Tashqi ishlar vazirligi
8.84K subscribers
9.98K photos
230 videos
4.32K links
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy kanali

Facebook - fb.com/mfauzb
Instagram - instagram.com/mfa_uzb
YouTube - youtube.com/uzbekmfa
Download Telegram
Nyu-York shahrida O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi Qozog'iston tomoni tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi doirasida tashkil etilgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo'yicha kengashining norasmiy vazirlar uchrashuvida ishtirok etdi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
2022-yil 22-sentabr kuni Nyu-York shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Amerika Qo'shma Shtatlarining "C5+1"formatidagi Vazirlar yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Tadbir davomida Qozog'iston Respublikasi, Qirg'iziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston, O'zbekiston Respublikasi va Amerika Qo'shma Shtatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlari va vakillari tomonlarni qiziqtirgan yo'nalishlardagi hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

O'zbekiston delegatsiyasi rahbari, Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov o'z nutqida "C5+1" muhim muloqot mexanizmi bo’lib, uning doirasidagi hamkorlik samaradorligini oshirish borasida ma’lum yutuqlarga erishilganini qayd etdi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
2022-yil 22-sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi doirasida Daniya Qirolligi Tashqi ishlar vaziri Yeppe Sebastyan Kofod bilan muzokaralar olib bordi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasida ishtirok etish doirasida 2022-yil 22-sentabr kuni Finlyandiya Tashqi ishlar vaziri Pekka Xaavisto bilan uchrashuv o'tkazdi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
Nyu-York shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi doirasida O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Singapur Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vivian Balakrishnan bilan muzokaralar olib bordi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Tojikiston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi doirasida Nyu-York shahridatashkil etilgan "Erib borayotgan kriosfera: yer osti suvlarini saqlash va suv resurslarini boshqarish bo’yicha tahdidlari" mavzusidagi yuqori darajadagi yig'ilishda ishtirok etdi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Nyu-York shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining Tamaddunlar ittifoqi bo'yicha Yuqori vakili Migel Anxel Moratinos bilan uchrashuv o'tkazdi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
⚡️⚡️⚡️Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norovning BMT Bosh Assambleyasi 77-sessiyasi umumiy munozaralaridaginutqi boshlandi.

O'zbekiston delegatsiyasi rahbarining nutqi 77-sessiya veb-saytida https://gadebate.un.org/en havolasi orqali jonli efirda namoyish etilmoqda.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasida so'zga chiqdi

2022-yil 24-sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi umumiy munozaralarida so’zga chiqdi.

O'zbekiston delegatsiyasi rahbari o'z nutqida BMTning global va mintaqaviy muammolarni hal qilishdagi markaziy rolini kuchaytirish muhimligini ta'kidladi. Shu bilan birga, Tashkilotning o'zi ham sodir bo'layotgan o'zgarishlarga samarali javob berish uchun rivojlanishi kerak.
Yangi O'zbekiston Taraqqiyot strategiyasi BMT minbarida taqdim etildi

O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 77-sessiyasidagi nutqida so'nggi yillarda mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli jadal demokratik islohotlarga to'xtalib o'tdi.
Yangi O'zbekistonning yoshlar siyosati BMT Bosh Assambleyasining 77 – sessiyasining diqqat markazida

Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi bo'lib o'tmoqda.

Tadbirda so'zga chiqqan O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov aynan yoshlar bugungi jarayonlarda muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidladi.
Birgalikdagi sa'y-harakatlar tufayli Markaziy Osiyoda mutlaqo yangi siyosiy muhit yaratildi

Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 77-sessiyasida so'zlagan nutqida ta’kidladi.
Afg'oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor vazifasi bo'lishi kerak

O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 77-sessiyasidagi nutqida qo'shni Afg'onistondagi vaziyatga e'tibor qaratdi.
Xususan, Markaziy Osiyoning rivojlanish istiqbollari Afg'onistonda tinchlikni ta'minlash bilan uzviy bog'liqligini ta'kidladi.
O'zbekiston "yashil" kun tartibini ilgari surish va iqlim o'zgarishi jarayonlarini cheklashda faol ishtirok etishga tayyor

O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov
ning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 77-sessiyasidagi nutqidagi muhim mavzulardan biri iqlim o'zgarishiga qarshi kurash bo’ldi.
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norovning BMT Bosh Assambleyasi 77-sessiyasining umumiy munozaralaridagi nutqi.