QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
13.9K subscribers
23.2K photos
2.68K videos
7 files
9.3K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#Ozbekiston #Turkiya

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida vazir Jamshid Xodjayev Turkiya Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi. Tadbirda, shuningdek, Turkiya Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari va siyosati bosh boshqarmasi (TAGEM) direktori Nevzat Birishik hamda turk agrar idorasining boshqa vakillari qatnashdi.

Muzokaralar yakunida TAGEMning Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjonda faoliyat yurituvchi mintaqaviy idorasini Toshkentda ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

TAGEM
hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga binoan 2021-yilda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida tashkil etilgan Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish ko‘zda tutilgan.

🇺🇿👉🏻 BATAFSIL