Taekwondo WT🇺🇿
2.94K subscribers
6.49K photos
654 videos
69 files
2.27K links
O'zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi rasmiy telegram kanali

Официальный телеграм-канал Ассоциации таэквондо ВТ Узбекистана
Download Telegram
📹"Osiyo bolalari" xalqaro sport o'yinlari musobaqalarini jonli efirda tomosha qiling:
https://www.cagic.org/translations

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🏆"Osiyo bolalari" xalqaro sport o‘yinlarining bugungi kunida 2 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo'lga kiritdik. Musobaqani umumjamoa hisobida birinchi o'rinda yakunladik!

Rossiya Federatsiyasining Yakutsk shahrida davom etayotgan "Osiyo bolalari" xalqaro sport o‘yinlari doirasida taekvondo bellashuvlari bugun o'z nihoyasiga yetdi.

Musobaqaning yakuniy kunida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining 5 nafar vakili dayanga ko‘tarildi. Quvonarlisi, sportchilarimiz bugun 2 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medaliga ega chiqdi.

Musobaqada g'olib va sovrindor bo'lgan sportchilarimiz:

🥇Oltin:

Behruz Salimov (48 kg)
Omadbek Otabekov (55 kg)
Axadjon Muxtorov (73 kg)
Sofiya Xan (49 kg).

🥈Kumush:

Jahongir Serikbayev (63 kg)
Xudoynazar Shodmonov (+73 kg)
Feruza Ernazarova (+63 kg).

🥉Bronza:

Valeriya Xegay (44 kg)
Mubina Bobosaidova (55 kg).

Eng ahamiyatlisi, sportchilarimiz musobaqada 4 ta oltin, 3 ta kumush hamda 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan holda umumjamoa hisobida Rossiya va Belarus terma jamoalarini ortda qoldirib, peshqadam bo‘ldi!

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2026-yilgi Osiyo o‘yinlarining rasmiy maskoti e’lon qilindi

Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida bo‘lib o‘tadigan 2026-yilgi Osiyo o‘yinlarining tashkiliy qo‘mitasi musobaqa maskotini e’lon qildi. Hozircha uning nomi yo‘q, lekin bu yaqin orada hal qilinishi aytiladi.

"U sportni yaxshi ko‘radi va Osiyo o‘yinlarini ishtiyoq bilan targ‘ib qilishni maqsad qilib qo‘yadi, irq va madaniyatdan tashqarida odamlarni "Bir Osiyoni tasavvur et" shioriga sport va umumiy tinchlik istagi orqali birlashtiradi", deyiladi tashkilot xabarida.

Ma’lumot uchun, XX Osiyo o‘yinlari 2026-yil 19-sentyabr — 4-oktyabr kunlari oralig‘ida bo‘lib o‘tadi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from OlympicUz
👍 Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya oʻyinlari ochilishiga 2️⃣7️⃣ kun qoldi.

☝️ Oʻzbekiston delegatsiyasining ishtirokiga oid #fakt
___
👍 До открытия летних Олимпийских игр Париж-2024 осталось 2️⃣7️⃣ дней

☝️#Факт о делегации Узбекистана

#Paris2024
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿"Osiyo bolalari" musobaqasida tengsiz bo‘lgan yosh taekvondochilarimiz e’tirof etildi

Kecha Rossiya Federatsiyasining Yakutsk shahrida "Osiyo bolalari" xalqaro sport o‘yinlari doirasida taekvondo musobaqasi yakunlangan edi.

Unda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi jami 10 nafar sportchi bilan ishtirok etib, yakunda 4 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Ushbu natija orqali sportchilarimiz nufuzli musobaqada 14 ta terma jamoa orasida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

O‘zbek taekvondosining kelajagi bo‘lgan yosh sportchilarimiz "Osiyo bolalari" xalqaro sport o‘yinlarining rasmiy kundalik jurnali tomonidan ham e’tirof etilganini ta'kidlash lozim.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Osiyo bolalari" xalqaro sport o'yinlarida tengsiz bo'lgan yosh taekvondochilarimiz — Axadjon Muxtorov va Sofiya Xan turnir rasmiy fotosessiyada🤩

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Yoshlar kuni" muborak bo‘lsin!

Bugun, 30-iyun — yurtimizda Yoshlar kuni keng tantana qilinyapti. Shu munosabat bilan O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi navqiron avlod vakillari hisoblangan kelajagimiz egalarini samimiy muborakbod etadi.

Aziz yoshlar, siz ona Vatanimizning, elu yurtimizning mustahkam ishonchi, porloq kelajagi, ertamizning umidisiz! Yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalangan holda, xalqimiz, Prezidentimiz ishonchini oqlashingizda zafarlar tilaymiz!

Buyuk ajdodlarimizga munosib voris bo‘lib, yangi O‘zbekistonimizning yangi marralarini zabt etishingizdan umidvormiz.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🥋Charos Qayumovani tabriklaymiz!

Bugun Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari sovrindori, 2021-yilgi Osiyo chempioni, 2019-yilgi Butunjahon armiya o‘yinlari g‘olibasi va bir qator xalqaro ochiq musobaqalar sovrindori va ishtirokchisi, O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Charos Qayumova o‘z tug‘ilgan kunini nishonlamoqda.

O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi Charos Qayumovani tavallud ayyomi bilan tabriklaydi va kelajakdagi musobaqalarda omad yor bo‘lishini tilaydi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎁Tavallud ayyom muborak, Alisher To‘xtayevich!

🇺🇿🥋Bugun O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri o‘rinbosari, polkovnik, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi o‘rinbosari Narbayev Alisher To‘xtayevich o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash, ularning hayotga mustaqil qadam qo‘yishlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Buning yorqin bir misoli sifatida Alisher To‘xtayevich boshchiligida yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, umidli hamda istiqbolli sportchilarni tarbiyalashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlarni aytish mumkin.

Fursatdan foydalanib, Alisher Narbayevni bugungi unutilmas kun bilan muborakbod etamiz. Alisher To‘xtayevichga uzoq umr, sihat-salomatlik, uzoq yillar farzandlar rohatini ko‘rib yurishlarini tilaymiz.

O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi jamoasi

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Sport TV" telekanali "Osiyo bolalari" xalqaro sport o'yinlarida muvaffaqiyatga erishgan yosh taekvondochilarimiz haqida lavha tayyorladi

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2 iyul – Davlat gerbi qabul qilingan kun

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun.

Bayroq har bir davlatning ramzi, xalqning timsolidir. Bugun O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi, rasmiy davlat ramzining qabul qilingan kuni! "O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida"gi Qonun 1992-yil 2-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X-sessiyasida qabul qilingan.

Davlat gerbi dumaloq ko‘rinishga ega bo‘lib, shaklning so‘l tomoni rizq-ro‘zimiz timsoli — bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa o‘zbekning dong‘ini dunyoga taratgan bebaho boyligimiz — chanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan. Uzoqdagi tog‘lar va daryolar manzarasida gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi.

Gerbning yuqori qismida esa O‘zbekiston ozodligining ramzi sifatida sakkizburchak yulduz, uning ichki qismida yarimoy va yulduz ma’nosi mamlakat aholisining ko‘p qismi islom diniga etiqod qilishi, markazida — baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan.

Gerbning pastki qismida O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar tasmasiga "O‘zbekiston" deb yozib qo‘yilgan.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from OlympicUz
🔴 #LIVE

Ayni daqiqalarda poytaxtimizdagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida 🇺🇿 Oʻzbekiston delegatsiyasini 👍 Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya oʻyinlariga tantanali kuzatish marosimi boʻlib oʻtmoqda.

❗️Tadbir tafsilotlari bilan kelgusi xabarlarimizda maʼlum qilamiz.

В эти минуты в столичном музее Олимпийской и Паралимпийской славы проходит торжественное мероприятие проводов 🇺🇿 делегации Узбекистана на 👍 XXXIII летние Олимпийские игры Париж-2024.

❗️ Подробности данного события мы расскажем в наших следующих материалах.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2 iyul - Xalqaro sport jurnalistlari kuni!

Bugun butun kurrai zaminimizda sport sohasida faoliyat yuritayotgan jurnalistlar o‘z kasb bayramlarini nishonlayaptilar.

1995-yilning aynan shu sanasidan e’tiboran har yili xalqaro miqyosda sport jurnalistlari kuni keng nishonlab kelinadi.

Bu sananing o‘ziga yarasha kichik bir tarixi bor. 1924-yil 2-iyul kuni Fransiya poytaxti Parij shahrida Xalqaro sport jurnalistlari assotsiatsiyasi tashkil etilgan edi. Qariyb bir asr avvalgi kun tarixi keyinchalik kasb bayrami sanasi sifatida qabul qilinishiga zamin yaratgandi.

Ushbu sana munosabati bilan O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi yurtimizda sport jurnalistikasi yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan hamkasblarimizni bugungi kasb bayramlari bilan chin qalbdan muborakbod etadi. Sharafli kasbingizda omad va zafarlar va kuch-quvvat tilaydi. Yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin!

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from OlympicUz
Oʻzbekiston delegatsiyasini Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga tantanali kuzatish marosimi boʻlib oʻtdi

Bugun poytaxtimizdagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida Oʻzbekiston delegatsiyasini Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga tantanali kuzatish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi, mamlakat velosiped sporti federatsiyasi rahbari Tanzila Narbayeva, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departament rahbari Odil Abduraxmanov, Davlat Xavfsizlik xizmati raisi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizov, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov, Adham Ikramov boshchiligidagi Sport vazirligi hamda Milliy Olimpiya va Paralimpiya qoʻmitalari rahbarlari, sportchi hamda murabbiylar, OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Прошло торжественное мероприятие проводов делегации Узбекистана на летние Олимпийские игры Париж-2024

Сегодня в Музее Олимпийской и Паралимпийской славы состоялось торжественное мероприятие проводов делегации Узбекистана на XXXIII летние Олимпийские игры Париж-2024. В мероприятии присутствовали Председатель Сената Олий Мажлиса Республики Узбекистан, глава Федерации велоспорта страны Танзила Нарбаева, Премьер-министр Республики Узбекистан Абдулла Арипов, руководитель департамента Администрации Президента Республики Узбекистан Одил Абдурахманов, председатель Службы государственной безопасности, глава Ассоциации футбола Узбекистана Абдусалом Азизов, вице-президент Олимпийского совета Азии Отабек Умаров, руководство Министерства спорта во главе с Адхамом Икрамовым, а также, руководители Национальной Олимпийского и Паралимпийского комитетов, спортсмены, тренеры, сотрудники СМИ.