KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
18.3K subscribers
5.35K photos
1.01K videos
4 files
3.2K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
info@kadastr.uz
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ♻️♻️♻️♻️


📃 Kadastr pasportini shakllantirish bo'yicha my.gov.uz portali orqali 2024-yil boshidan 1-iyul holatiga kelib tushgan arizalar bo'yicha umumiy statistika.

💻 Yagona portal orqali- 2 842 221 ta
🆕 Yangilari - 5 150 ta
🕐 Jarayonda - 6 850 ta
🔚 Tugallanganlar - 1 972 286 ta
Rad etilganlar - 6 080 27 ta
🪙 To‘lov jarayonida - 28 678 ta
Bekor qilingan - 221 230 ta

📱 Kadastr pasportini onlayn shakllantirish

➡️HARAKATLAR KETMA-KETLIGI➡️

1️⃣ Ariza beruvchi YAIDXPda ro‘yxatdan yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi.

2️⃣ Mutaxassis organ joylardagi o‘lchovlarni amalga oshiradi va YAIDXP orqali elektron shaklda talabgorga to‘lov uchun invoys yuboradi.

3️⃣ Ariza beruvchi to‘lovni amalga oshiradi.

4️⃣ Vakolatli organ kadastr pasportini shaklantiradi va YAIDXP orqali arizachiga xabarnoma yuboradi.

#onlayn_xizmatlar #Kadastr_agentligi

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 Sayyor qabul OAV nigohida

📝 Xabaringiz bor, Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari A.Abdullayev boshchiligida Samarqand viloyati, Jomboy tumanida sayyor qabul o‘tkazildi. Unda mas'ullar tomonidan 50 nafarga yaqin jismoniy va yuridik shaxslarning kadastr sohasiga oid muammolari eshitildi hamda ularga yechim izlandi.

Tafsilotlar Samarqand teleradiokanalining "Diyor yangiliklari" informatsion dasturida.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Куксарой қароргоҳида расмий ташриф билан мамлакатимизда бўлиб турган Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош котиби Антониу Гутерриш билан учрашув ўтказди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев в резиденции «Куксарой» провел встречу с Генеральным секретарем Организации Объединенных Наций Антониу Гутерришем, пребывающем в нашей стране с официальным визитом.

#Mirziyoyev #uchrashuv #BMT #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🟢Bugun 2-iyul 🅰 O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganiga 32 yil to‘ldi.

📄“O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun 1992-yil 2-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.

🅰 O'zbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbining rаngli ko`rinishidа: Humo qushi vа dаryolаr — kumush rаngidа; quyosh, boshoqlаr, pаxtа chаnoqlаri vа «O'zbekiston» yozuvi — oltin rаngidа; g'o'zа shoxlаri vа bаrglаri, tog'lаr vа vodiy — yashil rаngdа; chаnoqlаrdаgi pаxtа — oq rаngdа; lentа — O'zbekiston Respublikаsi Dаvlаt bаyrog'ining rаnglаrini аks ettiruvchi uch xil rаngdа; sаkkizburchаk — oltin zаrhаl bilаn hoshiyalаngаn holdа hаvo rаngdа; yarim oy vа yulduzlаr — oq rаngidа tаsvirlаngаn.

#Kadastr_agentligi #davlat_ramzi #gerb

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ne'mat Atamuratov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥Hududlarda yer nazorati tadbirlari

⭐️ Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan hududlarda yer nazorati tadbirlari kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda. Unda zamonaviy texnologiyalar, kosmik suratlar va dronlar yordamida yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish bilan bog‘liq holatlar, noqonuniy qurilishlar aniqlanib, ularni bartaraf qilish ishlari davom etmoqda.

"Surxondaryo" teleradiokompaniyasining "Diyor yangiliklari" informatsion dasturida shular haqida batafsil so‘z boradi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥 UZA biz haqimizda

⭐️Kadastr agentligi tomonidan joriy yilning ikkinchi choragi davomida respublika bo‘yicha yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallash bilan bog‘liq 23 ming 695 ta (3 756,5 gektar) holat aniqlandi.

🗣 Aniqlangan yer qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va ularga nisbatan choralar ko‘rish maqsadida Agentlik organlari tomonidan huquqbuzarlarga berilgan yozma ko‘rsatmalar natijasida 12 ming 734 tasi (1 384,6 ga) ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi.

Batafsil: UZA maqolasida

Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥Hududlarda yer nazorati tadbirlari

🟢 Farg‘ona viloyati boshqarmasi Toshloq tumani bo‘limi xodimlari nazorat tadbirlari vaqtida "Piyozchilik" MFY Faxr ko‘chasi hududida fuqaro 80 kv. metr yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab olib yengil tipda naves qurib olganligi aniqlandi. Shundan so‘ng, yer qonunbuzarlikni sodir etgan shaxsga tushuntirish ishlari olib borildi hamda uning huquqiy oqibatlari tushuntirildi hamda noqonuniy qurilma fuqaro tomonidan joyning o‘zida bartaraf etildi.

🟢 Andijon viloyati boshqarmasi Marhamat tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan Rohat mahallasi Obihayot ko‘chasida yashovchi fuqaro tomonidan o‘ziga tegishli bo‘lmagan yer maydoni o'zboshimchalik egallab olinib, unda noqonuniy qurilishlar qilingani aniqlandi. Holat yuzasidan fuqaroga tegishli tartibda ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bartaraf etish bo‘yicha yozma ko‘rsatma berilgan.

🟢 Surxondaryo viloyati boshqarmasi Sherobod tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan yer nazorat tadbirlarida “Uzunsoy” MFY hududida yashovchi fuqaro o‘zining savdo do‘koniga tutash bo‘lgan davlat zaxirasida bo‘lgan 0.02 gektar yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab olib, qurilish ishlari olib borayotgani aniqlandi. Shundan so‘ng yer qonunbuzarlikni sodir etgan shaxsga tushuntirish ishlari olib borildi hamda noqonuniy qurilma fuqaro tomonidan joyning o‘zida bartaraf etildi.

🟢 Jizzax viloyati boshqarmasi G‘allaorol tumani bo‘limi inspektorlari nazorat tadbirlari vaqtida fuqaro tomonidan “Xonimqo‘rg‘on” QFY hududidan 20 sotix yer maydoni oʻzboshimchalik bilan egallanib, 260 kv.metr qismiga qurilish qurib olganligi aniqlandi. Ushbu holat yuzasidan fuqaroga nisbatan MJtKning 60-moddasi, 2-qismi bilan dalolatnoma tuzilib, ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥Hududlarda yer nazorati tadbirlari

⭐️ Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan yer nazoratini amalga oshirishda kosmik suratlarni taqqoslash hamda dronlar yordamida o‘zboshimcha qurilmalarni aniqlash amaliyotidan doimiy foydalanib kelinmoqda.

📍 Ohangaron shahar va tuman bo‘limlari tomonidan navbatdagi monitoring tadbiri Angren shahri, Ohangaron shahri va tumani, Bekobod shahrining bir qismini qamrab olgan “Angren” erkin iqtisodiy zonasi hududlarida o‘tkazildi.

Tafsilotlar "Nurafshon" telekanalining "Nurafshon axboroti" informatsion dasturida.

Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⭐️ Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi Yangihayot tumani bo'limi va filialining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

💠 Ochilish marosimida Kadastr agentligi direktori o'rinbosari A.Abdullayev, hamda Yangihayot tumani hokimi H.Inag'omov va tuman sektor rahbarlari, nuroniylar, tizim mutasaddilari ishtirok etishdi.

➡️ Tafsilotlar "Toshkent" telekanalining "Poytaxt" hamda "Mahalla" telekanalining "Mahalla yangiliklari" informatsion dasturlari nigohida.

Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM