UZBEKISTAN AIRPORTS
11K subscribers
3.54K photos
315 videos
5 files
2.37K links
✈️ O`zbekiston aeroportlari faoliyati
✈️ Tezkor yangiliklar
✈️ Tizimli islohotlar
〰️
✈️ Деятельность аэропортов Узбекистана
✈️ Срочные новости
✈️ Системные реформы

🌐 https://uzbairports.uz
📩 info@uzairports.com
E-xat: uzbekistanairports@exat.uz
Download Telegram
​​Toshkent aeroportida avtomobillarni ijaraga olish nuqtasi ochildi

Toshkentga yetib kelgan yo‘lovchilar endi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aeroportda avtomashinani ijaraga olish imkoniyatiga ega bo‘ldi — "Europcar" brendi ostidagi avtomobillarni ijaraga berish kompaniyasi 20-maydan ish boshladi. Maydoni 8 kv.m bo‘lgan joy E-auksion.uz elektron platformasida savdoga qo‘yilgan edi. Xizmat Toshkent xalqaro aeroportining uchib kelish zalidan chiqishda joylashgan.

Avtomobilni ijaraga olish uchun poytaxt aeroportiga kelgan yo‘lovchi "Europcar" peshtaxtasiga borib, shaxsini tasdiqlovchi hujjat va haydovchilik guvohnomasini taqdim etishi kerak. Shundan so'ng, Europcar.com, Expedia.com, EconomyBookings.com onlayn platformalaridan biri orqali avtomobilni tanlashi, shartnoma tuzishi va depozit yoki ijara haqini to'liq to'lashi lozim. Ro'yxatdan o'tish tugallangandan so'ng, yo'lovchiga avtomobil kaliti beriladi va mashina oldiga kuzatib qo'yiladi.

Kompaniya parkida yo‘lovchi mahalliy yoki xorijiy ishlab chiqaruvchi avtomobilini, shuningdek, elektromobil yoki benzinda ishlaydigan avtomobilni tanlashi mumkin. Ta'kidlash joizki, ishlab chiqarilgan yili to'rt yildan, yurgan masofasi 80 ming km dan oshmaydigan avtomobillar ijaraga beriladi. Avtomobil ushbu ko'rsatkichlardan biriga yetgandan so'ng, mashina tizimdan chiqariladi.

"Europcar" — 1949-yilda asos solingan, shtab-kvartirasi Parijda joylashgan avtomobil ijarasi kompaniyasi. Fransiyaning "Eurazeo" investitsion kompaniyasiga tegishli bo'lib, uning parkida 150 ta mamlakatda 250 mingdan ortiq avtomobil va 3 mingga yaqin ijara punktlari mavjud.

Web-site | Facebook | Instagram | Telegram | X | IOS/Android |
​​В аэропорту Ташкента открылась стойка аренды автомобилей

У прибывающих в Ташкент пассажиров теперь есть возможность взять автомобиль в аренду прямо в аэропорту — с 20 мая начала работу компания по прокату автомобилей под брендом Europcar. Стойка площадью 8 кв.м, разыгранная посредством торгов на электронной площадке E-auksion.uz, расположена у выхода из зала прилета международного аэропорта Ташкента.

Чтобы арендовать автомобиль, пассажиру, прибывшему в столичный аэропорт необходимо обратиться на стойку Europcar, предоставить документ, удостоверяющий личность и водительские права. Далее необходимо выбрать автомобиль через одну из онлайн-платформ Europcar.com, Expedia.com, EconomyBookings.com, заключить договор и внести депозит или оплатить аренду в полном объеме. После завершения регистрации пассажиру выдают ключи и провожают к автомобилю.

В автопарке компании можно выбрать автомобиль местного или зарубежного производства, а также электромобиль или авто, работающее на бензине. Стоит отметить, что в аренду предоставляются автомобили не старше четырех лет с пробегом не более 80 тысяч км. А по достижению одного из данных показателей машина исключается из системы.

Europcar — компания по прокату автомобилей со штаб-квартирой в Париже, основанная в 1949 году. Принадлежит французской инвестиционной компании Eurazeo, имеет в своем парке более 250 тысяч автомобилей, порядка трех тысяч пунктов проката и присутствует в 150 странах мира.

Web-site | Facebook | Instagram | Telegram | X | IOS/Android |
​​2024 yilgi Haj mavsumi uchun ilk ziyoratchilar Toshkentdan Madinaga uchishmoqda

22-maydan 23-mayga o‘tar kechasi mahalliy vaqt bilan soat 01:40 da “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining ilk reysi Toshkentdan Madinaga (Saudiya Arabistoni) 240 nafar ziyoratchini olib ketadi va shu orqali 2024-yilgi Haj mavsumini ochadi.

23-maydan 7-iyungacha O‘zbekistonning 10 ta shahridan Madinaga parvozlar amalga oshiriladi. Bu yil Haj safariga eng koʻp ziyoratchilar Toshkentdan 24 ta reysda 5830 yoʻlovchi boradi. Namangandan 14 ta, Farg‘onadan 6 ta, Samarqanddan 4 ta, Buxoro, Qarshi va Termizdan 3 tadan, Urganch va Navoiydan 2 ta va 1 ta reys Nukusdan amalga oshiriladi. O‘zbekistondan jami 15130 nafar ziyoratchi Haj ziyoratini ado etadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi har yili ziyoratchilarning yaqinlariga terminal va uning atrofida tirbandlik holatini yuzaga keltirmaslik uchun aeroportga kelmaslikni va o'z yaqinlarini masjidlarda kuzatishlarini tavsiya qiladi. Ziyoratchilar aeroportga tartibli ravishda maxsus avtobuslarda yetib kelishadi, ro‘yxatdan o‘tgach yetarlicha o‘rindiqlar o‘rnatilgan jo‘nab ketish zonasiga yo‘l olishadi. Samolyotga chiqishni kutish vaqtida ziyoratchilarga ichimlik va gazaklar taklif etiladi.

Web-site | Facebook | Instagram | Telegram | X | IOS/Android |
Из Ташкента в Медину вылетают первые паломники для совершения хаджа сезона 2024

В ночь с 22 на 23 мая в 01:40 по местному времени из Ташкента в Медину (Саудовская Аравия) вылетит первый рейс авиакомпании Uzbekistan Airways с 240 паломниками на борту и тем самым откроет сезон хаджа 2024.

С 23 мая по 7 июня в Медину будут осуществляться рейсы из 10 городов Узбекистана. В этом году самое большое количество паломников отправится в хадж из Ташкента — 24 авиарейса перевезет 5830 пассажиров. Из Намангана вылетит 14 рейсов, из Ферганы — 6, из Самарканда — 4, из Бухары, Карши и Термеза — по 3 рейса, из Ургенча и Навои – 2 рейса, а также 1 рейс с паломниками вылетит из Нукуса. Всего из Узбекистана совершат хадж 15 130 паломников.

Ежегодно Управление мусульман Узбекистана рекомендует родственникам паломников не приезжать в аэропорт, чтобы избежать коллапса в терминале и на привокзальной площади, а провожать родных в мечетях. Паломники будут организованно прибывать в аэропорт на специальных автобусах, так же организованно проходить регистрацию и следовать в зону вылета, где установлено достаточное количество кресел, а на время ожидания посадки паломникам будут предложены напитки и снеки.

Web-site | Facebook | Instagram | Telegram | X | IOS/Android |
​​"World2Fly" aviakompaniyasi O‘zbekistonga charter reyslarini yo‘lga qo‘ydi

Joriy yilning 23-may kuni mahalliy vaqt bilan soat 07:38da Ispaniyaning "World2Fly" aviakompaniyasining bortida 285 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan samolyoti Madrid-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ilk charter reysini amalga oshirdi.

An’anaga ko‘ra, samolyot suv arkasi bilan kutib olindi, ekipaj a’zolari va birinchi yo‘lovchilar, jumladan, Toshkentga yetib kelgan Ispaniyaning yirik sayyohlik agentliklari, jurnalist va blogerlar poytaxt aeroportining kelish zalida karnay-surnay sadolari ostida kutib olindi. Birinchi reysni tantanali kutib olish marosimida “Uzbekistan Airports” kompaniyasi, Oʻzbekiston Turizm qoʻmitasi va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Madrid — Toshkent — ​​Madrid yo‘nalishi bo‘yicha charter reyslar Airbus A330-300 samolyotlarida ikki haftada bir marta amalga oshiriladi. Shuningdek, aviakompaniya Madrid — Urganch — Madrid yo‘nalishida ham xuddi shunday chastotada parvozlarni amalga oshirishi rejalashtirilgan. Birinchi bosqichda charter reyslar iyun oyi oxirigacha davom etadi va 2024-yil sentabrdan oktyabrgacha qayta tiklanadi.

"World2Fly" — 2020-yilda tashkil etilgan ispan aviakompaniyasi bo'lib, bosh qarorgohi Palma-de-Malyorkada (Ispaniya) joylashgan.

Web-site | Facebook | Instagram | Telegram | X | IOS/Android |