Uzbekistan Airways
33.4K subscribers
2.5K photos
699 videos
233 files
913 links
АО "Uzbekistan Airways"
Official English channel:
https://t.me/uzairways_live

Our website: https://www.uzairways.com
Our e-mail: info@uzairways.com
Call-centre: +99878 140-02-00
Address: Amir Temur square, 41, Tashkent, Uzbekistan
Download Telegram
​​🇩🇪COVID-19: Germaniyaga kirish qoidalari

Mamlakatimizda Covid-19 virusi bilan kasallanish darajasi yuqori boʻlgani sababli, 2022-yil 22-yanvardan Oʻzbekiston Respublikasi qayta “Hochrisikogebiet – virusni yuqtirish xavfi yuqori boʻlgan hudud” mamlakatlar roʻyxatiga kiritildi.

Shu munosabat bilan, GFRga borishni rejalashtirayotgan yoʻlovchilar Toshkent – Frankfurt yoʻnalishi boʻyicha parvozga roʻyxatdan oʻtishdan oldin onlayn shaklni toʻldirishlari kerak https://www.einreiseanmeldung.de.

Aks holda, yoʻlovchilar parvozga qabul qilinmaydi.

🇩🇪Covid-19: требования при въезде в Германию

В связи с высоким ростом заражения
вирусом Covid-19 в стране, с 22.01.2022г. Республика Узбекистан вновь вошла в список стран «Hochrisikogebiet – зона повышенного риска заражения вируса».

В этой связи пассажирам, планирующим въезд в ФРГ необходимо перед регистрацией на рейс по маршруту Ташкент – Франкфурт заполнить онлайн форму https://www.einreiseanmeldung.de.

В противном случае пассажирам будет отказано в принятии на рейс.
​​Uzbekistan Airways Moskvaga qoʻshimcha aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻymoqda

Uzbekistan Airways 2022-yil 6-fevraldan boshlab Moskvaga Toshkent, Nukus, Urganch va Termiz shaharlaridan qoʻshimcha qatnovlarni yoʻlga qoʻyadi.
Toshkent – Moskva – Toshkent yoʻnalishidagi aviaqatnovlar haftasiga uch marotaba – yakshanba, dushanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi.
Nukus – Moskva – Nukus yoʻnalishidagi qatnovlar yakshanba, Urganch – Moskva – Urganch payshanba, Termiz – Moskva – Termiz yoʻnalishida parvozlar dushanba kunlari amalga oshiriladi.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.

Uzbekistan Airways вводит дополнительные рейсы в Москву

Uzbekistan Airways начиная с 6 февраля 2022 года вводит дополнительные рейсы в Москву из Ташкента, Нукуса, Ургенча и Термеза.
Авиарейсы по направлению Ташкент – Москва – Ташкент будут выполняться три раза в неделю – по воскресеньям, понедельникам и четвергам.
Авиасообщения по маршрутам Нукус – Москва – Нукус будут выполняться по воскресеньям, по направлению Ургенч – Москва – Ургенч – по четвергам, по направлению Термез – Москва – Термез – по понедельникам.

Авиабилеты можно приобрести на официальном сайте авиакомпании, в филиале Uzbekistan Airways Sales или у агентов авиакомпании.
​​Uzbekistan Airways Express bagaj miqdorini oshirdi

«Uzbekistan Airways» AJ 2022-yil 1-fevraldan boshlab Uzbekistan Airways Express’ning «toʻliq ekonom» formatidagi barcha qatnovlarida bagaj normasi 23 kg/158 sm gacha (aviachipta xarid qilingan sanadan qat’iy nazar) oshirilishini ma’lum qiladi. Eslatib oʻtamiz, avval 1 ta joy uchun bagaj normasi 15 kg/158 sm edi. Ushbu qatnovlarda qoʻl yuki normasi oʻzgarmaydi – 5 kg/115 sm gacha qoladi.

Uzbekistan Airways Express увеличил норму багажа

АО «Uzbekistan Airways» информирует, что начиная с 1 февраля 2022 года на всех авиарейсах Uzbekistan Airways Express в формате «полный эконом» норма провоза багажа увеличивается до 23 кг/158 см (независимо от даты покупки авиабилета). Напоминаем, что ранее норма провоза 1 места багажа была 15 кг/158 см. Норма провоза ручной клади на данных авиарейсах остается прежней – до 5 кг/115 см.
#uzbekistanairways
#luggage
​​Uzbekistan Airways Express Namangandan Irkutsk va Samaraga parvozlarni amalga oshirishni boshladi

2022-yil 2-fevral kuni Uzbekistan Airways Express Namangandan Irkutsk va Samaraga ilk parvozni amalga oshirmoqda. Namangan – Irkutsk – Namangan va Namangan – Samara – Namangan yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar chorshanba kunlari «to‘liq ekonom» formatida amalga oshirilmoqda.

Uzbekistan Airways Express начал выполнять авиарейсы из Намангана в Иркутск и Самару

2 февраля 2022 года Uzbekistan Airways Express выполняет первый авиарейс из Намангана в Иркутск и Самару. Регулярные авиасообщения по направлению Наманган – Иркутск – Наманган и Наманган – Самара – Наманган выполняются в формате «полный эконом» по средам.

#uzbekistanexpress
#namangan
Namangandan Krasnodar va Yekaterinburgga parvozlar amalga oshirilishi boshlandi

Uzbekistan Airways Express 2022-yil 3-fevral kuni Namangandan Krasnodar va Yekaterinburgga ilk aviaqatnovlarni amalga oshirdi. Namangandan Krasnodar va Yekaterinburgga muntazam qatnovlar «toʻliq ekonom» formatida payshanba kunlari amalga oshiriladi.

Начали выполняться авиарейсы из Намангана в Краснодар и Екатеринбург

Uzbekistan Airways Express 3 февраля 2022 года выполнил первые авиарейсы из Намангана в Краснодар и Екатеринбург. Регулярные авиасообщения из Намангана в Краснодар и Екатеринбург будут выполняться в формате «полный эконом» по четвергам.

#uzbekistanexpress
#namangan
Namangandan Omsk va Novosibirskka ilk aviaqatnovlar

2022-yil 4-fevral kuni «Sharqiy» xab loyihasi doirasida Uzbekistan Airways Express Namangan – Omsk – Namangan va Namangan – Novosibirsk – Namangan yo‘nalishlari bo‘yicha ilk parvozlarni amalga oshirdi. Ushbu yo‘nalishlarga muntazam qatnovlar «to‘liq ekonom» formatida juma kunlari amalga oshiriladi.


Первые авиарейсы из Намангана в Омск и Новосибирск

4 февраля 2022 года в рамках проекта хаб «Восточный» Uzbekistan Airways Express выполнил первые авиарейсы по маршруту Наманган – Омск – Наманган и Наманган – Новосибирск – Наманган. Авиарейсы по данным направлениям будут выполняться регулярно в формате «полный эконом» по пятницам.

#uzbekistanexpress
#namangan
Qozog‘iston shaharlarida beshbarmoqni tatib ko‘ramiz

Beshbarmoq – bu xamir, bir necha turdagi go‘sht, qazi va seryog‘ sho‘rva. Ammo Qozog‘iston hududiga qarab, taomga boshqa qo‘shimchalar ham qo‘shiladi.
Uzbekistan Airways bilan Nur-Sulton, Olmaota, Oqtov va Aktobega sayohat qiling va aynan qanday beshbarmoqni yoqtirishingiz aniqlang.

Дегустируем бешбармак в городах Казахстана

Бешбармак – это тесто, несколько видов мяса, казы и наваристый бульон. Но в зависимости от региона Казахстана в его добавляют и другие ингредиенты.
Отправляйтесь в Нур-Султан, Алматы, Актау и Актобе вместе с Uzbekistan Airways и решите с чем именно вам больше нравится бешбармак.

#uzbekistanairways
#kazakhstan
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ничто так не развивает ум, как путешествие.

Эмиль Золя

Aqlni sayohat charxlaydi.

Emil Zolya
O'zbekistonliklar uchun viza talab etilmaydigan davlatlar

Ushbu ruknda Oʻzbekiston fuqarolari Uzbekistan Airways’ning
muntazam aviaqatnovlarida sayohat qilishlari mumkin boʻlgan va viza talab etilmaydigan davlatlar roʻyxatini topishingiz mumkin.
Viza berish, hujjatlar roʻyxati, chet elga chiqish tartibi boʻyicha batafsil ma’lumot olish uchun ushbu mamlakatlarning elchixonalariga murojaat qilishingizni soʻraymiz.

Безвизовые страны для граждан Узбекистана

В этой подборке вы найдете список стран, куда граждане Узбекистана могут отправиться в путешествие на регулярных авиарейсах Uzbekistan Airways без предварительного оформления визы.
Для получения более подробной информации по поводу оформления визы, списка документов, порядка выезда за рубеж, просим обращаться в посольство указанных стран.

#uzbekistanairways