UzA | Tezkor xabarlar
30.8K subscribers
8.87K photos
937 videos
33 files
1.48K links
Ushbu kanalda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining tezkor xabarlari berib boriladi

Asosiy telegram kanal: @uza_uz

Sayt: www.uza.uz

facebook.com/uzauz

instagram.com/uza.uz

twitter.com/uzauz

•lotin yozuvida: @uzauzlot
Download Telegram
#TAYINLOV

Tashqi ishlar vaziriga yangi oʻrinbosar tayinlandi

Xaydarov Ilxom Utkurovich — O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Bunga qadar u “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi, shuningdek, O‘zbekistonning Ukrainadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi (2006-2009-yillarda) lavozimlarida ishlagan.

Kanalga ulanish: 
@uzauz
#TAYINLOV

Ibragimov Sherzod Shokirovich — IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Jamoat tartibini saqlash xizmati boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

Kanalga ulanish: 
@uzauz
#TAYINLOV

Nodir Ganiyev — Oʻzbekistonning Fransiyadagi elchisi etib tayinlandi.

Bunga qadar u Oʻzbekistonning Shvetsiya Qirolligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
#TAYINLOV

Gʻaniyev Doniyor Avazovich – Vazirlar Mahkamasi Investitsiyalar, eksport, savdo, qishloq va suv xoʻjaligi masalalari kotibiyati Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini monitoring qilish boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Kanalga ulanish: 
@uzauz
#TAYINLOV

Gʻozgʻon shahriga yangi hokim tayinlandi

Joʻrayev Nurali Shuhratovich — Navoiy viloyatining Gʻozgʻon shahri hokimi vazifasiga tayinlandi.

Bunga qadar u Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hududlarni rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi vazifasida faoliyat yuritgan.

Kanalga ulanish: 
@uzauz
#TAYINLOV

Taxiatosh tumaniga yangi hokim tayinlandi


Aytbayev Kamiljan Kurbanbayevich — Taxiatosh tumani hokimi etib tayinlandi.

U bunga qadar Amudaryo tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat olib borgan.

Kanalga ulanish: 
@uzauz
#TAYINLOV

Mingbuloq tumaniga yangi hokim tayinlandi

Mansurov Ahror Ahmadaliyevich — Namangan viloyatining Mingbuloq tumani hokimi etib tayinlandi.

Kanalga ulanish: 
@uzauz
#TAYINLOV

Furqat tumaniga yangi hokim tayinlandi

Asronkulov Elyorbek Madaminovich — Fargʻona viloyatining Furqat tumani hokimi etib tayinlandi.

Bunga qadar u Ijtimoiy himoya milliy agentligining Fargʻona viloyati boshqarmasi boshligʻi boʻlib ishlab kelgan.

Kanalga ulanish: 
@uzauz
#TAYINLOV

Toshkent tumaniga yangi hokim tayinlandi

Ergashev Sardorbek Kadirovich — Toshkent viloyatining Toshkent tumani hokimi etib tayinlandi.

U faoliyati davomida Toshkent tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.

Kanalga ulanish: 
@uzauz
#TAYINLOV

⚡️Qorao‘zak tumaniga yangi hokim tayinlandi

Baymuratov Anvar Maxsetovich — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumani hokimi etib tayinlandi.

Bunga qadar u Qoraoʻzak tumani hokimining oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat olib borgan.

Kanalga ulanish: 
@uzauz