AYOLLAR dunyosi🕊💕
46.9K subscribers
7.31K photos
22.8K videos
25 files
1.41K links
🛒Reklama xizmati 👉 @Ayollar_dunyosiREK

👩‍💻Admin👉 @SUMAY_YAA

Kanalni CHAT GRUPPASI👇
@Ayollar_kelinlar_pazandalar

#Yuz_uxodlari
#Soch_parvarishi
#Kulinariya
#Layfhaklar
#Fitnes
#Massaj
#Sochturmaklash


Erkaklar kirishi mumkin emas, SPAM
Download Telegram
​KELINLARNI YOMONLAMANG!!!

Bugun onam qoʻngʻiroq qildi,
Tinchligimi soʻradi obdon,
Farzandlarim holini bildi.
Dedim: “Ona, tinchmi xonadon?”

Soʻz boshladi, volidam sekin:
“Birozgina holim boʻlmadi.
Kelinimdan aylanay lekin,
Kecha kunduz tinim bilmadi.”

Oʻylab qoldim, qizi boʻlib men,
Ahvolidan xabar olmabman.
Yonlarida boʻlib sal emin,
Bir kechaga birga qolmabman.

Ayrimlarga shu aytar gapim,
Keliningiz ayblab yurmang.
Mana tegib qoʻymadi nafim,
Toʻgʻri gapga labingiz burmang.

Toʻgʻrisiyam bu bor haqiqat,
Onalarga kelinlar qarar.
Qizlar kelar faqat oz muddat,
Kelin zoti koriga yarar.

Choy damlagan, ovqat pishirgan,
Kir chirini yuvgan ham kelin.
Erinmasdan hizmatin qilgan,
Hatto tiyib turarmish tilin.

Biz boramiz mehmon boʻlgani,
Kulgusini qoʻymas yuzidan.
Anglab yetdim, vaqt oʻtgan sari
Kelinimni qoʻyma oʻzidan.

Ayollar kanaliga kirish👇👇

@UZBEK_SOLIHA_AYOLLARI
@UZBEK_SOLIHA_AYOLLARI
@UZBEK_SOLIHA_AYOLLARI
https://t.me/uzbek_soliha_ayollari