"2+6" dasturi
2.45K subscribers
128 photos
54 videos
2 files
107 links
2+6 dasturi — @yoshlaragentligi loyihasi

- 14–30 yoshlarning xorijiy til o'rganishi uchun subsidiya
- Ingliz | Nemis | Fransuz | Yapon | Koreys | Xitoy tillari

Ro'yxatdan o'tish: https://2plus6.uz
📩 Murojaat: @manager2plus6
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎3🌚1🙊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ “2+6” dasturi: imkoniyatdan natijagacha

Abdulxamidova Dilrabo “2+6” dasturi imkoniyatlaridan foydalanib, bugun Stanford o‘quv markazida tahsil olmoqda.

U xorijiy tilni chuqur o‘rganish, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash orqali o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari sari dadil qadam tashlamoqda.

“2+6” dasturi yoshlar uchun sifatli ta’lim olish, malakali ustozlardan bilim o‘rganish va xalqaro til sertifikatlarini qo‘lga kiritish yo‘lida yangi imkoniyatlar yaratmoqda.

Dilraboning hikoyasi — yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, kelajagi uchun bugundan harakat qilayotgan yoshlarimizning bir namunasi.

🕊Telegram 📸Instagram 📺YouTube 🌍 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yoshlar uchun ingliz tilini o‘rganish imkoniyatlari kengaytiriladi

Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev British Council bosh ijrochi direktori (CEO) Scott McDonald bilan uchrashdi.

Uchrashuvda yoshlarning ingliz tilini o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish, til bilish darajasini xalqaro standartlar asosida baholash hamda xalqaro ta’lim imkoniyatlaridan foydalanishini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mehmonlarga Yoshlar ishlari agentligining faoliyat yo‘nalishlari, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalar hamda xorijiy tillarni o‘rganish borasida amalga oshirilayotgan ishlar taqdim etildi.

Bugungi kunga qadar yoshlarning xalqaro imtihonlarda ishtirok etish xarajatlarini qoplash uchun 151 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.

Tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish, ingliz tilini o‘rganayotgan yoshlar qamrovini kengaytirish va xalqaro sertifikatlarga ega yoshlar sonini oshirish bo‘yicha fikr almashdilar.

Mazkur hamkorlik yoshlarimizning global ta’lim va mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.

🕊Telegram 📸Instagram 📺YouTube 🌍 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Til o‘rganishga bo‘lgan qiziqish yangi marralar sari yetaklaydi

Qo‘chqorova Sevinch ingliz tilini B1 darajadan boshlab, B2 darajasigacha ko‘tardi.

U Yoshlar ishlari agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan “2+6” loyihasidan foydalanib, dastlabki ikki oylik ta’lim xarajatlarini o‘zi to‘ladi, keyingi to‘rt oy esa loyiha doirasida bepul taqdim etildi.

Ushbu imkoniyat Sevinchning xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi. Bugun u yangi tillarni o‘zlashtirish va bilimlarini rivojlantirishga katta ishtiyoq bilan intilmoqda.

Sevinchning natijasi yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish orqali bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish mumkinligini yana bir bor ko‘rsatadi.

🕊Telegram 📸Instagram 📺YouTube 🌍 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
⚡️“2+6” dasturi: xorijiy tillarni o‘rganish uchun davlat subsidiyasidan foydalaning

Yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganishi uchun “2+6” dasturi orqali davlat tomonidan moliyaviy ko‘mak ajratilmoqda.

Bugungi kunga qadar dasturda ishtirok etish istagida bo‘lgan 14 000 nafardan ortiq yosh ariza topshirdi.

Dastur shartlariga ko‘ra, dastlabki 2 oylik o‘qish to‘lovi yoshlarning o‘zi tomonidan amalga oshiriladi. Keyingi 6 oygacha bo‘lgan xarajatlar esa o‘quvchining davomatiga qarab davlat tomonidan qoplab beriladi.

Kimlar ishtirok etishi mumkin?
14–30 yoshdagi, ingliz, nemis, fransuz, yapon, koreys yoki xitoy tillarini o‘rganish istagida bo‘lgan hamda tegishli til bo‘yicha minimal darajadagi sertifikatga ega yoshlar.

Oylik subsidiya miqdori:
Toshkent shahrida — BHMning 2 baravarigacha;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat markazlarida — BHMning 1,5 baravarigacha;
Tuman va shaharlarda — BHMning 1 baravarigacha.

Qanday qatnashish mumkin?
“Yonda” mobil ilovasini yuklab oling.
OneID orqali tizimga kiring va til sertifikatingizni yuklang.
O‘zingizga mos o‘quv markazi va kursni tanlang.
Elektron shartnoma tuzing va dastlabki 2 oylik to‘lovni amalga oshiring.

Ro‘yxatdan o‘tish:
O‘quvchilar uchun: Yonda mobil ilovasi
O‘quv markazlari uchun: 2plus6.uz

Xorijiy til o‘rganish uchun yaratilgan ushbu imkoniyatdan foydalaning va bilimlaringizni yangi bosqichga olib chiqing!
Batafsil: Vazirlar Mahkamasining 632-son qarori

🕊Telegram 📸Instagram 📺YouTube 🌍 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥9👍4👏2
🆙Statistik raqamlarimiz shuni ma’lum qilmoqdaki, “2+6” dasturi uchun arizalar soni keskin oshgan bo’lib, kuniga 170 nafardan 230 nafargacha yoshlardan yangi arizalar kelib tushmoqda.

Shuningdek, o‘quvchilar soni oxirgi haftalarda Sirdaryo viloyatida yirik sakrashni amalga oshirgan bo‘lsa, o‘quv markazlarini esa Surxondaryo viloyati keng jalb etmoqda! Qoraqalpog’istonlik va Xorazmlik yoshlarimiz ham bo‘sh kelishmayapti.

⚡️Ro‘yxatdan o‘ting:
O‘quvchilar uchun: Yonda mobil ilovasi
O‘quv markazlari uchun: 2plus6.uz

Siz ham do‘stlaringizga ushbu xabarni yuboring, ular ham dastur orqali xorijiy til bilimlarini yanada rivojlantirsin!

🕊Telegram sahifamiz-loyiha haqida yanada ko‘proq biling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👏4❤3
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍3🔥1👏1