Uzbekistan Airways
35.8K subscribers
3K photos
782 videos
233 files
1.02K links
АО "Uzbekistan Airways"
Official English channel:
https://t.me/uzairways_live

Our website: https://www.uzairways.com
Our e-mail: info@uzairways.com
Call-centre: +99878 140-02-00
Address: Amir Temur square, 41, Tashkent, Uzbekistan
Download Telegram
O‘zbekiston va uning xalqi hamisha yorqin, serqirra va quyoshli yurtga sayohat qilishni rejalashtirayotgan har bir insonni aziz mehmon sifatida kutib olishga doimo tayyor. Sayohatingiz yanada yorqinroq bo‘lishi uchun biz sizga O‘zbekiston haqida bir oz ko‘proq so‘zlab beramiz.

O‘zbekistonning qaysi shaharlariga tashrif buyurishni istardingiz?

Всегда яркий, многообразный и солнечный Узбекистан и его народ всегда готов принять как самого дорого гостя каждого, кто решился отправиться в путешествие сюда. А чтобы ваше путешествие было еще ярче, мы расскажем вам немного больше об Узбекистане.

Какой из городов Узбекистана вы бы хотели посетить?

#uzbekistanairways
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Uzbekistan Airways Toshkentdan Kuala-Lumpurga parvozlarni amalga oshira boshladi

Aviakompaniya ilk parvozni ikki yildan so‘ng, joriy yilning 1-noyabr kuni amalga oshirdi. Endi siz har seshanba va juma kunlari Kuala-Lumpurga sayohat qilishingiz mumkin.

Uzbekistan Airways снова начала выполнять авиарейсы из Ташкента в Куала-Лумпур

Спустя два года свой первый полет авиакомпания выполнила 1 ноября текущего года. Теперь в Куала-Лумпур можно путешествовать каждый вторник и пятницу.

#uzbekistanairways
#newdirection
#malaysia
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2022-yil 2-noyabr kuni Toshkentda “Transport va logistika – TransLogistica Uzbekistan 2022” xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. Ko‘rgazmalar zalida yirik logistika kompaniyalari bilan bir qatorda “Uzbekistan Airways” AJ ham ishtirok etmoqda.

2 ноября 2022 года в Ташкенте начала свою работу Международная выставка «Транспорт и логистика – TransLogistica Uzbekistan 2022». Наряду с крупными логистическими компаниями выставочном зале участвует также и АО «Uzbekistan Airways».

#uzbekistanairways
#tashkent
#exhibition
Texnik nosozlik tufayli Uzbekistan Airways aloqa markazi vaqtincha qo‘ng‘iroqlarni qabul qilmaydi

Murojaatlaringizni aviakompaniyaning rasmiy Instagram yoki Facebook ijtimoiy tarmoqlariga yuborishingiz mumkin.

В связи с техническими неполадками контакт-центр Uzbekistan Airways временно не принимает звонки

Просим отправлять сообщения в Instagram или Facebook авиакомпании.

#uzbekistanairways
#urgent
​​Samarqand xalqaro aeroportining yopilishi
 
“Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati Samarqand xalqaro aeroportining texnik sabablariga ko‘ra joriy yilning 8-noyabr soat 00:01dan 12-noyabr soat 00:01gacha “Uzbekistan Airways” AJning rejalashtirilgan HY045/046 Toshkent – Samarqand – Toshkent, HY9605/9606 Samarqand – Moskva – Samarqand, HY639 Samarqand – Sankt-Peterburg, HY639/640 Samarqand – Sankt-Peterburg – Samarqand, HY275/276 Samarqand – Istanbul – Samarqand aviqatnovlarining yetib kelishi va jo‘nab ketishi Navoiy xalqaro aeroportidan amalga oshirilishini ma’lum qiladi. Shuningdek, HY049/050 Andijon – Samarqand – Andijon, HY047/048 Samarqand – Namangan – Samarqand va HY072/071 Farg‘ona – Samarqand – Farg‘ona aviaqatnovlari esa bekor qilinadi.

Yo‘lovchilar bekor boʻlgan parvozlar aviachiptalarining toʻliq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga egadirlar.

Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz. To‘g‘ri tushunishingizga umid qilamiz.
 
Закрытие международного аэропорта Самарканда
 
Информационная служба АО «Uzbekistan Airways» сообщает о том, что по техническим причинам международного аэропорта Самарканд с 00:01 8 ноября по 00:01 12 ноября текущего года, вылет и прилет запланированных авиарейсов АО «Uzbekistan Airways» HY045/046 Ташкент – Самарканд – Ташкент, HY9605/9606 Самарканд – Москва – Самарканд, HY639 Самарканд – Санкт-Петербург, HY639/640 Самарканд – Санкт-Петербург – Самарканд, HY275/276 Самарканд – Стамбул – Самарканд будут выполняться из международного аэропорта Навои. Также рейсы HY049/050 Андижан – Самарканд – Андижан, HY047/048 Самарканд – Наманган – Самарканд и HY072/071 Фергана – Самарканд – Фергана будут отменены.

Пассажиры отменённых рейсов имеют право на возврат полной стоимости билета по месту его приобретения или бесплатное перебронирование на любую свободную дату после возобновления полетов.

Приносим извинения за временные неудобства. Благодарим за понимание.

#uzbekistanairways
#urgent
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Boeing 787 Dreamliner havo kemasida yo‘lovchilarning o‘zlari tashqaridan kelayotgan yorug‘likni maxsus tugma yordamida boshqaradilar, shuning uchun illyuminatorda pardalar bo’lmaydi.

Siz Boeing 787 Dreamlinerida uchganmisiz?

В самолете Boeing 787 Dreamliner пассажиры сами регулируют поступающий снаружи свет с помощью специальной кнопки, поэтому у иллюминаторов нет шторок.

А вы летали на Boeing 787 Dreamliner?

#uzbekistanairways
#boeing
#dreamliner
Iloji boricha uzoq-uzoqlarga ko‘proq sayohat qilishga harakat qiling. Pulni ishlab topishingiz mumkin, lekin vaqtni qaytarolmaysiz.

Путешествуйте как можно больше, как можно дальше, и как можно дольше. Деньги можно заработать, а время не вернется.

#uzbekistanairways
​​HY-070 Qarshi – Toshkent reysi haqida rasmiy xabar
 
“Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi:
Qarshi xalqaro aeroportida noqulay ob-havo (ko‘rishning yetarli darajada emasligi) sharoiti tufayli, kecha 2022-yil 5-noyabr kungi HY070 Qarshi – Toshkent yo‘nalishidagi qatnovi 6-noyabr soat 05.30 ga majburiy ko‘chirildi. Qatnov ekipaji soat 05.30 qadar ob-havo yaxshilanishini kutdi va ekipajni ish vaqti tugagani ma’lum bo‘ldi. Havo kemasi sardori qatnovni soat 12.00 ga ko‘chirishga qaror qildi.

Bugun, 6-noyabr kuni Qarshi – Toshkent yo‘nalishidagi HY-070 reysi belgilangan manzilga yetib borgan.

“Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati aviakompaniya uchun yo‘lovchilar xavfsizligi yuqori o‘rinda turishini eslatib o‘tadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so‘raymiz.
 
Официальная информация о рейсе HY-070 Карши – Ташкент

Информационная служба АО «Uzbekistan Airways» сообщает следующее:
В связи с плохими метеоусловиями (недостаточная видимость) в международном аэропорту Карши вчера 5 ноября 2022 года вынужденно было перенесено время рейса HY070 Карши – Ташкент на 6 ноября 05.30. Экипаж рейса ждал улучшения погоды до 05:30, и стало известно, что рабочее время экипажа закончилось. Командир корабля принял решение перенести рейс на 12:00.

Сегодня, 6 ноября рейс HY-070 по маршруту Карши – Ташкент осуществил полет в пункт назначения.

Информационная служба АО «Uzbekistan Airways» напоминает, что безопасность пассажиров выше всего. Приносим извинения за доставленные неудобства пассажирам и встречающим лицам.

#uzbekistanairways
#urgent
​​Uzbekistan Airways reyslari to‘g‘risida rasmiy xabar

“Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi:
Bugun, 2022-yil 7-noyabr kuni Toshkent xalqaro aeroportida noqulay ob-havo sharoiti tufayli Uzbekistan Airways bir nechta reyslarini zahira aeroportlariga o‘tkazilishiga majbur bo‘lindi:
HY602 Moskva – Toshkent qatnovi Navoi aeroportiga yo‘naltirildi
HY336 Jidda – Toshkent qatnovi Samarqand aeroportiga yo‘naltirildi
Ushbu yo‘nalishdagi qatnovlar belgilangan manzilga yetib borgan.

Bundan tashqari, Farg‘ona xalqaro aeroportida noqulay ob-havo sharoiti tufayli rejalashtirilgan HY081 Toshkent – Farg‘ona reysi soat 06.55 dan 09.30 ga ko‘chirildi. HY277 Fargʻona – Istanbul reysi Fargʻona xalqaro aeroportidan oʻz yoʻnalishi boʻyicha jo‘nab ketdi.
Shu munosabat bilan, HY278 Istanbul – Farg‘ona va HY082 Farg‘ona – Toshkent reyslari kechikib amalga oshirilishini ma’lum qilamiz.

“Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati aviakompaniya uchun yo‘lovchilar xavfsizligi yuqori o‘rinda turishini eslatib o‘tadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so‘raymiz.

Официальная информация о рейсах Uzbekistan Airways

Информационная служба АО «Uzbekistan Airways» сообщает следующее:
Сегодня, 7 ноября 2022 года в связи с плохими метеоусловиями в Международном аэропорту Ташкент несколько рейсов Uzbekistan Airways вынужденно были направлены на запасные аэропорты:
Рейс HY602 Москва – Ташкент направлен в аэропорт Навои
Рейс HY336 Джедда – Ташкент направлен в аэропорт Самарканд
Рейсы по данным маршрутам осуществили полет в пункт назначения.

Помимо этого, запланированный рейс HY081 Ташкент – Фергана с 06.55 был перенесен на 09.30 в связи с плохими метеоусловиями в аэропорту Фергана. Рейс HY277 Фергана – Стамбул вылетел из Международного аэропорта Фергана по своему направлению.
В связи с этим сообщаем, что рейсы HY278 Стамбул – Фергана и HY082 Фергана – Ташкент будут выполнены с задержкой.

Информационная служба АО «Uzbekistan Airways» напоминает, что безопасность пассажиров выше всего. Приносим извинения за доставленные неудобства пассажирам и встречающим лицам.

#uzbekistanairways
#urgent
​​Keksa yoshdagi yo‘lovchilar uchun aviachiptalariga 25% chegirma

Noyabr oyi “Keksalar turizmi oyi” hisoblanadi va shu munosabat bilan Uzbekistan Airways ekonom-klass (K-klass va undan yuqori) tariflariga 25% chegirmalarni taqdim etadi. Chegirma 60 yoshdan oshgan erkaklar hamda 55 yoshdan yuqori ayollar uchun 2022-yilning 1-noyabridan 30-noyabrigacha amalga oshiriladigan mahalliy parvozlarda amal qiladi. Aviachipta xarid qilish jarayonida yoningizda albatta pasport yoki ID-karta bo‘lishi lozim.

Chegirma “Uzbekistan Airways Sales” filialida yoki aviakompaniyaning O‘zbekistondagi agentlari tomonidan taqdim etiladi.

25% скидка на авиабилеты для пожилых пассажиров

Ноябрь считается «месяцем туризма для пожилых людей» и в честь этого Uzbekistan Airways предоставляет скидки 25% от тарифов эконом класса (от К-класса и выше). Скидка действует на внутриреспубликанские авиарейсы в период с 1 по 30 ноября 2022 года для мужчин старше 60 лет и женщин старше 55 лет. При покупке авиабилета необходимо иметь паспорт или id карту.

Скидка предоставляется в филиале Uzbekistan Airways Sales или у агентов авиакомпании на территории Узбекистана.

#uzbekistanairways
#sale
​​Siz bilan bortda maxfiy yo'lovchi

2021-yil dekabr oyidan boshlab mingdan ortiq yo‘lovchi o‘zini “agent 007” dek his qilib “HY maxfiy yo'lovchi” dasturi orqali aviakompaniya kamchiliklariga barham berishga yordam berdi. Ushbu vaqt ichida aviakompaniya aviachiptalarni bron qilish jarayonini yaxshiladi, bortdagi media-kontentni yangiladi, mobil ilova yaratdi, bort xizmat sifatini oshirdi va bu hali boshlanishi.

“HY maxfiy yo'lovchi”siga aylaning va instagram sahifangizda #MysteryPassengerHY heshtegi ostida parvoz haqidagi hikoyalaringizni ulashib aviakompaniyaning yanada yaxshilanishiga yordam bering.

С вами на борту тайный пассажир

С декабря 2021 года более тысячи пассажиров почувствовали себя "агентом 007" и помогли авиакомпании устранить недочеты с помощью программы "тайный пассажир HY". За это время авиакомпания улучшила процесс бронирования авиабилетов, обновила медиа-контент на бортах, было создано мобильное приложение, улучшен сервис на бортах и это только начало.

Становитесь "тайным пассажиром HY" и помогите авиакомпании стать еще лучше, делясь историями полета под специальным хэштегом #MysteryPassengerHY на страницах в Инстаграм.

#uzbekistanairways
#MysteryPassengerHY
Uzbekistan Airways Londonda WTM-2022 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda
 

Uzbekistan Airways 7-9 noyabr kunlari Buyuk Britaniyaning London shahrida bo‘lib o‘tayotgan WTM-2022 xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida “O‘zbekiston” milliy stendi tarkibida o‘zining aviatsiya imkoniyatlarini taqdim etmoqda.

Uzbekistan Airways участвует на Международной выставке WTM-2022 в Лондоне

Uzbekistan Аirways представляет свои авиационные возможности в составе национального стенда «Узбекистан» на международной туристической выставке WТМ-2022г., которая проходит с 7 по 9 ноября в городе Лондон, Великобритания.

#uzbekistanairways
#exhibition
#london
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sayohat vaqtida o'zini tutish qoidalariga rioya qiling

"Bizning hayotimiz, bu – sahna". Bu mashhur iborani ba'zi yo'lovchilar tom ma'noda qabul qiladi. Gadjetlaringiz ekranida Uzbekistan Airways xodimlarining kundalik hayotiga rang-baranglik kirituvchi aynan mana shunday yo‘lovchilar toifasi ko’rsatilgan.

Parvoz vaqtida qulaylik yanada ko'proq boʻlishi uchun Uzbekistan Airways ushbu rolikda koʻrsatilgan harakatlarni takrorlamaslikni soʻraydi, chunki ular haqiqiy professionallar tomonidan bajarilgan.

Соблюдайте правила поведения во время путешествий

«Наша жизнь – это шоу». Популярная фраза, которую некоторые пассажиры воспринимают слишком буквально. На экранах ваших гаджетов тот самый тип пассажиров, который вносит краски в будни сотрудников Uzbekistan Airways.

Для большего комфорта во время полета Uzbekistan Airways просит вас не повторять действия, показанные в данном видеоролике, так как они выполнены настоящими профессионалами.

#uzbekistanairways
Dubay barcha karantin talablarini bekor qildi

2022-yil 8 noyаbrdan boshlab, sayohatchilardan Dubayga kirish uchun COVID-19 ga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikat yoki PZR-testlarni taqdim etish talab etilmaydi.

Shuningdek, Sharjaga kirish uchun karantin talablariga o'zgartirishlar kiritilishi kutilmoqda.

Дубай отменил все карантинные требования

С 8 ноября 2022 года для въезда в Дубай путешественникам не требуется предъявлять сертификаты о вакцинации против Covid-19 и ПЦР-тесты.

А также ожидается внесение изменений карантинных требований для въезда в Шарджу.

#uzbekistanairways
#uae
#covid_19
Havo kemasining salonida qanday musiqa asboblarini olib o‘tish mumkin?

Musiqa asboblari havo kemasining bortida qoʻl yuki sifatida olib o‘tilishi mumkin, agarda asboblar qoʻl yuki qoidalariga javob bersa. Agar unday bo‘lmasa, chipta sotib olish jarayonida salondan qo‘shimcha joy sotib olinishi lozim.

Katta hajmli musiqa asboblari (kontrabas, violonchel, arfa va h.k.) faqat havo kemasining bagaj va yuk bo‘limida tashiladi.

Batafsil ma’lumot uchun +99878-140-02-00 raqamiga qo’ng’iroq qiling.

Как перевозить музыкальные инструменты в салоне самолета?

Музыкальные инструменты могут перевозится в качестве ручной клади на борту воздушного судна, если данный инструмент соответствует правилам её перевозки. А если нет, то необходимо при покупке авиабилета приобрести дополнительное место в салоне самолета.

Громоздкие музыкальные инструменты (контрабас, виолончель, арфа и т.д.) перевозятся только в багажно-грузовом отсеке воздушного судна.

Подробная информация по номеру: +99878-140-02-00

#uzbekistanairways