UzASBO yangiliklari
12.8K subscribers
20 photos
71 videos
44 files
205 links
UzASBO ДМда ишлаш бўйича тезкор маълумотлар
Download Telegram
Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatida yuqori tashkilotda new.mdm.uz ning E-Hisobotlar-Byudjetdan tashqari hisobvaraqlar bo'yicha hisobot qismida elektron jo'natilgan hujjat protokolda Тип информации != H,I-Ошибка xatoligi bilan qaytib kelayotgan bo'lsa, quyi tashkilotlar tomonidan jo'natilgan hisobotlarni orqaga qaytarish kerak bo'ladi. Qaytarilgan hisobot O'zgartirish tugma yordamida ochiladi, Tozalash va To'ldirish tugmalari bosiladi. Hujjat saqlanib, qaytadan jo'natiladi. Shundan so'ng jamlangan hisobot g'aznachilik organlariga jo'natilsa mazkur xatolik qayta chiqmaydi. Bu xatolikning yuzaga kelishiga tegishli hisobotlar uzasbo.mdm.uz orqali tuzilib elektron jo'natilganligi sabab bo'lyapti.

@uzasboyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi ochilgan byudjetdan tashqari shaxsiy g'azna hisobvaraqlarga kassa va haqiqiy xarajat subchyotlarini biriktirish. Videoda uzasbo.mdm.uz misolida tushuntirilgan, hozirda bu ishlar new.mdm.uz da qilinadi.

@uzasboyangiliklari
TMZ, oziq-ovqat, dori-darmon va YOMM bilan bogʻliq hujjatlarni kiritish vaqtincha new.mdm.uz dan uzasbo.mdm.uz ga qaytarildi. Tegishli qismlar koʻrinishi uchun dasturdan chiqib, qaytadan kirish kerak.

@uzasboyangiliklari
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 831-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasining Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Qarorga 1-ilova (Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasini tashkil etish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom)da 26-band quyidagi tahrirda bayon qilinishi belgilandi: 26. Umumtaʼlim muassasasida oʻquv-tarbiya jarayoni sifatini yanada yaxshilash, fanlararo integratsiyani kuchaytirish, taʼlim va tarbiya jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, STEAM yondashuvini samarali tatbiq etish, taʼlim jarayonida pedagog xodimlarga oʻz vaqtida metodik yordamni tashkil etish, ularning kasbiy va metodik mahoratini hamda malakasini oshirishda faolligi uchun Ishchi guruhning qarori bilan (mazkur Nizomning 4-bandida belgilangan oʻqituvchilar umumiy sonining 50 foizidan tashqari) umumtaʼlim muassasasining fan yoʻnalishlari boʻyicha uslubiy birlashmalari rahbarlari bazaviy tarif stavkalariga 10 foiz har oylik ustama haq belgilanishi mumkin. Shundan kelib chiqib, maktablarning shabloniga Uslubiy birlashma rahbarlariga ustama nomli toʻlov turi qoʻshildi. Undan foydalanish uchun Spravochniki-Spravochniki polzovatelya-Vidi raschetov qismiga kirish va Poluchit iz shablona tugmasini bosib, mazkur ustamaning boshiga bayroqcha qoʻyish va Primenit tugmasini bosish kerak.

@uzasboyangiliklari
Baʼzi ipoteka kreditlari boʻyicha berilgan soliq imtiyozlari bekor qilinganligi boʻyicha avval maʼlumot berilgandi. Mos ravishda 2021-yil 1-yanvardan boshlab dasturdagi tegishli ushlanma turlarini ishlatishga ham cheklov kiritildi va mazkur ushlanmalar ishlatilgan ish haqi hujjatini tasdiqlashda ogohlantirish chiqib, hujjatni tasdiqlab boʻlmaydi. Hozirda Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandida keltirilgan holatdagina imtiyoz qoʻllanishi mumkin. Mazkur bandda keltirilgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozdan foydalanish uchun bir vaqtning oʻzida ikkita shartga rioya qilish lozim:
- yakka tartibdagi uy-joyning yoki koʻp qavatli uydagi xonadonning qiymati 300 mln soʻmdan oshmaydi;
- uy-joyning xaridoriga dastlabki badalning va (yoki) ipoteka krediti boʻyicha foizlarning bir qismini qoplash uchun byudjetdan subsidiya ajratilgan.

Subsidiya ajratilganligini tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizomga 2-ilovada keltirilgan tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza beruvchiga yuboriladigan davlat byudjetidan subsidiya berish toʻgʻrisida komissiyaning QR-kodga ega boʻlgan qarori xabarnomasini olib qoʻyish maqsadga muvofiq boʻladi.

Soliq davri – kalendar yil mobaynida qarz oluvchi va birga qarz oluvchining kreditni soʻndirish va foizlarni toʻlash uchun yoʻnaltiriladigan 15 mln soʻmgacha daromadiga imtiyoz taqdim etiladi.
Agar soliq davri mobaynida ushbu chegara oshirilsa, oshgan summadan JSHDS toʻlanadi va buning uchun imtiyoz qoʻllanilmaydigan ushlanma turi (Prochiye uderjaniya yoki Kredit nalogooblagayemaya)ni tanlash kerak boʻladi. Shuningdek, yuqoridagi ikkita shartga toʻgʻri kelmaydigan ipoteka kreditlarini ushlab qolishda ham imtiyoz qoʻllanilmasligi uchun Prochiye uderjaniya yoki Kredit nalogooblagayemaya toʻlov turlarini tanlash kerak boʻladi.

Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandi talablariga mos keladigan ipoteka kreditlarini ish haqidan ushlab qolish va jismoniy shaxslaridan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash uchun tegishli ushlanma turini qoʻshish boʻyicha hududiy administratorga murojaat qilish kerak.

@uzasboyangiliklari
1 2 guruh xatolik.png
8.1 KB
Moliya vazirligining 2020-yil 19-dekabrdagi NC41032364-sonli xatiga asosan I va II guruhlar boʻyicha haqiqiy xarajat summasiga tuzatish provodka berishga cheklov qoʻyildi. Yaʼni Hujjatlar-Tuzatish va yakuniy provodkalar-Tuzatish provodkalari qismida 231, 241, 251, 261, 271 subschyotlarni tanlab tuzatish provodka berishda I va II guruhga tegishli xarajat kodlari tanlansa rasmdagi ogohlantirish chiqadi va hujjatni saqlab boʻlmaydi. Lekin xodimga ish haqi ortiqcha yoki notoʻgʻri hisoblanib, tegishli summa xodim tomonidan qaytarilganda, homiladorlik va tugʻish taʼtili hisoblanib boʻlgandan keyin uning summasi ortiqcha hisoblanganligi aniqlanganda va shunga oʻxshash holatlarda qanday qilib tuzatish provodka berish masalasi hal qilinmagan.

@uzasboyangiliklari
Xarajatlar smetasiga oʻzgartirishlar kiritish uchun byudjet tashkilotining oʻzi hujjat joʻnatmasdan tegishli moliya organi maʼlumotlarni DMBAT DMga qoʻlda kiritgan boʻlsa, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatiga oʻtkazilgan tashkilotlar quyida koʻrsatilgan tartibdan foydalanishadi. Misol uchun, bugungi kunda zaxira jamgʻarmasidan, homiladorlik va tugʻish taʼtili nafaqasi uchun qoʻshimcha mablagʻlar ajratilgan boʻlib, ushbu summalar moliya organlari tomonidan qoʻlda kiritilgan va mazkur smeta maʼlumotlari Gʻazna mijoz-Maʼlumotlar-Smeta qismida koʻrinib turibdi. Toʻlov topshiriqnomani tasdiqlashda xarajatlar smetasida mablagʻ yetarli boʻlishi va tegishli smeta hujjatlari Oplachen holatda boʻlishi kerakligi boʻyicha cheklovning toʻgʻri ishlashi uchun mazkur tartib ishlab chiqildi.

@uzasboyangiliklari
Savol: Xodimga kasal boʻlganligi sababli moddiy yordam berishda Materialnaya pomosh sogl. NK 178st -16 179st-1/3 toʻlov turi tanlansa boʻladimi?

Javob: Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi Qonuning 66-moddasida
Ushbu Qonunga muvofiq tayinlangan pensiyalarni toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlar xodimning mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda
mehnatda mayiblanganligi yoki kasb kasalligiga uchraganligi oqibatidagi nogironlik uchun pensiyalarni toʻlash xarajatlarining oʻrnini qoplovchi pulni ish haqi toʻlashga moʻljallangan mablagʻlar hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazadi deb belgilangan.

Soliq kodeksining 369-moddasida jami daromadga kiritilmaydigan daromadlar keltirilgan boʻlib, mehnatda mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast yetganlik bilan bogʻliq zararning oʻrnini qoplash boʻyicha quyidagi miqdordagi toʻlovlar soliq toʻlovchining daromadi sifatida qaralmaydi deb koʻrsatilgan:
jabrlanuvchi mehnatda mayib boʻlguniga qadar olgan oʻrtacha oylik ish haqiga nisbatan foiz hisobidagi, uning kasbga oid mehnat qobiliyatini yoʻqotganlik darajasiga muvofiq belgilanadigan har oylik toʻlovlar (voyaga yetmagan shaxs mehnatda mayib boʻlib qolgan taqdirda, zararning oʻrni uning ish haqi (daromadi) miqdoridan kelib chiqqan holda, lekin qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 1,76 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda qoplanadi);
maxsus tibbiy parvarishga muhtoj jabrlanuvchilarga qoʻshimcha xarajatlar uchun oyiga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 70,3 foizi miqdoridagi toʻlovlar;
jabrlanuvchining maishiy parvarishi uchun qoʻshimcha xarajatlar tariqasida har oyda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 17,6 foizi miqdoridagi toʻlovlar;
xodimning sogʻligʻiga shikast yetkazilganligi munosabati bilan ish beruvchi tomonidan bir yoʻla toʻlanadigan nafaqa tariqasida jabrlanuvchining yillik oʻrtacha ish haqi miqdoridagi toʻlovlar
.

Shuningdek, Soliq kodeksining 373-moddasida mehnatda mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast yetganlik bilan bogʻliq zararning oʻrnini qoplash uchun ushbu Kodeks 369-moddasi ikkinchi qismining 10-bandida koʻrsatilgan miqdorlardan ortiqcha olingan summalar kompensatsiya toʻlovlari hisoblanishi belgilangan.

Xodimga mehnatda mayib boʻlganligi, kasb kasalligi yoxud sogʻligʻiga boshqacha tarzda shikast yetganligi bilan bogʻliq holda koʻrsatiladigan moddiy yordam 377-moddaga asosan boshqa daromadlarga kiritilgan boʻlib, 378-moddada mazkur moddiy yordam summalariga nisbatan imtiyozlar koʻzda tutilgan.

Xulosa qilib aytganda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-iyuldagi 195-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolarni tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi tomonidan berilgan mehnatda mayiblanish yoki kasbiy kasallik bilan bogʻliq holda kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilganligi darajasi toʻgʻrisida xulosa boʻlmagan holatlarda (koronavirusga chalinganligi, boshqa ogʻir kasallikka chalinganligi, sinish va shu kabi jarohatlar olganligi va h) xodimga beriladigan moddiy yordam summalari imtiyozga ega emas va bu kabi holatlarda Doplati k otpusku i materialnaya pomosh toʻlov turini tanlash kerak boʻladi. Bu holatda savolda aytilgan to'lov turini tanlash xato bo'ladi, chunki unga nisbatan ijtimoiy soliq hisoblab chiqarilmaydi, jismoniy shaxlsardan olinadigan daromad solig'i ham mehnatga haq to'lashning 4.22 baravaridan so'ng hisoblanadi.

Bu bo'yicha quyidagi manzillarda ham ma'lumotlar berilgan:
Xodim kasal bo'lganda moddiy yordam bering
Davolanishga yoki operatsiya qilishga berilgan moddiy yordam soliqlarga tortiladimi?

@uzasboyangiliklari
Asosiy vositalarni qayta baholashni uzasbo.mdm.uz orqali ham amalga oshirish mumkin bo'ldi. Bunda Ojidaniye holatdagi hujjatning navbat raqamini bilish uchun new.mdm.uz ga kirish kerak bo'ladi.

@uzasboyangiliklari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-son Oʻzbekiston Respublikasining “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Qarori 9-bandida 2021-yil 1-yanvardan boshlab barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun asosiy fondlarning har yillik, mikrofirma va kichik korxonalar uchun 3 yillik majburiy qayta baholash tartibi bekor qilinsin deb belgilandi. Oʻzbekiston Respublikasining Raqobat toʻgʻrisidagi Qonuni 4-moddasida xoʻjalik yurituvchi subyekttovarlarni ishlab chiqarish, olish va realizatsiya qilish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxs, shu jumladan chet ellik yuridik shaxs, xoʻjalik boshqaruvi organi, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkor deb koʻrsatilgan. Yuqoridagilardan kelib chiqib xulosa qilinsa, byudjet tashkilotlarida asosiy vositalarni qayta baholash majburiyligi saqlanib turibdi. Bu Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2002-yil 4-dekabrda 1192-son bilan roʻyxatga olingan 1-yanvar holati boʻyicha asosiy fondlarni har yillik qayta baholashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga tegishli oʻzgartirishlar kiritilganidan soʻng yanada oydinlashadi.

@uzasboyangiliklari
MMBXda smetani oplachen holatga o'tkazish tartibi.docx
434 KB
Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatida DMBAT DMda qo'lda kiritilgan smeta hujjatlarini Oplachen holatga o'tkazish tartibi

@uzasboyangiliklari
Forwarded from Pro Bux | Life hacks |
UZASBO_fakturada_ishonchli_vakil_fakturalarni_qabul_qilishi_uchun.docx
583.9 KB
UZASBO fakturada ishonchli vakil fakturalarni qabul qilishi uchun tasdiqlash tartibi

https://t.me/uzasbo_vaqt
Subschyotlar bo'yicha taqqoslama jadval.xls
100 KB
Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yo'riqnoma (ro'yxat raqami 2169, 2010-yil 22-dekabr) va O‘zbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti (2-sonli BHS) “Yagona schyotlar rejasi” (ro'yxat raqami 3078, 2018-yil 20-oktyabr) taqqoslama jadvali

@uzasboyangiliklari
Ish haqi hisoblashda tuman koeffitsiyenti mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 1.41 baravaridan hisoblanadigan qilindi. Shu bo'yicha Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tegishli xati bu yerda ilova qilinyapti.

@uzasboyangiliklari
SHG'H_kesimida_Debitorlik_va_kreditorlik_qarzlar_to'g'risidagi_ma'lumot.avi
33.2 MB
Shaxsiy g'azna hisobvaraq kesimida debitorlik va kreditorlik qarzlar to'g'risidagi ma'lumot hisobotini tuzish

@uzasboyangiliklari
Savol: new.mdm.uz da E-Hisobotlar (Е-Отчеты) menyusidagi Debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻgʻrisidagi maʼlumot (bundan keyin DK) hisoboti tasdiqlansa ichidagi summalar yo'qolib qolyapti, buni qanday to'g'rilash mumkin?

Javob: DK hisobotini tasdiqlashda summalar qayta hisoblanadi va bunda g'azna holati Odobren yoki Prinyat bo'lgan DK (SHGʻH kesimida) hisobotlargina inobatga olinadi (DMBAT DMga jo'natilmaydigan 20 talik bank hisobraqamlari bo'yicha Provedeno holatdagilar ham qo'shiladi).
Lekin DK hisobotini tuzishda (Yaratish tugmasi yoki O'zgartirish tugmasi orqali kirilib To'ldirish tugmasi bosilganda) esa Provedeno holatda bo'lgan DK (SHGʻH kesimida) qismidagi hujjatlar ham inobatga olinadi. Shu orqali tashkilot hisobotni tasdiqlamasdan (hisobotni Tasdiqlash tugmasi orqali Provedeno qilmasdan avval) turib uning qanchalik to'g'ri to'ldirilganligini bemalol tekshirib olishi, analiz tugmasi bosilganda chiqadigan ma'lumot orqali tahlil qilishi mumkin bo'ladi (avval ham bu yerda shu haqda ma'lumot berilgandi, lekin deyarli ko'pchilik uni o'qib ko'rmaganligi natijasida yana savollar chiqyapti).

Balans hisobotini tuzishda DK hisoboti bilan bog'liq quyidagi cheklovlar mavjud:
- jami debitor qarzdorlik summasi (buni hisobotni pechat qilib excel faylga o'tkazib aniqlash mumkin. Debitorskaya varag'idagi Vsego zadoljennost ustunidagi eng so'nggi qatorda turgan summa jami debitor qarzdlorlik bo'ladi) Balansdagi 230 qator summasiga mos boʻlishi kerak;
- jami kreditor qarzdorlik summasi (buni hisobotni pechat qilib excel faylga o'tkazib aniqlash mumkin. Kreditorskaya varag'idagi Vsego zadoljennost ustunidagi eng so'nggi qatorda turgan summa jami kreditor qarzdlorlik bo'ladi) Balansdagi 290 qator summasiga mos boʻlishi kerak;
- DKda Debitor qarzdorlik tomondagi “Rascheti po spetsialnim vidam platejey” qatoridagi summa va Balansdagi 193 “Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar (156-subschyot)” qator summalari mos boʻlishi kerak;
- DKda Kreditor qarzdorlik tomondagi “Rascheti po spetsialnim vidam platejey” qatoridagi summa va Balansdagi 254 “Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar (156-subschyot)” qator summalari mos boʻlishi kerak;
- DKda Debitor qarzdorlik tomondagi “Rascheti po nedostacham” qatoridagi summa va Balansdagi 210 “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar (170-subschyot)” qator summalari mos boʻlishi kerak;
- DKda Debitor qarzdorlik tomondagi “Rascheti so studentami po platno-kontraktnim sredstvam” qatoridagi summa va Balansdagi 212 “Talabalar bilan boshqa hisob-kitoblar (175-subschyot)” qator summalari mos boʻlishi kerak;
- DKda Kreditor qarzdorlik tomondagi “Rascheti so studentami po platno-kontraktnim sredstvam” qatoridagi summa va Balansdagi 274 “Talabalar bilan boshqa hisob-kitoblar (175-subschyot)” qator summalari mos boʻlishi kerak;
- DKda Debitor qarzdorlik tomondagi “Prochiye rascheti mejdu vishestoyashimi i nijestoyashimi organizatsiyami” qatoridagi summa va Balansdagi 220 “Yuqori va quyi tashkilotlar oʻrtasidagi boshqa hisob-kitoblar (180-subschyot)” qator summalari mos boʻlishi kerak;
- DKda Kreditor qarzdorlik tomondagi “Prochiye rascheti mejdu vishestoyashimi i nijestoyashimi organizatsiyami” qatoridagi summa va Balansdagi 280 “Yuqori va quyi tashkilotlar oʻrtasidagi boshqa hisob-kitoblar (180-subschyot)” qator summalari mos boʻlishi kerak;
- DKda Kreditor qarzdorlik tomondagi “Rascheti po sredstvam, vremenno naxodyashimsya v rasporyajenii byudjetnoy organizatsii” qatoridagi summa va Balansdagi 253 “Byudjet tashkilotining ixtiyorida vaqtincha boʻladigan mablagʻlar boʻyicha hisob-kitoblar (155-subschyot)” qator summalari mos boʻlishi kerak.

@uzasboyangiliklari
Mehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra bekor qilinib, ogohlantirish muddati pullik kompensatsiyaga almashtirilganda xodimlarga moddiy madad berish tartibi haqida tushuntirish (roʻyxat raqami 720, 1999-yil 10-may)ga Mehnat kodeksiga kiritilgan soʻnggi oʻzgarishlar, “Yagona milliy mehnat tizimi” - my.mehnat.uz idoralararo dasturiy-apparat kompleksi tashkil qilinganligidan kelib chiqib oʻzgartirish kiritildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-apreldagi Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining tuzilmasini maqbullashtirish va shtat birliklari sonini qisqartirish to'g'risidagi PQ-5053-son qarori bilan va boshqa holatlarda shtat qisqarishi hisobiga xodimlar bilan mehnat shartnomasini bekor qilishda ularga qanday to'lovlar berilishida mazkur normativga suyaniladi. Dasturda oylik hisoblashda qaysi to'lov turlari ishlatilishi bo'yicha avval ma'lumot berilgandi.

@uzasboyangiliklari
Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatiga oʻtkazilgan tashkilotlarda uzasbo.mdm.uz ning E-Otcheti-Elektronniye otcheti-Otchet ob ispolneniye smeti rasxodov (Forma №2) qismida Xarajatlar smetasining ijrosi haqidagi hisobot (2-son shakl)ni tuzishda xatolik chiqmasligi uchun new.mdm.uz ning Maʼlumotlar-Tashkilot maʼlumotnomasi-Tashkilot hisobraqami qismiga kirishi va tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqning Markaziy buxga oʻtgan sana joyiga 2020-yildagi bironta sanani (2021-yil uchun doimiy xarajatlar smetasi tuzilgan sanadan oldingi) kiritib qoʻyishi kerak boʻladi.

@uzasboyangiliklari
Forwarded from Uzasbo bo`yicha savollar
Endilikda so`rovnoma hujjati dasturning salary.mdm.uz manzilidan yuboriladi. Отправка заявку на получение денежных средств осуществляется через salary.mdm.uz
Forwarded from Iqtisodiyot va moliya vazirligi (mf_bot)
​​Moliya vazirligida budjet shakllanishining asosi elektronlashtirilmoqda

В Минфине электронизируются основы формирования бюджета

The Ministry of Finance
is digitizing the basis of budgeting
Buxgalterlarga yordam veb-sayti (help.mdm.uz) bo‘yicha

UzASBO dasturiy majmuasida ishlash, unda bo‘layotgan o‘zgarishlar, dasturdagi ish jarayoni bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazi tomonidan yaratilgan help.mdm.uz veb-sayti orqali ma’lumotlar berib borilar edi. Hozirda Moliya vazirligi tasarrufidagi tashkilotlarning veb-saytlari Moliya vazirligi veb-sayti bilan birlashtirilayotganligi sababli help.mdm.uz veb-sayti o‘z ish faoliyatini to‘xtatib, undagi barcha ma’lumotlar esa Moliya vazirligining rasmiy www.mf.uz veb-saytiga olib o‘tildi. Istalgan browser orqali mazkur veb-saytga kirib, oynaning quyi qismiga tushilsa, u yerda 5 ta blok mavjud bo‘lib, ularning orasidan “Byudjet tashkilotlari buxgalterlariga yordam” bloki ustiga bosilsa, avvalgi help.mdm.uz veb-saytida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarning barchasini ko‘rishingiz mumkin.
Quyida keltirilgan havola orqali ko‘rish imkoniyati mavjud.
https://www.mf.uz/uz/?option=com_content&view=article&id=655


Ранее вся информация о работе в программном комплексе УзАСБО, его изменениях, а также нормативно-правовые документы, связанные с процессом работы в программе размещались на сайте help.mdm.uz, созданного со стороны Информационно-вычислительного центра Министерства финансов Республики Узбекистан. В связи с объединением всех веб-сайтов подведомственных ораганизаций Министерства финансов, help.mdm.uz приостановил свою работу. Вся информация сайта help.mdm.uz перенесена на официальный веб-сайт Министерства финансов Республики Узбекистан www.mf.uz. Всю необходимую информацию, которая ранее была доступна на help.mdm.uz, вы можете найти здесь, пройдя по ссылке через любой браузер:
https://www.mf.uz/ru/?option=com_content&view=article&id=655
«Войти на сайт www.mf.uz –спуститься вниз по полосе прокрутке и среди 6 блоков зайти в блок «Помощь бухгалтерам бюджетных организаций»

@uzasboyangiliklari