Uyg’onish
1.46K subscribers
103 photos
18 videos
2 files
50 links
Asliddin Kamolning yagona telegrami👉🏻@k_A_i_4
Boshqa barcha telegram sahifalar soxta.
Download Telegram
Izohsiz

@UygonTuron
💯82👍32😢14🙏61🔥1🤔1
Hech kim sizning shaxsiy telefoningizga majburiy dasturlar yuklatish huquqiga ega emas. Ayniqsa, davlat xizmatchilari.

“Mening Inspektorim” josus dasturi ekani haqida ilgari yozganmiz. Josus dasturni o’rnatishga majburlash esa qonunlarimizga ziddir.

@UygonTuron
👍76💯27🔥8
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi hamkorligida “Chorsu” dehqon bozorida xufiyona iqtisodiyotni qisqartirish, ehtimoliy korrupsiyaviy holatlarning oldini olish va xavfsiz muhit yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan raqamlashtirish ishlari o‘rganilibdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashning Mirziyoyevcha modeli

P.s: amakini chek bermay, naqdga ishlagani uchun jarima qilishmagan degan yaxshi gumondaman.

@UygonTuron
😢61💯28🔥12👏5
Maktabgacha va maktab ta’limi - millat kelajagini belgilaydigan soha

Navbatdagi “Xalq bilan muloqot” suhbatimiz juda muhim masalaga bag‘ishlanadi. Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi tizimi. Har qanday xalqning ertangi kuni aynan shu tizimda shakllanadi.

Davlatning haqiqiy kuchi neft, gaz yoki katta binolarda emas. Davlatning kuchi - bolalar qanday ta’lim olayotganida namoyon bo‘ladi.

Maktabgacha ta’lim - kelajakning poydevori

Bugun ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, inson tafakkuri va qobiliyatining katta qismi aynan 3-6 yosh oralig‘ida shakllanadi. Demak, maktabgacha ta’lim oddiy bog‘cha emas - bu kelajak avlodning intellektual poydevori.

Ammo bugun ko‘plab oilalarda savol bor:
• bog‘chalarga joy yetadimi?
• sifatli tarbiya berilyaptimi?
• ota-onalar uchun to‘lovlar qanchalik adolatli?
• nega bolalar ovqatdan ommaviy zaharlanyapti?

Agar bu tizim to‘g‘ri ishlamasa, bola maktabga tayyor bo‘lmay kiradi. Bu esa keyingi ta’lim sifatiga ham bevosita ta’sir qiladi.

Maktab ta’limi - jamiyatning oynasi

Maktab bu shunchaki dars o‘tiladigan joy emas. Maktab - bu kelajak jamiyatining modeli.

Agar maktabda:
• erkin fikrlash bo‘lmasa,
• tanqidiy tafakkur rivojlantirilmasa,
• bilim o‘rniga yodlash ustun bo‘lsa,

unda jamiyatda ham tashabbuskorlik va innovatsiya rivojlanmaydi.

Bugun ko‘plab ota-onalar quyidagi muammolarni ko‘tarishmoqda:
• sinflarning haddan tashqari to‘lib ketgani
• o‘qituvchilarning maoshi pastligi
• byurokratik hisobotlar ko‘pligi
• ta’lim sifatidagi katta tafovutlar

Natijada tizimda ishlayotgan eng muhim inson - o‘qituvchi ko‘pincha o‘z kasbining haqiqiy qadriyatini his qila olmayapti.

O‘qituvchi - jamiyatning ustuni

Tarixga qarasak, rivojlangan davlatlarning barchasida o‘qituvchining mavqei juda baland bo‘lgan.

Agar jamiyat o‘qituvchini qadrlasa:
• ta’lim sifatli bo‘ladi,
• yoshlar bilimli bo‘ladi,
• iqtisodiyot kuchli bo‘ladi.

Ammo agar o‘qituvchi byurokratiya va qog‘ozbozlik orasida qolsa, unda ta’lim tizimi ham to‘liq ishlamaydi.

Bugun biz o‘zimizga savol berishimiz kerak:

Biz ta’limni haqiqatan millat kelajagi sifatida ko‘ryapmizmi yoki shunchaki tizim sifatida boshqaryapmizmi?

Ta’lim - bu uzoq muddatli investitsiya. Uning natijasi bugun emas, balki 10–20 yildan keyin ko‘rinadi. Ammo aynan bugun qabul qilinayotgan qarorlar kelajak avlod taqdirini belgilaydi.

Shuning uchun maktabgacha va maktab ta’limi masalasi - bu faqat pedagoglar muammosi emas. Bu butun jamiyatning kelajagi masalasidir.

Hurmatli yurtdoshlar, navbatdagi xalq bilan muloqotimizda shu mavzuda sizlarning fikrlaringizni eshitishni istaymiz. Chunki ta’limni rivojlantirish faqat hukumatning emas, balki butun jamiyatning umumiy vazifasidir.

Muloqot doimgidek, yakshanba kuni, Toshkent vaqti bilan 20:00 da , @UygonTuron telegram kanalida bo‘lib o‘tadi.

@UygonTuron
👍76💯11🔥5👎2
Avtoritar tizimlar uch narsadan juda qattiq qo‘rqadi.

1. Birlashgan xalq

Alohida odamlar emas, birlashgan jamiyat tizim uchun eng katta xavfdir.

2. Haqiqatning tarqalishi

Avtoritar tizimlar axborotni nazorat qilish orqali yashaydi. Agar muammolar ochiq muhokama qilina boshlasa, tizim zaiflashadi.

3. Elita ichidagi bo‘linish

Agar hukumat ichida kelishmovchiliklar paydo bo‘lsa, tizim tezroq o‘zgarishi mumkin.

Menimcha diktator Mirziyoyev hukumatining bizdan nega buncha qo‘rqayotganini tushundingiz. Biz ular qo‘rqqan nuqtalarga zarba bera olyapmiz va bu yo‘lda davom etamiz. Toki xalqimizni kambag‘al qilgan avtoritar tizim qulamagunicha.

Har qanday davlat o‘zgarishi mumkin. Tarixda bunga ko‘plab misollar bor. Agar xalq birlashsa, hech qanday tizim abadiy emas.

Va biz bugun ogoh bo‘lishimiz kerak! Chunki qarshimizdagi raqib mard emas:
Avtoritar rejimlar o‘ziga qarshi bo‘lgan muxolif kuchlarni uch usulda yo‘q qiladi:

1. Muxolif harakat liderlarini obro‘sizlantirish
2. Harakat ichida nizolar chiqarish
3. Birlashmoqchi bo‘lgan odamlarni charchatish

(BO‘Mga nisbatan qilingan qarshiliklar misolida bularni ko‘rdik)

Aldanmasak,
qo‘rqmasak,
chalg‘imasak,
Birlashsak, katta kuchmiz 👊🏻

@UygonTuron
👍71💯43🔥82👎2
Muxolifati bo’lmagan xalqni mustaqil deb bo’lmaydi.

@UygonTuron
💯95👍41🔥7👎3👏3
Terror Siyosati

Ko‘pchilik AQSH va Isroilning bugun musulmon davlatlariga qarshi olib borayotgan urushlarini neft, boylik va yer uchun deyishadi. Ular vayron qilgan davlatlarga qaralsa (Iroq, Suriya, Falastin, Eron) bu hududlar o‘tmishda insoniyat taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan ilm-fan markazlari sifatida tanilgan.

Bugungi globalistlar musulmonlarga erkinlik berilsa ular zamonaviy ilm-fanda yashindek tez yuksalishlarini yaxshi bilishadi. Shuning uchun ham ularga qarshi tinimsiz urushlar, qirg‘inbarotlar ya’ni terror siyosatini olib borishyapti.

Rivojlanish har doim qo‘rquv bo‘lmagan, erkin va adolatli jamiyatlarda bo‘ladi. Odamlar tinch va erkin yashab, o‘z fikrini qo‘rqmasdan ayta olgan jamiyatlarda ilmiy fikr, raqobat va yangilik paydo bo‘ladi. Erkinlik bor joyda raqobat yuzaga keladi, raqobat esa jamiyatni oldinga olib chiqadigan bilimli va salohiyatli insonlarning yetishib chiqishiga zamin yaratadi. Buni bugungi kunda rivojlangan ko‘plab davlatlar tajribasida ham ko‘rish mumkin.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi: Nega global siyosiy to‘qnashuvlar Markaziy Osiyo davlatlarini, jumladan, asrlar davomida ilm-fan beshigi bo‘lib, minglab daholarni yetishtirgan O‘zbekistonimizni chetlab o‘tyapti? Nega ular bizda urush chiqarmayapti? Bu jumboqlarning sababi ham xuddi shu nuqtada.

Turkiston tuproqlari ( Ruslar qo‘ygan hozirgi nomi Markaziy Osiyo) mana I asrdirki terror siyosati bilan boshqarilyapti. Terror orqali hokimiyatga kelgan Bolsheviklar qurgan SSSR parchalandi biroq, u yaratib ketgan terror tuzumi qulamadi. Bir vaqtlar millat gultojlarini otib, zehniyatimizni qo‘rqoq va majruh qilgan NKVD , keyinchalik KGB degan terror tashkiloti bir dumalab nomini avval MXX ga, so‘ngra DXX ga o‘zgartirdi. Ammo, o‘sha kadrlar va o‘sha terror siyosati hozirgacha davom etyapti. Ziyolilarni bosqinchiga sotgan, tutib bergan xoin kommunistlar esa bir dumalab mustaqillik asoschilariga aylandi va hozirgacha hokimiyat ularning qo‘lida qolmoqda. Shu sababdan ham mana 35 yildirki, Al Xorazmiy, Beruniylarni yetishtirgan tuproq zamonaviy dunyoda ilm-fanga yetarli hissa qo‘shadigan bitta ham olimni yetishtirib berolmadi. Ta’limni abgor qilish, xalqni ongli ravishda ongsizlashtirib, qo‘rquv ostida boshqarish siyosati sabab, Amir Temur vorislari bugun oktagon jang ber deydigan saviyaga tushib qoldi. Ajdodlari buyuk yurt farzandlari bugun dunyoga mardikor va foxisha yetishtirib beradigan mamlakatga aylantirildi.

O‘z xalqiga nisbatan I asrdan buyon davom etayotgan terror siyosati tugamas ekan Turkiston tuproqlarida taraqqiyot bo‘lmaydi. Shuning uchun ham Trump va Netyanyaxu kabi globalistlar bu tuproqlarga ahamiyat qaratmaydi. Aksincha, bunday siyosatni ular qo‘llab-quvvatlashadi. Trump Mirziyoyevni mening do‘stim deb bejizga aytmadi.

Bir so‘z bilan aytganda, Trump va Netyanyaxu o‘z davlati va o‘z xalqining taraqqiyoti uchun o‘zga millatlar va boshqa din vakillari ustidan terror siyosatini olib borishsa, Mirziyoyevning avtoritar rejimi o‘z hokimiyatini saqlab qolish uchun o‘z xalqi va o‘z dindoshlariga qarshi terror siyosatini olib boryapti.

Unutmasligimiz kerak!
Jamiyat qo‘rquv va befarqlik bilan boshqarilsa, xalqning salohiyati to‘liq ochilmaydi. Taraqqiyot esa faqat erkin fikr, bilim va adolatli tizim mavjud bo‘lgan joyda yuz beradi. Shuning uchun ham bugun bizga muxolifat suv va havodek kerak!

Birlashsak katta kuchmiz 👊🏻

@UygonTuron
💯72👍46🔥92👎2🤝2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kamikadze xodimlar yohud tanganing ikkinchi tomoni videosi chiqdi.

O’zbek YPX inspektorlarini kamikadzelarga o’xshataman deb yozgandim. Ba’zilar, AQSH policlarida o’q otish huquqi bor deya buni oqlashga urindi. O’q otish bilan mashina g’ildiraklari ostiga o’zini qo’ydek tashlash o’rtasida katta farq bor do’stlar. O’sha AQSH da hech qachon politsiyachi o’z o’limi bilan tugaydigan bunday harakat qilmaydi. Tasvirlarda aniq ko’ringani shuki, BMW belgilangan tezlikdan yuqori harakatlanmagan. Yo’lda bunga imkon ham yo’q edi. Qolaversa, mashinani olib qochilgan deyish ham aqlga sig’maydi. Shunchaki ruxsatsiz haydalgan, bunday harakatga qo’yilgan rasmiy ayblovlar mantiqqa umuman to’g’ri kelmaydi. Rulda yosh bola emas, professional haydovchi bo’lganida ham YPX inspektori sabab yuzaga kelgan fojeani oldini olish imkonsiz edi. Yaxshi advokat olinsa, bolani sudda bemalol oqlash mumkin, albatta IIV qo’g’irchoq sudlarimizga bosim qilmasa.

Aslida, kamikadze inspektorlarning yo’lning qatnov qismiga yugurib chiqishi ortidan bunday fojealar tez-tez yuz beradi. Bu safar rulda bola bo’lgani uchunmi yoki IIV ning bu oila bilan xusumati bo’lgani sababidanmi negadir bu voqea tarmoqlarda bo’rttirib ko’rsatildi. Hech kim nega xodimlariz bunday xavfli harakatlar qiladi deb IIV dan izoh so’ramadi. Fokusni bolaga qaratgan asosiy vohimachilar esa IIV bilan doimiy hamkorlik qilib keladigan faollar ekanidan ham ko’p narsa tushunarli o’zi.

Shu holatda meni yana ko’plab savollar qiynaydi. Yo’llarda bugun deyarli har kuni yosh bolalar, qariyalar, ayollar halok bo’ladi. Nega ularga bu qadar e’tibor qaratilmaydi?
Ayniqsa IIV xodimlari tomonidan ham odam o’ldirish holatlari ko’plab sodir bo’lyapti. Yaqinda IIB xodimi mashinasida urib o’ldirib, daryoga oqizgan murdani 80 kun o’tgach topishdi. Kamikadze xodimga juda kuyungan tizim va tizim faollari bunday voqealarga hech izoh berishmadi?

Xullas, yosh boladan aybdor yasaguncha IIV o’z xodimlariga mashina g’ildiraklari ostiga o’zlarini tashlamaslikni tushuntirsa kelgusida bunday fojealarni oldini olgan bo’lardi. Bir kamikadze o’ldi ketdi, ortida yig’lagan oilasi, farzandlari qoldi. Yetmaganiga yana bir oilaga dard bo’ldi.

@UygonTuron
👍72💯35👎11🔥4
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
Siyosiy mahbus, Mirzohid Hasanovning ayolining kartasi. Bu hafta shu oilaga qo’ldan kelgancha yordam beramiz.

8600042475982269

Meliboyeva Sadoqatxon

@UygonTuron
💯53👍49🤝31
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi O’zbekistonda muammoni amaldorlar ko’rishi uchun albatta kimdir o’lishi kerak.

@UygonTuron
💯58👏23😢14👍7🤔4👎1
Ayni paytda Sangorodda davolanayotgan siyosiy mahbus Mubashshir Ahmadning qandli diabet va oyoq shishmalaridagi muammolar barqoqlashgan. Kayfiyatlari ham yaxshi. Biroq, qon bosimi sabab yurak kundan-kunga jiddiy yomonlashyapti. Vaqtida jiddiy tibbiy choralar ko’rilmasa yuraklaridagi xastalik yomon oqibatlarga sabab bo’lishi mumkin deydi shaxsi sir qolishini istagan Sangoroddagi mas’ul shifokor.

@UygonTuron
😢69💯19🤝5🤔1
Aytgancha bugun Belorussiya prezidenti bilan O’zbekistonning Belorussiyadagi elchisi uchrashibdi. Uchrashuvdan maqsad o’zbek mardikorlarini Belorussiyaga ham jalb qilish bo’lgan. Lukashenko, Belorussiyada tug’ilish keskin kamaygani va aholi qora ishlarda ishlamayotgani sabab, mardikorlikka Pokiston va O’zbekistonliklarni jalb qilish istagini bildirgan. Xullas Mirziyoyev o’zbeklarni butun dunyoga mardikorlikka jo’natish uchun tun-u kun tinmay mehnat qilyapti.

@UygonTuron
😢89👍28💯21👎8👏3🤔1
Haqiqat aytilgan tillar kesilsa,
Chopilsa adolat ko‘targan qo‘llar.
Va shu hol ko‘p yillar bardavom bo‘lsa,
Tug‘ilar,
vijdonsiz,
maddoh,
it,
qullar...

@UygonTuron
👍94💯48🔥6👏3
👍33💯5😢4
Sirojiddin media ham shablon jinoyat “tovlamachilik”da gumonlanib xibsga olindi. Uning ikki advokati qo’lida orderi bilan kelsada sudga kiritilmadi. Blogerga davlat advokati berildi. Bugun, ijtimoiy tarmoqlarda blogerni firibgar va tovlamachiga chiqarish uchun trollar va quloqlarga start beriladi. Diktator Mirziyoyevning haqni gapirganlarga qarshi qanday kurashishini allaqachon tushunib bo’ldik. O’zbekistonga kelib gapir deydiganlar uchun yana bir misol bu. O’zbekistonda bu sharafsiz va pastkashlar hokimiyatda ekan mard turib kurashib bo’lmaydi.

@UygonTuron
💯117🤔19👍92👎1
Hokimiyat o’g’rilar qo’liga o’tsa to’g’rilar qamaladi.

@UygonTuron
💯131👍292😢1
Shavkat Mirziyoyevni diktator deb hisoblaysizmi?
Anonymous Poll
90%
Ha, u diktatura o’rnatdi.
4%
Yo’q, u demokrat rahbar
7%
Bilmayman.
🔥27💯14
2024 yilda qurib topshirilgan ko’prik quladi. Achinarlisi bu ko’prikni qurishga byudjetdan (xalqning pullari) 128,6 mlrd so’m sarflangan. Xo’sh, soliq to’lovchilarning shuncha pulini havoga sovurgani uchun javobgarlikni kim o’z bo’yniga oladi? Kim bu pullarni byudjetga qaytaradi ?

100 yil turadi deyilgan ko’prik nega ikki yilda quladi?

Chunki bunday ishlar korrupsiya, tanish-bilish orqali byudjet mablag’larini o’zlashtirishsiz amalga oshmaydi. Milliardlab xalq pullari o’zlashtirilib, qaysidir amaldorlar yaxshigina soqqa ishlab olishadi. Shaffoflik esa, “davlat siri” degan tamg’a bilan xalqdan yashiriladi. Jamoatchilik bu qurilishdagi tenderlar qanchalik shaffof o’tgani, ajratilgan pullar to’g’ri ishlatilganini tekshira olmaydi. Surishtirganni uyiga DXX va IIV itlari boradi. Gapirishdan to’xtamasa firibgar va tovlamachiga chiqarib qamashadi. Yakunda baribir ko’prikni o’zi barcha jinoyatlarni fosh qilyapti.

Endi bir o’ylab ko’ring, pulni juda yaxshi ko’radigan diktator Mirziyoyev davrida Respublikamiz bo’ylab minglab bunday inshootlar qurildi. Deyarli barchasi korrupsiyasiz, xalqning pullari talanmasdan amalga oshmadi. Qachon u jinoyatlar o’rganiladi? Jamoatchilikka ochiqlamoqchi bo’lgan jurnalist va blogerlarga bosim qilish to’xtaydi? Yoki qolganlariniyam qulashini kutamizmi?

@UygonTuron
👍84💯392👎1