UzA | Tezkor xabarlar
27.5K subscribers
16.7K photos
1.86K videos
84 files
2.78K links
Ushbu kanalda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining tezkor xabarlari berib boriladi

Asosiy telegram kanal: @uza_uz

Sayt: www.uza.uz

facebook.com/uzauz

instagram.com/uza.uz

twitter.com/uzauz

•lotin yozuvida: @uzauzlot
Download Telegram
Toshkent viloyatida noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarma tomonidan “Ohangaron-Namangan” avtomobil yo‘nalishida o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan M.N. fuqaro I.Yga xorijda ishlab chiqarilgan sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan 8 turdagi jami 10 255 quti dori vositalarini 19 000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Kanalga ulanish:

🏫 @uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi

Markaziy bank 10-yanvardan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 940,44 soʻm (–22,54)
1 EUR 13 336,42 soʻm (+41,38)
1 RUB 126,85 soʻm (+3,17)

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2025 yilgi davlat dasturi va uni tasdiqlash to‘g‘risidagi Prezident farmoni loyihalari ishlab chiqilib, keng jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi

Davlat dasturi loyihasida 5 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha 2025 yil uchun amaliy chora-tadbirlar, normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati va maqsadli ko‘rsatkichlar nazarda tutilmoqda.

Loyiha 2025 yil 22 yanvarga qadar jamoatchilik va ekspertlik muhokamalaridan o‘tkaziladi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Samarqand viloyati IIB katta tezkor xodimi 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasining Jinoyat qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi katta tezkor xodimining noqonuniy xatti-harakatiga chek qo‘yildi. Yaʼni tezkor xodim o'zining mansabdor tanishlari orqali, Samarqand shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov bo'limi ish yurituvida bo'lgan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 3-qismi bilan qo'zg'atilgan jinoyat ishida ayblanuvchilar sifatida o'tayotgan 1994 y.t. shaxsga tegishli qismini Jinoyat-prosessual kodeksining 83-moddasiga asosan tugatish hamda 2003 y.t. fuqaroga nisbatan esa “uy qamog'i” ehtiyot chorasini qo'llagan holda, uni ozodlikda qoldirish evaziga 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlanib, holat prosessual tartibda rasmiylashtirildi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25, 168-moddasi 3-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
FVBining tezkor bo‘linmasi boshlig‘i 7 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limining tezkor bo‘linmasi boshlig‘i o‘zining mansabdor tanishlari orqali, Guliston shahrida yashovchi, 1995 y.t. fuqaroni shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 7 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
FVB boshlig‘i 160 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi

Namangan viloyati Pop tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i o‘zining 5 nafar oila-a’zolariga mazkur tuman hokimining 2021-yil fevral oyidagi qarori bilan limon yetishtirish uchun issiqxona tashkil etish maqsadida ajratib berilgan 2 gektar yer maydonini o‘zining mansabdor tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish hamda u yerda kottej tipidagi uy-joylar qurishi uchun ruxsat olib berish evaziga 160 ming AQSH dollari olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga 15 trln so‘mlik ijtimoiy nafaqalar to‘landi

2024-yilda jami 14 962,7 mlrd so‘mlik ijtimoiy nafaqalar orqali 2,6 mln benefitsiarlar (2 mlnga yaqin oilalar hamda 600 mingdan ortiq shaxslar) ijtimoiy himoya tizimi bilan qamrab olingan.

Kanalga ulanish:

🏫 @uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tilini yakunladi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning taklifiga binoan 13-16-yanvar kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Olmazor tumani prokuraturasi tergovchisi pora bilan ushlandi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent shahrida gul yetishtirish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi mas’uliyati cheklangan jamiyatning muqaddam prokuratura organlarida ishlagan va sudlangan yuristi savdo-sotiq sohasiga ixtisoslashgan mas’uliyati cheklangan jamiyat mansabdor xodimlariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 184 va 189-moddalari bilan qo‘zg‘atilib, Olmazor tumani prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchi sifatida jalb qilingan shaxsga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llamaslik masalasini mazkur tuman prokuraturasi mansabdor shaxslari orqali hal qilib berish evaziga 30 ming AQSH dollari talab qilib, shundan 20 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, mas’uliyati cheklangan jamiyat yuristining avtomashinasida Olmazor tumani prokuraturasi tergovchisi undan ushbu pul mablag‘ini pora sifatida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanib, holat protsessual tartibda rasmiylashtirildi.

Hozirda prokuratura tergovchisiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan, mas’uliyati cheklangan jamiyat yuristiga nisbatan esa Jinoyat Kodeksining 212-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Chortoq tumani prokurorining katta yordamchisi 2400 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi

Namangan viloyati Chortoq tumani prokurorining katta yordamchisi tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi shifokori 5 nafar fuqaroga nogironlik nafaqasini belgilashda soxta hujjatlar tayyorlab berganligi yuzasidan taqdim qilingan materiallarni o‘rganib chiqib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rmaslik evaziga 3000 AQSH dollari talab qilgan.

Ammo, u so‘ralgan pul mablag‘idan 2400 AQSH dollarini olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️20 ming AQSh dollari bilan yana bir shaxs ushlandi

Tezkor tadbirda А.R. Buxoro tumani “Ko‘chk‘umar” mahallasi hududida joylashgan MChJga ijara huquqi asosida ajratilgan 278 gektar suv havzalaridan iborat ob’ektning 4 gektar qismini 280 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, kelgusida mansabdor tanishlari orqali alohida mulk sifatida hujjat rasmiylashtirib berishni va’da qilib, kelishilgan puldan 20 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni!"

Qancha qoning bo'lsa — Vatan uchun to'k,
Qancha shoning bo'lsa —
Vatanni ko'tar!

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sohasidagi natijalar va galdagi vazifalarga oid taqdimot bilan tanishdi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️“O‘zavtosanoat” o‘qituvchilarga imtiyozli avtokreditlar orqali avtomobillarni sotishga tayyor

Ijtimoiy tarmoqlarda UzAuto Vazirlar Mahkamasining o‘qituvchilar uchun avtomobillarni tijorat banklari orqali 60 oy muddatga va 30 foiz dastlabki to‘lov bilan imtiyozli shartlar asosida xarid qilish bo‘yicha topshirig‘ini rad etgani haqida xabarlar keng tarqaldi.

“O‘zavtosanoat” AJ Vazirlar Mahkamasining topshirig‘ini rad etgani to‘g‘risidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini hamda feyk xabar ekanligini ma’lum qiladi.

“O‘zavtosanoat” AJ tijorat banklari tomonidan Vazirlar Mahkamasining topshirig‘i ijrosi doirasida beriladigan imtiyozli avtokreditlar orqali avtomobillarni sotishga tayyor (tijorat banklarida jismoniy shaxslarning xaridlarini moliyalashtirish uchun kreditdan boshqa mexanizm mavjud emas).

Bundan tashqari, xatning asl nusxasida avtomobil xarid qilish uchun Asakabank, Aloqa Bank, Ipak Yo‘li Banki, InfinBANK, Biznesni Rivojlantirish Banki, Asia Allince Bank va Tenge Bank orqali turli mexanizmlar, jumladan, imtiyozli shartlarda joriy etilganligi ma'lum qilinadi.

“O‘zavtosanoat” AJ ijtimoiy tarmoqdagi guruh adminstratorlaridan tekshirilmagan va tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘raydi.

“O‘zavtosanoat” AJ.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️“Faxriy donor”lar jamoat transportidan bepul foydalanishi kutilmoqda

SSV tashabbusi bilan ishlab chiqilib, Qonunchilik palatasiga kiritilgan yangi qonun loyihasiga ko'ra, “O'zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko'krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga beriladigan bir martalik pul mukofoti miqdorini oshirish ko'zda tutilyapti.

Shuningdek, ular shahar jamoat transportidan (yo'nalishi va yo'nalishsiz taksilardan tashqari) bepul foydalanish huquqiga ega bo'ladi. Bundan tashqari, ularga sanatoriy-kurortlarda davolanish uchun yo'llanmalarni navbatsiz olish imkoniyati yaratiladi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand shahri hududi kengaytirilishi mumkin

“Samarqand viloyatining Samarqand shahri, Samarqand va Oqdaryo tumanlari chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisida“gi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining qarori loyihasi tayyorlanmoqda.
Qayd etilishicha, tayyorlanayotgan qaror loyihasiga koʻra, Samarqand tumanidan 170 gektar va Oqdaryo tumanidan 243 gektar yer maydonini Samarqand shahri tarkibiga oʻtkazish nazarda tutilmoqda.

Kanalga ulanish:
@uzauz
“Haj-2025”: Mavsumni yuqori darajada tashkil etish masalalari muhokama qilindi

Jidda shahrida O‘zbekiston delegatsiyasi hamda Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligi rahbariyati o‘rtasida muloqot bo‘lib o‘tdi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Amerikaga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bugungi kunda mamlakatimiz fuqarolarini ishlash uchun chet elga borishlariga ko‘maklashish va xorijda bo‘lgan davrida ularning haq-huquqlarini himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tomonidan fuqarolarimizni o‘nga yaqin xorijiy davlatlarga yuborish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ammo, o‘rnatilgan tartib-qoidalarni chetlab o‘tgan holda ayrim shaxslar tomonidan fuqarolarni chet davlatlarga ishga yuborishga urinish holatlari ham kuzatilmoqda.

Jumladan, Samarqand viloyatining Urgut tumanida yashovchi S.A. o‘zining o‘g‘li S.M. bilan til biriktirib, 2 nafar mahalliy fuqaroning ishonchiga kiradi va tanishlari orqali ularni Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishini aytadi.

Buning evaziga S.A. ularning har biridan 11 ming AQSH dollaridan, jami 22 ming AQSH dollari so‘rab, ushbu pulning 70 foizini oldindan, qolgan 30 foizini esa viza hujjatlari tayyor bo‘lganidan keyin berishlari kerakligini talab qiladi.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda u 15.400 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Boshqa holatda esa Toshkent shahrida vaqtincha istiqomat qiluvchi, 1999-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan A.N. o‘zining tanishlari yordamida poytaxtlik fuqaroni AQSHga ishga yuborish evaziga 21 ming AQSH dollari talab qilib, 9 ming AQSH dollarini oldindan olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hududlarda 2025 – 2030-yillarda Bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratonini nazorat qilish dasturi amalga oshiriladi — SSV

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Uch viloyatda tashkilot xizmatchilari pora bilan qo‘lga tushdi

Qashqadaryo, Buxoro va Farg‘onada pora evaziga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Departamenti ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, departament o‘tkazgan tezkor tadbirda Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi “D.K.” AJ qo‘riqchisi M.A. S.U. va Yo.I.lardan 2 500 AQSh dollari evaziga ushbu korxonaga ishga kiritib qo‘yishini aytib, pulni olganida ushlangan.

Shu kabi holat yana kuzatilgan: Shofirkon tuman Tibbiyot birlashmasi bo‘lim hisobchisi Yu.H. fuqaro S.Zni ushbu tibbiyot birlashmasiga ishga joylab qo‘yishi evaziga 700 AQSh dollarini olgan chog‘ida qo‘lga olingan.

Farg‘ona viloyatida esa “Toshloqtumangaz” gazchisi M.M. va boshqalar fuqaro A.Sni mazkur gaz ta’minoti korxonasiga ishga joylab qo‘yishini aytgan. So‘ngra 1,7 mln so‘m va 500 AQSh dollarini qo‘lga kiritganliklari aniqlangan. Keyin firibgarlar olgan poraning 640 AQSh dollarini qaytargan va bu protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM