Uzbekistan Airways
34.6K subscribers
2.68K photos
735 videos
233 files
967 links
АО "Uzbekistan Airways"
Official English channel:
https://t.me/uzairways_live

Our website: https://www.uzairways.com
Our e-mail: info@uzairways.com
Call-centre: +99878 140-02-00
Address: Amir Temur square, 41, Tashkent, Uzbekistan
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Vertolyotdagi parvoz – bu unutilmas tajriba, uning xotiralari doimo quvonch baxsh etadi. Uzbekistan Airways jamoasi do‘stlar bilan vertolyotda sayr qilib O‘zbekiston tabiatidan yuqoridan turib bahramand bo‘lish imkoniyati mavjudligini yana bir bor eslatib o‘tadi.

Vertolyot sayohatlariga www.helicopters.uz sayti orqali buyurtma berishingiz mumkin.

Полет на вертолете – это незабываемый опыт, воспоминания о котором всегда будут радовать. Команда Uzbekistan Airways рекомендует не упустить возможность прокатиться на вертолете с друзьями и насладиться природой Узбекистана с высоты.

Заказать вертолетный тур можно через сайт www.helicopters.uz

#uzbekistanairways
#discoveruzbekistan
#uzbekistanhelicopters
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Uzbekistan’s Club xalqaro loyihasining hamkori va rasmiy aviatashuvchisi hisoblanadi. Uzbekistan Airways jamoasi loyiha ishtirokchilarining butun dunyodagi iqtidorli o’zbekistonliklarni birlashtirib, vatandoshlarimiz va yurtimiz o'rtasidagi ko’prikka aylanishni maqsad qilganini qo‘llab-quvvatlaydi.

Uzbekistan Airways является партнером и официальным авиаперевозчиком международного проекта Uzbekistan’s Club. Команда Uzbekistan Airways поддерживает стремление участников проекта объединить талантливых узбекистанцев по всему миру и стать новым мостом между соотечественниками и родиной.

#uzbekistanairways
#CSR
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jizzax viloyati tog‘larining hayratlanarli manzaralari tabiat ixlosmandlari uchun haqiqiy mo‘jiza. Ushbu hududning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri - bu o‘rmoning toza havosi.

Uzbekistan Airways jamoasi Jizzaxning tog‘li hududlariga tashrif buyurib, tabiat bilan yaqinlashishni va oz fursat bo‘lsada telefonsiz vaqt o‘tkazishni tavsiya qiladi.

Своими удивительными и захватывающими видами горы Джизакской области дарят уникальный опыт для любителей природы. Особенностями этой местности являются первозданная природа и целебный чистый воздух, который вырабатывают огромные хвойные леса.

Команда Uzbekistan Airways считает, что посещение горных районов Джизака – это идеальный способ восстановить связь с природой и зарядиться энергией.

#uzbekistanairways
Uzbekistan Airways Londonga aviaqatnovlar sonini oshirmoqda

2023-yilning 26-martidan boshlab Uzbekistan Airways Toshkentdan Londonga muntazam aviaqatnovlar sonini oshiradi. Toshkent – London – Toshkent aviaqatnovlari haftasiga uch marta – seshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Uzbekistan Airways увеличивает количество рейсов в Лондон

С 26 марта 2023 года Uzbekistan Airways увеличивает количество регулярных рейсов из Ташкента в Лондон. Авиаперелёты по маршруту Ташкент – Лондон – Ташкент будут выполняться три раза в неделю – по вторникам, пятницам и воскресеньям.

#uzbekistanairways
#greatbritain
#london
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Uzbekistan Airways o‘quv-mashg‘ulot markazida tajribali instruktorlar uchuvchilarga turli ob-havo va landshaft sharoitlarida uchish, qo‘nish va boshqa mohirona harakatlarni mashq qilishga yordam beradi, favqulodda vaziyatlarda qanday yo‘l tutish kerakligini o‘rgatadi. Eng zamonaviy Airbus 320 va Boeing 767 samolyotlarining simulyatorlari uchuvchilarga hatto yerdan turib ham parvoz jarayonini tabiiy his qilish imkonini beruvchi eng yangi texnologiyalar bilan jihozlangan.

В учебно-тренировочном центре Uzbekistan Airways опытные инструктора помогают пилотам отрабатывать взлеты, посадки и другие маневры в различных погодных и ландшафтных условиях, а также учиться реагировать на аварийные ситуации. Современные симуляторы самолетов Airbus 320 и Boeing 767 оборудованы новейшими технологиями, которые позволяют пилотам оказаться в реальных условиях полета, даже не отрываясь от земли.

#uzbekistanairways
#trainingcenter
🗓 Smartfoningiz va noutbuk ekrani fonini o‘zgartirish vaqti keldi. Siz uchun mart oyiga yangi kalendar tayyorladik.

🗓 Пора сменить обои на заставке телефонов и ноутбуков. Мы приготовили для вас новый календарь на март.

#uzbekistanairways
#calendar