"2+6" dasturi
2.54K subscribers
113 photos
48 videos
2 files
90 links
2+6 dasturi — @yoshlaragentligi loyihasi

- 14–30 yoshlarning xorijiy til o'rganishi uchun subsidiya
- Ingliz | Nemis | Fransuz | Yapon | Koreys | Xitoy tillari

Ro'yxatdan o'tish: https://2plus6.uz
📩 Murojaat: @yonda_support_bot
Download Telegram
Channel created
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️Yoshlar uchun yana katta imkoniyat!

Endilikda yoshlarimiz chet tillarini “2+6” dasturi orqali subsidiya asosida o‘rganishi mumkin.

Bunda 14–30 yoshdagi yigit-qizlarga ingliz, nemis, fransuz, yapon, koreys, xitoy tillarini o‘rganishlari uchun subsidiya ajratiladi.

1. Dasturga ko‘ra, birinchi 2 oy to‘lov o‘quvchi tomonidan amalga oshiriladi, keyingi 6 oy uchun to‘lovlar davomatga mutanosib ravishda quyidagi tartibda davlat tomonidan qoplab beriladi.

2. Subsidiya miqdori (oyiga maksimal) Toshkent shahrida 824 ming so‘m (BHM × 2) gacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat markazlarida 618 ming so‘m (BHM × 1,5) gacha, tuman va shaharlarda 412 ming so‘m (BHM × 1) gacha qoplab beriladi.

3. Asosiy shartlari: Ariza beruvchi minimal ko‘rsatkichga mos milliy, xalqaro yoki “Ibrat Farzandlari” sertifikatiga ega bo‘lishi lozim. Ariza beruvchi faqat bitta til bo‘yicha subsidiya olishi mumkin.

4. Dastur doirasida har yili 20 ming nafargacha, 2025–2030-yillar davomida 100 ming nafargacha yoshga subsidiya ajratiladi.

Manba: Vazirlar Mahkamasining 632-son Qarori

@alisher_sadullaev
16🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yana bir muhim bosqich — Prezidentimiz yoshlarning ushbu taklifini o‘tgan so‘nggi uchrashuvlarimizdan birida qo‘llab-quvvatlagan edilar.

Endi esa bu ishonchni amaliy ishga aylantirish va o‘z salohiyatingizni namoyon etib, yurtimiz uchun yirik ishlarni boshlash vaqti keldi.

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
81
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️Prezidentimiz tashabbusi bilan 100 ming nafar yosh — oilaviy sharoitidan qat’iy nazar iqtidoriga qarab chet tillarini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

👉https://www.instagram.com/reel/DPyqDEeiOsA/?igsh=MWExNXI1dWttc3Rzdw==
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17👍6🔥4👏2
2+6 dasturida ishtirok etish istagidagi O‘QUV MARKAZLARIni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha qo‘yilgan talablar:

1. faceID kontrol tizimiga ega bo‘lishi va belgilangan tartibda tizimni “yonda” ilovasiga integratsiya qilishi.

Dastur doirasida mablag‘lar faqat o‘quvchilarning davomatidan kelib chiqib to‘lab beriladi!!!

2. O‘quv markazida xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha litsenziya (xabardor qilish tartibidagi ruxsatnoma) mavjud bo‘lishi.

3. O‘quv markazidagi o‘qituvchilar, guruhlar, dars jadvallari va to‘lov miqdori to‘g‘risidagi ma'lumotlar doimiy real vaqt rejimida yangilab borilishi.

4. Bino inshootlar, o‘quv xonalari, mavjud invertarlar tog‘risida ma'lumot (foto va jadval ko‘rinishida).

5. Tadbirkorlar barqarorlik reytingi bo‘yicha real vaqt rejimidagi ko‘rsatkich “C” (26 ball) yoki undan yuqori bo‘lishi lozim.

O‘quv markazlarining reytingini yuritishda quyidagi tartibda ballar berib boriladi:

a)
“2+6” dasturi doirasida tahsil olgan har bir yosh fuqaro kompensatsiya olganda -3 ball (asos: VM-209-son qaror);

b) “2+6” dasturi doirasida tahsil olgan har bir yosh fuqaro kamida “B2” darajadagi yoki unga tenglashtirilgan darajadagi milliy yoxud xalqaro sertifikat olganda -3 ball;

v) o‘quv markazida oʻz hisobidan tahsil olgan har bir yosh fuqaro kompensatsiya olganda - 2 ball (asos: VM-209-son qaror);

g) o‘quv markazida faoliyat olib borayotgan har bir oʻqituvchi malaka toifasi hamda xorijiy tilni bilish boʻyicha kamida “B2” darajadagi yoki unga tenglashtirilgan darajadagi milliy yoxud xalqaro sertifikatga ega boʻlganda - 1 ball;

d) barqarorlik reytingi boʻyicha - jami 100 ballgacha.

Reyting- Respublika, hudud, tuman(shahar) va olis va chekka hududlar (VM-426-son qarorda olis va chekka hududlar belgilangan) kesimida yuritiladi.
👍277
Forwarded from Alisher Sadullaev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O’zbekiston yoshlari avvalo o’z ona tillarini yaxshi bilishlari hamda global mehnat bozorida raqobat qila olishi uchun xorijiy tillarni ham yaxshi bilishlari kerak.

Yoshlarimizning taklif hamda tashabbuslari bilan hozirgi kunga qadar 51 968 nafar yoshlarga 101 mlrd so’m mablag’ xalqaro imtihonlarni yuqori ballarga topshirganliklari uchun qoplab berilgan.

@alisher_sadullaev
👍93🔥3
Forwarded from "2+6" dasturi
2+6 dasturi.pdf
266.8 KB
Dasturda ishtirok etish istagidagi yoshlar uchun tavsiya etilgan SERTIFIKATLAR RO‘YXATI!

Barchangiz tizim ishga tushgunga qadar (2 oy ichida) mazkur sertifikatlarga ega bo‘lishingiz tavsiya etiladi.
🔥10👍3
Forwarded from "2+6" dasturi
“2+6” dasturi yuzasidan beriladigan eng ko'p savollar:
Savol:
Qachon va qayerga ariza topshirishim kerak?
Javob:
Tizim 2 oyda ishga tushadi va arizalar qabuli boshlanadi.

Savol:
Dastur doirasida qaysi tillar uchun subsidiya ajratiladi?
Javob:
Ingliz, nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari.

Savol:
Ariza topshirish uchun sertifikat olinganiga qancha muddat o‘tgan bo‘lishi kerak?
Javob:
Dasturda ishtirok etish uchun arizaga ilova qilinadigan sertifikatlar olinganiga bir kalendar yil o‘tmagan bo‘lishi lozim.

Savol:
Ushbu imtiyozdan kimlar foydalanishi mumkin?
Javob:
14-30 yoshdagi (ijtimoiy holatidan qat'iy nazar) O'zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda fuqaroligi bo'lmagan shaxslar.

Savol:
Arizani doimiy yashash manzilim bo‘yicha topshirishim kerakmi?
Javob:
Yo'q, bu yerda yoshning doimiy yashash manzilidagi markazda tahsil olishi bo‘yicha norma belgilanmagan. Arizachi o'ziga qulay bo'lgan o'quv markazida o'qishi mumkin.

Savol:
B1 sertifikatini olishga imkoniyatim yo‘q, shunda men dasturda qatnasholmaymanmi?
Javob:
Siz bemalol Ibrat farzandlarida xorijiy tilni bepul o'rganish orqali tegishli sertifikatni qo‘lga kiritib dasturda qatnashishingiz mumkin.

Savol:
To'lovlar qanday amalga oshiriladi?
Javob:
Barchasi raqamlashgan tartibda yonda.uzelektron platformasi orqali amalga oshiriladi.

Savol:
Menda 2 ta xorijiy til sertifikatim bor. Dastur orqali 2 ta xorijiy til bo‘yicha subsidiya olishim mumkinmi?
Javob:
Yo‘q. Bitta yosh faqat bir turdagi xorijiy tilni o‘qish xarajatlari uchun subsidiya olishi mumkin.

Savol: Qanday holatda dasturdan foydalanish imoniyati cheklanadi?

Javob:
Muqaddam VM-209-son qarorga muvofiq kompensatsiya olgan, Yoshlar daftaridan xorijiy til uchun yordam olgan yoshlarga aynan ushbu til uchun;
arizaga ilova qilingan sertifikat olingan sanadan boshlab bir kalendar yil o‘tib ketgan yoshlarga;
muqaddam mazkur dasturda ishtirok etgan yoshlarga subsidiya ajratilmaydi.
29👍5🔥5
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️Tez kunda…

“Ikkinchi o’quv markazlari forumi”ga qabul boshlanadi. Taklif va tashabbusingiz bilan Prezidentimiz 2+6 dasturini qo’llab-quvvatladilar.

Oldinda bizni katta hamkorlik dasturlari hamda natijalar kutmoqda.

Obunachilarimiz orasida o’quv markazi rahbarlari hamda boshqaruvchilari bormi? Fikrlaringiz qanday?
👍267🔥5
Hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari tarkibini aniqlash uchun kichik so'rovnoma!
Anonymous Poll
20%
O‘quv markaziman
80%
Yoshman
8🔥7🏆4
⚡️O’zbekiston o’quv markazlar forumi 2025 -yil 12-13 dekabr kunlari Toshkent shahar yoshlar ijod saroyida bo’lib o’tadi

Forumda barcha o’quv markaz rahbarlari, StartUp g’oya egalari ishtirok etishlari mumkin.

🎯Forumda “2+6” , “Ko’mak” va “Yonda” kabi tadbirkorlar uchun keng imkoniyatlar yaratuvchi loyihalar haqida to’liq ma’lumot va keng amaliy imkoniyatlar yaratiladi

Boshqa qo’shimcha ma’lumotlar tez orada forum rasmiy telegram kanalida https://t.me/oquvmarkazlarforumi da berib boriladi

Bundan tashqari tez orada forum uchun maxsus websayt e’lon qilinadi. Barcha ishtirokchilar sayt orqali ro’yhatdan o’tishlari mumkin.
18👍10🏆2🥰1🐳1
Forwarded from Alisher Sadullaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Ikkinchi o‘quv markazlari forumi” uchun qabul boshlandi

⚡️Yoshlarimiz uchun zamonaviy kasblar va chet tillarini o‘rganishda yanada keng imkoniyatlar yaratish maqsadida “Ikkinchi o‘quv markazlari forumi”ga ro‘yxatga olish boshlandi.

Forum mamlakatimiz bo‘ylab faoliyat yuritayotgan eng ilg‘or o‘quv markazlarini birlashtiradigan, hamkorlik va tajriba almashuviga xizmat qiladigan katta maydon bo‘ladi.

12–13-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan forum “2+6“ dasturi hamda “Ko‘mak” loyihasi doirasida tashkil etiladi.

👉 Forumda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting:

forum.kelajakkasblari.uz
4
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️O‘zbekistonda IELTS’dan 9 ball olgan yoshlar soni 68 nafarga yetdi

Jami 6 (2020-2025) yil ichida IELTS imtihonidan 5,5 (B2 daraja) va undan yuqori ball olgan yoshlar soni 245,7 ming nafarni tashkil etdi.

Shuningdek, 8,5–9 ball (C2 daraja) olgan yoshlar soni esa 2020-yilga nisbatan 47 baravarga oshgan. Xususan, 9 ball natijani qo‘lga kiritgan yoshlar 68 nafarga yetgan.

Ushbu ma’lumot Yoshlar ishlari agentligi, Britaniya Kengashi, AQSH elchixonasi hamkorligida o‘tkazilayotgan “O‘quv markazlari forumi” doirasida e’lon qilindi.

@alisher_sadullaev
👍167🔥1🤯1
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️1-qism

“Ko’mak”?

@alisher_sadullaev
👍104🔥21🎉1
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️2-qism

2+6?

@alisher_sadullaev
🔥19👍1362
Forwarded from Alisher Sadullaev
3-qism

Faqat?

@alisher_sadullaev
👏9👍42🔥21
Forwarded from Alisher Sadullaev
4-qism!!!

Muvaffaqiyat siri?

@alisher_sadullaev
👏148🔥5👍43👎1
Forwarded from Alisher Sadullaev
10👍7🔥63
⚡️Siz kutgan xushxabar, 2+6” dasturiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

Ko‘pchilik yoshlarimiz va o‘quv markazlari kutgan kun keldi. Endilikda yoshlarimiz chet tillarini “2+6” dasturi orqali ro‘yxatdan o‘tib, belgilangan tartibda subsidiya asosida o‘rganishi mumkin.

Dastlabki bosqichda 2plus6.uz sayti orqali o‘quv markazlari ro‘yxatdan o‘tadi.

O‘quv markazlari ro‘yxati tegishli tartibda tasdiqlangach, yoshlar “Yonda” ilovasi orqali ariza topshirishlari mumkin bo‘ladi.

Savol va murojaatlar uchun: @yonda_support_bot

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍156🔥5😇2