Tashqi ishlar vazirligi
8.37K subscribers
9.24K photos
222 videos
4.07K links
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy kanali

Facebook - fb.com/mfauzb
Instagram - instagram.com/mfa_uzb
YouTube - youtube.com/uzbekmfa
Download Telegram
2020-yil 25-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Seul shahrida bo‘lib o‘tgan “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” 13-hamkorlik forumida ishtirok etdi

Batafsil: https://mfa.uz/28849

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
2020-yil 25-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” hamkorlik forumidagi ishtiroki doirasida Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Kan Gyon Hva bilan uchrashdi

Batafsil: https://mfa.uz/28852

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
2020-yil 26-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Sherzod Asadov “Markaziy Osiyoda zoʻravon ekstremizmning oldini olish: mintaqaviy oʻsish va oldinga intilish” onlayn-konferensiyasida ishtirok etdi

Batafsil: https://mfa.uz/28854

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
2020-yil 26-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Seul shahrida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOIKA) prezidenti Li Mi Kyong bilan uchrashdi

Batafsil: https://mfa.uz/28859

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
2020-yil 26-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” 13-hamkorlik forumida ishtirok etish uchun Seul shahirga kelgan Markaziy Osiyo davlatlari delegatsiyalari rahbarlari tarkibida Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri Pak Byon Sok bilan uchrashdi

Batafsil: https://mfa.uz/28861

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
2020-yil 26-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” 13-hamkorlik forumida ishtirok etish uchun Seul shahirga kelgan Markaziy Osiyo davlatlari delegatsiyalari rahbarlari tarkibida Koreya Respublikasi Bosh vaziri Chon Se Gyun bilan uchrashdi

Batafsil: https://mfa.uz/28863

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
2020-yil 26-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Seul shahrida Koreya-O‘zbekiston biznes assotsiatsiyasi raisi, “Shindong Resources” kompaniyasi rahbari Kim Yong Gu bilan uchrashdi

Batafsil: https://mfa.uz/28865

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
2020-yilning 27-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Rossiya Federatsiyasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Vladimir Tyurdenev bilan uchrashdi.

Batafsil: https://mfa.uz/28867

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
Twitterda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri nomiga ochilgan @ a_h_kamilov akkaunti Vazir Abdulaziz Kamilovga tegishli emasligini ma’lum qilamiz.

TIVga doir xabarlar quyidagi rasmiy manbalarda e’lon qilinadi:

Veb-sayt: www.mfa.uz
Facebook: https://www.facebook.com/MFAUZB
Telegram: https://t.me/uzbekmid va https://t.me/uzbekmfa
YouTube: https://www.youtube.com/c/uzbekmfa/
Twitter: https://twitter.com/uzbekmfa
Instagram: https://www.instagram.com/a.h.kamilov/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
2020-yil 30 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

Batafsil: https://mfa.uz/28880

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
2020-yilning 30-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeo oʻrtasida telefon orqali muloqot boʻlib oʻtdi.

Batafsil: https://mfa.uz/28883

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

Mamlakatimizning Qozon shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasining ma’lumotiga ko‘ra, 2020-yil 27-noyabr kuni qurilish obyektining ikkinchi qavatidan yiqilib tushishi natijasida O‘zbekiston fuqarosi A.M. (27.10.1983-yilda tug‘ilgan) vafot etdi.

Bosh konsulxona vaziyatni o‘z nazoratiga oldi, hamyurtmizning jasadini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy, tashkiliy va boshqa masalalarni hal qilishda yordam ko‘rsatmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi va Rossiyaning Volgabo‘yi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Kirov viloyati, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijegorod viloyati, Orenburg viloyati, Penza viloyati, Perm o‘lkasi, Samara viloyati, Saratov viloyati, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov viloyati, Chuvashiya Respublikasi) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Qozon shahridagi mamlakatimiz Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini ma’lum qiladi: +7-843-526-55-64, +7-843-526-55-65.

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev telefon orqali muloqot qildilar.

Davlatimiz rahbari Nursulton Nazarboyev va qardosh Qozog‘iston xalqini Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti kuni bilan samimiy qutladi.

Ikki davlat yetakchilari mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik, o‘zaro ishonch va qo‘llab-quvvatlash tamoyillariga asoslangan ko‘p qirrali munosabatlarning bugungi darajasini yuqori baholadilar.

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlarining telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbari Qozog‘istonning ko‘p millatli xalqini davlat bayrami – Birinchi Prezident kuni bilan samimiy qutlab, tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladi.

Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqdilar.

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
O‘zbekistonning Turkiyada bo‘lib turgan yoki mazkur davlatga borishni rejalashtirayotgan fuqarolari diqqatiga

2020-yil 30-noyabr kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Hukumat yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra chiqish qila turib, jamoatchilikni yangi turdagi koronavirus (COVID-19) tarqalishiga qarshi kurashish doirasida cheklov choralarning kuchaytirilganligi to‘g‘risida xabardor qildi.

Pandemiya bilan bog‘liq yangi cheklovlar 2020-yil 1-dekabr kuni soat 21:00 dan kuchga kiradi.

Xususan, quyidagi cheklov choralarini joriy qilish to‘g‘risida qaror qilindi:

- Ish kunlari soat 21:00 dan 5:00 ga qadar komendantlik soati belgilandi.
- Dam olish kunlari juma kuni kechqurun soat 21:00 dan dushanba kuni ertalab soat 5:00 ga qadar ko‘chaga chiqish mumkin emas.
- Janoza va to‘y marosimlarida ham qatnashchilar soni 30 kishidan oshmasligi kerak.
- Barcha davlat muassasalari ish kunlari soat 10:00 dan 16:00 gacha bo‘lgan vaqtda faoliyat ko‘rsatadi.
- 65 yoshdan oshgan va 20 yoshdan kichik fuqarolar jamoat transportidan foydanala olmaydilar. Ular ish kunlari soat 10:00 dan 13:00 ga qadar ko‘chaga chiqishlari mumkin. Juma kuni bundan mustasno. Juma namoziga borishga ruxsat etiladi. Ish kunlari bolalar va pensionerlar soat 5:00 dan 21:00 gacha shaxsiy transportda harakatlanishi mumkin.
- Mehmonlarni qabul qilish, mavludlar, kechalar o‘tkazish, bayramlarni, jumladan Yangi yilni nishonlash taqiqlandi.
- Mahsulotlarni uyga yetkazib beruvchi oziq-ovqat, go‘sht, meva-savzavot do‘konlari hamda boshqa savdo rastalari dam olish kunlari ham ishlashiga ruxsat beriladi.
- Kinoteatrlar yil oxirigacha yopiq bo‘ladi. Shuningdek, sauna, hammom va lunaparklar ham yopiladi.
- O‘yin va sport maydonchalaridan foydalanish taqiqlanadi. Mamlakatdagi barcha sport tadbirlarini hozirgi vaqtdagidek tomoshabinlarsiz o‘tkazishda davom etiladi.
- Savdo markazlariga faqat maxsus kod (HES kod) bilangina kirish mumkin bo‘ladi. Maxsus kod Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligining elektron ilovasi orqali olinadi.
- Barcha bolalar bog‘chalari, tayyorlov sinflari va boshqa bolalar ta’lim muassasalari faoliyati to‘xtatiladi. Maktab o‘quvchilari va talabalar uchun masofaviy o‘qitish 2020-yil oxirigacha uzaytirilmoqda.
- Shifoxonalar, o‘t o‘chirish хizmatlari, politsiya va dorixonalar har kuni hech qanday cheklovlarsiz ishlaydi.
- Komendantlik soati vaqtida faqat uyga yetkazib berish xizmati bilan shug‘ullanuvchi do‘konlar, kafelar va restoranlar ham ishlashni davom ettiradi.
- Agar biror kishida samolyot yoki poyezd chiptasi bo‘lsa, u aeroport yoki temir yo‘l stansiyasigacha yetib olish uchun shaxsiy yoki jamoat transportidan foydalanishi mumkin.
- Jamoat transportidan foydalanish, savdo markazi, kasalxona, davlat idoralariga kirish uchun sizdan HES kodi talab qilinadi. Bu Turkiya fuqarolariga ham, mazkur mamlakatda yashash huquqiga (ikamet) ega bo‘lganlarga ham tegishli.
- Muntazam ravishda yuz niqobini taqib yurish tartibi, ijtimoiy masofani saqlash va virusga qarshi gigiyenik qoidalarga amal qilish, shuningdek, ko‘chada sigaret chekishga qo‘yilgan taqiq o‘z kuchida qolmoqda.

Mamlakatda yuzaga kelgan og‘ir epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Elchixonasining konsullik bo‘limi va Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi hujjatlarni jumladan elektron pochtalar orqali qabul qilishni (Elchixona konsullik bo‘limi – uzconsul.ankara@gmail.com, Bosh konsulxona – uzbekconsul@yahoo.com), elektron pochtalar vositasida konsultativ yordam ko‘rsatishni boshladi.

O‘zbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi Elchixonasi

O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi

Batafsil: https://mfa.uz/28891

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
2020-yilning 1-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning 16-raundi boʻlib oʻtdi. Tadbir videokonferensiya shaklida oʻtkazildi.

Batafsil: https://mfa.uz/28893

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
2020-yil 2-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G’ani bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Ikki tomonlama munosabatlarning joriy holati va istiqbollari, mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

Batafsil: https://mfa.uz/28897

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
2020-yil 2-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Dmitriy Kozak boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Batafsil: https://mfa.uz/28899

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
2020-yilning 3-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Furqat Sidikov videokonferensaloqa shaklida Saudiya Arabistoni Qirolligi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Odil Mirdod bilan muzokaralar oʻtkazdi

Batafsil: https://mfa.uz/28901

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter