Dtm.uz | Davlat test markazi
43.3K subscribers
148 photos
57 videos
34 files
406 links
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining telegram kanali.

Ishonch telefoni:
(+998 95) 199 19 14

🌐 dtm.uz
-
-
-
👨‍💻Reklama >> - https://t.me/+SwAo-YikrkZzu9el
-
-
-
-
Download Telegram
⚡️ Bugundan magistraturaga qabul boshlandi

🎓 ◼️ Bugun — 1-iyuldan 30-iyulgacha davlat OTMlarining magistratura bosqichiga hujjatlar qabuli boshlandi.

🌐 Arizani my.edu.uz sayti orqali topshirish mumkin.

📄 Kerakli hujjatlar:
1️⃣ Bakalavr diplomi
2️⃣ Chet tilini bilish sertifikati

Quyidagi talabgorlardan chet tilini bilish sertifikati talab etilmaydi:
1️⃣ Tegishli yutuqlari mavjud
2️⃣♿️ Nogironlik ma'lumotnomasi mavjud (ko'rish, eshitish va nutqida nuqsoni bo'lgan shaxslar)
3️⃣ 🌍 Bakalavriat ta’lim dasturini xorijiy tilda tamomlagan talabgorlar

❗️Eslatma: ariza ma'lumotlarini kiritishda chet tili sertifikatlarini asl nusxasini (imzo va muhrli) yuklash talab etiladi. Xorijiy tilni bilish bo'yicha milliy sertifikatlar BMBAning tegishli bazasidan avtomatik tarzda olinadi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ O'rta maxsus islom ta'lim muassasalariga ham qabul boshlandi

📚 O‘rta maxsus islom ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar qabul hay’atiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

✍️ Ta’lim muassasasi rahbari nomiga ariza;
🪪 Pasport yoki ID karta nusxasi (asli ko‘rsatiladi);
📄 Ma’lumoti to‘g‘risida attestat yoki diplom nusxasi (asli ko‘rsatiladi);
📸 3,5 × 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (so‘nggi uch oyda olingan va orqa foni oq rangda bo‘lishi talab etiladi);

📚 Chet tillari bo‘yicha kamida B2 darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikat nusxasi (asli ko‘rsatiladi). Mazkur sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball taqdim etiladi;

📁 Chet tilini bilishi to‘g‘risidagi hujjat asl nusxasi (ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatilgan chet tilidan boshqa tilda imtihon topshiruvchilar uchun).

Eslatma: qabullar 30-iyundan 20-iyulgacha davom etadi. BHMning yarim baravari miqdorida to'lov ham qilinadi.



Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔍 Magistraturaga topshirilgan hujjatlar qanday tekshiriladi?

📝 Magistratura ariza ma’lumotlari va yuklangan hujjatlar, shuningdek imtiyozlar hamda ta’lim yo‘nalishining mosligi OTM tomonidan tekshiriladi.

🎓 Diplom ma'lumotlarini tasdiqlash

📄 Talabgorning diplom ma’lumotlari u tamomlagan oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda tasdiqlanadi.

Hujjatlar verifikatsiyasi

📂 Talabgor tomonidan yuklangan hujjatlar, jumladan chet tilini bilish sertifikatlari, imtiyoz beruvchi yutuqlar hamda nogironlikni tasdiqlovchi hujjatlar tegishli axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari orqali verifikatsiyadan o‘tkaziladi.


Eslatma: hujjatlar qabuli 1-iyuldan 30-iyulgacha davom etadi.


Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yo'nalishlar .pdf
696.5 KB
⚡️ Texnikum bitiruvchilari uchun 2-kursdan talabalikka suhbat asosida qabul boshlandi

📂 Bugun, 5-iyuldan boshlab texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar uchun oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida 2-kursdan o‘qishga qabul qilish jarayoni boshlandi.

⌛️ Arizalar 25-iyulga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda topshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida abituriyentlardan diplomning asl nusxasi talab etilmaydi — faqat shaxsni tasdiqlovchi ma’lumotlarni kiritish kifoya bo‘lib, zarur ma’lumotlar tizim tomonidan avtomatik ravishda shakllantiriladi.

Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar toifasiga kimlar kiradi?

Ushbu toifaga texnikumdagi o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari 5 (a’lo) va 4 (yaxshi) bo‘lgan, biroq baholarining kamida 50 foizi 5 (a’lo) (tibbiyot yo‘nalishlarida kamida 85 foizi) bo‘lgan bitiruvchilar kiradi.

Kimlar talabalikka tavsiya etiladi?Suhbat natijalariga ko‘ra, OTT komissiyasi tomonidan tasdiqlangan yakuniy baholash varaqasida suhbat komissiyasi a’zolari qo‘ygan ballarning o‘rtacha ko‘rsatkichi 67 ball va undan yuqori bo‘lsa, abituriyent suhbatdan o‘tgan hisoblanadi hamda to‘lov-kontrakt asosida 2-kursdan talabalikka tavsiya etiladi.


ℹ️ Malumot uchun, ushbu tartib oliy harbiy, oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari, Toshkent davlat yuridik universiteti, shuningdek O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga tatbiq etilmaydi.

📋 O‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatini yuqoridagi faylda ko'rib oling

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ BMB agentligi abituriyentlarga tavsiyalar e'lon qildi

📝 Agentlikka ko'ra, quyidagi tavsiyalarga albatta amal qiling:
 
"Abituriyent ruxsatnomasi"ni oldindan yuklab oling va chop eting. Undagi test topshirish sanasi, vaqti, smenasi hamda manzilini diqqat bilan tekshiring. Test sinovida faqat ruxsatnomada ko‘rsatilgan joy, sana va smenada ishtirok etish mumkin.
 
Shaxsni tasdiqlovchi hujjatingizni tayyorlab qo‘ying. Test sinoviga ularning asl nusxasi bilan kelish talab etiladi.
 
Belgilangan hududga oldindan yetib boring. Yo‘ldagi tirbandlik yoki boshqa kutilmagan holatlarni hisobga olib, test boshlanishidan ancha oldin yetib borishni rejalashtiring. Belgilangan vaqtdan kechikkan abituriyentlar test sinoviga qo‘yilmaydi.
 
Taqiqlangan buyumlarni olib kelmang. Telefon, aqlli soat, quloqchin, kalkulyator, elektron qurilmalar, kitob, daftar yoki boshqa yordamchi vositalarni test hududiga olib kirish mumkin emas.
 
Yetarlicha dam oling. Imtihondan oldingi kechasi yaxshi uxlang. Sog‘lom ovqatlanish va xotirjamlik sizning diqqat-e'tiboringizni oshiradi.

Jarayon davomida e'tiborli jihatlar ko‘p. Amaldagi tartib-qoidaga, nazoratchi ko‘rsatmalariga qat'iy amal qiling. Test materiallari bilan ishlashda diqqatli bo‘ling.
 
Vaqtni to‘g‘ri taqsimlang. Vaqtga amal qiling. Har bir daqiqadan unumli foydalaning.
 
Hayajonga berilmang. Imtihon davomida o‘zingizga ishoning. Hayajon tabiiy holat, ammo muvaffaqiyat kaliti — xotirjamlik va diqqatni jamlay olishdir.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚠️ Kirish imtihonida abituriyent nimalarga javobgar bo'ladi?

◼️ Imtihonga sanoqli kunlar qoldi. Abituriyentlarni ungacha barcha qoidalar bilan tanishtirib boramiz.

🫡Test paytida Siz quyidagilarga shaxsan javobgar hisoblanasiz:
✍️ Javoblar varaqasi faqat havo rang (ko'k) pastali sharikli ruchka bilan to'ldirish kerak.
📄Varaqani bukmaslik, marker chizig'iga yozmaslik va varaqa raqami ostidagi doirachalarni bo'yamaslik lozim.
📝 Javoblar varaqasi bilim darajasini belgilovchi asosiy hujjat bo'lgani uchun uni to'g'ri to'ldirish shart.
🤣Belgilangan vaqt tugaguniga qadar tegishli doirachalarni bo'yab, test kitobi va javoblar varaqasini guruh nazoratchisiga topshirish kerak.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yuridik universitetda magistratura nechchi yil?

◼️ Bu — talabalarning bakalavr bosqichini qayerda o'qiganiga bog'liq.

⌛️ TDYUning magistraturasida o‘qish muddati “Yurisprudensiya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tamomlaganlar uchun 1 yilni, turdosh ta’lim yo‘nalishlarini tamomlaganlar uchun esa 2 yilni tashkil etadi.


Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟢SAT sertifikati bilan magistraturaga grant asosida kirish mumkinmi?

📣SAT sertifikati endi nafaqat bakalavriat, balki magistratura bosqichida ham imtiyoz beradi.

"College Board" tashkiloti tomonidan o'tkaziladigan SAT xalqaro imtihonida eng yuqori ballning 75 foizi — 1200 ball va undan yuqori natija qayd etgan talabgorlar imtiyozga ega bo'ladi;
imtiyoz sertifikat berilgan fanga hamda tamomlagan bakalavriat yo'nalishiga mos va turdosh magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirganda amal qiladi;
ushbu toifadagi talabgorlar qo'shimcha davlat granti asosida talabalikka qabul qilinadi;
buning uchun SAT sertifikati faqat elektron tarzda, maxsus DI kod orqali Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuborilishi shart — qo'lda yuklangan fayl yoki skrinshotlar inobatga olinmaydi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rasman: 14-iyuldan test sinovlari boshlandi!
10 kun davom etadi!

📊 Joriy yilda respublika bo‘yicha jami 664 ming 609 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan.

Test sinovlari kuniga 2 smenada yopiq pavilyonlarda tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi.

🏃🏻‍➡️🏃🏻‍♀️‍➡️Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.

Test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga Abituriyent ruxsatnomasi my.uzbmb.uz sayti orqali berilmoqda.

📋 Abituriyentlardan ruxsatnomani yuklab olishlari hamda qog‘ozga chop etib qo‘yishlari so‘raladi.

Abituriyentlar ruxsatnomada belgilangan manzildagi binoda, ko‘rsatilgan sanada va smenada test sinovlarida ishtirok etadi.

Boshqa hudud, kun va smenada test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.

Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
❗️Javoblar varaqasini buklash ham mumkinmas!

Shuningdek, javoblar varaqasining belgilanmagan joylarga yozish taqiqlanadi.

📌 Test sinovlarini topshirish vaqtida guruhdan zarurat bilan chiqqan talabgorga qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

Mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilgan yoki olib kirgan talabgorlar test sinovidan chetlatiladi.

❗️ Shuningdek, quyidagilar sizni test sinovlaridan chetlatishga asos bo‘ladi:

🔹test materiallarini boshqa talabgorga uzatish;
🔸yordam berish hamda bir-biri bilan gaplashish;
🔹test materiallariga ziyon yetkazish;
🔸hududdan tashqariga olib chiqish;
🔹test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugaganidan so‘ng test materiallarini topshirishdan bosh tortish.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2026/2027 o‘quv yili uchun qaysi yo'nalishlarda maqsadli qabul o'rinlari ajratildi?

◼️ Malakali kadrlarga ehtiyoji yuqori bo'lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari tasdiqlandi. Maqsadli qabul: abituriyentning belgilangan tuman yoki shaharga qaytib, kelishilgan muddat ishlab berish sharti bilan o'qishga kirish imkoniyati.

Bu yilgi maqsadli kvotalar:

◽️ 🏥 Tibbiyot (sog'liqni saqlash) 1 031 o'rin
Ta'lim shakli: bakalavriat, kunduzgi, davlat granti asosida
Yo'nalishlar: Davolash ishi, Pediatriya ishi, Tibbiy profilaktika ishi, Fundamental tibbiyot, Oliy hamshiralik ishi
OTM va hudud: Toshkent tibbiyot universiteti hamda uning Termiz va Chirchiq filiallari; Andijon, Buxoro, Urganch, Farg'ona tibbiyot institutlari; Qoraqalpog'iston tibbiyot instituti; Qarshi, Namangan, Navoiy va Jizzax universitetlari

Soha: 🏫 Maktab ta'limi (pedagogika) — 648 o'rin
Ta'lim shakli: bakalavriat, kunduzgi, davlat granti asosida
Yo'nalishlar: Matematika, Fizika, Kimyo, Biologiya, ingliz tili, ona tili, boshlang'ich ta'lim va boshqalar
OTM va hudud: Nukus, Buxoro, Jizzax, Shahrisabz, Samarqand, Termiz, Chirchiq pedagogika institut/universitetlari; Navoiy va Farg'ona davlat universitetlari

🎭 San'at (teatr) — 4 o'rin
Ta'lim shakli: bakalavriat, kunduzgi, davlat granti asosida
Yo'nalishlar: qo'g'irchoq teatr aktyorligi, dramatik va musiqali teatr rejissyorligi
OTM va hudud: O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti (Andijon, Namangan, Xorazm teatrlari uchun)

Shuningdek, maktab o‘qituvchilari uchun pedagogika sohasining magistraturasiga masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha maqsadli qabul parametrlari200 ta


maqsadli qabulni tanlagan abituriyent bir vaqtning o'zida ham maqsadli, ham umumiy tanlovda ishtirok etadi — maqsadli o'rin uchun ball yetmasa, umumiy kvota bo'yicha raqobat davom etadi.


Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qaysi magistratura mutaxassisliklariga SAT sertifikati asosida qo'shimcha davlat granti beriladi?

2026/2027-o'quv yilidan boshlab qo'shimcha davlat granti asosida o'qishga qabul qilinadigan ayrim magistratura mutaxassisliklarida "College Board" tashkiloti o'tkazadigan Scholastic Aptitude Test (SAT) sertifikati inobatga olinadi.
🎮Matematika bakalavriat yo'nalishi negizidagi magistratura mutaxassisliklar:
Matematika
Matematik iqtisodiyot
Aktuar va moliyaviy matematika
Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (matematika)
🔠Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo'nalishi negizidagi magistratura mutaxassislik:
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
📚Filologiya va tillarni o'qitish: ingliz tili yo'nalishi negizidagi magistratura mutaxassisliklar:
Lingvistika: ingliz tili
Adabiyotshunoslik: ingliz tili
🌐Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili yo'nalishi negizidagi magistratura mutaxassisliklar:
Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik: ingliz tili
Sinxron tarjima: ingliz tili

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bu yil yangi chiqqan yo'nalishlar uchun fanlar majmuasi

💠Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri buyrug‘i bilan 2026/2027 o‘quv yilida davlat oliy ta’lim tashkilotlarida yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati hamda ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) fanlari majmuasi tasdiqlandi.
Yangi ta’lim yo‘nalishlari:
🔺Xorijiy til va adabiyoti: xitoy tili
🔺Filologiya va tillarni o‘qitish: pushtu tili
🔺Tarjima nazariyasi va amaliyoti: hind tili
🔺Tarjima nazariyasi va amaliyoti: urdu tili
🔺Davlat auditi
🔺Islomiy moliya
🔺Islom iqtisodiyoti va moliyasi
🔺Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik
🔺Raqamli huquq
🔺Sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik
🔺Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish

💡Yodda tuting! Test sinovlari yakunlangach, Siz o‘zingiz topshirgan fanlar majmuasiga mos ta’lim yo‘nalishlarini tanlaysiz.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM