UZBEKISTAN AIRPORTS
11.9K subscribers
3.34K photos
304 videos
5 files
2.27K links
✈️ O`zbekiston aeroportlari faoliyati
✈️ Tezkor yangiliklar
✈️ Tizimli islohotlar
〰️
✈️ Деятельность аэропортов Узбекистана
✈️ Срочные новости
✈️ Системные реформы

🌐 https://uzbairports.uz
📩 info@uzairports.com
E-xat: uzbekistanairports@exat.uz
Download Telegram
​​Toshkent aeroportida bahorgi spotting tur bo'lib o'tdi

2-aprel kuni Toshkent aeroportida an’anaviy tadbir — “Uzbekistan Airports” kompaniyasi tomonidan tashkillashtirilgan, to‘rtinchi rasmiy spotting-tur bo‘lib o‘tdi.

Spotting ishtirokchilari geografiyasi kengayishda davom etmoqda: bu safar O‘zbekistonning turli shaharlaridan, shuningdek, Rossiya, Qozog‘iston, Belarus va Finlyandiyadan 50 ga yaqin spotterlar qatnashdi. Ular orasida olti nafar yosh aviaspotterlar ham ishtirok etishdi. Hammasi bo'lib esa 100 dan ortiq ariza topshirildi. Anketalarni ko‘rib chiqishda, avvalgi bosqichlarda bo‘lgani kabi, bir qancha mezonlar — aviatsiyaga bag‘ishlangan shaxsiy veb-sayt, blog yoki ijtimoiy tarmoqdagi akkauntning mavjudligi, professional jihozlarning mavjudligi, shuningdek, ixtisoslashgan veb-resurslardagi nashrlar e’tiborga olindi.

Bu safar tashkilotchilar aviatsiya ixlosmandlari uchun kutilmagan va chinakam bebaho sovg‘a — bir necha kun avval “kiyingan” yangi mintaqaviy Silk Avia aviakompaniyasi samolyotini birinchi bo’lib suratga olish imkoniyatini berishdi. Ajoyib Silk Avia samolyotlaridan tashqari, Uzbekistan Airways, Wizz Air, Turkish Airlines, Air Arabia, Loong Air, Nile Air, AeroLogic va Air Astana samolyotlari ham spotterlar ob'yektiviga tushdi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda ilk rasmiy spotting 2021-yil 22-oktabrda boʻlib oʻtgan va Oʻzbekistonda rasmiy spotting boshlanganini bildirgan edi. Shuningdek, 2022-yil 26-yanvarda Vazirlar Mahkamasining “Aerospottingni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan bo‘lib, unda spotting-turlarni doimiy ravishda o‘tkazish nazarda tutilgan.

Web-site | Facebook | Instagram | Telegram | Twitter
​​Рейс авиакомпании «Аэрофлот», следующий из Ферганы в Ташкент, задерживается по техническим причинам

Самолет авиакомпании «Аэрофлот», прибывший 3 апреля в 04:14 по ташкентскому времени из Москвы в Фергану (рейс SU1970) с 81 пассажиром на борту, столкнулся с технической неисправностью воздушного судна. Для продолжения полета было принято решение заменить воздушное судно.

В связи с чем обратный рейс по маршруту Фергана — Москва перенесен с 05:45 на 17:30 по местному времени. Для выполнения данного рейса авиакомпания «Аэрофлот» из аэропорта «Шереметьево» (Москва) отправила дополнительный борт типа B737-800. До прибытия данного самолета, пассажиров разместили в гостиницах.
​​“Aeroflot” aviakompaniyasining Farg‘onadan Toshkentga uchishi lozim bo’lgan reysi texnik sabablarga ko‘ra kechiktirildi

3 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 04:14 da bortida 81 yo‘lovchi bilan Moskvadan Farg‘onaga (SU1970 reysi) kelgan Aeroflot aviakompaniyasining samolyotida texnik nosozlik yuzaga keldi. Parvozni davom ettirish uchun samolyotni almashtirishga qaror qilindi.

Shu munosabat bilan Farg‘ona — Moskva yo‘nalishidagi parvoz mahalliy vaqt bilan soat 05:45 dan 17:30 ga ko‘chirildi. Ushbu parvozni amalga oshirish uchun “Aeroflot” Sheremetyevo aeroportidan (Moskva) qo'shimcha B737-800 tipidagi samolyotni jo'natdi. Ushbu samolyot kelgunigacha yo'lovchilar mehmonxonalarga joylashtirildi.
​​Авиакомпания Centrum Air открыла новое направление полетов: Наманган — Джидда

2 апреля 2023 года отечественная авиакомпания Centrum Air открыла новое направление полетов: Наманган — Джидда. По сложившейся традиции, открытие нового направления сопровождалось водной аркой. А экипаж воздушного судна и 150 пассажиров провожали под звуки карная и сурная.

Планируется, что регулярные пассажирские рейсы по направлению Наманган — Джидда будут осуществляться до 7-10 рейсов в неделю на самолетах типов Boeing 737 и Airbus A320.

Centrum Air — узбекская бюджетная авиакомпания, со штаб-квартирой в Ташкенте, получившая разрешение на осуществление пассажирских рейсов в январе 2023 года. На сегодняшний день в парке авиаперевозчика три судна Airbus A320 и два Boeing-737.

Web-site | Facebook | Instagram | Telegram | Twitter
​​Centrum Air yangi: Namangan — Jidda parvoz yo'nalishini ochdi

2023-yil 2-aprel kuni Centrum Air mahalliy aviakompaniyasi yangi: Namangan — Jidda parvoz yo‘nalishini ochdi. O'rnatilgan an'anaga ko'ra, yangi yo'nalish ochilishi suv arkasi bilan kutib olindi. Samolyot ekipaji va 150 nafar yo‘lovchi karnay va surnay sadolari ostida jo‘nab ketdi.

Namangan — Jidda yoʻnalishi boʻyicha muntazam yoʻlovchi qatnovlari haftasiga 7-10 reysgacha Boeing 737 va Airbus A320 rusumidagi samolyotlarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Centrum Air — shtab-kvartirasi Toshkentda joylashgan, 2023-yil yanvar oyida yoʻlovchi reyslarini amalga oshirishga ruxsat olgan Oʻzbekistonning loukoster aviakompaniyasi. Bugungi kunda aviatashuvchi parkida uchta Airbus A320 va ikkita Boeing-737 mavjud.

Web-site | Facebook | Instagram | Telegram | Twitter