МИД Узбекистана
3.89K subscribers
9.85K photos
144 videos
4.38K links
Официальный канал МИД Узбекистана

Facebook - fb.com/mfauzb
Instagram - instagram.com/mfa_uzb
YouTube - youtube.com/uzbekmfa
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Душанбе шаҳрида ўтказилган Марказий Осиё давлатлари раҳбарларининг бешинчи Маслаҳат учрашувида иштирок этди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в пятой Консультативной встрече глав государств Центральной Азии, состоявшейся в городе Душанбе.

#Mirziyoyev #sammit #MarkaziyOsiyo #Maslahatuchrashuvi

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Марказий Осиё давлатлари раҳбарларининг Маслаҳат учрашувидаги нутқи

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на Консультативной встрече глав государств Центральной Азии

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев бошқа етакчилар билан биргаликда Душанбе шаҳридаги Марказий Осиё давлатлари раҳбарларининг Маслаҳат учрашуви доирасида расмий, ишбилармонлик ва маданий тадбирларда иштирок этди.

Президент Шавкат Мирзиёев вместе с другими лидерами принял участие в официальных, деловых и культурных мероприятиях в рамках Консультативной встречи глав государств Центральной Азии в городе Душанбе.

#Mirziyoyev #sammit #MarkaziyOsiyo #Maslahatuchrashuvi

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Forwarded from Baxtiyor Saidov
Dushanbe shahrida boʻlib oʻtgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi Maslahat uchrashuvida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylari "eng asosiysi – Markaziy Osiyoda barqarorlik va birdamlik mustahkamlanmoqda" deya alohida ta'kidladi. Davlatimiz rahbari mintaqada yaqin hamkorlikka qaratilgan bir qancha muhim takliflarni ilgari surdi, xususan:
Markaziy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiy kengashini tashkil etish;
tashqi savdo faoliyati bo‘yicha mas’ul bo‘lgan vazirlarning doimiy uchrashuvini o‘tkazish mexanizmini ishga tushirish;
mintaqaning uzoq muddatli sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish;
transport va tranzit haqidagi bitimni ishlab chiqish;
Xitoy, Janubiy Osiyo va Yaqin Sharq hamda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bozorlariga chiqish uchun samarali transport koridorlarini rivojlantirish bo‘yicha aniq mexanizmlarni shakllantirish;
elektr energiyasini yetkazib berish uchun yangi magistral tarmoqlarni barpo etish;
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ko‘magida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash sohasida mintaqaviy Sheriklik dasturini tayyorlash;
“Iqlim bo‘yicha Markaziy Osiyo muloqoti” ko‘p tomonlama platformasini ta’sis etish;
madaniy-gumanitar hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha Harakatlar rejasini qabul qilish;
Markaziy Osiyo yoshlari imkoniyatlarini kengaytirish va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish markazini tashkil etish;
yoshlarning radikallashuviga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlik bo‘yicha Mintaqaviy kompleks dastur ishlab chiqish;
chegaralarni himoya qilish va mustahkamlash bo‘yicha Davlatlararo dasturni ishlab chiqish;
favqulodda vaziyatlar yuzasidan prognozlar qilish, ularning oldini olish, barvaqt ogohlantirish va ularga birgalikda qarshi turish borasida Mintaqaviy tizimni shakllantirish;
mintaqa mamlakatlarining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillari darajasida Muloqot guruhini tashkil etish.

Twitter | Facebook | Instagram | Telegram