O‘zbekiston Kinematografiya agentligi
2.54K subscribers
14.2K photos
2.51K videos
18 files
5.91K links
Kinematografiya agentligining telegramdagi rasmiy sahifasi

rasmiy veb sayt: https://uzbkino.uz

Facebook: https://www.facebook.com/uzbekkino.uz/

ishonch telefoni: +(998 71) 277 81 07
email: info@uzbkino.uz
Manzil: Toshkent sh. Chilonzor ko'chasi 1a
Download Telegram
O‘zbek telekanallarida har shanba "Milliy kino kuni" bo‘ladi

Bugun Renessans kino uyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan "Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – vatanmiz" shiori ostida Respublikadagi telekanallarda haftaning bir kunini "Milliy kino kuni" sifatida belgilash hamda milliy filmlar namoyishini yo‘lga qo‘yish maqsadida anjuman bo‘lib o‘tdi.

Unda Kinematografiya agentligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, O‘zbekiston Milliy media birlashmasi hamda nodavlat telekanallar rahbarlari va OAV vakillari ishtirok etdi.

Anjuman davomida Prezidentning “Kino sanʼati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni asosida milliy manfaatlarni himoya qilish, milliy madaniyat va qadriyatlarni asrash, kelgusi avlodlarga bus-butun yetkazish, yoshlarni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida davlat buyurtmasiga asosan yaratilgan milliy filmlar namoyishini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.

Unga ko‘ra, haftaning har shanba kuni "Milliy kino kuni" etib belgilandi. Bu kunda davlat va nodavlat telekanallarda faqat milliy filmlar namoyish qilinadi.

Bu aksiyamiz xalqimizga manzur bo‘ladi. Chunki biz aksiya orqali, avvalo yangi filmlarimiz bilan birga, retro filmlarimizni ham xalqimizga taqdim etamiz. Tomoshabinlarimiz bu filmlarni sog‘inishgan, albatta. Bular xorijiy kinofondlardan qaytarilgan o‘zbek filmlarining etalon nusxalaridir. Yana shunga aminmizki, Prezidentimizning bu tashabbusi bilan tomoshabinlarda o‘zbek filmlariga nisbatan qiziqish yana-da ortadi, – dedi Kinematografiya agentligi direktori.

O‘zbekiston Milliy media birlashmasi raisi Sherzodxon Qudratxo‘ja hamda Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Otabek Hasanovlar ham mazkur aksiyani qo‘llab-quvvatlab, o‘z fikrlarini bildirdi. Anjuman so‘nggida, Kinematografiya agentligi direktori ushbu quvonchli kelishuv bilan barchani tabrikladi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣Renessans kino uyida o'tkazilgan anjumandan maxsus reportaj

✔️Renessans telekanali, "Ovoza" informatsion dasturi

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣Shanba kuni “Milliy kino kuni” sifatida belgilandi. Renessans kino uyida o'tkazilgan anjumandan maxsus reportaj

✔️Sevimli telekanali, "Zamon" informatsion dasturi

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kinoparcha

📺 “Chinor ostidagi duel” filmidan

“Otamni uylantiraman, deydi...”

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bahodir Jalolov haqidagi filmning Yaponiyadagi suratga olish ishlari yakunlandi

Kinematografiya agentligi bugurtmasiga binoan suratga olinayotgan "Yengilmas. Tokioga yo'l" filmining Yaponiyada rejalashtirilgan suratga olish jarayonlari nihoyasiga yetdi. Filmning navbatdagi sahnalari Turkiya va Rossiyada tasvirga olinishi rejalashtirilgan.

Film o‘zbek boksini butun dunyoga tanitgan sportchilarimiz va ularning fidoyi murabbiylariga bag‘ishlangan. Filmda sportchilarimizni g‘alaba sari yetaklagan barcha mashaqqatli yo‘l ko‘rsatiladi.

Akrom Isoqov rejissyorligidagi kinokartinada Ulug'bek Qodirov, Boir Xolmirzayev, Javohir Zokirov, Saida Rametova, shuningdek, xorijlik aktyorlar, jumladan yaponiyalik mashhur aktyor Masaya Kato kabi ijodkorlar rol ijro qilmoqda. Senariy muallifi Sergey Kuzminix, prodyuser Aziz Kuliyev.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bahodir Jalolov faoliyatiga bag'ishlangan kinokartinaning Yaponiyadagi tasvirga olish ishlaridan maxsus reportaj

"Mening yurtim" telekanali, "markaziy studiya" informatsion dasturi


Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kann kinofestivali doirasida o‘zbek pavilioni ochiladi

Bugun Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov CNCning audiovizual hamkorlik masalalari bo‘yicha attashe Emmanuel Fosiyon bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda Kann festivali doirasida hamkorlik memorandumini imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

14-25 may kunlari o‘tkaziladigan 77-Kann kinofestivali doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi o‘z pavilionini ochadi. Kinematografiya agentligi va Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi ushbu pavilion ochilishida ishtirok etadi.

Festival doirasida Fransiya milliy kinematografiya va animatsiya markazi hamda Kinematografiya agentligi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzolanishi rejalashtirilgan. Kinematografiya agentligi va Fransiya Milliy Kino va animatsiya markazi vakillarining so‘nggi 76-Kann kinofestivalida bo‘lib o‘tgan muzokaralari chog‘ida paydo bo‘lgan kelishuv loyihasi g‘oyasi bu yilgi kinofestivalda amalga oshiriladi. Memorandum 18-may kuni CNC pavilionida imzolanadi.

Shuningdek, Kann kinofestivalida 3 nafar o‘zbek rejissyori o‘zining yangi loyihalari bilan CNC tomonidan o‘tkazilayotgan pitchingda O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati


🌐Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣Badiiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Kecha, 26-aprel kuni Kinematografiya agentligi Badiiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Kengash aʼzolari, kinoijodkorlar va soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda avvalida "Xiva langari", "Mening mahallam", "Bahorni quvib...", “Hudud”, "Uyga qaytish" kabi Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan yaratilayotgan bir qancha filmlarning suratga olish jarayonlari muhokama qilindi.

Shuningdek, agentlik tomonidan eʼlon qilingan hujjatli filmlar tanloviga taqdim etilgan loyihalar pitchingi bo‘ldi. Unda tanlov ishtirokchilari o‘z loyihalari haqida Kengash aʼzolariga batafsil maʼlumot berishdi.

Yig‘ilish so‘ngida Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi huzuridagi Mukambar Rahimova badiiy rahbarligidagi dublyaj studiyasiga eng sara milliy filmlarini xorij tillariga professional dublyaj qilish masalasi muhokama qilindi.

Muhokamalar jarayonida Kengash aʼzolari tomonidan "Abdulla Oripov" filmi qozoq, turkman, tojik, qirg‘iz tillariga, “Ilhaq”, "Faridaning ikki ming qo‘shig‘i", "O‘zbek qizi" rus tiliga, “At-Termiziy” va “Ibrat” badiiy filmlarini arab tiliga tarjima qilish taklifi berildi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣BDKI Toshkent filiali Vasiylik kengashining anjumani bo‘lib o‘tdi

Kecha Butunrossiya davlat kinematografiya instituti Toshkent filiali Vasiylik kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov, agentlik direktori o‘rinbosari Alisher Xadjayev, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Raʼno Turdiboyeva, BDKI Toshkent filiali direktori va prorektorlari, taʼlimni muvofiqlashtirish bo‘limi vakillari qatnashdi.

Anjumanda BDKI rahbariyatidan rektor Vladimir Malishev, prorektor Igor Korotkov, institut dekanlari Yelena Magar, Liliya Lanina, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tojixonov, Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabboyev, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Shohrux Daliyev, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Davrukov Faxriddin, Turizm qo‘mitasi va Kasaba uyushmalari federatsiyasi vakillari Zoom platformasi orqali ishtirok etdi.

Tadbirda filial faoliyati hamda 2024–2025 yilgi o‘quv yiliga mo‘ljallangan dastur ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, o‘quv yili bo‘yicha qabul rejasi tahlil qilinib, Kinematografiya agentligi tomonidan takliflar berildi.

Kengash davomida milliy kinematografiya darg‘alari Ali Hamroyev, Elyor Ishmuhammedov, Odelsho Agishev va Rustam Saʼdullayevlar so‘zga chiqib, yosh ijodkorlarga katta umid bildirib, kelgusidagi faoliyatlariga muvaffaqiyat tiladi.

Shuningdek, videokonferens-aloqa ko‘rinishidagi tadbirda BDKI rektori Vladimir Malishev so‘zga chiqib, kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr bildirdi, shuningdek, institut va talabalar faoliyatiga omad tiladi. Studentlar ham mamnuniyat bilan o‘zbek kinematografiyasiga sifatli filmlar taqdim etishlarini taʼkidlashdi.

Tadbir yakunida Badiiy kengash tomonidan o‘tkazilgan pitchingda g‘olib deb topilgan 9 ta loyiha mualliflari, BDKI talabalariga sertifikatlar topshirildi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM