Tashqi ishlar vazirligi
8.98K subscribers
10.1K photos
231 videos
4.37K links
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy kanali

Facebook - fb.com/mfauzb
Instagram - instagram.com/mfa_uzb
YouTube - youtube.com/uzbekmfa
Download Telegram
TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

2021-yilning 7-8 yanvar kunlari Rossiyaning “Royal Flight” aviakompaniyasiga qarashli Moskva-Samarqand yo‘nalishidagi reys bekor bo‘lishi sababli Moskva shahrining “Vnukovo” xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari to‘plangan.

Xayriya tashkilotlari ko‘magida “Vnukovo” aeroportidagi vatandoshlar issiq ovqat va gigiyena vositalari bilan ta’minlandi.

O'zbekistonning Moskvadagi Elchixonasi tezkor chora-tadbirlari natijasida, bekor bo‘lgan reysning barcha yo‘lovchilari (180 kishi) “Azur Air” aviakompaniyasining (Rossiya) navbatdan tashqari reysi bilan 2021 yil 9 yanvar kuni soat 00:05 da O‘zbekiston Respublikasiga qaytarildi.

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
2021-yil 9-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Amerika Qo‘shma Shtatlari Xalqaro taraqqiyotni moliyalashtirish korporatsiyasi boshijrochi direktori Adam Boler boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv chog‘ida ko‘p qirrali O‘zbekiston-AQSh munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, Markaziy Osiyodagi mintaqaviy integratsiyani mustahkamlashda hamkorlik qilish, Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni faollashtirish masalalari muhokama qilindi.

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
2021-yil 11-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘iz Respublikasining saylangan Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Sadir Japarovni bo‘lib o‘tgan Prezident saylovidagi ishonchli g‘alabasi hamda Qirg‘iziston Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendumning muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan chin dildan tabrikladi.

Ushbu g‘oyatda muhim siyosiy tadbirlarning yakunlari mamlakat barqarorligi va izchil taraqqiyotini ta’minlash, aholi farovonligini oshirish uchun mustahkam zamin yaratishiga ishonch bildirildi.

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
2021-yil 14-yanvar kuni Yuklarni xalqaro yo‘llarda tashish shartnomasi to‘g‘risidagi Konvensiyaning elektron yuk xatiga (e-CMR) oid 2008-yil 20-fevralda Jeneva shahrida imzolangan Qo‘shimcha bayonnomasi O‘zbekiston Respublikasi uchun kuchga kiradi. O‘zbekiston ushbu Bayonnomaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PQ-4842-sonli qaroriga muvofiq qo‘shilgan.

Batafsil: https://mfa.uz/29101

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
Xavf-xatarning “oʻzimizniki” yoki “birovniki”si boʻlmaydi

Oʻzbekiston Prezidentining Afgʻoniston masalalari boʻyicha maxsus vakili Ismatulla Irgashevning “Yangi O‘zbekiston” gazetasida chop etilgan maqolasi

Batafsil: https://mfa.uz/29103

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 29 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Batafsil: https://mfa.uz/29110

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Байрамингиз муборак бўлсин, азиз Ватан ҳимоячилари!

С праздником, дорогие защитники Родины!

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
2021-yilning 14-yanvar kuni Toshkent shahridan Moskva shahriga Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibining o‘rinbosari etib tayinlangan Ilhomjon Ne’matov jo‘nab ketdi

Batafsil: https://mfa.uz/29115

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
2021-yilning 15-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Pokiston Favqulodda va Muxtor Elchisi Sayyid Ali Asad Gʻiloniy bilan uchrashdi.

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida bayon etilgan davlatimiz ichki va tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari 2020-yil 16-yanvar kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida tashkil etilgan tadbirda muhokama qilindi

Batafsil: https://mfa.uz/29131

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

Elektron ommaviy axborot vositalarida O‘zbekiston fuqarolarining chet el mamlakatlari xalqaro aeroportlariga borishlari bilan xorijda davolanish uchun kasallik to‘g‘risidagi soxta hujjatlarni hamda koronavirusni aniqlash uchun o‘tkazilgan PZR-test manfiy natijasi ko‘rsatilgan qalbaki ma’lumotnomalarni taqdim qilayotganliklariga oid holatlar haqidagi xabarlar tarqalmoqda.

Mazkur holat hamyurtlarimizning xorijiy mamlakat hududiga kiritilmasliklari uchun asos hisoblanadi. Shuningdek, qalbaki hujjatlar O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan vatandoshlarimizga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish jarayonini ham qiyinlashtirmoqda.

Shu munosabat bilan Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti xorijiy mamlakatlarga borishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolaridan begona shaxslarning qalbaki tibbiy ma’lumotnoma va boshqa hujjatlarni tayyorlab berishda “yordamlashish” borasidagi takliflariga ko‘nmasliklarini so‘raydi. Shu bilan birga, chet elga safarga chiqishdan oldin o‘sha mamlakatda joriy qilingan cheklov choralari va talablar bilan sinchiklab tanishib chiqishni tavsiya etadi.

https://mfa.uz/29133

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
2021-yilning 19-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Germaniya Federativ Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Gyunter Overfeldni qabul qildi

Batafsil: https://mfa.uz/29137

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
Vatandoshlar bilan ishlash va mehnat migrantlarini qoʻllab-quvvatlash mamlakatimiz ravnaqiga xizmat qiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Erkin Xamrayevning “Yangi Oʻzbekiston” va «Правда Востока» gazetalari bosh muharriri Salim Doniyorovga eksklyuziv intervyusi

Batafsil: https://mfa.uz/29141

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
2021-yilning 20-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Iordaniya Hoshimiylar Podshohligining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Demiya Zuxeyr Haddodni qabul qildi.

Batafsil: https://mfa.uz/29142

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
O‘zbekiston Respublikasining Bishkek shahridagi Elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, 2021-yil 13-yanvarda qabul qilingan “Qirg‘iz Respublikasiga kirib kelayotgan xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan COVID-19 koronavirus infeksiyasi kirib kelishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan harakatlar tartibi” talablariga o‘zgartirishlar kiritildi.

Ushbu tartibga ko‘ra, Qirg‘iz Respublikasi va chet davlatlar fuqarolari, shuningdek, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar koronavirus infeksiyasi yo‘qligini tasdiqlovchi so‘nggi 72 soat mobaynida (tahlil natijasi olingan vaqtdan boshlab) o‘tkazilgan PZR-test javobini taqdim etgan holdagina Qirg‘iz Respublikasiga uchayotgan havo kemasi bortiga kirishiga ruxsat beriladi.

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
Shavkat Mirziyoyev Jozef Baydenni tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jozef Baydenga uning davlat rahbari lavozimiga kirishgani munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

https://mfa.uz/29151

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
2021-yilning 21-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov “Yangi xavfsiz va sogʻlom turizm” mavzusida videokonferensiya shaklida boʻlib oʻtgan Osiyo hamkorlik muloqoti (OHM)ga aʼzo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining XVII yigʻilishida ishtirok etdi.

Batafsil: https://mfa.uz/29155

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
2021-yilning 22-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi Suma Chakrabarti bilan uchrashdi

Batafsil: https://mfa.uz/29165

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, 2021-yil 19-yanvar kuni Moskva viloyati Ta’lim vazirligining Dmitrovsk shahar okrugi bo‘yicha Vasiylik va homiylik boshqarmasidan onasi M.K.ning vafoti tufayli og‘ir vaziyatda qolgan voyaga yetmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi X.I. (2014 yil tug‘ilgan) haqida axborot olingan.

Elchixona tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida voyaga yetmagan fuqaroni Vatanimizga qaytarish masalasi ishlab chiqildi.

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter