Jasurbek Jaysunov, Shuhrat Salayev, Najmiddin Qosimxojiev va Feruza Sodiqova hamda Ozoda Sobirjonovadan iborat O’zbekiston taekvondo milliy terma jamoasi aralash jamoaviy dasturda o’tkazilgan Jahon kubogining final bellashuvida mezbon Xitoy terma jamoasiga qarshi dayanga chiqdi. Qizg’in o’tgan bahs, afsuski, 30:36 hisobida chin yurti vakillarining g’alabasi bilan yakunlandi.
Chorak finalda Marokash, yarim finalda esa Koreyaning “Daejeon Metropolitan City” klubini mag’lub etgan sportchilarimiz musobaqaning kumush medallariga ega chiqdi.
Musobaqadagi ajoyib ishtiroki uchun taekvondochilarimiz va murabbiylar shtabiga minnatdorchilik bildiramiz🤝🏻
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Taekvondo WT bo‘yicha aralash jamoaviy yo‘nalishi yirik kompleks musobaqalar dasturiga kiritilmoqda. Ushbu yo‘nalish Parij-2024 ga ko‘rgazmali dastur sifatida kiritilgan bo‘lsa, Los-Anjeles-2028 Olimpiadasidan boshlab medallar jamlanmasi o‘ynalishi kutilmoqda.
Bugun Xitoyda yakuniga yetgan Jahon kubogida O‘zbekiston terma jamoasining qo‘lga kiritgan kumush medali katta ahamiyatga ega. Boisi, terma jamoa tarkibida Ulug‘bek Rashitov, Svetlana Osipova kabi yetakchilar ishtirok etishmagan bo‘lsa ham, bellashuvlar davomida ushbu sport vatani bo‘lmish Janubiy Koreya jamoasi mag‘lub etildi. Jangovar tarkibda qatnashgan Xitoy bilan tengma teng raqobat olib borildi.
Jahon kubogidagi natija sportchilarimizga Parij-2024 Olimpiadasi doirasida o‘tkaziladigan ko‘rgazmali dasturda qatnashish imkoniyatini taqdim qildi. Unda faqatgina Fransiya, O‘zbekiston, Xitoy va Janubiy Koreya jamoalari o‘rtasida bahs kechadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston taekvondo assosiatsiyasi Yoshlar siyosati va sport vaziri, “Fidokorona xizmatlari uchun” va “Mehnat shuhrati” ordenlari sohibi Adham Ikramovni bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik, kelgusidagi ishlarida ham rivoj tilab qoladi.
—
Ассоциации таэквондо WT Узбекистана поздравляет Министра молодёжной политики и спорта, обладателя орденов "Фидокорона хизматлари учун" и "Мехнат шухрати" Адхама Икрамова с Днём рождения, желает ему крепкого здоровья, благополучия, удачи и успехов во всех начинаниях!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥋21-24 dekabr kunlari Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida joylashgan "Alpomish" sport saroyida taekvondo WT'ning pumse va kyorugi yo'nalishlari bo'yicha kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati bahslari o'tkaziladi.
Barcha taekvondo ixlosmandlarini Guliston shahrida kutamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xabar berganimizdek, Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida joylashgan "Alpomish" sport saroyida taekvondo WT bo'yicha kattalar o'rtasida O'zbekiston chempionati o'tkazilmoqda.
Bugun mamlakat birinchiligida kyorugi yo'nalishidagi bellashuvlar start oldi. Kun davomida erkaklar -58, -63, -68, ayollar esa -46, -49, -57, -73 va +73 kg vazn toifalarida g'oliblik uchun bahs olib bordi.
Bugungi kun davomida O'zbekiston chempionatida g'olib va sovrindor bo'lgan sportchilar bilan tanishing (erkaklar):
-58 kg:
-63 kg:
-68 kg:
Ayollar:
-46 kg:
-49 kg:
-57 kg:
-73 kg:
+73 kg:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan jami 500 nafarga yaqin sportchi ishtirok etayotgan musobaqaning yakuniy kunida erkaklar - 54, -74, -80, -87, +87 kg vazn toifalarida, ayollar esa - 53, -62 va -67 kg vaznlarda bahs olib boradi.
Janglar 9:00 da start oladi.
Taekvondo muxlislarini Guliston shahridagi "Alpomish" sport majmuasida kutib qolamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida joylashgan "Alpomish" sport saroyida taekvondo WT bo'yicha kattalar o'rtasida uch kun davom etgan O'zbekiston chempionati bugun o'z nihoyasiga yetdi.
Musobaqaning yakuniy kunida erkaklar - 54, -74, -80, -87, +87 kg vazn toifalarida, ayollar esa - 53, -62 va -67 kg vazn toifalarida g'oliblik uchun bahs olib bordi.
Kun davomida O'zbekiston chempionatida g'olib va sovrindor bo'lgan sportchilar bilan tanishing (erkaklar):
-54 kg:
-74 kg:
-80 kg:
-87 kg:
+87 kg:
Ayollar:
-53 kg:
-62 kg:
-67 kg:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ayni damda poytaxtimizdagi "Renassans Holl" majmuasida "Milliy sport mukofoti-2023" taqdirlash marosimi o'tkazilmoqda.
Ahamiyatlisi, tadbirda "yilning eng yaxshi hakami" nominatsiyasida taekvondo WT bo'yicha xalqaro toifadai hakamimiz Dmitriy Kim g'olib deb topildi.
Dmitriy Konstantinovichni ushbu ajoyib e'tirof bilan tabriklaymiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥳Dmitriy Konstantinovichni tabriklaymiz!
Bugun taekvondo bo‘yicha xalqaro toifadagi o'zbekistonlik hakam Dmitriy Konstantinovich Kimning tavallud ayyomi. 2023-yilda O'zbekistonning eng yaxshi sport hakami deb topilgan tajribali referi bugun 50 yoshga qadam qo'ymoqda.
O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi jamoasi Dmitriy Konstantinovichni bugungi quvonchli kun bilan tabriklaydi va kelajakdagi faoliyatida omad yor bo‘lishini tilaydi.
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Bugun taekvondo bo‘yicha xalqaro toifadagi o'zbekistonlik hakam Dmitriy Konstantinovich Kimning tavallud ayyomi. 2023-yilda O'zbekistonning eng yaxshi sport hakami deb topilgan tajribali referi bugun 50 yoshga qadam qo'ymoqda.
O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi jamoasi Dmitriy Konstantinovichni bugungi quvonchli kun bilan tabriklaydi va kelajakdagi faoliyatida omad yor bo‘lishini tilaydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2023-yil ham o'z yakuniga yetib bormoqda. Yakunlanib borayotgan yilda taekvondo WT bo'yicha milliy terma jamoamiz bir qancha nufuzli musobaqalarda ishtirok etdi va g'olib hamda sovrindorlar qatoridan joy oldi.
YouTube platformasidagi WorldTaekwondo kanali oxirlab borayotgan yil yakunlariga bag'ishlab, sarhisob videosini joyladi.
Videoda siz kadetlar o'rtasidagi Jahon chempionatida porlagan sportchilarimiz, ketma-ket ikki Gran-prida g'oliblikni qo'lga kiritib, tarixiy natija qayd etgan Ulug'bek Rashitov kabi taekvondochilarimizni ko'rishingiz va ularning joriy yilda qayd etgan natijalarini eslashingiz mumkin.
https://www.youtube.com/watch?v=CiqypWlXb0w
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥳Doniyor Safarovni tabriklaymiz!
Bugun O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi raisi yordamchisi Doniyor Safarov o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda.
Fursatdan foydalanib, qadrli hamkasbimizni ushbu quvonchli kun munosabati bilan tabriklaymiz. Tajribali mutaxassisimiz bugun 37 yoshga qadam qo‘ydi.
O‘z ishining ustasi hisoblanuvchi Doniyor Toxirovichga assotsiatsiyamizning barcha xodimlari nomidan baxt-saodat, sihat-salomatlik va kasbiy muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Tug‘ilgan kun muborak!🤝
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Bugun O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi raisi yordamchisi Doniyor Safarov o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda.
Fursatdan foydalanib, qadrli hamkasbimizni ushbu quvonchli kun munosabati bilan tabriklaymiz. Tajribali mutaxassisimiz bugun 37 yoshga qadam qo‘ydi.
O‘z ishining ustasi hisoblanuvchi Doniyor Toxirovichga assotsiatsiyamizning barcha xodimlari nomidan baxt-saodat, sihat-salomatlik va kasbiy muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Tug‘ilgan kun muborak!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM