"2+6" dasturi
2.54K subscribers
113 photos
48 videos
2 files
90 links
2+6 dasturi — @yoshlaragentligi loyihasi

- 14–30 yoshlarning xorijiy til o'rganishi uchun subsidiya
- Ingliz | Nemis | Fransuz | Yapon | Koreys | Xitoy tillari

Ro'yxatdan o'tish: https://2plus6.uz
📩 Murojaat: @yonda_support_bot
Download Telegram
Forwarded from "2+6" dasturi
2+6 dasturi.pdf
266.8 KB
Dasturda ishtirok etish istagidagi yoshlar uchun tavsiya etilgan SERTIFIKATLAR RO‘YXATI!

Barchangiz tizim ishga tushgunga qadar (2 oy ichida) mazkur sertifikatlarga ega bo‘lishingiz tavsiya etiladi.
🔥10👍3
Forwarded from "2+6" dasturi
“2+6” dasturi yuzasidan beriladigan eng ko'p savollar:
Savol:
Qachon va qayerga ariza topshirishim kerak?
Javob:
Tizim 2 oyda ishga tushadi va arizalar qabuli boshlanadi.

Savol:
Dastur doirasida qaysi tillar uchun subsidiya ajratiladi?
Javob:
Ingliz, nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari.

Savol:
Ariza topshirish uchun sertifikat olinganiga qancha muddat o‘tgan bo‘lishi kerak?
Javob:
Dasturda ishtirok etish uchun arizaga ilova qilinadigan sertifikatlar olinganiga bir kalendar yil o‘tmagan bo‘lishi lozim.

Savol:
Ushbu imtiyozdan kimlar foydalanishi mumkin?
Javob:
14-30 yoshdagi (ijtimoiy holatidan qat'iy nazar) O'zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda fuqaroligi bo'lmagan shaxslar.

Savol:
Arizani doimiy yashash manzilim bo‘yicha topshirishim kerakmi?
Javob:
Yo'q, bu yerda yoshning doimiy yashash manzilidagi markazda tahsil olishi bo‘yicha norma belgilanmagan. Arizachi o'ziga qulay bo'lgan o'quv markazida o'qishi mumkin.

Savol:
B1 sertifikatini olishga imkoniyatim yo‘q, shunda men dasturda qatnasholmaymanmi?
Javob:
Siz bemalol Ibrat farzandlarida xorijiy tilni bepul o'rganish orqali tegishli sertifikatni qo‘lga kiritib dasturda qatnashishingiz mumkin.

Savol:
To'lovlar qanday amalga oshiriladi?
Javob:
Barchasi raqamlashgan tartibda yonda.uzelektron platformasi orqali amalga oshiriladi.

Savol:
Menda 2 ta xorijiy til sertifikatim bor. Dastur orqali 2 ta xorijiy til bo‘yicha subsidiya olishim mumkinmi?
Javob:
Yo‘q. Bitta yosh faqat bir turdagi xorijiy tilni o‘qish xarajatlari uchun subsidiya olishi mumkin.

Savol: Qanday holatda dasturdan foydalanish imoniyati cheklanadi?

Javob:
Muqaddam VM-209-son qarorga muvofiq kompensatsiya olgan, Yoshlar daftaridan xorijiy til uchun yordam olgan yoshlarga aynan ushbu til uchun;
arizaga ilova qilingan sertifikat olingan sanadan boshlab bir kalendar yil o‘tib ketgan yoshlarga;
muqaddam mazkur dasturda ishtirok etgan yoshlarga subsidiya ajratilmaydi.
29👍5🔥5
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️Tez kunda…

“Ikkinchi o’quv markazlari forumi”ga qabul boshlanadi. Taklif va tashabbusingiz bilan Prezidentimiz 2+6 dasturini qo’llab-quvvatladilar.

Oldinda bizni katta hamkorlik dasturlari hamda natijalar kutmoqda.

Obunachilarimiz orasida o’quv markazi rahbarlari hamda boshqaruvchilari bormi? Fikrlaringiz qanday?
👍267🔥5
Hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari tarkibini aniqlash uchun kichik so'rovnoma!
Anonymous Poll
20%
O‘quv markaziman
80%
Yoshman
8🔥7🏆4
⚡️O’zbekiston o’quv markazlar forumi 2025 -yil 12-13 dekabr kunlari Toshkent shahar yoshlar ijod saroyida bo’lib o’tadi

Forumda barcha o’quv markaz rahbarlari, StartUp g’oya egalari ishtirok etishlari mumkin.

🎯Forumda “2+6” , “Ko’mak” va “Yonda” kabi tadbirkorlar uchun keng imkoniyatlar yaratuvchi loyihalar haqida to’liq ma’lumot va keng amaliy imkoniyatlar yaratiladi

Boshqa qo’shimcha ma’lumotlar tez orada forum rasmiy telegram kanalida https://t.me/oquvmarkazlarforumi da berib boriladi

Bundan tashqari tez orada forum uchun maxsus websayt e’lon qilinadi. Barcha ishtirokchilar sayt orqali ro’yhatdan o’tishlari mumkin.
18👍10🏆2🥰1🐳1
Forwarded from Alisher Sadullaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Ikkinchi o‘quv markazlari forumi” uchun qabul boshlandi

⚡️Yoshlarimiz uchun zamonaviy kasblar va chet tillarini o‘rganishda yanada keng imkoniyatlar yaratish maqsadida “Ikkinchi o‘quv markazlari forumi”ga ro‘yxatga olish boshlandi.

Forum mamlakatimiz bo‘ylab faoliyat yuritayotgan eng ilg‘or o‘quv markazlarini birlashtiradigan, hamkorlik va tajriba almashuviga xizmat qiladigan katta maydon bo‘ladi.

12–13-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan forum “2+6“ dasturi hamda “Ko‘mak” loyihasi doirasida tashkil etiladi.

👉 Forumda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting:

forum.kelajakkasblari.uz
4
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️O‘zbekistonda IELTS’dan 9 ball olgan yoshlar soni 68 nafarga yetdi

Jami 6 (2020-2025) yil ichida IELTS imtihonidan 5,5 (B2 daraja) va undan yuqori ball olgan yoshlar soni 245,7 ming nafarni tashkil etdi.

Shuningdek, 8,5–9 ball (C2 daraja) olgan yoshlar soni esa 2020-yilga nisbatan 47 baravarga oshgan. Xususan, 9 ball natijani qo‘lga kiritgan yoshlar 68 nafarga yetgan.

Ushbu ma’lumot Yoshlar ishlari agentligi, Britaniya Kengashi, AQSH elchixonasi hamkorligida o‘tkazilayotgan “O‘quv markazlari forumi” doirasida e’lon qilindi.

@alisher_sadullaev
👍167🔥1🤯1
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️1-qism

“Ko’mak”?

@alisher_sadullaev
👍104🔥21🎉1
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️2-qism

2+6?

@alisher_sadullaev
🔥19👍1362
Forwarded from Alisher Sadullaev
3-qism

Faqat?

@alisher_sadullaev
👏9👍42🔥21
Forwarded from Alisher Sadullaev
4-qism!!!

Muvaffaqiyat siri?

@alisher_sadullaev
👏148🔥5👍43👎1
Forwarded from Alisher Sadullaev
10👍7🔥63
⚡️Siz kutgan xushxabar, 2+6” dasturiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

Ko‘pchilik yoshlarimiz va o‘quv markazlari kutgan kun keldi. Endilikda yoshlarimiz chet tillarini “2+6” dasturi orqali ro‘yxatdan o‘tib, belgilangan tartibda subsidiya asosida o‘rganishi mumkin.

Dastlabki bosqichda 2plus6.uz sayti orqali o‘quv markazlari ro‘yxatdan o‘tadi.

O‘quv markazlari ro‘yxati tegishli tartibda tasdiqlangach, yoshlar “Yonda” ilovasi orqali ariza topshirishlari mumkin bo‘ladi.

Savol va murojaatlar uchun: @yonda_support_bot

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍156🔥5😇2
⚡️Xorijiy tillarni o‘rganish endi yanada qulay: “2+6” dasturi imkoniyatlari!

Ko‘pchilik yoshlarimiz va o‘quv markazlari uchun davlatimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan “2+6” dasturining qisqa muddatdagi natijalari bilan bo‘lishamiz.

Ma’lumki, dastur orqali o‘quvchilar dastlabki 2 oylik to‘lovni o‘z hisobidan amalga oshiradi, keyingi 6 oylik o‘qish xarajatlari esa davlat tomonidan subsidiya asosida qoplab beriladi.

✔️Qisqa vaqt (2 hafta) ichida 769 nafar yosh va 326 ta o‘quv markazi tomonidan arizalar kelib tushdi. Shulardan 134 ta o‘quv markazi bilan hamkorlik tasdiqlandi.

Hududlar kesimida natijalar:

Dastur doirasida o‘qish istagini bildirgan yoshlar soni bo‘yicha yetakchi hududlar:

1. Toshkent shahri — 157 nafar;
2. Surxondaryo viloyati — 127 nafar;
3. Farg‘ona viloyati — 109 nafar.

Faol o‘quv markazlari bo‘yicha yetakchi hududlar:

1. Samarqand viloyati — 54 ta;
2. Toshkent shahri — 39 ta;
3. Xorazm viloyati — 34 ta.


Esalatib o‘tamiz, dastlabki bosqichda 2plus6.uz sayti orqali o‘quv markazlari ro‘yxatdan o‘tadi.

O‘quv markazlari ro‘yxati tegishli tartibda tasdiqlangach, yoshlar “Yonda” ilovasi orqali ariza topshirishlari mumkin bo‘ladi.

Savol va murojaatlar uchun: @yonda_support_bot

#2plus6

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎3011👍5💯2😁1
2+6 dasturiga tasdiqlangan sertifikatlar bilan tanishing!📄

Til oʻrganish uchun subsidiyaga ariza berayotganingizda sizdan darajangizni koʻrsatuvchi sertifikat soʻraladi.

Bu vaqtda siz arizangiz bilan birga aynan yuqorida koʻrsatilgan sertifikatlardan birini taqdim etishingiz zarur👆🏻

📎 Eslatib oʻtamiz: “Ibrat farzandlari” loyihasi 2+6 dasturi uchun alohida sertifikatni yoʻlga qoʻygan.

Dasturga arizalarni esa Yonda ilovasi orqali topshirishingiz mumkin.
24👎7👍3