QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
13.9K subscribers
23.2K photos
2.68K videos
7 files
9.3K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#ShHT #ШОС #agro #agroinnovatsiya
🌐Bir necha daqiqalardan so‘ng Toshkentda oflayn va onlayn formatda ShHT davlatlar qishloq xo‘jaligi vazirlarining VII yig‘ilishi boshlanadi. Yig‘ilish davomida delegatsiyalar rahbarlari ShHTga aʼzo davlatlar o‘rtasida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida muvofiqlashtiruvchi va samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari bo‘yicha fikrlar almashishi kutilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi ushbu tadbirlar tashkilotchisi sanaladi.
---------------------------
🌐Буквально через несколько минут в Ташкенте начнётся в формате офлайн и онлайн VII-ое совещание министров сельского хозяйства государств ШОС. В ходе совещания главы делегаций обменяются мнениями по вопросу налаживания скоординированного и эффективного сотрудничества между государствами–членами ШОС в области сельского хозяйства и продовольственной безопасности. Организатором мероприятий выступает Министерство сельского хозяйства Республики Узбекистан.

WWW/FACEBOOK /INSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ShHT #ШОС #agro

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev ochib bergan yig‘ilishda (shu jumladan, onlayn tarzda) SHHT Bosh kotibi o‘rinbosari Yerik Ashimov, Pokiston Islom Respublikasi Milliy oziq-ovqat xavfsizligi va tadqiqotlari federal vazirining birinchi o‘rinbosari Zafar Xasan, Xitoy Xalq Respublikasi qishloq xo‘jaligi va qishloq ishlari vaziri o‘rinbosari Ma Yusyan, Qirg‘iziston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Asqarbek Janibekov, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Teshayev, Hindiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi va fermerlar farovonligi vazirligi kotibi Chauxan Ritesh, Qozog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Yerbol Karushukeev, Tojikiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Sadi Gafor Karimzoda, Rossiya Federatsiyasi qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Sergey Levin, FAOning Markaziy Osiyo boʻyicha submintaqaviy koordinatori Viorel Gutsular ishtirok etdi.
В Совещании, которое открыл заместитель Премьер-министра Республики Узбекистан, министр инвестиций и внешней торговли Жамшид Ходжаев, приняли участие (в т.ч. в формате он-лайн) заместитель генерального секретаря ШОС Ерик Ашимов, первый заместитель федерального министра национальной продовольственной безопасности и исследований Исламской Республики Пакистан Зафар Хасан, заместитель министра сельского хозяйства и сельских дел Китайской Народной Республики Ма Юсян, министр сельского хозяйства Кыргызской Республики Аскарбек Джаныбеков, первый заместитель министра сельского хозяйства Республики Узбекистан Шухрат Тешаев; секретарь министерства сельского хозяйства и благосостояния фермеров Республики Индия Чаухан Ритеш, министр сельского хозяйства Республики Казахстан Ербол Карушукеев, министр сельского хозяйства Республики Таджикистан Саъди Гафор Каримзода, заместитель министра сельского хозяйства Российской Федерации Сергей Левин, субрегиональный координатор ФАО по Центральной Азии Виорел Гуцу.

https://t.me/uzagroministry/6739
#ShHT #ШОС #agro

Открывая VII Совещание министров сельского хозяйства государств–членов ШОС заместитель Премьер-министра РУ, министр инвестиций и внешней торговли Жамшид Ходжаев напомнил, что основополагающий документ о сотрудничестве стран ШОС в сфере сельского хозяйства был подписан именно в Ташкенте в июне 2010 года:

«Вот уже в седьмой раз главы основных аграрных ведомств наших стран собираются для обсуждения насущных вопросов, - подчеркнул Жамшид Ходжаев. - Сфера сельского хозяйства по праву является одной из самых активных точек сотрудничества государств-членов ШОС, и ей придается важное значение в деле расширения взаимодействия между участниками Организации. Модель развития человеческой цивилизации, когда мы ведём истощающую практику использования ограниченного количества природных резервов на земле и в воде, не может продолжаться вечно».

Ходжаев в ходе выступления акцентировал внимание на ряде проблем и вопросов, требующих внимания стран-членов ШОС, а также озвучил несколько предложений.
#ShHT #agro

ShHTga aʼzo davlatlar qishloq xoʻjaligi vazirlarining yettinchi yigʻilishini ochar ekan, Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev 2010-yil iyun oyida tashkilotga aʼzo davlatlarning qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorligi boʻyicha fundamental hujjat aynan Toshkentda imzolanganini eslatib oʻtdi.

"Mamlakatlarimizning bosh agrar idoralari rahbarlari yettinchi bor dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun yigʻilib turishibdi. Qishloq xoʻjaligi sohasi haqli ravishda ShHTga aʼzo davlatlar oʻrtasidagi hamkorlikning eng faol nuqtalaridan biri boʻ‘ib, u Tashkilot aʼzolari oʻrtasidagi munosabatlarni kengaytirishda muhim ahamiyatga ega. Biz yer va suvdagi cheklangan tabiiy zaxiralardan foydalanish amaliyotini olib borar ekanmiz, insoniyat sivilizatsiyasining bunday rivojlanishi modeli abadiy davom eta olmaydi”.

Xodjayev o‘z nutqida ShHTga a’zo davlatlar e’tiborini tortayotgan bir qancha muammo va masalalarga to‘xtalib, qator takliflarni bildirdi.
#ShHT #agro

Qozog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Yerbol Karashukeyev:

“Maʼlumki, so‘nggi yillarda dunyo qishloq xo‘jaligi bozorida global o‘zgarishlar davom etayotgan bir paytda pandemiya mamlakatlarimiz oldiga oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash borasida bir qator yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Ayniqsa, sifatli mahsulotlarni maqbul narxlarda yetkazib berish qiyinlashdi. 2021-yilgi qurg‘oqchilik esa, asosiy turdagi mahsulotlarni yetishtirishni yanada qisqartirdi. Bugun davlatlarimiz uchun yuqori texnologiyali yondashuvlar, yangi bilim va ko‘nikmalar zarur. Bir jihatni alohida taʼkidlashni istardim, mana shunday murakkab sharoitga qaramay, o‘zaro hamkorligimiz to‘xtab qolgani yo‘q. Biz birgalikda muhim qarorlarni qabul qilishda davom etmoqdamiz. SHHT dinamik rivojlanayotgan tashkilot sifatida yaxshi natijalarga erishib kelmoqda”.

QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
#ShHT #agro

Ербол Карашукеев, министр сельского хозяйства Республики Казахстан:

«Известно, что в последние годы глобальные изменения на мировом аграрном рынке, продолжающиеся условия пандемии поставили перед нашими странами ряд новых задач в части обеспечения продовольственной безопасности. Стало трудно поставлять качественную продукцию по разумным ценам. А засуха 2021 года еще больше сократила производство основных видов продукции. Сегодня нашим странам нужны высокотехнологичные подходы, новые знания и навыки. Хочу подчеркнуть один момент, несмотря на такую сложную ситуацию, наше взаимное сотрудничество не прекратилось, мы продолжаем вместе принимать важные решения. ШОС добивается хороших результатов как динамично развивающаяся организация».

МИНИСТЕРСТВО СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА
#ShHT #agro

Karimzoda Saʼdi G‘afor, Tojikiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri:

ShHT davlatlari oldida har bir global chaqiruvga tayyor turib, unga munosib javob berish vazifasi turibdi. Bizning asosiy mushtarak maqsadimiz oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashdir. Bugun Tojikiston hukumati bu borada soliq siyosatini amalga oshirmoqda. Yaʼni qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari uchun bir qator soliq imtiyozlarini joriy etganmiz. Bu orqali avvalo, ichki bozorni qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan taʼminlashga erishishni maqsad qilganmiz. Undan tashqari qo‘shimcha qiymat zanjiri uzilib qolmasligining harakatidamiz. Yana bir amalga oshirayotgan islohotimiz, bu monitoring va baholashdir. ShHT davlatlari miqyosida cho‘llanish, sho‘rlanish masalalarida hamkorlikni yanada kuchaytirishni taklif qilamiz. Har qanday masalada Tojikiston tomoni ShHT doirasida muloqot qilishga va hamkorlikka ochiqlik bilan javob qaytaradi".

QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
#ShHT #agro

Chauxan Shri Ritesh, Hindiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi va fermerlar farovonligi vazirligi kotibi:

“Davlatimiz qishloq xo‘jaligi sohasida oziq-ovqat xavfsizligi borasidagi hamkorligimizni yuqori baholaydi. Bugungi murakkab sharoitda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda ishlab chiqarish zanjirini sifatli darajaga yetkazishga ehtiyoj bor. Taʼkidlashni istardimki, mamlakatimizda fermerlarni qo‘llab-quvvatlash uchun turli dasturlarimiz ishlaydi. Ayniqsa, bugungi kunda qishloq xo‘jaligi yerlarida organik mahsulotlarni yetishtirishni ikki yarim million gektar maydonda yo‘lga qo‘yganmiz. O‘g‘itlarni balanslangan tartibda qo‘llash uchun xaritalarimiz bor va ularni 22 mlndan ortiq fermerlarga tarqatganmiz. Hindiston Respublikasining mavjud qishloq xo‘jaligi maydonlari va agrar sohadagi tajribasini inobatga olgan holda, ShHT davlatlari orasida turli yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada kuchaytirishni taklif qilaman”.

QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
#ShHT #agro

Gutsu Viorel, FAOning Markaziy Osiyo bo‘yicha submintaqaviy koordinatori:

“Bugungi kunda oziq-ovqat taʼminoti jiddiy muammolarga duch kelmoqda. Covid-19 pandemiyasi, inqirozlar, iqlim o‘zgarishi, aholi orasida tobora o‘sib borayotgan tengsizlik kabi muammolar talaygina. Ayni vaqtda dunyo bo‘yicha 3 mlrd odam sog‘lom ovqatlanmaydi. Bunday holatni yaxshi tomonga o‘zgartirish uchun oziq-ovqat taʼminotini yaxshilash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirish zarur. Bundan tashqari, dunyo bo‘yicha o‘g‘itlar, energiya va yoqilg‘iga bo‘lgan talab va narx-navo ham oshib bormoqda. Ushbu muammolar hamkorlikda yechimni talab etadi. BMT Oziq-ovqat tashkiloti (FAO) ShHT davlatlariga birgalikda imzolangan Anglashuv Memorandumi asosida yordam berish uchun tayyor”.


QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI