School English Teachers
42.1K subscribers
364 photos
55 videos
511 files
634 links
Ingliz tili o'qituvchilari va o'rganuvchilar uchun maxsus kanal
"HR Edu-Servis" MCHJ
GUVOHNOMA: №865873

Fayllar bo'yicha: @uzteachers_admin

Owner: @khasanboy_uz

Reklama xizmati: @uzteachers_ad
Download Telegram
Abituriyentlar qaysi blok faniga necha balldan olishadi?

Kirish imtihonida to'plash mumkin bo'lgan maksimal ball — 189. Buning uchun abituriyentlar 5 ta fandan imtihon topshiradi.

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

🔸 Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) x 10 ta;
🔹 Matematika x 10 ta;
O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
60 ta savoldan jami 156,0 ball.

📱 @Uz_Teachers 🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
37🔥33👍13🏆2👏1
Qabul-2026: Sertifikatlarning amal qilish muddati va ularni tekshirish tartibi qanday?

Qabul jarayonida milliy sertifikatlarda abituriyentning ro‘yxatdan o‘tgan sanasiga qarab belgilanadi. Masalan, sertifikat muddati 20-iyunda tugasa va abituriyent 20-iyungacha ro‘yxatdan o‘tsa, sertifikat inobatga olinadi. 21-iyundan boshlab esa o‘tmaydi.


Xalqaro sertifikatlarda ham sertifikatning dasturga yuklangan sanasi mezon qilib olinadi. Agar sertifikat muddati 20-iyunda tugasa va abituriyent uni 20-iyungacha tizimga yuklasa, inobatga olinadi. 21-iyun yoki undan keyin yuklansa, qabul qilinmaydi.

Milliy sertifikatlar abituriyentning shaxsiy kabinetida avtomatik ravishda aks etadi. Ularni dasturga qo‘shimcha ravishda kiritish talab etilmaydi.

Xalqaro sertifikatlarni esa abituriyent my.uzbmb.uz saytiga kirib, sertifikat ma’lumotlarini dasturga o‘zi kiritishi kerak.

Dasturga kiritilgan sertifikatlarning haqiqiyligi va belgilangan talablarga mosligi Bilimni baholash agentligi tomonidan tekshiriladi va ularga quyidagi statuslar beriladi:

TEKSHIRILMOQDA — sertifikat dasturga kiritilgan va hozirda tekshirish jarayonida.

TASDIQLANDI — sertifikatning haqiqiyligi va imtiyoz talablariga javob berishi tasdiqlangan (qabulda inobatga olinadi).

TASDIQLANMADI — sertifikat haqiqiy emas yoki imtiyoz talablariga mos kelmagan. Bu holda, abituriyent sertifikatni qayta yuklash imkoniyatiga ega bo‘ladi, agar u noto‘g‘ri yuklangan bo‘lsa.


📱 @Uz_Teachers 🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
47👍2
Vazir jamg'armasi ustamasi: Ish joyi o'zgarganda to'lov saqlanib qoladimi?

SAVOL:
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri jamg'armasi ustamasi uchun tashkil etilgan saralashlarning 1 va 2-bosqichidan yuqori natija bilan muvaffaqiyatli o'tdim. Biroq sentabrdan yashash joyimni boshqa viloyatga o'zgartirayotganim sababli, ish joyim ham o'zgaradi. YAngi hududdagi maktabga ishga joylashsam, haligi Vazir ustamasi menga beriladimi yoki bekor qilinadimi?

❗️ JAVOB: Hech xavotir olmang, ustama pullaringiz to'liq to'lab beriladi va kuyib ketmaydi. Qonunchilikka ko'ra, o'qituvchining boshqa maktab yoki boshqa viloyatga ishga o'tishi u mehnat qilib qo'lga kiritgan ushbu to'lovning to'xtatilishiga asos bo'la olmaydi.

⚖️ Huquqiy kafolat:

Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Nizomining 21- bandida ushbu qoida quyidagicha belgilab qo'yilgan:
"Vazirlik tizimida xodimning ish joyi, lavozimi o'zgargan holda ham uning har oylik ustamasi saqlab qolinadi va belgilangan muddatga qadar to'lanadi. Bunda ushbu o'zgarishlar bo'yicha mazkur Nizomning 20-bandida ko'rsatilgan tartibda xabar beriladi".

📝 To'lov uzilishlarsiz davom etishi uchun nima qilish kerak?

YAngi ish joyingizda hisob-kitoblar to'g'ri yuritilishi uchun ikkita jihatga e'tibor qarating:
Tizim ichida qolish: Ko'chib o'tgandan keyin ishga kirayotgan ish joyingiz ham aynan Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tasarrufidagi davlat maktabi bo'lishi kerak.

Rasmiy ogohlantirish: YAngi jamoaga ishga qabul qilinganingizdan so'ng, ushbu o'zgarish to'g'risida maktab ma'muriyati va hududiy Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga (MMTB) Nizomning 20-bandi asosida yozma bildirishnoma (ariza) kiritishingiz lozim. SHundan so'ng sizni tizim orqali yangi maktabga biriktirib qo'yishadi.

Qisqasi: O'z bilimingiz va yuqori ballingiz bilan erishgan ustamangiz boshqa viloyatda ham siz bilan birga bo'ladi. Mehnat faoliyatingizni yurtimizning qaysi chekkasidagi davlat maktabida davom ettirmang, hujjatlarni to'g'ri rasmiylashtirib, pullaringizni olishda davom etasiz.
Manba

📱 @Uz_Teachers 🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
45👍14👏2🔥1
Ingliz tili 4-variant (11-sinf).docx
53.9 KB
Ingliz tili imtihoni bo'yicha 11-sinflardan 1 va 4 variantlar olinadigan bo'ldi.

Speaking savollari 👉 BU YERDA

📱 @Uz_Teachers 🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2317🔥2
Section 5. Speaking Grade 11.docx
20 KB
11-sinf Ingliz tili Speaking imtihon savollari

📱 @Uz_Teachers 🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
18👍16
Bakalavr_kvota_grant.pdf
8.5 MB
⚡️2026/2027-o‘quv yili uchun davlat granti kvotalari tasdiqlandi

2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriat va magistratura bosqichlarining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat granti asosida qabul kvotalari Prezident hujjati bilan tasdiqlangan.

Davlat granti kvotalari ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar kesimida belgilanadi.

📱 @Uz_Teachers 🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
33👍3🔥2
Bayonnoma Ingliz tili 11-sinf.xls
39.5 KB
11-sinflarga ingliz tili fanidan olinadigan imtihon bayonnomasi

📱 @Uz_Teachers 🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
29
⚡️Yakuniy imtihondan oʻtolmagan oʻquvchini sinfda qoldirib yuborilishi mumkin

Taʼlim dasturlarini davlat taʼlim standartlari talablari darajasida oʻzlashtirgan va oʻquv fanlaridan yil yakuni boʻyicha ijobiy baholangan, yoki bitta oʻquv fanidan qoniqarsiz baholangan bitiruvchilar maktab pedagogik kengashi qaroriga asosan yakuniy attestatsiyaga qoʻyiladilar.

Xalq taʼlimi vazirining 2008-yil 4-martdagi 56-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan «Umumiy oʻrta taʼlim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisida»gi nizomnga koʻra, bir yoki ikki fandan oʻtkazilgan yakuniy attestatsiyada qoniqarsiz baho olgan bitiruvchilarga oxirgi yakuniy attestatsiyadan keyin ikki hafta oʻtgach qoniqarsiz baho olgan fanidan qayta yakuniy attestatsiyadan oʻtish huquqi beriladi.

Yillik baho va yakuniy attestatsiya natijalariga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim davlat taʼlim standartlari talablarini bajarmay, «qoniqarsiz» baho olgan bitiruvchilar shu sinfda qayta oʻqishga qoldirilishi mumkin.

📱 @Uz_Teachers 🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣6628😁9
Baholash me'zoni - Jami 100 ball

Har bir section, to'g'ri javobga 2 balldan qo'yiladi!
Listening - 20 ball
Reading -20 ball
Grammar - 20 ball
Writing - 20 ball
Speaking -20 ball

86–100% - A'lo - 5
66–85% - Yaxshi - 4
30–65% - Qoniqarli - 3
0–29% - Yomon - 2

📱 @Uz_Teachers 🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4740❤‍🔥5🔥3
O'rindoshlarga ham ta'til puli beriladimi?

Ta'til olish xodimning huquqi va ish beruvchining majburiyati. Biroq xodim ta'til muddati kelganda uni olishi shart.

Mehnat kodeksi 216-moddasiga asosan barcha xodimlar, shu jumladan o'rindoshlik asosida ishlaydigan xodimlar har yilgi mehnat ta'tiliga chiqish huquqiga ega. Aynan mana shu qoidaga ko'ra xodimlar ta'til olishi kerak.

Shunda ekan o'rindoshlikda ishlagan o'qituvchilar ham ham ta'tilga chiqishga haqli.

❗️Lekin Xalq ta'limi xodimlari mehnatiga haq to'lash to'g'risida Nizom 12-bandiga muvofiq pedagog xodimlar mehnatiga soatbay haq to'lash:
👉 ketma-ket ikki oydan ortiq bo'lmagan davrda kasallik yoki boshqa sabablar bilan ishda bo'lmagan xodimlarning o'rnini bosish tartibida ishlab berilgan soatlar uchun haq to'lashda;
boshqa muassasalardan jalb etiladigan o'qituvchilar va boshqa mutaxassislarning, shu jumladan o'rindoshlik bo'yicha boshqa maktablardan jalb etiladigan o'qituvchilar va mutaxassislarning pedagogik ishi uchun haq to'lashda;
👉 o'rnini bosish tartibida umumta'lim muassasalari rahbarlari tomonidan o'tilgan o'quv soatlari uchun haq to'lashda qo'llaniladi.

Shunday ekan, o'rindoshlarga maktabda dars soatbay haq to'lash asosida biriktiriladi.

Soatbaylarga haq to'lashda esa, O'quv mashg'ulotlarini o'tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to'lash miqdorlarini tasdiqlash to'g'risida qarorga (ro'yxat raqami 3157) muvofiq umumta'lim maktablarining boshlang'ich va yuqori sinflari o'qituvchilari, o'qituvchi-logopedi, logopediya shoxobchasi mudiri Mehnatga soatbay haq to'lash miqdori bazaviy lavozim maoshlariga nisbatan 1.20 foizda haq to'lanadi. Bunda soatbay haq to'lash miqdori tarkibiga mehnat ta'tili haqi kiritilgan.

🚫 Aynan shu qoidaga ko'ra o'rindoshlik asosida o'tilgan darslar uchun o'qituvchilarga ta'til puli berilmaydi.
Manba

📱 @Uz_Teachers 🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
26👎19👍2
☝️ Bilasizmi, iTEP imtihoni ham Multi-level hisoblanadi!

Sarlavhamiz sizni hayratga solgan bo'lsa ajab emas. Qanday qilib ahir, iTEP imtihoni boshqa, Multi-level imtihoni boshqaku? Umuman bir-biriga bog'liqlik joyi yo'q deb o'ylayotgandirsiz. Keling batafsil tushuntiraman.

Hozirgi kunda ko'pchilik Multi-level deydigan imtihon aslida rasmiy nom emas. Ushbu imtihonning rasmiy nomi chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihoni. Yoki Milliy sertifikat - ingliz tili.
U oldinlari single level formatida bo'lgan. Ya'ni nomzod imtihon topshirishdan oldin qaysi darajaga topshrishini tanlashi kerak bo'lar edi. Ya'ni unga B2 sertifikat kerak bo'lsa, B2 uchun imtihon topshirar edi. Unga aynan B2 bo'yicha savollar berilgan. Uni hammasiga javob bergan taqdirda ham B2 sertifikati berilgan. Ya'ni C1 berilmagan. Agar belgilangan eng minimal ball to'planmay qolinsa, imtihondan yiqilgan deb hisoblangan va sertifikat berilmagan. Xattoki 1 ball yetmay qolsa ham B2 ga topshirgan edi. 1 ball yetmay qoldi deb B1 berilmagan. Bu narsa juda ham ko'p noqulayliklarni keltirib chiqargan. Keyin Bilimni baholash agentligi imtihon shaklini Single-leveldan Multi-levelga o'zgartirishga qaror qilgan. Ya'ni nomzod bitta imtihon topshiradi. Unda har xil darajadagi savollar bo'ladi, darajasi qaysinga yetsa shu sertifikatni beramiz deyilgan. Va o'z yangiliklarida endi chet tilini bilish darajasi imtihonimiz Multi-level bo'ladi deb e'lon qilingan.
Bu xabarni ko'pchilik imtihon nomiga aloqador deb o'ylab, nomi Multi-level ga o'zgaryapti ekan deb shu bilan xalq orasida Multi-level nomi tarqab ketgan. Aslida bu imtihon shaklini bildiruvchi atama xolos.
Shunday qilib, iTEP imtihoni ham Multi-level hisoblanadi. Ya'ni bitta imtihon topshirasiz va u yerda turli xil leveldagi (Multi-level) savollar bo'ladi. Sizning darajangiz qaysinga yetsa, shu daraja beriladi.
Nafaqat iTEP, balkim IELTS, TOEFL, Aptis ESOL, Linguaskill bularning barchasi Multi-level ya'ni ko'p darajali imtihon hisoblanadi.
Single-level yoki level-specific exam ga esa Cambridge PET, FCE, CAE misol bo'la oladi.
©️ Manba: iTEP INFO

📱 @Uz_Teachers 🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7839🔥3❤‍🔥2👏2😁1
Generational cohorts (avlodlar guruhlari) — bu taxminan bir xil davrda tug'ilgan va o'sib ulg'ayish vaqtida bir xil ijtimoiy, iqtisodiy, texnologik hamda madaniy o'zgarishlarni boshdan kechirgan odamlar guruhidir.
Bu tajribalar odamlarning dunyoqarashi, qadriyatlari, iste'mol odatlari va ishga munosabatiga o'xshash ta'sir ko'rsatadi. Avlodlarni o'rganish sotsiologiya, marketing va ta'limda ham juda keng qo'llaniladi.
Quyida Pew tadqiqot markazi (Pew Research Center) kabi yirik institutlar tomonidan qabul qilingan xronologik tasnif keltirilgan:

Sokin avlod (The Silent Generation) - 1928–1945 yillar
Ikkinchi jahon urushi va og'ir iqtisodiy inqirozlar (Buyuk Depressiya) davrini ko'rgan avlod. Ular qattiq mehnat, tejamkorlik, hurmat va an'analarga qat'iy sadoqat bilan ajralib turadi.

Baby Boomers (Bumerlar) - 1946–1964-yillar
Urushdan keyingi tug'ilishning keskin o'sishi (baby boom) davrida dunyoga kelganlar. Ular iqtisodiy tiklanish va o'sishni boshdan kechirishgan. Ishga sadoqat, barqarorlik va korporativ ierarxiyani hurmat qilish ularning asosiy xususiyatlaridan biridir.

X avlodi (Gen X) - 1965–1980-yillar
Analog dunyodan raqamli dunyoga o'tish jarayonini yoshligida boshdan kechirgan "o'tish davri" avlodi. Ular mustaqil, moslashuvchan va ish bilan shaxsiy hayot o'rtasidagi muvozanatni (work-life balance) qattiq qadrlashadi.

Milleniallar yoki Y avlodi (Gen Y) - 1981–1996 yillar
Internet, shaxsiy kompyuterlar va mobil telefonlar rivojlanishi davrida ulg'ayganlar. Bu avlod uchun moddiy boyliklardan ko'ra taassurotlar (sayohat, tajriba) muhimroq. Ular ish joyida moslashuvchanlikni, doimiy rivojlanishni va o'z ishida qandaydir ma'no bo'lishini xohlashadi.

Z avlodi (Gen Z / Zoomerlar) - 1997–2012 yillar
"Raqamli aborigenlar" (digital natives) — ular internetsiz va ijtimoiy tarmoqlarsiz dunyoni umuman bilishmaydi. Global xilma-xillikni qadrlaydigan, pragmatik, o'zgarishlarga tez moslashuvchi va ruhiy salomatlikka jiddiy e'tibor qaratadigan avlod hisoblanadi.

Alfa avlodi (Gen Alpha) - 2013–2024 yillar
Smartfonlar, ijtimoiy tarmoqlar va sun'iy intellekt bilan to'liq qamrab olingan dunyoda tug'ilgan birinchi avlod. Ularning xarakter xususiyatlari endi shakllanmoqda, ammo ularning o'rganish va muloqot qilish usullari to'liq vizual va interaktiv bo'lishi kutilmoqda.

Muhim jihat: Bu yillar va ta'riflar asosan G'arb va global tendensiyalarga asoslangan. O'zbekiston kabi mintaqalarda mahalliy tarixiy voqealar (masalan, Mustaqillikka erishish, ta'lim tizimidagi o'zgarishlar) har bir avlodning dunyoqarashiga qo'shimcha o'ziga xosliklar kiritadi.
📱 @Uz_Teachers 🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8760🤔9🔥74👏3🥰2💯2💘2👎1
Nodavlatdan perevod qaror № 299.pdf
606.7 KB
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan talabalar o‘qishini ko‘chirish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (299-son, 11.06.2026-y.) bilan “Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan talabalar o‘qishini davlat oliy ta’lim tashkilotlariga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish”ning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

🏛 Reglamentga ko‘ra, Bilim va malakalarni baholash agentligi (Agentlik) ushbu sohada vakolatli davlat organi hisoblanadi.

📝 Ariza beruvchi har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar YIDXP yoki Agentlikning maxsus elektron platformasi yoxud davlat xizmatlari markazlari orqali ariza beradi.

⛔️ Quyidagilar arizani rad etishga asos bo‘ladi:

🔹 so‘rovnomada nazarda tutilgan hujjatlar yoki ma’lumotlar to‘liq taqdim etilmagani;

🔹 so‘rovnomada noto‘g‘ri yoxud buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar aniqlangani;

🔹 belgilangan miqdordagi to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmagani.

🗒 Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar ishchi organ tomonidan har yili 15-iyuldan 6-avgustga qadar ko‘rib chiqiladi hamda arizani qabul qilish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

📜 Bu haqda ariza beruvchiga YIDXP yoki maxsus platforma orqali xabarnoma yuboriladi.

⏭️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha QR-kodli imtihon natijasi vakolatli organ tomonidan har yili imtihonlar yakunlangandan so‘ng 1 hafta ichida ariza beruvchiga yuboriladi.

📱 @Uz_Teachers 🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
20👍1
⚡️MALAKA TOIFA SERTIFIKATLARINI GENERATSIYA QILISH BOSHLANDI

Malaka toifasi "2026-yil yanvar-iyun" mavsumi sinovlarida ishtirok etib sertifikatlarni qo'lgan kiritgan talabgorlar uchun Sertifikatlarni generatsiya qilish boshlandi.

Talabgorlar sertifikatlarni "Pedagog" platformasidagi shaxsiy kabinetidan "Sertifikatlarim" bo'limidan yuklab olishi mumkin.

Shaxsiy kabinetingizni tekshirib turishingizni maslahat beramiz.

"Yagona davlat xizmatlari" portali
orqali murojaat yuborganlar esa My.gov.uz portalidan ham yuklab olishi mumkin.

📱 @Uz_Teachers 🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
31🔥2
❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥 Bizda YANGI APTIS KURSI! 🔥
BUGUN ESA CHEGIRMANING SO'NGGI KUNI!

Talablarga binoan bizda, INTENSIV APTIS KURSI! Sertifikat olmagan qolmasin!
📆 Darslar haftada 3 kun! JONLI!
3 kun Practice
1 kun Full MOCK (har Yakshanba)
Kurs davomiyligi 30 kun!

👩🏻‍🏫 Darslar tajribali ustoz Aptis, Multi-level C1 sertifikatlari sohibasi, oliy toifali ustoz Turdimurodova Gulshoda tomonidan olib boriladi
📆 Kurs boshlanish sanasi: 22-IYUN, DUSHANBA
Qabul so'nggi kuni: 21-IYUN 23:00

💲 Kurs narxi: 350 MING SO'M. (bir martalik tolov)
17-IYUN, soat 23:00 gacha yozilganlarga 🎁 1️⃣5️⃣🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 taqdim etiladi. Shoshiling chegirmada o'z joyingizni band qiling!

DEMO LESSON - 👉 22-IYUN

Darslar jonli, video dars orqali olib boriladi. Belgilangan vaqtda kirmaganlar uchun dars videosi va topshiriqlar saqlanadi.

Nima uchun Aptis?

Aptis sertifikati bilan amaldagi qaror bo'yicha siz quyidagi imtiyozlarga ega bo'lasiz:

Hech qanday qo'shimcha talablarsiz 50 foiz ustama
Attestatsiyaning navbatdagi majburiy qismida maksimall ball
Magistratura va Doktoranturaga topshirish imkoniyati
B2 daraja uchun ishga kirish/ishda qolish
B2 darajasi TKT/TESOL bilan birgalikda qabul qilinadi.
Dars taqsimotida ustunlik

Kursga yozilish uchun ➡️ @aptis_direct ga yozing.

👉 @aptis_info
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
23👍4🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Без мифов: как реально проходят вступительные экзамены

1 июня в Profi University прошёл первый вступительный экзамен. И судя по отзывам, для многих он стал не стрессом, а моментом, когда всё встало на свои места 👇

🗣 «Не пришлось ждать до конца лета и нервничать — я уже сделал шаг, пока другие только собираются»

🗣 «Понял, что реально могу. Готов больше, чем думал о себе»

Боль — неопределённость и страх, что тебя оценят формально. Здесь наоборот: спокойно, по-человечески и результат уже сейчас.

📅 Следующий экзамен — 27 июня. Не откладывай будущее на потом.

✍️ Регистрация: https://profiuniversity.uz?ref=ueng3
7👍2
B2 sertifikat uchun 50 foiz, C1 uchun 100 foiz ustama beriladimi?

So'nggi kunlarda shunday savollar ko'plab kelyapti.
Xa, beriladi! Lekin til o'qituvchilariga emas!
Kasbiy taʼlim tashkilotlarining pedagoglari (☝️ umumiy o'rta ta'lim deyilmayapti!) xorijiy tilda maxsus fanlarni (xorijiy til fanini deyilmayapti! ☝️) oʻqitganligi uchun ularning lavozim maoshiga nisbatan milliy va xalqaro tan olingan B2 sertifikati uchun 50 foiz, C1 sertifikati uchun 100 foiz miqdorda har oylik ustamalar beriladi.”.
Ya'ni bu degani kasbiy ta'lim bo'yicha o'qituvchi maxsis fanni xorijiy tilda o'tsa unga B2 uchun 50 foiz, C1 uchun 100 foiz ustama to'lanadi.
Maxsus fanlarga esa Buxgalteriya, Dasturlash, Avtomobil, texnika yo'nalishidagi fanlar, Tibbiyotga oid fanlar kirishi mumkin.

📱 @Uz_Teachers 🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍103😢34😁1816👎13🔥13
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
100 foizgacha ustama berilishini eshitgan Kasbiy ta'lim ustozlari 😂
If yoqqan bo'lsa, share qippo'yamiz!

📱 @Uz_Teachers 🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁411🤣28118👍14🔥10👏52👎1🍌1