Tashqi ishlar vazirligi
8.84K subscribers
9.98K photos
230 videos
4.32K links
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy kanali

Facebook - fb.com/mfauzb
Instagram - instagram.com/mfa_uzb
YouTube - youtube.com/uzbekmfa
Download Telegram
2020-yilning 25-sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi doirasida BMTning Aksilterror boshqarmasi tomonidan Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha Mintaqaviy markaz bilan birgalikda “Markaziy Osiyo davlatlarining Suriya va Iroqdan qaytib kelgan shaxslarga nisbatan sa’y-harakatlari: yutuqlar, muammolar va to‘plangan tajriba” mavzusida onlayn tadbir o‘tkazildi.

Tadbirning asosiy ma’ruzachilaridan biri sifatida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sherzod Asadov nutq so‘zladi va mamlakatimizning ushbu sohadagi tajribasi bilan o‘rtoqlashdi, xususan, “Mehr” va “Mehr-2” maxsus operatsiyalari doirasida Suriya va Iroqdagi qurolli mojarolar hududidan 200 dan ziyod yurtdoshlarimizni vatanga qaytarish bo‘yicha olib borilgan ishlar to‘g‘risida ishtirokchilarga ma’lumot berdi.

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/09/24729/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Туркманистон Президенти Гурбангули Бердимуҳамедовни Мустақиллик куни билан табриклади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев поздравил Президента Туркменистана Гурбангулы Бердымухамедова с Днем независимости.

#Mirziyoyev #qutlov #Turkmaniston

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonoti

Ozarbayjon Respublikasi va Armaniston Respublikasi munosabatlaridagi keskinlikning oshishi O‘zbekiston Respublikasida jiddiy tashvish uyg‘otmoqda.

O‘zaro qarama-qarshilik chog‘ida harbiy kuchning ishlatilishi ikki tomondan ham ko‘plab insonlarning qurbon bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

O‘zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida raislik qilayotgan davlat sifatida MDH hududida do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari va o‘zaro ishonchni mustahkamlash, bahsli masalalarni xalqaro huquq normalariga qat’iy mos ravishda tinch yo‘l bilan hal qilinishining muhimligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Ozarbayjon Respublikasi va Armaniston Respublikasini harbiy harakatlarni tezda to‘xtatishga hamda mojaroni suverenitet va hududiy yaxlitlik tamoyillariga rioya qilgan holda tinch yo‘l bilan bartaraf etish maqsadida diplomatik muzokaralarni boshlashga chaqiramiz.

https://mfa.uz/uz/press/statements/2020/09/24732/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz
Техник тартибга солиш, стандартлаштириш, сертификатлаш ва метрология тизимидаги ислоҳотлар муҳокамасига бағишланган йиғилиш бўлиб ўтди.
Келгуси йил якунига қадар Ўзбекистонда халқаро стандартлар сонини 14 мингтага, халқаро талаблар билан уйғунлик даражасини 50 фоизга етказиш вазифаси белгиланди.
5 мингдан зиёд эски стандартларни бекор қилиш, маҳсулотлар хавфсизлиги бўйича техник регламентларни Европа ва ЕОИИ меъёрларига мослаштириш бўйича кўрсатмалар берилди.

Состоялось совещание, посвященное реформам в системе технического регулирования, стандартизации, сертификации и метрологии.
Поставлена задача довести к концу следующего года количество внедренных в стране международных стандартов до 14 тысяч и уровень соответствия национальных стандартов до 50%.
Даны указания по отмене более 5 тысяч устаревших стандартов, приведению техрегламентов безопасности продукции в соответствие с требованиями Европы и ЕАЭС.

#Mirziyoyev #yigilish #standartlashtirish #eksport

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi axboroti

O‘zbekistonning Qozon va Rostov-Don shaharlaridagi bosh konsulxonalari ma’lumotlariga asosan, 2020-yil 29-sentabr holatiga ko‘ra Samara viloyatining “Kinel”, Rostov viloyatining “Pervomayskaya” va “Lixaya” temir yo‘l stansiyalari yaqinida O‘zbekiston fuqarolarining to‘planishi kuzatilmayapti.

To‘plangan barcha fuqarolar avtobus reyslari va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning maxsus poyezdlari orqali vatanga qaytarilgan. Shu munosabat bilan ushbu stansiyalar yaqinidagi maxsus vaqtinchalik lagerlar ayni paytda yopilgan.

Mamlakatimizning Rossiyadagi diplomatik vakolatonalari xabar berishicha, so‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda Rossiya-Qozog‘iston davlatlararo chegarasi joriy yilning 1-oktabridan ochilishi hamda Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘iston hududi orqali Vatanimizga qaytishlari mumkinligi haqidagi yolg‘on xabarlar tarqalmoqda. Bundan tashqari, yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanadigan ayrim shaxslar shaxsiy avtomobil vositalarida O‘zbekistonga qaytish to‘g‘risida turli e’lonlar tarqatmoqdalar.

Hamyurtlarimizdan bu kabi yolg‘on xabarlarga ishonmasliklarini so‘raymiz. Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi avtomobil chegaralari tomonlar ushbu masala bo‘yicha maxsus qaror qabul qilgunga qadar chet el fuqarolari uchun yopiq qolishi haqida ma’lum qilamiz.

Hozirda Vatanga qaytishni istagidagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun avia, temir yo‘l va avtobus charter qatnovlari tashkil etilmoqda. Ushbu reyslarga chiptalar onlayn tarzda sotilmoqda.

Koronavirus infeksiyasi pandemiyasi tarqalayotgan bir paytda fuqalorning bir joyda to‘planishi ularning virus bilan kasallanish ehtimolini keskin oshiradi. Bunday holat ayniqsa qariyalar, bemorlar, surunkali kasalligi bor fuqarolar uchun nihoyatda xavflidir.

Rossiya hududida bo‘lgan vatandoshlarimizdan joylarda to‘planmaslik, barcha karantin talablariga qat’iy rioya qilish hamda o‘zlari va yaqinlari salomatligini xavf ostiga qo‘ynmasliklarini yana bir bor so‘raymiz.

https://mfa.uz/uz/press/news/2020/09/24737/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz
2020-yil 29-sentabr kuni Dushanbe shahrida O‘zbekiston va Tojikiston tashqi ishlar vazirlari Abdulaziz Kamilov va Sirojiddin Muhriddin ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari to‘g‘risida siyosiy maslahatlashuvlarni o‘tkazdi

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/09/24739/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz
Sankt-Peterburg shahrida “Ishga marhamat” moslashuv markazi ochildi. Markaz Rossiya Federatsiyasida mehnat faoliyatini olib borayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga huquqiy va psixologik yordam koʻrsatadi

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/09/24742/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz
Тошкентдаги Халқаро конгресс марказида 1 октябрь – Ўқитувчи ва мураббийлар кунига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтмоқда. Унда Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев иштирок этяпти.
Бу йилги табрик аввалгиларидан фарқ қилиб, мурожаат тарзида бўлмоқда. Унда Президент таълим ва илм-фанни ривожлантириш йўлидаги долзарб вазифалар ҳақида сўз юритяпти.

В Международном конгресс-центре в Ташкенте проходит торжественное собрание, посвященное 1 октября - Дню учителей и наставников. В нем принимает участие Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев.
В этом году праздничное поздравление адресуется в формате своеобразного послания к учителям, интеллигенции. Президент говорит об актуальных задачах по развитию образования и науки.

#Mirziyoyev #murojaat #1oktabr #talim #fan

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter