O‘zbekiston Elchisi YXHT Iqtisodiy-ekologik qo‘mitasi raisi etib tayinlandi
2020-yilning 9-yanvar kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YXHT) amaldagi raisi Albaniya tomonidan O‘zbekistonning YXHT huzuridagi Doimiy vakili, Elchi Sherzod Asadovni YXHT Doimiy kengashi Iqtisodiy-ekologik qo‘mitasining joriy yildagi raisi etib tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Iqtisodiy-ekologik qo‘mita YXHT hududidagi iqtisodiyot va ekologiya sohalaridagi hamkorlik va xavfsizlik bilan bog‘lik keng ko‘lamli masalalarni nazorat qiladi.
Xavfsizlik masalalari bo‘yicha qo‘mita raisi etib Buyuk Britaniyaning YXHT huzuridagi Doimiy vakili, Elchi Nil Bush, Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitaning raisi etib esa Chexiyaning tashkilot huzuridagi Doimiy vakili, Elchi Ivo Shramek tayinlandi.
https://mfa.uz/uz/press/news/2020/01/22874/
https://t.me/uzbekmfa

Turkmaniston Elchisi bilan uchrashuv
2020-yilning 10-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Turkmanistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi Yazguli Mammedov bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o‘rtasidagi muntazam aloqalar doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni ko‘rib chiqildi hamda 2019-yildagi O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlari sarhisob qilindi.
Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikning faol tus olgani mamnuniyat bilan qayd etildi hamda o‘zaro manfaat kasb etadigan barcha sohalarda aloqalarni yanada rivojlantirishga qiziqish bildirildi.
Shuningdek, 2020-yilda bo‘lib o‘tadigan oliy va boshqa darajalardagi qo‘shma tadbirlar jadvali va kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi.
https://mfa.uz/uz/press/news/2020/01/22878/

Ukraina Elchixonasiga tashrif
2020-yilning 10-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov Ukrainaning Toshkent shahridagi Elchixonasiga tashrif buyurdi.
TIV rahbari o‘rinbosari 2020-yil 8-yanvar kuni “Ukraina xalqaro avialiniyalari”ga tegishli Boeing-737 samolyotning Eron hududida aviahalokatga uchrashi oqibatida insonlarning qurbon bo‘lgani munosabati bilan samimiy ta’ziya izhor etdi va Elchixonada ochilgan Hamdardlik kitobiga qayd kiritdi.
https://mfa.uz/uz/press/news/2020/01/22880/

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining Hindistonga tashrifi to‘g‘risida
2020-yil 14-15-yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov amaliy tashrif bilan Hindiston Respublikasida bo‘ladi.
Nyu-Dehli shahrida Hindiston Tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar bilan muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan. O‘zbekiston delegatsiyasi “Raisina Dialogue” 5-xalqaro konferensiyasi ishida ham ishtirok etadi.
Tashrif doirasida forumda ishtirok etuvchi xorijiy delegatsiya rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish kutilmoqda.
https://mfa.uz/uz/press/news/2020/01/22883/

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti
Mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra 2020-yilning 5-yanvar kuni Sankt-Peterburg shahri Primorye tumanida O‘zbekiston fuqarosi R.X.ning tanasi topilgan. Ma’lum bo‘lishicha, hamyurtimiz qurilayotgan obyektning 16-qavatidan tushib ketgan.
Ayni paytda tergov tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Bosh konsulxona mahalliy hokimiyat organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi hamda vatandoshimizning jasadini vatanga yuborishga oid konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi va eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi hududida joylashgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49.
https://mfa.uz/uz/press/news/2020/01/22888/

Mamlakatimizning Polshadagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra 2020-yil 8-yanvar kuni sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi I.R. ko‘p sonli jarohatlar bilan og‘ir ahvolda Varshava shahridagi Milliy mudofaa vazirligi Harbiy-tibbiy instituti Markaziy klinik shifoxonasining intensiv terapiya klinik bo‘linmasiga yotqizilgan va muolaja olmoqda.
YTH bo‘yicha Varshava shahrida politsiya tergov tadbirlarini olib bormoqda.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra I.R. universitetlardan birining talabasi hisoblanadi.
Elchixona Konsullik bo‘limi vakillari klinikaga borib bemorning holidan xabar oldilar va hamyurtimizning qarindoshlarini qidirishmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti Polsha hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga zarur holatlarda O‘zbekistonning Varshava shahridagi Elchixonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi: +48-22-894-62-30 (2)

Xitoyda bo‘lib turgan yoki u yerga bormoqchi O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga
O‘zbekistonning Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra Xitoy rasmiy idoralari 2020-yil 11-yanvar kuni Uxan shahrida koronavirusning yangi tipidan vafot etgan birinchi fuqaro haqida xabar berdi. Uxan shahri sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha qo‘mitasi tarqatgan ma’lumotga binoan bugungi kunda 40 dan oshiq kishi kasallangan, yana yuzga yaqin kishi tibbiy kuzatuv ostida.
Kasallik tarqatuvchisi “koronavirusning avval ma’lum bo‘lmagan tipi” hisoblanadi. Olimlar tomonidan virus genomi o‘rganib chiqildi.
Elchixona Konsullik bo‘limi Uxan shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari bilan tushuntirish ishlari o‘tkazdi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda TIV Konsullik-huquqiy departamenti Xitoy, xususan uning Xubey provinsiyasi va Uxan shahrida bo‘lib turgan yoki bormoqchi bo‘lgan vatandoshlarimizni zaruriy ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqiradi.
https://mfa.uz/uz/press/news/2020/01/22899/

Mamlakatimizning Aqtau shahridagi (Qozog‘iston) Bosh konsulxonasi 2020-yil 12-yanvar kuni Samara-Chimkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan va ichida 53 nafar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobus Aqtobe viloyati hududida texnik nosozlik tufayli to‘xtab qolgani to‘g‘risida OAVda tarqalgan ma’lumotni tasdiqladi. 13-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:00 da avtobus remont ishlari yakunlangach, marshrut bo‘yicha harakatlanishda davom etdi.
Bosh konsulxona, shuningdek 13-yanvar kuni Aqtobe – Orenburg trassasida yo‘l-transport hodisasi yuz bergani, natijada voqea joyida haydovchi, O‘zbekiston fuqarosi E.M. halok bo‘gani, yana bir vatandoshimiz I.K. turli jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgani haqida ham xabar berdi.
Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va Qozog‘istonning tegishli organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.
TIV Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etadi hamda yana bir bor O‘zbekiston fuqarolari e’tiborini avtobuslarda yoki avtomobil transportining boshqa turlarida qish mavsumida Qozog‘istonga kirishda yoki uning hududidan o‘tishda ehtimoliy xatarlarni hisobga olish va tegishli choralar ko‘rish zarurligiga qaratadi.
https://mfa.uz/uz/press/news/2020/01/22902/

O‘mon Elchixonasiga tashrif
2020-yilning 13-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov O‘mon Sultonligining Toshkent shahridagi Elchixonasiga tashrif buyurdi.
TIV rahbari O‘zbekiston Hukumati va Tashqi ishlar vazirligi nomidan hukmron oila a’zolariga chuqur hamdardlik izhor etdi va Sulton Qobus bin Saidning vafot etgani munosabati bilan ochilgan Ta’ziya kitobiga qayd kiritdi.
https://mfa.uz/uz/press/news/2020/01/22911/

Hindiston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv
2020-yilning 14-yanvar kuni Dehli shahriga amaliy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Hindiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Subrahmanyam Jaishankar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyev va Bosh vazir Narendra Modi o‘rtasidagi muhim kelishuvlarga asoslangan O‘zbekiston-Hindiston hamkorligining holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Vazirlar 2020-yilda bo‘lib o‘tadigan oliy va boshqa darajalardagi uchrashuvlar jadvali, qo‘shma tadbirlar o‘tkazish muddatlari bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdilar.
O‘zbekiston va Hindiston iqtisodiy sohadagi hamkorlikni kengaytirishga ustuvor ahamiyat berishi ta’kidlandi.
https://mfa.uz/uz/press/news/2020/01/22918/

2020-yilning 14-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Dehli shahrida Afg‘oniston Prezidentining Milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Hamdulla Muhib bilan uchrashdi.
https://www.instagram.com/p/B7ThwcqJk8y/
https://t.me/uzbekmfa
https://www.instagram.com/p/B7ThwcqJk8y/
https://t.me/uzbekmfa
2020-yilning 15-yanvar kuni Hindistonda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Chexiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Tomash Petrshichek bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida rejalashtirilayotgan oliy darajadagi sammitga tayyorgarlik ko‘rishning amaliy jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuvda xalqaro tashkilotlar doirasidagi sherikchilikni yanada kengaytirishning samarali mexanizmlari ham ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston vakillari Berlindagi “Yashil hafta”da ishtirok etadi
2020-yilning 16-19-yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev boshchiligidagi delegatsiya Germaniya Federativ Respublikasiga tashrif buyuradi.
Mamlakatimizning Germaniyasdagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra tashrif chog‘ida O‘zbekiston delegatsiyasi “Yashil hafta – 2020” xalqaro ko‘rgazmasi va Qishloq xo‘jaligi vazirlarining Berlin konferensiyasida ishtirok etadi.
O‘zbekiston delegatsiyasining Berlinga tashrifi dasturida ishbilarmon sheriklar bilan uchrashuvlar o‘tkazish bilan bir qatorda Germaniyaning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi Federal vaziri Yuliya Klyokner hamda Polsha, Belarus, Livan, Moldova, Ukraina va boshqa davlatlarning qishloq xo‘jaligi vazirlai bilan muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Estoniya TIV rahbari bilan uchrashuv
2020-yilning 15-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Dehli shahrida (Hindiston) bo‘lib o‘tayotgan “Raisina Dialogue” 5-xalqaro konferensiyasida ishtirok etish doirasida Estoniya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Urmas Reynsalu bilan uchrashdi.
Vazirlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-Estoniya hamkorligini yanada rivojlantirishning istiqbollari bo‘yicha fikr almashdilar.
O‘zbekiston va Estoniya Tashqi siyosat idoralari rahbarlari ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalarni ham muhokama qildilar.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Hindistondagi xalqaro konferensiyada nutq so‘zladi
2020-yilning 15-yanvar kuni Dehli shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Hindiston Tashqi ishlar vazirligi shafeligida o‘tkazilayotgan “Raisina Dialogue” 5-xalqaro konferensiyasida nutq so‘zladi.
O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari o‘z nutqida qayd etganidek, “Raisina Dialogue” tashkil topganidan beri to‘rt yil davomida o‘zini mintaqaviy va global rivojlanishning asosiy muammolari yuzasidan fikr almashish uchun dunyodagi eng nufuzli va e’tirof etilgan maydonlardan biri sifatida o‘z o‘rnini topdi. Dehli shahrida o‘tkazilgan forumning yuqori mavqeyi dunyoning iqtisodiy markazlaridan biri, eng yirik demokratiyasi va Janubiy Osiyodagi muhim o‘yinchi sifatidagi Hindistonning ulkan salohiyatidan dalolat beradi.
Batafsil: https://www.facebook.com/MFAUZB/posts/1212023282316562

Rossiya TIV rahbari bilan uchrashuv
2020-yilning 16-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Toshkent shahriga rasmiy tashrif bilan kelgan Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Sergey Lavrov bilan uchrashdi.
Vazirlar mamnuniyat bilan qayd etdilarki, so‘nggi ikki yilda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar barqaror o‘smoqda va keng qamrovli tus oldi. O‘tgan yilda iqtisodiy sohaning o‘zida vazirlik va idoralar, hududlar delegatsiyalari, kompaniyalar rahbarlari, ishbilarmon doiralarning 130 dan ortiq tashriflari amalga oshirildi. Ta’kidlanganidek, mazkur ijobiy dinamikaga avvalo ikki mamlakat liderlari o‘rtasida o‘rnatilgan ishonchli munosabatlar va o‘zaro anglashuv sababli erishildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Prezidentining Rossiyaga bo‘lajak tashrifiga tayyorgarlikning amaliy jihatlariga alohida urg‘u berildi. Mazkur tashrif ikki tomonlama munosabatlarning yangi tarixidagi muhim voqea bo‘lishi kutilmoqda.
Batafsil

2020-yilning 16-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Sergey Lavrov Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining (universiteti) Toshkent shahridagi filialiga tashrif buyurdilar.
O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil 11-fevraldagi qarori bilan tashkil etilgan nufuzli Rossiya oliy ta’lim muassasasining filiali joriy o‘quv yilida ilk talabalarni qabul qildi va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) resurs bazasida o‘z dasturlarini amalga oshirishni boshladi.
Yangi ta’lim dargohining faollar zalida O‘zbekiston va Rossiya tashqi siyosat idoralari rahbarlari MGIMO filiali va JIDU talabalari va professor-o‘qituvchilari tarkibi oldida nutq so‘zladi. Sergey Lavrov bo‘lajak diplomatlarning savollariga javob berdi.
Batafsil
https://t.me/uzbekmfa
O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil 11-fevraldagi qarori bilan tashkil etilgan nufuzli Rossiya oliy ta’lim muassasasining filiali joriy o‘quv yilida ilk talabalarni qabul qildi va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) resurs bazasida o‘z dasturlarini amalga oshirishni boshladi.
Yangi ta’lim dargohining faollar zalida O‘zbekiston va Rossiya tashqi siyosat idoralari rahbarlari MGIMO filiali va JIDU talabalari va professor-o‘qituvchilari tarkibi oldida nutq so‘zladi. Sergey Lavrov bo‘lajak diplomatlarning savollariga javob berdi.
Batafsil
https://t.me/uzbekmfa
TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti
Mamlakatimizning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra 2020-yil 16-yanvar kuni Nijniy Novgorod – Arzamas – Saransk – Issa – Penza – Saratov trassasida Saratov viloyati hududida ichida 8 nafar yo‘lovchi, jumladan 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan mikroavtobus ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida hamyurtlarimizdan 2 nafari vafot etdi, 3 nafari esa Saratov shahridagi viloyat klinik shifoxonasiga joylashtirildi.
Bosh konsulxona mazkur vaziyatni nazoratga oldi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tibbiyot muassasasi bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi va Rossiyaning Volgabo‘yi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Kirov viloyati, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijegorod viloyati, Orenburg viloyati, Penza viloyati, Perm o‘lkasi, Samara viloyati, Saratov viloyati, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov viloyati, Chuvashiya Respublikasi) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Qozon shahridagi mamlakatimiz Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini ma’lum qiladi: +7-843-526-55-64, +7-843-526-55-65.
https://mfa.uz/uz/press/news/2020/01/22944/

Media-maydonda Moskva va Sankt-Peterburg shaharlarida qator O‘zbekiston fuqarolari yangi yil bayrami kunlari qo‘lga olingani va ularga nisbatan ma’muriy choralar qo‘llanilgani munosabati bilan Rossiyaning mazkur shaharlaridagi mamlakatimizning diplomatik muassasalari tegishli hukumat organlari bilan birgalikda hodisaning barcha tafsilotlariga aniqlik kiritmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti chet eldagi O‘zbekiston fuqarolaridan ular borgan mamlakatning qonunlari va qoidalarini diqqat bilan o‘rganishlarini va ularga qat’iy amal qilishlarini so‘raydi.

O‘zbekistonning Moskva shahridagi Elchixonasida MDH Iqtisodiy kengashi huzuridagi Iqtisodiy masalalar bo‘yicha komissiyaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2020-yilning 17-yanvar kuni mamlakatimizning Moskva shahridagi Elchixonasida O‘zbekiston Respublikasi raisligida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Iqtisodiy kengashi huzuridagi Iqtisodiy masalalar bo‘yicha komissiyaning (IMK) joriy yildagi birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining MDHga 2020-yildagi raisligi bilan bog‘liq masalalarga muhim e’tibor qaratildi.
IMK a’zolari tomonidan yig‘ilish kun tartibiga asosan innovatsion hamkorlik, tovarlarni markirovkalash, standartlash sohasidagi 7 ta masala hamda 2021-yilda MDHda Arxitektura va shaharsozlik yiliga bag‘ishlangan tadbirlar rejasi loyihasi ko‘rib chiqildi
Komissiyaning keyingi yig‘ilishi 2020-yil 19-fevral kuni Moskva shahrida o‘tkaziladi.
https://t.me/uzbekmfa
https://www.facebook.com/MFAUZB/posts/1213832585468965