Uyg’onish
1.46K subscribers
103 photos
18 videos
2 files
50 links
Asliddin Kamolning yagona telegrami👉🏻@k_A_i_4
Boshqa barcha telegram sahifalar soxta.
Download Telegram
Live stream finished (1 hour)
Siyosiy mahbus, Mirzohid Hasanovning ayolining kartasi. Bu hafta shu oilaga qo’ldan kelgancha yordam beramiz.

8600042475982269

Meliboyeva Sadoqatxon

@UygonTuron
💯53👍49🤝31
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi O’zbekistonda muammoni amaldorlar ko’rishi uchun albatta kimdir o’lishi kerak.

@UygonTuron
💯58👏23😢14👍7🤔4👎1
Ayni paytda Sangorodda davolanayotgan siyosiy mahbus Mubashshir Ahmadning qandli diabet va oyoq shishmalaridagi muammolar barqoqlashgan. Kayfiyatlari ham yaxshi. Biroq, qon bosimi sabab yurak kundan-kunga jiddiy yomonlashyapti. Vaqtida jiddiy tibbiy choralar ko’rilmasa yuraklaridagi xastalik yomon oqibatlarga sabab bo’lishi mumkin deydi shaxsi sir qolishini istagan Sangoroddagi mas’ul shifokor.

@UygonTuron
😢69💯19🤝5🤔1
Aytgancha bugun Belorussiya prezidenti bilan O’zbekistonning Belorussiyadagi elchisi uchrashibdi. Uchrashuvdan maqsad o’zbek mardikorlarini Belorussiyaga ham jalb qilish bo’lgan. Lukashenko, Belorussiyada tug’ilish keskin kamaygani va aholi qora ishlarda ishlamayotgani sabab, mardikorlikka Pokiston va O’zbekistonliklarni jalb qilish istagini bildirgan. Xullas Mirziyoyev o’zbeklarni butun dunyoga mardikorlikka jo’natish uchun tun-u kun tinmay mehnat qilyapti.

@UygonTuron
😢89👍28💯21👎8👏3🤔1
Haqiqat aytilgan tillar kesilsa,
Chopilsa adolat ko‘targan qo‘llar.
Va shu hol ko‘p yillar bardavom bo‘lsa,
Tug‘ilar,
vijdonsiz,
maddoh,
it,
qullar...

@UygonTuron
👍94💯48🔥6👏3
👍33💯5😢4
Sirojiddin media ham shablon jinoyat “tovlamachilik”da gumonlanib xibsga olindi. Uning ikki advokati qo’lida orderi bilan kelsada sudga kiritilmadi. Blogerga davlat advokati berildi. Bugun, ijtimoiy tarmoqlarda blogerni firibgar va tovlamachiga chiqarish uchun trollar va quloqlarga start beriladi. Diktator Mirziyoyevning haqni gapirganlarga qarshi qanday kurashishini allaqachon tushunib bo’ldik. O’zbekistonga kelib gapir deydiganlar uchun yana bir misol bu. O’zbekistonda bu sharafsiz va pastkashlar hokimiyatda ekan mard turib kurashib bo’lmaydi.

@UygonTuron
💯117🤔19👍92👎1
Hokimiyat o’g’rilar qo’liga o’tsa to’g’rilar qamaladi.

@UygonTuron
💯131👍292😢1
Shavkat Mirziyoyevni diktator deb hisoblaysizmi?
Anonymous Poll
90%
Ha, u diktatura o’rnatdi.
4%
Yo’q, u demokrat rahbar
7%
Bilmayman.
🔥27💯14
2024 yilda qurib topshirilgan ko’prik quladi. Achinarlisi bu ko’prikni qurishga byudjetdan (xalqning pullari) 128,6 mlrd so’m sarflangan. Xo’sh, soliq to’lovchilarning shuncha pulini havoga sovurgani uchun javobgarlikni kim o’z bo’yniga oladi? Kim bu pullarni byudjetga qaytaradi ?

100 yil turadi deyilgan ko’prik nega ikki yilda quladi?

Chunki bunday ishlar korrupsiya, tanish-bilish orqali byudjet mablag’larini o’zlashtirishsiz amalga oshmaydi. Milliardlab xalq pullari o’zlashtirilib, qaysidir amaldorlar yaxshigina soqqa ishlab olishadi. Shaffoflik esa, “davlat siri” degan tamg’a bilan xalqdan yashiriladi. Jamoatchilik bu qurilishdagi tenderlar qanchalik shaffof o’tgani, ajratilgan pullar to’g’ri ishlatilganini tekshira olmaydi. Surishtirganni uyiga DXX va IIV itlari boradi. Gapirishdan to’xtamasa firibgar va tovlamachiga chiqarib qamashadi. Yakunda baribir ko’prikni o’zi barcha jinoyatlarni fosh qilyapti.

Endi bir o’ylab ko’ring, pulni juda yaxshi ko’radigan diktator Mirziyoyev davrida Respublikamiz bo’ylab minglab bunday inshootlar qurildi. Deyarli barchasi korrupsiyasiz, xalqning pullari talanmasdan amalga oshmadi. Qachon u jinoyatlar o’rganiladi? Jamoatchilikka ochiqlamoqchi bo’lgan jurnalist va blogerlarga bosim qilish to’xtaydi? Yoki qolganlariniyam qulashini kutamizmi?

@UygonTuron
👍84💯392👎1
XXI asrda oddiy ko’prikni eplab qurolmaydigan korrupsionerlarga vatan va xalq taqdirini ishonib bo’lmaydi. Xalqqa muxolifat kerak!

@UygonTuron
💯112👍425
You tubeda 1700 dan ortiq kishi ishtirok etgan so’rovnomamiz natijasiga ko’ra 83% ovoz beruvchilar Mirziyoyevni diktator deb bilishar ekan. Sotsiolog va boshqa tahlilchilar uchun juda muhim sotsial tadqiqot bu.

Diktatura taraqqiyot kushandasi!

@UygonTuron
👍88💯41🔥3👎2👏2
Mubaşşir Ahmad ning yuragi kasal bo’lishiga qaramay, ko’rinishida biroz yaxshidek turgani sabab, Navoiga qayta jo’natishga tayyorlashyapti. Domlani tezroq qamoqqa qaytarilishi to’g’risida yuqoridan buyruq kelgan. Bunday holatdagi kasallar aslida Sangorodda doimiy shifokorlar nazoratida davolanishi kerak. Biroq, Mubashshir Ahmadga sog’lig’i yaxshilandi tashxisi qo’yilib, tezroq qayta qamoqqa jo’natishga harakat boshlangan.

@UygonTuron
😢65👍28🤔11💯8
Bugun, diktator Mirziyoyevning siyosiy mahbusi Abduqodir Mo’minov tug’ilgan kun.

Abduqodir Mo’minov sud hukmiga ko’ra jazo muddatini umumiy tartibli kolonnada o’tashi belgilangan bo’lsada, Navoidagi qattiq tartibli kolonnaga yuborilgandi. O’shanda mas’ullar bu qonunbuzarliklarini umumiy tartibli kolonnada joy yo’qligi uchun vaqtinchalik qaror deb oqlashgan edi. Oradan mana 3 yil o’tsa hamki, umumiy tartibli kolonnada bitta jurnalist uchun joy topilmayapti. Mo’minov hanuzgacha qattiq tartibli kolonnada, o’ta xavfli retsidivistlar bilan og’ir sharoitlarda asirlikda saqlanyapti.

Abduqodir Mo’minov O’zbekiston ichida turib, diktator Mirziyoyev va uning yuvindixo’rlarini qattiq qo’rqitib qo’ygan o’zbek xalq qahramoni bo’lib tarixda qoladi.

@UygonTuron

https://youtu.be/goeENXfwwZw?is=qzyr_8Fw9RKlVT06
👍102💯37👎1🔥1
Birinchi ma’muriyat davrida haqni gapirganlarga “ diniy ekstrimist, terrorist” tamg’alari yopishtirilardi. Ikkinchi ma’muriyat davriga kelib ularga “firibgar, tovlamachi” degan tamg’a qo’yish urfga aylandi.

Muammolarni ko’tarib chiqayotgan, amaldorlarni tanqid qilishga o’zida jur’at topgan bloger borki deyarli barchasi mana bugun “firibgar yoki tovlamachi” kabi soxta ayblovlar bilan panjara ortiga tashlandi.

O’zi kim firibgar? Kim tovlamachi? Siyosat olamidagi siyosiy firibgarlar kimlar? Navbatdagi xalq bilan muloqotimizda ana shu dolzarb mavzuda xalq bilan muloqot qilamiz.

Suhbat yakshanba, Toshkent vaqti bilan 20:00 da @UygonTuron telegram kanalida bo’lib o’tadi. E’lonni ko’proq do’stlarizga ulashing🤝

Birlashsak katta kuchmiz👊🏻

@UygonTuron

https://www.youtube.com/live/Zq9NqynFi4g?is=tRZsYmk-uuu_KB3G
👍80🔥17💯7👏5
Siz nima deysiz? Fikrlarizni izohlarda qoldiring.

https://youtu.be/4CrN2gzVZfs?is=LM1G7PHSKnFgEYSv
👍82💯17🔥13🤔2🤝2
Agar siz kema qurmoqchi bo’lsangiz odamlarni majburlashingiz, rejalashtirishingiz, ishlarni taqsimlashingiz, vositalar olishingiz shart emas. Odamlarga cheksiz dengiz zavqini yuqtirishingiz kerak. Keyin ular o’zlari kemani qurishadi.

Antuan de Sent-Ekzyuperi

@UygonTuron
👍85💯35🔥6👏4
Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to’g’risidagi qonunning 4 va 5 moddalari. Muxolifatni shu kungacha tanqid qilib kelayotgan quloqlar qachon ushbu qonunga muvofiq amaldagi 5 ta qo’g’irchoq partiyadan hisob so’rashgan?

@UygonTuron
👍78💯19🔥3👎1