻtdi. Tashkilotni vaqtinchalik boshqarib borayotgan Raja Randxir Singx OOK Prezidenti etib saylandi. Shuningdek, 5 ta mintaqaga vitse-prezidentlar ovoz berish yoʻli bilan aniqlab olindi.

Biz uchun ahamiyatli tarafi, Otabek Umarov Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Eron va Afgʻonistondan iborat Markaziy Osiyo mintaqasi boʻyicha tashkilot vitse-prezidenti etib saylandi. Bungacha Otabek Muhammadaliyevich muddati qisqa boʻlgan davr – Toshkent-2025 yoshlar Osiyo oʻyinlarini oʻtkazish boʻyicha vitse-prezident edi. Bu vaqtinchalik lavozim musobaqa yakunigacha amal qilsa, Markaziy Osiyo mintaqasi boʻyicha vitse-prezidentlik doimiy xarakterga ega va endi hamyurtimiz butun qitʼamizdagi 5 mintaqadan birida Olimpizm rivojiga masʼul boʻladi.

Qayd etish joiz, Otabek Umarovning soʻnggi yillarda sport boshqaruvida erishgan muvaffaqiyatlari alohida eʼtirof etilib, bugun yanada masʼuliyatli lavozimga saylandi va endi u butun Markaziy Osiyo mintaqasidagi Olimpizm harakatining rivojiga masʼul boʻladi.

Tadbirda soʻz olgan Otabek Muhammadaliyevich qitʼamiz sporti jahonda yanada katta eʼtirofga sazovor boʻlayotgani, buning isboti oʻlaroq Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida Osiyoning 4 davlati TOP-15 talikdan joy olgani, Prezidentimizning sportni qoʻllab-quvvatlashlari bilan Oʻzbekiston oʻz tarixida eng yaxshi natijani qoʻlga kiritganini alohida taʼkidlab oʻtdi. Shuningdek, bildirilgan ishonchni oqlashga, mintaqada Olimpizmning pok va ezgu gʻoyalarini yanada keng targʻib qilishga vaʼda berdi.

Fursatdan foydalanib, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Otabek Umarovni Markaziy Osiyo mintaqasi boʻyicha OOK vitse-prezidenti etib saylangani bilan samimiy muborakbod etib, uning yangi lavozimda yanada ulkan muvaffaqiyatlarga erishishini tilab qoladi.

Отабек Умаров избран вице-президентом Олимпийского совета Азии по Центральноазиатскому региону

В эти минуты в Нью-Дели проходит 44-я Генеральная Ассамблея Олимпийского совета Азии (ОСА). В её рамках проведены выборы на руководящие должности Организации. На выборах на пост президента ОСА избран Раджа Рандхир Сингх, временно возглавлявший Организацию. Также были избраны вице-президенты по 5 регионам.

Важно отметить, что Отабек Умаров был избран вице-президентом Организации по Центральноазиатскому региону, в которую входят Узбекистан, Казахстан, Кыргызстан, Таджикистан, Туркменистан, Иран и Афганистан. До этого Отабек Мухаммадалиевич вёл деятельность в качестве вице - президента по проведению юношеских Азиатских игр Ташкент-2025. В то время как эта временная должность действует до конца комплексных стартов, теперь его новая должность носит постоянный характер. А это в свою очередь, говорит о том, что наш соотечественник будет отвечать за развитие Олимпизма в одном из 5 регионов нашего континента.

Выступая на мероприятии, Отабек Мухаммадалиевич отметил, что спорт нашего континента приобретает всё большее признание в мире, в доказательство этому являются достойное выступление и исторические результаты спортсменов на летних Олимпийских играх Париж-2024, в которых 4 Азиатские страны вошли в топ-15. Кроме того, он подчеркнул, что весомые и исторические показатели делегации Узбекистана на главных стартах четырёхлетия во Франции являются результатом поддержки Президента в сфере спорта. Отабек Умаров также отметил, что оправдает доверие тех, кто верит в него, и приложит все усилия для более широкого распространения чистых и благородных идей Олимпизма в регионе.

Пользуясь случаем, Национальный Олимпийский комитет Узбекистана искренне поздравляет Отабека Мухаммадалиевича с избранием на новую должность и желает ему дальнейших успехов в ответственной работе.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Остона шаҳрида V Бутунжаҳон кўчманчилар ўйинларининг тантанали очилиш маросимида иштирок этди. Тадбирдан сўнг давлатимиз раҳбари Тошкентга жўнаб кетди. Олий мартабали меҳмонни Қозоғистоннинг Бош вазири Олжас Бектенов кузатиб қўйди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в торжественной церемонии открытия V Всемирных игр кочевников в городе Астане. По завершении мероприятия глава нашего государства вылетел в Ташкент. Высокого гостя проводил Премьер-министр Казахстана Олжас Бектенов.

#Mirziyoyev #tashrif #Qozogiston

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿😊O‘zbekiston delegatsiyasi Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlarini o‘z tarixidagi eng zo‘r natija bilan yakunladi!

28-avgustdan 8-sentyabrga qadar butun dunyoning diqqat markazida bo‘lgan Parij-2024 XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlari nihoyasiga yetdi. Dunyoning 168 ta mamlakatidan tashrif buyurgan eng kuchli para atletlar ishtirok etgan ushbu o‘yinlarda O‘zbekiston delegatsiyasi o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etishga erishdi. Matonatli sportchilarimiz murosasiz bellashuvlarda 10 ta oltin, 9 ta kumush va 7 ta bronza, jami 26 ta medal qo‘lga kiritib, Yangi O‘zbekistonning haqiqiy qahramonlariga aylanishdi.

🥇Oltin medal:
Asila Mirzayorova – para yengil atletika T11 uzunlikka sakrash
Elbek Sultonov – para yengil atletika F12 yadro uloqtirish
Xusniddin Norbekov – para yengil atletika F35 yadro uloqtirish
Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev – para yengil atletika F37 yadro uloqtirish
Bobirjon Omonov – para yengil atletika F41 yadro uloqtirish
Tolibboy Yo‘ldashev – para yengil atletika F37 disk uloqtirish
Yorqinbek Odilov – para yengil atletika F57 nayza uloqtirish
Nurxon Qurbonova – para yengil atletika F54 nayza uloqtirish
Sherzod Namozov – para dzyudo J2 -60kg
Asad Toshtemirov – para taekvondo K44 -80 kg.

🥈Kumush medal:
Doniyor Saliyev – para yengil atletika T12 uzunlikka sakrash
Safiya Burxanova – para yengil atletika F12 yadro uloqtirish
Kubaro Hakimova – para yengil atletika F41 yadro uloqtirish
Shahina Yigitaliyeva – para yengil atletika F46 nayza uloqtirish
Kumushxon Xodjayeva – para dzyudo J2 -57 kg
Ro‘za Kuziyeva – para pauerlifting -73 kg
Ziyoda Isoqova – para taekvondo K44 -47 kg
Guljanoy Naimova – para taekvondo K44 +65 kg
Server Ibragimov – para o‘q otish P4 50 metrga to‘pponchadan otish.

🥉Bronza medal:
Temur Giyazov – para yengil atletika T64 balandlikka sakrash
Tolibboy Yo‘ldashev – para yengil atletika F37 yadro uloqtirish
Nurxon Qurbonova – para yengil atletika F54 yadro uloqtirish
Mohigul Hamdamova – para yengil atletika F57 disk uloqtirish
Uchqun Quronboyev – para dzyudo J2 -73 kg
Dovurxon Karomatov – para dzyudo J2 -90 kg
Muslima Odilova – para suzish S13 100 metr batterflay.

Ushbu natija bilan delegatsiyamiz Paralimpiya o‘yinlarini 168 ta mamlakat orasida 13-o‘rinda yakunladi. Shuningdek, Osiyoda uchinchi, MDH, Markaziy Osiyo mintaqasi, Islom birdamligi va Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar orasida birinchi o‘rinni egalladi.

O'zbekiston taekvondo WT assosiatsiyasi mazkur tarixiy natijalar bilan O'zbekiston milliy paralimpiya qo'mitasi, qolaversa, barcha sportchi va murabbiylarni tabriklaydi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Kun.uz" Parij-2024 Olimpiadasi g'olibi, ikki karra Olimpiada chempioni Ulug'bek Rashitov bilan intervyu tashkil qildi.

Intervyuni tomosha qiling👇
https://www.youtube.com/watch?v=bzs94JuewNY

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from OlympicUz
☝️ Bu qiziq! Biz uchun omadli kelgan 13-raqam.

👉 Oʻzbekiston Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida – 13-oʻrin;

👉 Oʻzbekiston Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlarida – 13-oʻrin;

👉 Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida qoʻlga kiritilgan medallar soni – 13 ta;

👉 Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlarida qoʻlga kiritilgan medallar soni – 13x2 (26) ta;

👉 Parij-2024 yozgi Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida medal qoʻlga kiritgan ayol sportchilarimiz soni – 13 nafar;

👉 Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlarida medal qoʻlga kiritgan erkak sportchilarimiz soni – 13 nafar.

☝️ Интересно. 13 номер, который стал удачным для нас!

👉 Узбекистан на летних Олимпийских играх Париж-2024 занял - 13 место;

👉 Узбекистан на летних Паралимпийских играх Париж-2024 занял - 13 место;

👉 Количество медалей, завоеванных на летних Олимпийских играх Париж-2024 - 13;

👉 Количество медалей, завоеванных на летних Паралимпийских играх Париж-2024 - 13х2 (26);

👉 Количество девушек, которые завоевали медали на летних Олимпийских и Паралимпийских играх - 13;

👉 Количество парней, которые завоевали медали на летних Паралимпийских играх - 13.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Олимпия шаҳарчаси қурилишини бориб кўрди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с ходом строительства Олимпийского городка.

#Mirziyoyev #tanishuv #sport #olimpiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X