Tashqi ishlar vazirligi
7.78K subscribers
8.59K photos
218 videos
3.88K links
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy kanali

Facebook - fb.com/mfauzb
Instagram - instagram.com/mfa_uzb
YouTube - youtube.com/uzbekmfa
Download Telegram
Moskva shahrida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga

Mamlakatimizning Rossiyadagi Elchixonasi Konsullik bo‘limi 2020-yil 1-yanvardan xorijliklarga, jumladan O‘zbekiston fuqarolariga, Moskva shahrida ishlash huquqini beradigan patent narxi 7 foizga oshib 5350 rublni tashkil etishi to‘g‘risida OAVda tarqalgan xabarni tasdiqladi.

https://mfa.uz/uz/press/news/2020/01/22806/
https://t.me/uzbekmfa
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi: 2019

Qadimiy madaniyatga ega va islom tamadduni rivojiga alohida hissa qo‘shgan O‘zbekistonning o‘rni va rolini inobatga olgan holda mamlakatimiz Islom hamkorlik tashkiloti doirasida faol hamkorlik qilmoqda. O‘zbekiston rahbarining tashabbusi bilan Toshkentda mintaqada birinchi Islom sivilizatsiyasi markazi bunyod etilmoqda.
Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY) Xivani “Turkiy dunyoning madaniy poytaxti”, Islom hamkorlik tashkiloti – Buxoroni “Islom dunyosining madaniy poytaxti” deb e’lon qildi.

Abdulaziz Kamilov
“Xalq so‘zi” gazetasi
2019-yil 29-dekabr

https://mfa.uz/uz/press/news/2020/01/22808/
https://t.me/uzbekmfa
TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

Mamlakatimizning Germaniya Federativ Respublikasidagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra 2019-yilning 31-dekabr kuni O‘zbekiston fuqarosi N.X. Konsullik bo‘limiga murojaat qilib, jiyani R.X.ning baxtsiz voqea oqibatida fojeali halok bo‘lganini xabar bergan.

O‘tgan yilning oktabr oyidan boshlab R.X. Germaniyadagi “PRAXX” jamiyatining malaka oshirish dasturi doirasida Kil shahri yaqinidagi fermer xo‘jaliklaridan birida shartnoma asosida amaliyot o‘tayotgan edi. 27-dekabr kuni u balandlikdan qulab tushib, vafot etgan. Mahalliy politsiya tekshiruv o‘tkazdi va baxtsiz hodisa yuz berganini tasdiqladi.

Elchixonaning Konsullik bo‘limi qarindoshlar va O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan birgalikda vatandoshimizning jasadini vatanga jo‘natishga oid konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etadi va Germaniya (Berlin, Brandenburg, Bremen, Quyi Saksoniya, Gamburg, Meklenburg-Old Pomeraniya, Saksoniya, Saksoniya-Anhalt, Shlezvig-Holshtayn, Turingiya), Shvetsiya, Shveysariya va Chexiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatimizning Berlin shahridagi Elchixonasiga +49-30-39-40-98-55, +49-30-39-40-98-30 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi.

https://mfa.uz/uz/press/news/2020/01/22812/
https://t.me/uzbekmfa
TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

Mamlakatimizning Benilyuks davlatlaridagi Elchixonasi 2020-yil 3-yanvar kuni Amsterdam shahrida (Niderlandiya) o‘tkazilayotgan Butunjahon rodjestvo sirki shousida o‘z chiqishi bilan qatnashayotgan “Samo farishtalari” dueti akrobatlari, O‘zbekiston fuqarolari Kristina Vorobyeva va Rustem Osmanovning tomosha vaqtida 10 metr balandlikdan qulab tushgani to‘g‘risidagi OAVning ma’lumotlarini tasdiqladi. Artistlar og‘ir ahvolda shifoxonaga olib kelingan.

Elchixona shu kunning o‘zida jabrlangan hamyurtlarimizga kerakli yordamni ko‘rsatish uchun Niderlandiyaning rasmiy organlari va politsiyasi bilan bog‘landi va ular bilan muloqotda bo‘lib turibdi.

Konsullik-huquqiy departamenti Benilyuks davlatlari (Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg) hamda Daniya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatimizning Brussel shahridagi Elchixonasiga + 02 661 20 42 (44, 46, 47, 49) yoki + 32 488 41 48 06 telefon raqamlari, consulat@uzbekistan.be elektron pochtasi orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi.

https://mfa.uz/uz/press/news/2020/01/22815/
https://t.me/uzbekmfa
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi: 2019

Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekistonning 18 ta elchixonasi Namangan viloyatiga biriktirildi. Ayni paytda hokimiyat bilan yaqin hamkorlikda umumiy qiymati 1,67 milliard dollarga teng 200 dan ortiq investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Joriy yilda 300 million dollar o‘zlashtirildi.

Jumladan, 7-8-iyun kunlari Namangan shahrida Tashqi ishlar vazirligi va elchixonalar ko‘magida 40 mamlakatdan 350 nafar xorijiy biznes vakillari ishtirokida birinchi yirik xalqaro investitsiya forumi tashkil etilib, 358 million dollarlik 48 ta investitsiya va eksport shartnomalari imzolandi.

Abdulaziz Kamilov
“Xalq so‘zi” gazetasi
2019-yil 29-dekabr

https://mfa.uz/uz/press/news/2020/01/22817/
https://t.me/uzbekmfa
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi: 2019

O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini yuksaltirish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Sayyohlik vizasini olishning soddalashtirilgan tartibi qo‘llaniladigan davlatlar soni 77 taga yetdi.

Xorijiy mamlakatlardan 13 ta jamoatchilik va madaniyat arboblari O‘zbekiston sayyohlik brendining elchilari etib tayinlandi. Xorijiy davlatlardan O‘zbekistonga sayyohlar oqimini oshirishga qaratilgan 8 ta “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. Xorijdagi 50 ta sayyohlik ko‘rgazmasida O‘zbekiston sayyohlik kompaniyalarining ishtirok etishiga yordam ko‘rsatildi. Natijada shu davr ichida turistlar soni 27,1 foiz oshib, 6,23 million kishini tashkil etdi.

Abdulaziz Kamilov
“Xalq so‘zi” gazetasi
2019-yil 29-dekabr

https://mfa.uz/uz/press/news/2020/01/22820/
https://t.me/uzbekmfa
TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

Mamlakatimizning Benilyuks davlatlaridagi Elchixonasi 2020-yil 3-yanvar kuni Amsterdam shahrida (Niderlandiya) sirk shousidagi o‘z chiqishi chog‘ida 10 metr balandlikdan qulab tushgan akrobatlar, O‘zbekiston fuqarolari Kristina Vorobyeva va Rustem Osmanov Amsterdam Medical Center tibbiyot majmuasiga yotqizilganligini xabar qildi.

Vaziyat Elchixona nazoratiga olingan. Zarur yordamni ko‘rsatish uchun Konsullik bo‘limi xodimi Amsterdam shahriga jo‘nab ketdi. Kristina Vorobyeva ikki bor operatsiya qilindi va uchinchi jarrohlik amaliyotini o‘tkazish masalasi hal qilinmoqda. Turmush o‘rtog‘i Rustem Osmanovning sog‘ligi barqaror deb baholanmoqda.

https://mfa.uz/uz/press/news/2020/01/22821/
https://t.me/uzbekmfa
Tashqi ishlar vazirligida uchrashuv

2020-yilning 6-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Dilshod Axatov Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Tashqi siyosatni tahlil qilish va muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Burak Akchapar bilan uchrashdi. U turli sohalardagi vazirliklararo muntazam maslahatlashuvlar o‘tkazish maqsadida mamlakatimizga kelgan.

Suhbat chog‘ida vazirlikning markaziy apparati va xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida xizmat qiladigan Turkiyaning barcha favqulodda va muxtor elchilari ishtirokida har yili Anqara shahrida tashkil etiladigan konferensiyani o‘tkazish bo‘yicha tajriba almashishga alohida e’tibor qaratildi.

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/01/22830/
https://t.me/uzbekmfa
TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

2020-yil 3-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonning 80 yoshli fuqarosi A.X.ning og‘iq ahvolga tushgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar tarqalishi munosabati bilan mamlakatimizning Jidda shahridagi Bosh konsulxonasi shu kunning o‘zida u bilan aloqa o‘rnatdi. Unga zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatildi.

A.X. so‘zlariga ko‘ra, u ma’lum odamlar bilan Saudiya Arabistoniga umra ziyorati uchun safar tashkillashtirish, xususan mehmonxona, ovqatlanish, doimiy kuzatuv xizmati xarajatlarini qoplashga kelishib olgan. Ammo 1-yanvar kuni Bishkek va Istanbul orqali Jidda shahri aeroportiga kelganida va’da qilinganiga qaramay uni hech kim kutib olmagan.

Bosh konsulxona ma’lumotiga ko‘ra, Saudiya Arabistonining Haj va umra ishlari vazirligi ko‘magi bilan bizning fuqaromizga zarur yordam ko‘rsatildi, xususan mehmonxonaga joylashtirildi. Hozirda u umra amallarini ado etmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti ziyoratga amallarini bajarishda rasmiy vakolatli tashkilotlar xizmatidan foydalanishni tavsiya qiladi va Saudiya Arabistonida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda Jidda shahridagi Bosh konsulxonasiga +966-12-607-72-50 va +966-56-661-94-96 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi.

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/01/22832/
https://t.me/uzbekmfa
TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

Mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2019-yilning 30-dekKomi Respublikasi Yemva shahrida O‘zbekiston fuqarosi K.A. ish joyida baxtsiz hodisa oqibatida vafot etdi. Shuningdek 5-yanvar kuni Sankt-Peterburg shahri Kurortny tumanida yo‘l-transport hodisasi natijasida haydovchi, O‘zbekiston fuqarosi M.A. vafot etdi.

Ayni paytda ikki hodisaning tafsilotlarini aniqlash uchun tergov tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Bosh konsulxona tegishli masalalarni hal qilish uchun mahalliy hokimiyat organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.

https://mfa.uz/uz/press/news/2020/01/22836/
https://t.me/uzbekmfa
TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

Mamlakatimizning Istanbul shahridagi (Turkiya) Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra 2020-yil 1-yanvar kuni Izmir shahridagi mebel do‘konlaridan birida u yerda ishlovchi O‘zbekiston fuqarosi A.A.ning jasadi topilgan. Mazkur holat yuzasidan tergov tadbirlari olib borilmoqda.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va hamyurtimizning jasadini dafn etish uchun vatanga yuborishda A.A.ning qarindoshlariga konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarda yordam berishga tayyor.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etadi va Turkiya, Bolgariya, Ruminiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi: +90 212-323-20-37, +90 212-229-00-75.

https://t.me/uzbekmfa
UNFPA Vakolatxonasining rahbari bilan uchrashuv

2020-yil 8-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) vakolatxonasining yangi rahbari Yu Yuni qabul qildi.

Yu Yu o‘zining O‘zbekistonga tayinlanganligi to‘g‘risidagi BMT Bosh kotibining o‘rinbosari va UNFPA Ijrochi direktori Natalia Kanemning maktubini topshirdi.

Uchrashuvda 2022-yilda UNFPA ko‘magida mamlakatimizda aholini ro‘yxatga olishning o‘tkazilishi bilan bog‘liq amaliy masalalar ko‘rib chiqildi.

https://mfa.uz/uz/press/news/2020/01/22843/
https://t.me/uzbekmfa
O‘zbekiston-Tojikiston Qo‘shma demarkatsiya komissiyasining birinchi yig‘ilishi

2020-yilning 7-yanvar kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi Qo‘shma demarkatsiya komissiyasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar chog‘ida strategik sherikchilik bilan mustahkamlangan ikki tomonlama munosabatlarning yuqori darajada ekanligi qayd etildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston-Tojikiston Davlat chegarasini demarkatsiya qilish uchun asos bo‘ladigan normativ-huquqiy va texnik hujjatlar tasdiqlandi. Shuningdek, 2020-yil uchun uchrashuvlar reja-jadvali kelishildi.

Muzokaralar konstruktiv va do‘stona muhitda o‘tdi.

Tadbir yakuniga ko‘ra tegishli Bayonnomani imzolandi.

https://t.me/uzbekmfa
TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

2020-yil 8-yanvar kuni mamlakatimizning Tehron shahridagi Elchixonasi dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra bugun “Ukraina xalqaro avialiniyalari” Boeing-737 samolyotining Eronda aviahalokatga uchrashi oqibatida qurbon bo‘lganlar ro‘yxatida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligini xabar qildi.

https://t.me/uzbekmfa
Rossiyaga meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish bilan shug‘ullanadigan O‘zbekistonning yuridik va jismoniy shaxslari diqqatiga

O‘zbekistonning asosiy ho‘l meva mahsulotlari hisoblanadigan tarvuz, qovun, uzum, anjir, olma, nok, behi, o‘rik, gilos, olcha, shaftoli (jumladan nektarin ham), olxo‘ri va limon Rossiyaga eskport qilnganda ularga nisbatan avval amal qilgan 20%li QQS o‘rniga 10%li stavka joriy etiladi.

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/01/22853/
https://t.me/uzbekmfa
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonoti

O‘zbekistonda Markaziy Osiyoga bevosita tutash Yaqin Sharqda yuz berayotgan voqealar alohida tashvish bilan qarshi olinmoqda.

Harbiy-siyosiy holatning yanada keskinlashishi ko‘plab insonlar qurbon bo‘lishiga va keng ko‘lamli gumanitar falokatga olib kelishi mumkin, hayotiy muhim iqtisodiy aloqalar va kommunikatsiya yo‘llarini vayron qiladi, mintaqaviy va global xavfsizlikka tuzatib bo‘lmas zarar yetkazadi.

O‘zbekiston tomoni o‘ta bosiqlik tarafdori bo‘lib, taranglikni kamaytirish va mintaqadagi vaziyatni mo‘tadillashtirish uchun qarama qarshi tomonlarni siyosiy-diplomatik choralar ko‘rishga chaqiradi.

https://mfa.uz/uz/press/news/2020/01/22857/
https://t.me/uzbekmfa
TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

Qozog‘iston Respublikasining “Tajen” nazorat-o‘tkazish punktida noma’lum shaxslar go‘yoki “muammosiz” chegaradan o‘tkazish evaziga pul undirayotgani to‘g‘risida O‘zbekiston fuqarolaridan bir necha murojaatlar kelib tushgani munosabati bilan mamlakatimizning Nur-Sulton shahridagi Elchixonasi va Aqtau shahridagi Bosh konsulxonasi Qozog‘iston tomoni bilan birgalikda holatning barcha tafsilotlarini aniqlash va muammoni bartaraf etish uchun qator diplomatik choralarni ko‘rmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti Qozog‘istonda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda O‘zbekistonning Nur-Sulton shahridagi Elchixonasiga (Nur-Sulton shahri, Aqmo‘la, Shimoliy Qozog‘iston, Pavlodar, Qostanay va Qarag‘anda viloyatlari, tel.: +7-717-295-45-87, +7-777-218-20-10 (Telegram, Whatsapp, Imo); Aqtau shahridagi Bosh konsulxonaga (Aqto‘be, Atirau, G‘arbiy Qozog‘iston va Mang‘istau viloyatlari, tel.: +7-29-277-71-17, +7-777-599-00-50, +7-777-599-00-51); Olmaota shahridagi Bosh konsulxonaga (Olmaota shahri, Chimkent shahri, Olmaota viloyati, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil va Qizilo‘rda viloyatlari, tel.: +7-727-299-20-70, +7-727-390-26-16) murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi.

https://t.me/uzbekmfa
Rossiya Tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot to‘g‘risida

2020-yilning 9-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Ikki tomonlama va xalqaro kun tartibining joriy masalalari bo‘yicha fikr almashildi.

Xalqaro tadbirlarning jadvalidagi ayrim o‘zgarishlar sababli Rossiya TIV rahbarining Toshkent shahriga rasmiy tashrifi sanasini 12-13-yanvardan 15-16-yanvarga ko‘chirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Sergey Lavrovning O‘zbekistonga tashrifining avval kelishilgan dasturidagi asosiy bandlar o‘zgarishsiz qoladi.

https://mfa.uz/uz/press/news/2020/01/22865/
https://t.me/uzbekmfa
2020-yilning 9-yanvar kuni Brussel shahrida O‘zbekiston Respublikasining NATO huzuridagi Missiyasi rahbari, Elchi Dilyor Xakimov Alyans Bosh kotibi Yens Stoltenbergga ishonch yorliqlarini topshirdi.

https://mfa.uz/uz/press/news/2020/01/22867/
https://t.me/uzbekmfa
O‘zbekiston Elchisi YXHT Iqtisodiy-ekologik qo‘mitasi raisi etib tayinlandi

2020-yilning 9-yanvar kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YXHT) amaldagi raisi Albaniya tomonidan O‘zbekistonning YXHT huzuridagi Doimiy vakili, Elchi Sherzod Asadovni YXHT Doimiy kengashi Iqtisodiy-ekologik qo‘mitasining joriy yildagi raisi etib tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Iqtisodiy-ekologik qo‘mita YXHT hududidagi iqtisodiyot va ekologiya sohalaridagi hamkorlik va xavfsizlik bilan bog‘lik keng ko‘lamli masalalarni nazorat qiladi.

Xavfsizlik masalalari bo‘yicha qo‘mita raisi etib Buyuk Britaniyaning YXHT huzuridagi Doimiy vakili, Elchi Nil Bush, Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitaning raisi etib esa Chexiyaning tashkilot huzuridagi Doimiy vakili, Elchi Ivo Shramek tayinlandi.

https://mfa.uz/uz/press/news/2020/01/22874/
https://t.me/uzbekmfa
Turkmaniston Elchisi bilan uchrashuv

2020-yilning 10-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Turkmanistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi Yazguli Mammedov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o‘rtasidagi muntazam aloqalar doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni ko‘rib chiqildi hamda 2019-yildagi O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlari sarhisob qilindi.

Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikning faol tus olgani mamnuniyat bilan qayd etildi hamda o‘zaro manfaat kasb etadigan barcha sohalarda aloqalarni yanada rivojlantirishga qiziqish bildirildi.

Shuningdek, 2020-yilda bo‘lib o‘tadigan oliy va boshqa darajalardagi qo‘shma tadbirlar jadvali va kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi.

https://mfa.uz/uz/press/news/2020/01/22878/
https://t.me/uzbekmfa