KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
17.2K subscribers
4.84K photos
929 videos
3 files
2.94K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
info@kadastr.uz
Download Telegram
DIQQAT EʼLON!

Hurmatli Navoiy viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🏢 Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Navoiy viloyati Nurota tumanida sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 18-fevral kuni soat 13:00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari Abdullayev To'lqin Mansurovich boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Navoiy viloyati, Nurota tumani, 5-son Bolalar musiqa va san'at maktabi.

🔰Sayyor qabulga kelish istagida bo‘lgan yurtdoshlarimizdan karantin qoidalariga rioya qilgan holda tashrif buyurishlarini so‘rab qolamiz.

📞Murojaat uchun: 79 224-27-38

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Kadastr Agentliginiń Jer hám kadastr qadaǵalawı basqarması qánigeleri tárepinen “Jer hám kadastr qadaǵalawı sistemasında aymaqlıq basqarma hám rayon bólimi inspektorları tárepinen ámelge asırılıp atırǵan jumıslar natiyjeliligi orınlanıwı kerek bolǵan wazıypalar, tarawǵa tiyisli qabıl etilgen Nızam hám qararlar mazmun-mánisi boyınsha túsinikler beriw hám hákimshilik ámeliyatı boyınsha óz-ara pikir almasıw” temasında oqıw -seminar ótkerildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#kadastr #xizmatlar

Давлат кадастри соҳасидаги давлат хизматлари эски ва янги нархлари таққосламаси.

ИНФОГРАФИКА

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_agentligi

Kadastr agentligi Axborot xizmati rahbari N.Atamuratov "Munosabat" ko'rsatuvida xalqimizga murojaat qildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Соҳада хизматлар сифати ортмоқда

#12feb #uzbekiston24
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_agentligi

Kadastr agentligi bo‘lim boshlig‘i B.Nishanov Munosabat ko‘rsatuvida “SNOS” bo‘yicha 2 ta holat haqida va kadastr hujjatlarida aks etadigan asosiy 3 ta maʼlumot haqida so‘zlab berdi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

❇️ Ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish va kadastr tizimlarini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida olib borilgan tadqiqot natijalari haqida Renessans telekanalining "7 xabar" informatsion dasturida batafsil yoritildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #Zahiriddin_Muhammad_Bobur

🇺🇿Bugun Ulug‘ bobokalonimiz, Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan Kadastr agentligida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Bobur dunyoni hayratga solgan yirik davlat va madaniyat arbobi, shoir, sarkarda, donishmand ,tarixchi, zakovatli olim va tarjimondir. “Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi direktori Abdullayev Abdushukur Xamidovich boshchiligida o'tkazilgan tadbirda Yozuvchilar uyushmasi raisi-O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid, Qoraqolpog‘iston xalq shoiri Rustam Murusmon, “Sharq Yulduzi” va “Zvezda Vastoka” jurnallari bosh muharriri, shoir Sirojiddin Rauf, “Saodat” jurnali bosh muharriri, shoira Munavvara Usmonova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Shodi Otamurod hamda agentlik xodimlari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida tashrif buyurgan mehmonlar ishtirokida Bobur hayoti va ijodi bo'yicha qiziqarli faktlar hamda g'azalxonlik bo'lib o'tdi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Zahiriddin_Muhammad_Bobur #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Kadastr agentligida Ulug‘ bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tafsiloti Sevimli telekanalining "Zamon" informatsion dasturi nigohida.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
DIQQAT EʼLON!

Hurmatli Andijon viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🏢 Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Andijon viloyati Izboskan tumanida sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 22-fevral kuni soat 11:00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Allaberganov Atabek Validjanovich boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Andijon viloyati, Izboskan tumani, 6-son Bolalar musiqa va san'at maktabi.

🔰Sayyor qabulga kelish istagida bo‘lgan yurtdoshlarimizdan karantin qoidalariga rioya qilgan holda tashrif buyurishlarini so‘rab qolamiz.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #imkoniyat #PQ20

⚡️O‘Z DAROMAD MANBAINGIZGA EGA BO‘LING !

Dehqon xo‘jaligi yerlarini 10 yilga ijara oling va o‘z daromadingizni yo‘lga qo‘ying.

❗️“Yoshlar”, “Ayollar” va “Temir” daftarga kiritilganlarga ustunliklar berilishi taʼminlanadi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #71_qaror

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022-yil 14-fevraldagi 71-sonli qarori qabul qilindi.

Qaror bilan:

📌O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir ma’muriy reglamenti;

📌Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom;

📌Yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi.