KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
18.2K subscribers
5.35K photos
1.01K videos
4 files
3.2K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
info@kadastr.uz
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟Kadastr agentligi mas'ullari talabalar bilan uchrashuv o'tkazdi.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-16-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan, viloyatlardagi ma'lum bir universitet hamda institutlarda "Geodeziya, kartografiya va kadastr" kafedrasi filialini tashkil etish maqsadida joriy yilning 15-may kunida 📍 Samarqand viloyatida, 18-may kunida 📍 Farg'ona viloyatida hamda 20-may kuni 📍 Sirdaryo viloyatlarida 🌟Kadastr agentligining mas'ullari, hududiy boshqarma boshliqlari va universitet va institutlar rahbariyatlari hamkorligida talabalar ishtirokida davra suhbati o'tkazildi.

Uchrashuv davomida universitet kafedrasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining tibbiy-geografik atlasini” talabalarga foydalanishlari uchun taqdim qilindi.

Tadbirda talabalar bilan va ustozlar o‘rtasida geodezik o‘lchash asboblarini o‘rganish jarayonida talabalarning qiziqishlari ortib amaliyot jonli muloqotga aylandi.

Shuningdek talabalarini qiziqtirgan savollarga masʼullar tomonidan tushuntirishlar berildi. Talabalarning amaliyot o‘tashlari uchun zarur sharoitlar yaratildi vа belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish yo‘lga qo‘yildi.

#Kadastr_agentligi #talabalar_bilan_uchrashuv #PF_16_son_Farmon

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥Hududlarda yer nazorati tadbirlari

⭐️ Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi Yangiqo‘rg‘on tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan maxsus dronlar yordamida yer nazorati tadbirlari olib borilmoqda.

Tafsilotlar MY5 telekanalining 📺“Markaziy studiya” informatsion dasturi lavhasida.

🌟Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilda 308 ta holatda yerlarni noqonuniy egallab olish, 41 holatda noqonuniy qurilish qilish aniqlandi.

Batafsil "NAVOIYMTRK" telekanalining "Diyor24" dasturida.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📆Joriy yilning 14-19 may kunlari Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasi Qozon shahrida “Rossiya-Islom dunyosi: Kazanforum” xalqaro iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tdi.

🌐Forum dasturidan islom moliyasi, investitsiya, ishlab chiqarish, logistika, turizm, texnologiya, xalqaro hamkorlik, diplomatiya, biznes imkoniyatlar kabi mavzular bilan bir qatorda fazoviy maʼlumotlar infratuzilmasini rivojlantirish hamda ulardan strategik maqsadlarida foydalanish masalalari ko‘tarildi.

🫥Tadbir doirasida “Mamlakatlarni geofazoviy maʼlumotlar sohasida qo‘llab-quvvatlashda xalqaro hamkorlik” mavzusida panel muhokamalari o‘tkazildi hamda Rossiya va Islom dunyosi mamlakatlari o‘rtasidagi geodeziya va kartografiya sohasidagi hamkorlikning dolzarbliligi kabi masalalarni muhokama qilindi.

🌟Kadastr agentligi⭐️Respublika aerogeodeziya markazi direktori A.S.OmonovO‘zbekiston Respublikasida fazoviy maʼlumotlarni rivojlanishi” mavzusi bilan spiker sifatida ishtirok etdi.

➡️Bunda Kadastr agentligida kadastr, geodeziya va kartografiya ishlarida masofadan turib zondlash va geofazoviy maʼlumotlarni rivojlantirishda olib borilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tildi.

#Kadastr_agentligi #Aerogeodeziya

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Dolzarb masalalar yuzasidan tahliliy yig'ilish o'tkazildi.


🫥Joriy yilning 20-may kuni, 🌟 Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari A.Abdullayev boshchiligida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlar palatasi Andijon viloyati boshqarmalari tuman shahar bo‘lim va filial rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.

🔸Yig‘ilishda Korrupsiyaga imkon beruvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish soha xodimlarini korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz bo‘lishga, unga yo‘l qo‘ymaslikga chaqirishdan iborat ekkanligiga alohida e'tibor qaratdi hamda ro‘y bergan holatlardan hayotiy misol keltirib, bu illatga qarshi kurashish emas uni oldini olish kerakligi ta'kidlandi. 

🔊Shuningdek bugungi kunda viloyatida yer va kadastr nazorati borasida amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli yo'lga qo'yish, yer maydonlarini talon-taroj bo‘lishini oldini olish, noqonuniy qurilmalar qurib olish holatlarini barvaqt aniqlash va belgilangan tartibda choralar ko'rish yuzasidan tegishli topshiriq va ko'rsatmalar berildi.

#Kadastr_agentligi #hududiy_yangiliklar

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠Kadastr pasportini tayyorlash muddatlari

🏠 Ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

◾️ko‘p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;
◾️yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha;

🏠 Ko‘chmas mulk ob’ektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

umumiy maydoni 100 kv.m. gacha - 5 ish kunigacha;
umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1 000 kv.m. gacha - 7 ish kunigacha;
umumiy maydoni 1 000 kv.m. dan 5 000 kv.m. gacha - 10 ish kunigacha;
umumiy maydoni 5 000 kv.m. dan 15 000 kv.m. gacha - 15 ish kunigacha;
umumiy maydoni 15 000 kv.m. dan 50 000 kv.m. gacha - 20 ish kunigacha;
umumiy maydoni 50 000 kv.m. dan ortiq - 25 ish kunigacha.

✉️ Kadastr yig‘majildi shakllantirilgandan so‘ng kadastr pasportini berish uchun to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.

📆 Ariza beruvchi xabarnomani olgandan so‘ng 1 oy mobaynida to‘lov qiymatini to‘laydi.

⚖️ Kadastr pasportini berish uchun to‘lov qiymatlari Vazirlar Mahkamasining 186-son qarori bilan belgilanadi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌎🌎🌎🌎

🌟Kadastr agentligi tomonidan hududlarda olib borilayotgan kuchaytirilgan yer va kadastr nazorati tadbirlari davom etmoqda.

📍 Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasining Xovos tuman bo'limi tomonidan, tumanning "Qahramon" MFY hududida 🛸 Dronlar yordamida fuqaro tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan noqonuniy molxona binosi qurib olish holatlari aniqlandi.

📍 Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi Paxtakor tumanining “G'alaba ” MFY Yangi hayot ko'chasida oʻtkazilgan navbatdagi yer nazorati tadbirlarida yer qonunbuzilish holatlari dronlar yordamida aniqlandi.

📍 Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasining Olmazor tumani bo‘limi inspektorlari “Yuqori Sebzor” MFY hududida o‘tkazilgan yer nazorati tadbirlarida Sebzor M17/18 dahasi, 2a-uy oldida fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallangan 36 kv.m yer maydonida noqonuniy qurilma qurilganligini aniqlandi.

#Kadastr_agentligi #yer_nazorati

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📣📣📣📣

⚡️Kadastrda ishlashni xohlaysizmi ?

Unda aynan siz uchun Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda quyidagi vakant lavozimga ochiq, mustaqil tanlov eʼlon qiladi:

🌟 Kadastr agentligining Sayxunobod tumani bo'limi Yetakchi inspektor;

🌟Kadastr agentligining Shirin shahar bo'limi Yetakchi inspektor lavozimiga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qiladi.

📝Hujjatlar 21.05.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

📣Shoshiling aynan siz bizning jamoada bo'lishingiz mumkin.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌎🌎🌎🌎

🌟Kadastr agentligi tomonidan hududlarda olib borilayotgan kuchaytirilgan yer va kadastr nazorati tadbirlari davom etmoqda.

🌍 Yer strategik jihatdan eng muhim tabiiy resurs hisoblanadi. Shuning uchun yerlardan maqsadli va samarali foydalanishda qonuniylikni ta'minlash davlatning ustuvor vazifalaridan biri sanaladi. Qonunchilikda yerlarni o'zboshimchalik bilan egallaganlik, ulardan noqonuniy foydalanganlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan.

➡️Mazkur video rolik orqali hududlarda kuchaytirilgan yer va kadastr nazorati tadbirlari davomida amalga oshirilgan ishlar va ko'rilgan choralar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

#Kadastr_agentligi #yer_nazorati

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM