Yutug’imiz haqida qisqacha:
Muxolifat harakatini boshlashimiz bilan respublika bo’ylab butun boshli dxx va iiv terrorizmga qarshi kurash bo’limlari 🐶 lari bizga qarshi safarbar qilindi. Har bir 🐶 ga muxolifatni qo’llayotgan yurtdoshlarimizni tarmoqlardan shaxsini aniqlab, uyiga borib qo’rqitib qo’yish bo’yicha kunlik norma belgilandi. Hozirgacha ular uyma-uy izg’ib, qo’llovchilarimizni qonunlarga zid tarzda qo’rqitishayotgani, vakolatlaridan chetga chiqib turli bosimlar qilishayotgani to’g’risida bugungacha xabarlar kelib turibdi.
Respublika bo’yicha terrorizm bo’limi 🐶 lari bungacha nima bilan band bo’lishardi? Ular “rezultat” uchun har kuni begunoh yurtdoshlarimizni topib, soxta ayblovlar ilib, qamash bilan band bo’lishardi. Ushbu bo’lim faoliyatidan yaqindan xabardorlar bularni bilishadi. Qisqa muddatdagi faoliyatimiz davomida ularni o’zimiz bilan ovora qiloldik va ular tomonidan soxta ayblovlar bilan qamalishi mumkin bo’lgan yuzlab yurtdoshlarimizni asrab qololdik deb o’ylayman. Hozir ular kimni terroristga chiqarib qamasam degan fikrdan uzoqda, chunki tepadan kelayotgan topshiriqlar boshqacha. Bu bizning ko’zga ko’rinmas g’alabalarimizdan bittasi.
BOM dan ketib BOMchilarga qilgan eng katta yaxshiligim esa barcha trollar-u, bobiklarni o’zim bilan olib ketdim. Ya’ni BOMdan yolg’iz o’zim ketganim yo’q. Ularga qarshi tashlangan barcha kuchlar bugun men bilan. Spamlar, trollinglar, haqoratlar, fisqu-fasod mashinalari bugun menga qarshi tashlangan. BOMchilar bilan hech bir 🐶 ning ishi bo’lmay qoldi. Shunday ekan imkoniyatdan to’g’ri foydalaninglar. Barcha 🐶 lar men bilan ovora ekan sizlar otlaringni qamchilanglar, bitta joyda qotib qolmay. Hadeb menikiga osilavermay.
✍🏻Asliddin Kamol
@UygonTuron

🔥63💯39👍31👏6⚡4
Boy berilgan 35 yil: O‘zbekiston qanday davlat bo‘lishi mumkin edi?
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini e’lon qilganida, Markaziy Osiyodagi eng yirik sanoat bazasiga, eng ko‘p aholiga va strategik xomashyolarga (oltin, gaz, paxta) ega edi. Agar bu resurslar "halol boshqaruv" filtri orqali o‘tkazilganda, bizning iqtisodiy ko‘rsatkichlarimiz bugun quyidagicha ko‘rinish berardi:
1. Iqtisodiy quvvat va YaIM
Bugungi kunda O‘zbekistonning YaIM (yalpi ichki mahsuloti) taxminan 100-110 milliard dollar atrofida. Ammo, agar iqtisodiy islohotlar 1990-yillarda Janubiy Koreya yoki Boltiqbo‘yi davlatlari kabi amalga oshirilganda:
Taxminiy YaIM: Kamida 350-400 milliard dollar.
Aholi jon boshiga daromad: Hozirgi $2,500 o‘rniga $10,000–$12,000 (bu hozirgi darajadan 4-5 baravar yuqori degani).
Valyuta barqarorligi: Inflyatsiya bir xonali raqamlarda saqlanib, so‘m xalqaro miqyosda ayirboshlanadigan nufuzli valyutaga aylangan bo‘lardi.
2. Korrupsiya reytingi
Hozirda O‘zbekiston "Transparency International" reytingida 180 davlat ichida 121-o‘rin atrofida (avvalroq 150-o‘rinlarda edi).
Ideal ssenariyda: Agar tizim halol ishlaganda, biz top-30 talikka kirgan bo‘lardik (Estoniya yoki Yevropa Davlatlari kabi).
Natija: Budjetdan o‘g‘irlangan milliardlab dollar mablag‘lar xorijiy bank hisoblariga emas, balki zamonaviy maktablar, shifoxonalar va yuqori texnologiyali zavodlarga yo‘naltirilgan bo‘lardi.
3. Inson kapitali va migratsiya
Eng og‘riqli nuqta bugungi kunda millionlab urtdoshimizning xorijda qora mehnat qilayotganidir.
Halol tizimda O‘zbekiston ishchi kuchi eksport qiluvchi emas, investitsiya va aqllarni jalb qiluvchi markazga aylanardi. O‘zbek yoshlari Moskva ko‘chalarida emas, Toshkentdagi IT-parklar va zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarida yuqori maosh olib ishlagan bo‘lishardi.
Diktatura: Davlatni parokanda qiluvchi "ko‘rinmas ofat"
Diktatura va yopiq boshqaruv tizimi davlatni uchta asosiy yo‘nalishda halokatga yetaklaydi:
1. Tanlovning yo‘qligi (Negativ seleksiya): Diktatura sharoitida rahbarlikka aqllilar emas, balki "sodiqlar" keladi. Bu esa davlat boshqaruvida intellektual darajaning pasayishiga va strategik xatolarga sabab bo‘ladi.
2. Mulk huquqining yo‘qligi: Hech kim o‘z mulki daxlsizligiga ishonmaydi. Bu esa tadbirkorni investitsiya kiritishdan to‘xtatadi. Odamlar pulini O‘zbekistonga tikish o‘rniga, xorijga olib chiqib ketishga harakat qiladi.
3. Ijtimoiy degradatsiya: Adolatsizlikni ko‘rgan xalqda "vatanparvarlik" tuyg‘usi so‘nadi. Jamiyatda "faqat o‘g‘irlik bilan boyish mumkin" degan noto‘g‘ri tushuncha ildiz otadi, bu esa millatning ma’naviy parokandaligidir.
Xulosa: Agar biz 34 yil davomida halollik va erkin bozor yo‘lidan borganimizda, bugun O‘zbekiston "Markaziy Osiyo yo‘lbarsi" maqomida, aholisi farovon va dunyo tan olgan qudratli davlat bo‘lar edi. Diktatura sabab, biz nafaqat moddiy yoki ma’naviy, balki eng qimmatli narsa vaqtni ham boy berdik.

👍88💯40🔥7🌚3⚡1
Uyg’onish
Mana Mirziyoyev ham yoshlar bilan muloqotni boshlab yubordi. @UygonTuron
Endi har payshanba yoshlar bilan muloqot kuni deb e’lon qilindi. Amaldorlar shu kunda joylarga chiqib, yoshlar bilan muloqot qilishi belgilandi.
Muxolifat hali shakllanmagan bo’lsada Mirziyoyevni o’rnidan qimirlata oldi. Endi tasavvur qiling birlashsak qanday katta kuchga aylanishimizni.

👍150💯55🔥8⚡2🤝2👎1
Birlashgan O’zbek Muxolifatining jamoatchilikka e’lon qilingan nizom va dasturida uning nomi “Birlashgan O’zbek Muxolifati” deb yuritilishi belgilangan edi. Ammo bugungi hujjatda nom o’zgarganini ko’rish mumkin. E’lon qilingan hujjatga qaralsa, tashkilot nizomda ko’rsatilgandek muxolifat harakati emas, oddiy markaz sifatida ro’yxatdan o’tgan. Muxolifat harakatining sobiq raisi sifatida jamoatchilikni qiziqtirayotgan savol meniyam qiziqtiryapti:
1. Nizom va dastur Hay’at yig’ilishida o’zgartirildimi?
2. Nega bu haqida jamoatchilikka e’lon qilinmadi?
3. Avvalgi nizomga zid tarzda boshqa nom bilan va boshqa faoliyat turi sifatida ro’yxatdan o’tkazish nizom talablariga zid emasmi? Bu o’zboshimchalik uchun javobgarlikni kim o’z bo’yniga oladi?
4. Jamoatchilikka e’lon qilingan nom bilan rasmiy hujjatdagi nom boshqa ekan, endilikda markaz rahbariyati muxolifat harakatiga da’vo qilolmasligini biladimi?
Xullas, Birlashgan O’zbek Muxolifati degan nomdan voz kechishibdi. Demakki bu nom haliyam egasiz. Kimlar shu nom bilan muxolifat harakatini ro’yxatdan o’tkazsa, qonuniy egalari o’shalar bo’lishadi.

👍61⚡44🤝3
Do’stlar, menda bir taklif bor.
Bundan keyin har yakshanba kuni qiladigan muhokama mavzumizni oldindan e’lon qilamiz va shu mavzuga oid fikrlarni hafta davomida guruhda o’rtoqlashamiz. Kimlardir tahliliy maqolalar qilib guruhga joylashi mumkin. Eng yaxshilarini telegram kanal va you tubelarimga post qilamiz. Bunday yondashuv ko’pchilik uchun foydali bo’ladi. Masalan, kelayotgan haftada maoshlar, ijtimoiy nafaqalar va bola puli to’g’risida suhbat rejalashtiryapmiz. Kimlarga qiziq bo’lsa shu mavzuda hozirdan guruhda fikrlarini yozishi mumkin. Boshqa davlatlarda qanday solishtirishi, tahliliy maqolalar tayyorlashi, xorijda yashayotgan vatandoshlarimiz o’zlari yashayotgan davlatdagi tartiblar bilan o’rtoqlashishlari mumkin. Eng yaxshi fikrlar yoki tahliliy maqolalarni kanalga joylashtirib boramiz. Boshqa davlatlar tajribasini o’rganish uchun sun’iy intellektdan ham foydalanishlariz mumkin.
Taklif ma’qul bo’lsa, mavzuni yozdim.

👍114💯16🔥14⚡1🤝1
BO’M ning Nizomdagi huquqiy shakli partiya emas, harakat edi. Eng boshidan ustoz Jahongir Muxammad ham, men ham tashqarida partiya ochib bo’lmasligini, shuning uchun avval siyosiy harakat atrofida xalqni birlashtirishimiz, so’ngra kelgusida O’zbekiston ichida tuziladigan siyosiy partiyalarni qo’llab-quvvatlashimizni aytib kelganmiz. Nizomda ham xuddi shunday. O’qimaganlar uchun nizomni qayta o’qishni tavsiya qilaman. Odamlarning huquqiy savodxonligi pastligidan foydalanib, amaldagi hukumat kabi aldamaslikni maslahat beraman. Harakat va Partiyani farqlolmaydiganlar ushbuni o’qishlarini so’rayman:
HARAKAT VA PARTIYA O‘RTASIDAGI FARQ
Ko‘pchilik “siyosiy harakat” va “siyosiy partiya” tushunchalarini bir xil deb o‘ylaydi. Aslida ular maqsad va faoliyat shakliga ko‘ra farqlanadi.
Siyosiy harakat — bu jamiyatni birlashtirish, muammolarni ko‘tarish va siyosiy o‘zgarishlarga undash uchun tuziladigan keng jamoatchilik platformasidir. Harakat:
• xalqni birlashtiradi,
• muammolarni ochiq muhokama qiladi,
• islohotlar talab qiladi,
• kelajakda partiyaga aylanishi mumkin.
Siyosiy partiya esa — davlat siyosiy tizimida rasmiy ishtirok etuvchi tashkilot bo‘lib:
• saylovlarda qatnashadi,
• parlament va hokimiyatga kirishni maqsad qiladi,
• qonuniy ro‘yxatdan o‘tgan bo‘ladi.
Oddiy qilib aytganda:
• Harakat — o‘zgarish uchun kurashni boshlaydi.
• Partiya — o‘sha o‘zgarishlarni davlat boshqaruvi orqali amalga oshiradi.
Ko‘plab demokratik davlatlarda siyosiy partiyalar aynan harakatlar asosida shakllangan.
Harakat — boshlanish.
Partiya — natija.
Ps: bu postni harakat bilan siyosiy partiyani farqiga bormaydigan do’stlarizga jo’nating😉

👍84💯28🔥7
Prezidentda bunday vakolat bormi?
Masalan: Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida (Germaniya, Fransiya, Shvetsiya kabi) prezident yoki bosh vazir hatto eng iqtidorli va muhtoj talabaga ham o‘z ixtiyori bilan byudjetdan uy, mashina yoki $100,000$ naqd pul bera olmaydi.Sababi: Davlat mablag‘lari faqat parlament tasdiqlagan ijtimoiy dasturlar va grantlar orqali sarflanadi.
Talabaning to‘lov qobiliyati yo‘qligi aniqlansa, u "Prezident sovg‘asi"ni emas, balki qonunda belgilangan yordamni oladi.
Agar talaba iqtidorli bo‘lsa, u maxsus fondlardan akademik stipendiya oladi; agar kambag‘al bo‘lsa, ijtimoiy nafaqa yoki foizsiz ta’lim krediti beriladi. Bu tizimda inson omili (prezidentning xohishi) emas, qog‘ozdagi mezonlar rol o‘ynaydi.
Agar rahbar qonunni chetlab o‘tib kimgadir shaxsiy saxovat ko‘rsatsa, bu korrupsiya va vakolatni suiiste’mol qilish deb baholanadi. Bu esa rahbarning iste’fosi va sudlanishi bilan yakunlanadi. Avtoritar davlatlarda jamoatchilik va sudlar bunday jinoyatlarga ko’z yumadi. Oqibatda, diktator o’z reytingini ko’tarish uchun xalqning pullarini o’zinikidek qonunlarga zid tarzda sarflaydi. Qonuniy yordam beradigan institutlar esa ataylab yo’q qilinadi. Bunday harakatlar konstitutsiya va qonunlarga zid tarzda shaxsga sig’inish g’oyasini ommalashtirish maqsadida qilinadi. Aldangan odamlar, prezidentga raxmat deb qolaveradi.

👍106💯46🌚2
Davlat tomonidan bolalarga beriladigan nafaqalar bolaning haqidir va uni davlat har bir bolaga berishga majburdir! Keling, qaysi davlatlarda bola nafaqalari qandayligini ko'rib chiqamiz:
🇩🇪 Germaniya - Kindergeld
bolalar 18 yoshgacha nafaqa puli olishadi. Agar o'qiyotgan bo'lsa 25 yoshgacha.
Bola puli har bir Germaniya rezidentiga beriladi. Germaniya fuqaroligiga ega bo'lsa bo'ldi.
Bola puli miqdori 250 evro.
Bola puli bermaslik uchun hech qanday talab mavjud emas!
🇫🇷 Fransiya - Allocations familiales
mamlakatda qonuniy yashayotgan oilalarning farzandlariga beriladi. Bola puli oiladagi bolalar soni, yoshi, oilaning daromadiga qarab 134 evrodan 500 evrogacha o'zgaradi. Bola pulini bermaslik uchun hech qanday cheklov yo'q!
🇬🇧 Buyuk Britaniya - Child Benefit
Har bir bola 16 yoshgacha, agar o'qiyotgan bo'lsa 20 yoshgacha nafaqa puli oladi. Birinchi farzand 24 funt. Keyingilari, 15,90 funt. Bola pulini bermaslikka hech qanday cheklov yo'q! Ammo, ota-onaning yillik daromadi 50000 funtdan oshsa, bola puli kamayishi mumkin.
🇨🇦 Kanada- Canada Child Benefit
6 yoshgacha har oyda, 620 kanada dollari, 6-17 yoshgacha 520 kanada dollari.
Shartlari, Kanadada yashashi kerak.
Kam daromadli oilalarga bundan ko'proq bola puli chiqadi.
🇺🇸 AQSH - Child Tax Credit
AQSH fuqarosi yoki rezidenti bo'lgan har bir bola 17 yoshgacha yiliga 2000 dollar miqdorida soliq imtiyozlari, ayrim kam daromadli oilalar uchun avans tarzida oyma-oy to'lanadi. Bermaslik uchun hech qanday cheklov yo'q!
🇯🇵 Yaponiya - Jidō Teate
0-3 yoshgacha 15000 yen
3-12 yoshgacha oyiga 10000 yen, uchinchi bolalar 15000 yen
12-15 yoshgacha 10000 yen
Shartlari, ota-ona Yaponiyada yashashi kerak!
🇸🇪Shvetsiya - Barnbidrag
Har bir bola oyiga 110 dollar, ko'p bola bo'lsa qo'shimcha to'lovlar bor.
Shartlari, Shvetsiyada yashovchi ota-onalarga avtomatik ravishda to'lanadi.
🇰🇷 Janubiy Korea - Adong Sudang
0-7 yoshgacha bolalarga har oy 220 dollarga teng bola puli beriladi. Ba'zi hollarda bola puli ikki barobarga oshirib 440 dollargacha berilishi mumkin. Bola pulidan tashqari, tug'ilishni rag'batlantirish uchun oilalarga turli dasturlar asosida bir qator imtiyozlar va moddiy yordamlar beriladi.
Shartlari, J.Korea fuqarolari, rezidentlari, qonuniy tarzda yashayotgan chet ellik oilalar bola puli olishi mumkin. Bola pulini bermaslik uchun cheklov yo'q!
Xullas xorijiy mamlakatlarda bola puli olish uchun ish haqidan spravka va shunga o’xshagan qog’ozlar talab qilinmaydi. Bola tug’ildimi davlat uning haqini beradi.
P.s: O'zbekistonda bola puli qancha va talablari qanday? Fikrlarizni izohlarda yozib qoldiring!

👍66💯22
Uyg’onish
Do’stlar, menda bir taklif bor. Bundan keyin har yakshanba kuni qiladigan muhokama mavzumizni oldindan e’lon qilamiz va shu mavzuga oid fikrlarni hafta davomida guruhda o’rtoqlashamiz. Kimlardir tahliliy maqolalar qilib guruhga joylashi mumkin. Eng yaxshilarini…
“ Maoshlar, nafaqalar va bola puli” mavzusida 1-mart kuni, Toshkent vaqti bilan 20:00 da, @UygonTuron telegram kanalimizda navbatdagi xalq bilan muloqot bo’lib o’tadi. Hozirdan shu mavzuda ko’proq izlanib, jonli suhbatimizda mavzu doirasida foydali ma’lumotlar bilan faol bo’lishlarizni so’rayman. Boshqa davlatlar tajribasini o’rganishni ham tavsiya qilaman.
@UygonTuron
@UygonTuron
👍45👏33🔥7
Germaniyaga ishchi viza bilan kelgan Nozim aka 2 farzandi uchun har oy 520 evro bola puli olarkan. O’zbek so’mida 7 million 500 ming atrofida. Bunday ma’lumotlarni eshitgan yurtdoshlarimiz bolalarini olib Germaniyaga ko’chib kelmasa bo’ldi.
Germaniyada oltin, gaz, neft kabi tabiiy boyliklar yo’q. Byudjet mablag’lari asosan soliqlar hisobiga shakllanadi. Qanday qilib shunday mamlakat nafaqat o’zining vatandoshlariga, hatto xorijdan kelgan mehnat muhojirlarining farzandlariga ham hech qanday shartlarsiz bola puli beryapti? Tabiiy boyliklarga boy O’zbekiston nega o’z aholisiga hatto bola puliyam berolmaydi? Buning sabablari haqida yakshanba kuni, Toshkent vaqti bilan 20:00 da @UygonTuron telegram kanalimizda suhbatlashamiz.
Yana shunday misollar bo’lsa izohlarda yozib qoldiring ✍🏻

👍88💯21🔥11😢2
Qiziq statistikaga ko’zim tushdi. Turkiyada turk erkaklariga turmushga chiqqayotgan xorijiy davlat ayollari orasida Suriya va O’zbekistonlik ayollar peshqadam ekan:
2024 yil turklarga turmushga chiqqan ayollar
1. Suriya-3,519 ta ayol
2. O’zbekiston-3,509 ta ayol
3. Marokash-2,427 ta ayol
2025 yilda turklarga turmushga chiqqan ayollar
1. Suriya-3953 ta ayol
2. O’zbekiston-3925 ta ayol
3. Marokash-2749 ta ayol
Suriyalik ayollarni tushunsa bo’ladi. Ularda urush edi, ko’pchilik urush sabab mamlakatni tark etdi. Erkaklarning ko’pi janglarda vafot etdi. Lekin O’zbekiston tinch mamlakatku, nega Suriyaliklar bilan deyarli barobar bo’lib qoldik? Koreyslar va Hindlarga tegayotgan ayollarimizni hisoblasa Suriyaliklarniyam ortda qoldirib ketamiz.
Qanchalik yashirmaylik bu muammolarning ildizi korrupsiyalashgan hukumat, notog’ri boshqaruv va avtoritar tuzum sabab yuzaga kelgan iqtisodiy tanazzulga borib taqaladi. Muxolifat bo’lmas ekan, xalq birlashib siyosiy maydonda o’z haqini talab qilishni o’rganmas ekan bu muammolar yanada ortadiki aslo kamaymaydi.

👍93💯28😢6🤝1
Siège social & Administrateurs.pdf
139.7 KB
Birlashgan O’zbek Muxolifati shaxslar emas, g’oya ustiga qurilgan. Bu g’oya atrofida xalqimizni birlashtirish uchun ozmi-ko’pmi mehnatimiz singdi. Arzimas bir chatdagi logoni o’zgartirdiz deb katta janjal chiqargan Shoira opamiz, men harakatni sizdan tez ro’yxatdan o’tkaza olaman degan da’volariga xo’p deb harakatni ularga qoldirib, hatto kanal va guruhlarni ham topshirdik. Biroq ular g’oya qolib ketib shu kungacha bizni qoralash va bizga qarshi turli fisqu fasodlar tarqatishdan boshqa tayinli ish ko’rsatishmadi. Ro’yxatdan o’tkazgan markazlari haqida jamoatchilikka izoh bermadilar. Xalqni aldasak bo’ladi deb voqelikka juda past baho berdilar. Bugun ochiqlik asrida yashayapmiz. Odamlar bemalol istalgan ma’lumotlarni topib biladilar. Ya’ni bugun xalqni aldab bo’lmaydi. E’tiboringizga Shoira opa ro’yxatdan o’tkazgan va xalqdan yashirgan “O’zbek tashabbuslari markazi” ning guvohnomasi va nizomini taqdim qilaman. Ushbu hujjatlarda markaz asoschilari
Sara Yasavi, Ziyad Hussian, Mirkamol Yuldashov kabi BO’Mga aloqasi bo’lmagan begona ism-shariflarni ko’rish mumkin. Nizomga qaralsa bu BO’M hay’at a’zolari jamoatchilikka e’lon qilgan nizom emas. Nizomda bu markaz kelgusida hech qanday muxolifat harakati emas, ko’proq konsalting xizmatini ko’rsatadigan NNT ekanini anglash mumkin. Xullas yolg’onning umri qisqa, do’stlar. Bugun 90-yillar emas, sal dunyoqarashni o’zgartiringlar, bizlarga ishonib, umid bilan kelgan odamlarni aldashni bas qilinglar. Maqsadlaring soqqa qilish bo’lsa borib boshqa joyda qilinglar. Muxolifatni nomini sotib, xalqni ishonchini suiste’mol qilmanglar. BO’M Jahongir Muhammadning xalqqa chaqiriqlari bilan Muxolif kuch bo’lib tashkil topdi. Afsuski, buni boshqacha tushunganlar va dardi umuman boshqa bo’lganlar safimizni to’ldirganini ko’rib, har ikkimiz ham bu safdan chiqishga qaror qilgandik. Ammo kurashda davom etamiz, muxolifat harakati albatta tashkil topadi faqat ko’zi to’q, niyati pok, xalqim degan yosh avlod bilan!
P.s: Hujjatlar haqiqiyligini ushbu havola orqali kirib tekshirishlariz mumkin👇🏻
https://ised-isde.canada.ca/cc/lgcy/fdrlCrpDtls.html?p=0&corpId=17721790&crpNm=&crpNmbr=1772179-0&bsNmbr=&cProv=&cStatus=&cAct=

👍72🔥29💯14😢4🤔3👏1
Olomon hech qachon haqiqatga intilmagan, u hammasiga guvoh bo'lib tursada, o'zi qabul qilolmagan haqiqatlardan yuz o'g'iradi va aksincha, agar yolg'on u uchun qulay bo'lsa, yolg'onga ibodat qilishni afzal biladi. Olomonni qanday qilib yo'ldan ozdirishni biladigan kishi, osonlik bilan uning hukmdori bo'ladi. Kim uni haqiqatga yaqinlashtirmoqchi bo'lsa, uning qurboni bo'ladi.
Gustav Lebon "Xalqlar va omma psixologiyasi"
@UygonTuron
Gustav Lebon "Xalqlar va omma psixologiyasi"
@UygonTuron
💯74👍56🔥7👏1
Dunyo davlatlarida nafaqa miqdori va xarid quvvati (2026-yil)
Turli davlatlardagi o‘rtacha nafaqa miqdori va ushbu pulga qancha go‘sht (mol go‘shti) sotib olish mumkinligi haqida qisqa tahlil:
🇺🇸 AQSH: $2,071 nafaqa | 138 kg go‘sht.
🇩🇪 Germaniya: $1,650 nafaqa | 100 kg go‘sht.
🇫🇷 Fransiya: $1,600 nafaqa | 85 kg go‘sht.
🇹🇷 Turkiya: $400 nafaqa | 20 kg go‘sht.
🇰🇿 Qozog‘iston: $285 nafaqa | 38 kg go‘sht.
🇺🇿 O‘zbekiston: $105 nafaqa | 13 kg go‘sht.
Ps: Nega shukur va sabr qilib yashaydigan O’zbekistonliklar juda oz nafaqa olishadi? Bu haqida bugun, Toshkent vaqti bilan 20:00 da, @UygonTuron telegram kanalida gaplashamiz.

👍70😢17
Do’stlar, ushbu karta raqam Achchiq TV orqali xalqimizga tanish Kamoliddin Halimjonovning oila a’zolariga tegishli. U ayni paytda faolligi sabab soxta ayblovlar bilan jazo muddatini o’tayapti. Oilasining yolg’iz boquvchisi bo’lgani uchun oila a’zolarini qo’llab-quvvatlashimiz muhim deb bilaman. Har yakshanba xuddi shunday faolligi uchun qamalgan boshqa yurtdoshlarimizniyam oila a’zolariga tegishli karta raqamlarini qo’yib boramiz. Shu yo’l bilan jamiyatda siyosiy faollarni moddiy qo’llash immunitetini shakllantirishni maqsad qildik. Bu ishlarni fond ochmasdan ham qilsak bo’ladi va menimcha shu yo’l shaffof va ishonchli bo’ladi.
Birlashsak katta kuchmiz 👊🏻
5440810377460109
Altinov Abdurahim
@UygonTuron
Birlashsak katta kuchmiz 👊🏻
5440810377460109
Altinov Abdurahim
@UygonTuron
👍109💯19⚡5👏2🤝2
Yurtdoshlarimizdan yuqoridagi karta raqamga 834 ming miqdorda pul tushibdi. Ehson qilganlardan Alloh rozi bo’lsin.
@UygonTuron
@UygonTuron
👍94😢10👎1