Uyg’onish
1.46K subscribers
103 photos
18 videos
2 files
50 links
Asliddin Kamolning yagona telegrami👉🏻@k_A_i_4
Boshqa barcha telegram sahifalar soxta.
Download Telegram
Bugun telegram kanalim va guruhim bloklandi. Buni qanday qilishdi?

Bugun tongda avvaldan guruhda izohlar qoldirib yurgan bir necha foydalanuvchi bir vaqtning o’zida eski izohlarini barchasini tahrirlaydi. Tahrirlangan izohlarda ular ommaviy telegram qoidalariga zid targ’ibotlarni yozishadi. Ya’ni bolalarning jinsiy zo’rlangan videolarini sotish, soxta bank hujjatlari sotish va shunga o’xshagan ham O’zbekiston Respublikasi qonunlariga zid, ham Xalqaro qonunlarga zid ishlarga qo’l urishadi. Keyin o’zlari go’yoki bu jinoyatlarini kanal ma’muriyatiga to’nkab telegramga shikoyat yuborishgan. Telegram avtomatik tarzda kanal, guruh va sahifamni vaqtincha blokladi. Apellaytsiya tartibida bergan shikoyatlarimdan keyin barchasi qayta tiklandi. Landovurlar maqsadlariga yetolmadilar. Ammo bu ishlari bilan ular Mirziyoyev hukumati va kuch tuzilmalari so’z erkinligiga qarshi naqadar tuban va pastkash ekanligini yana bir bor isbotlashdi. Bizga qarshi hech mard bo’lib kurashishni o’rganmadi bu sharafsizlar.

@UygonTuron
💯92👍49👏6🤔6🔥3👎1
Live stream started
Jonli yoyin boshlandi
👍77🔥6👎2
Uyg’onish pinned «Jonli yoyin boshlandi»
Live stream finished (1 hour)
Hatto so’zimizdan qo’rqishadi.

Birlashsak katta kuchmiz 👊🏻

@UygonTuron
👍104🔥20💯14👏3👎21
Biz chekinganimiz yo’q va dushmanlarimiz ham bizga qarshi kurashdan zarracha to’xtashgani yo’q. Bugunning o’zida uchta soxta shikoyat, kechagi suhbatimizda 20 mingdan ortiq trollar armiyasi tashlanishi, yangi telegram kanalimizni bloklashga urinishlari, bobigiyu, eshagiyu, cho’chqalari haliyam hangrab yotgani, Respublikada hanuz dxx va iiv xodimlari tarafdorlarimizni ortidan itdek izg’ib yurishi, bularning hammasi ular kimdan ko’proq qo’rqishayotganini, kimni lider deb ko’rishayotganini ko’rsatadi.

Haqiqiy liderlarni do’stlaridan avval dushmanlari tan olgan bo’ladi. Mansab, obro’ talashuvchilarni esa vaqtni o’zi axlat qutisiga uloqtiradi.

@UygonTuron
💯91👍50
Yutug’imiz haqida qisqacha:

Muxolifat harakatini boshlashimiz bilan respublika bo’ylab butun boshli dxx va iiv terrorizmga qarshi kurash bo’limlari 🐶 lari bizga qarshi safarbar qilindi. Har bir 🐶 ga muxolifatni qo’llayotgan yurtdoshlarimizni tarmoqlardan shaxsini aniqlab, uyiga borib qo’rqitib qo’yish bo’yicha kunlik norma belgilandi. Hozirgacha ular uyma-uy izg’ib, qo’llovchilarimizni qonunlarga zid tarzda qo’rqitishayotgani, vakolatlaridan chetga chiqib turli bosimlar qilishayotgani to’g’risida bugungacha xabarlar kelib turibdi.

Respublika bo’yicha terrorizm bo’limi 🐶 lari bungacha nima bilan band bo’lishardi? Ular “rezultat” uchun har kuni begunoh yurtdoshlarimizni topib, soxta ayblovlar ilib, qamash bilan band bo’lishardi. Ushbu bo’lim faoliyatidan yaqindan xabardorlar bularni bilishadi. Qisqa muddatdagi faoliyatimiz davomida ularni o’zimiz bilan ovora qiloldik va ular tomonidan soxta ayblovlar bilan qamalishi mumkin bo’lgan yuzlab yurtdoshlarimizni asrab qololdik deb o’ylayman. Hozir ular kimni terroristga chiqarib qamasam degan fikrdan uzoqda, chunki tepadan kelayotgan topshiriqlar boshqacha. Bu bizning ko’zga ko’rinmas g’alabalarimizdan bittasi.

BOM dan ketib BOMchilarga qilgan eng katta yaxshiligim esa barcha trollar-u, bobiklarni o’zim bilan olib ketdim. Ya’ni BOMdan yolg’iz o’zim ketganim yo’q. Ularga qarshi tashlangan barcha kuchlar bugun men bilan. Spamlar, trollinglar, haqoratlar, fisqu-fasod mashinalari bugun menga qarshi tashlangan. BOMchilar bilan hech bir 🐶 ning ishi bo’lmay qoldi. Shunday ekan imkoniyatdan to’g’ri foydalaninglar. Barcha 🐶 lar men bilan ovora ekan sizlar otlaringni qamchilanglar, bitta joyda qotib qolmay. Hadeb menikiga osilavermay.

✍🏻Asliddin Kamol

@UygonTuron
🔥63💯39👍31👏64
Mana Mirziyoyev ham yoshlar bilan muloqotni boshlab yubordi.

@UygonTuron
🤔50👍38👏82🌚2
Boy berilgan 35 yil: O‘zbekiston qanday davlat bo‘lishi mumkin edi?

O‘zbekiston o‘z mustaqilligini e’lon qilganida, Markaziy Osiyodagi eng yirik sanoat bazasiga, eng ko‘p aholiga va strategik xomashyolarga (oltin, gaz, paxta) ega edi. Agar bu resurslar "halol boshqaruv" filtri orqali o‘tkazilganda, bizning iqtisodiy ko‘rsatkichlarimiz bugun quyidagicha ko‘rinish berardi:

1. Iqtisodiy quvvat va YaIM

Bugungi kunda O‘zbekistonning YaIM (yalpi ichki mahsuloti) taxminan 100-110 milliard dollar atrofida. Ammo, agar iqtisodiy islohotlar 1990-yillarda Janubiy Koreya yoki Boltiqbo‘yi davlatlari kabi amalga oshirilganda:

Taxminiy YaIM: Kamida 350-400 milliard dollar.
Aholi jon boshiga daromad: Hozirgi $2,500 o‘rniga $10,000–$12,000 (bu hozirgi darajadan 4-5 baravar yuqori degani).
Valyuta barqarorligi: Inflyatsiya bir xonali raqamlarda saqlanib, so‘m xalqaro miqyosda ayirboshlanadigan nufuzli valyutaga aylangan bo‘lardi.

2. Korrupsiya reytingi

Hozirda O‘zbekiston "Transparency International" reytingida 180 davlat ichida 121-o‘rin atrofida (avvalroq 150-o‘rinlarda edi).

Ideal ssenariyda: Agar tizim halol ishlaganda, biz top-30 talikka kirgan bo‘lardik (Estoniya yoki Yevropa Davlatlari kabi).
Natija: Budjetdan o‘g‘irlangan milliardlab dollar mablag‘lar xorijiy bank hisoblariga emas, balki zamonaviy maktablar, shifoxonalar va yuqori texnologiyali zavodlarga yo‘naltirilgan bo‘lardi.

3. Inson kapitali va migratsiya

Eng og‘riqli nuqta bugungi kunda millionlab urtdoshimizning xorijda qora mehnat qilayotganidir.

Halol tizimda O‘zbekiston ishchi kuchi eksport qiluvchi emas, investitsiya va aqllarni jalb qiluvchi markazga aylanardi. O‘zbek yoshlari Moskva ko‘chalarida emas, Toshkentdagi IT-parklar va zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarida yuqori maosh olib ishlagan bo‘lishardi.

Diktatura: Davlatni parokanda qiluvchi "ko‘rinmas ofat"

Diktatura va yopiq boshqaruv tizimi davlatni uchta asosiy yo‘nalishda halokatga yetaklaydi:

1. Tanlovning yo‘qligi (Negativ seleksiya): Diktatura sharoitida rahbarlikka aqllilar emas, balki "sodiqlar" keladi. Bu esa davlat boshqaruvida intellektual darajaning pasayishiga va strategik xatolarga sabab bo‘ladi.
2. Mulk huquqining yo‘qligi: Hech kim o‘z mulki daxlsizligiga ishonmaydi. Bu esa tadbirkorni investitsiya kiritishdan to‘xtatadi. Odamlar pulini O‘zbekistonga tikish o‘rniga, xorijga olib chiqib ketishga harakat qiladi.
3. Ijtimoiy degradatsiya: Adolatsizlikni ko‘rgan xalqda "vatanparvarlik" tuyg‘usi so‘nadi. Jamiyatda "faqat o‘g‘irlik bilan boyish mumkin" degan noto‘g‘ri tushuncha ildiz otadi, bu esa millatning ma’naviy parokandaligidir.

Xulosa: Agar biz 34 yil davomida halollik va erkin bozor yo‘lidan borganimizda, bugun O‘zbekiston "Markaziy Osiyo yo‘lbarsi" maqomida, aholisi farovon va dunyo tan olgan qudratli davlat bo‘lar edi. Diktatura sabab, biz nafaqat moddiy yoki ma’naviy, balki eng qimmatli narsa vaqtni ham boy berdik.

@UygonTuron
👍88💯40🔥7🌚31
Uyg’onish
Mana Mirziyoyev ham yoshlar bilan muloqotni boshlab yubordi. @UygonTuron
Endi har payshanba yoshlar bilan muloqot kuni deb e’lon qilindi. Amaldorlar shu kunda joylarga chiqib, yoshlar bilan muloqot qilishi belgilandi.

Muxolifat hali shakllanmagan bo’lsada Mirziyoyevni o’rnidan qimirlata oldi. Endi tasavvur qiling birlashsak qanday katta kuchga aylanishimizni.

@UygonTuron
👍150💯55🔥82🤝2👎1
Birlashgan O’zbek Muxolifatining jamoatchilikka e’lon qilingan nizom va dasturida uning nomi “Birlashgan O’zbek Muxolifati” deb yuritilishi belgilangan edi. Ammo bugungi hujjatda nom o’zgarganini ko’rish mumkin. E’lon qilingan hujjatga qaralsa, tashkilot nizomda ko’rsatilgandek muxolifat harakati emas, oddiy markaz sifatida ro’yxatdan o’tgan. Muxolifat harakatining sobiq raisi sifatida jamoatchilikni qiziqtirayotgan savol meniyam qiziqtiryapti:
1. Nizom va dastur Hay’at yig’ilishida o’zgartirildimi?
2. Nega bu haqida jamoatchilikka e’lon qilinmadi?
3. Avvalgi nizomga zid tarzda boshqa nom bilan va boshqa faoliyat turi sifatida ro’yxatdan o’tkazish nizom talablariga zid emasmi? Bu o’zboshimchalik uchun javobgarlikni kim o’z bo’yniga oladi?
4. Jamoatchilikka e’lon qilingan nom bilan rasmiy hujjatdagi nom boshqa ekan, endilikda markaz rahbariyati muxolifat harakatiga da’vo qilolmasligini biladimi?

Xullas, Birlashgan O’zbek Muxolifati degan nomdan voz kechishibdi. Demakki bu nom haliyam egasiz. Kimlar shu nom bilan muxolifat harakatini ro’yxatdan o’tkazsa, qonuniy egalari o’shalar bo’lishadi.

@UygonTuron
👍6144🤝3
Do’stlar, menda bir taklif bor.

Bundan keyin har yakshanba kuni qiladigan muhokama mavzumizni oldindan e’lon qilamiz va shu mavzuga oid fikrlarni hafta davomida guruhda o’rtoqlashamiz. Kimlardir tahliliy maqolalar qilib guruhga joylashi mumkin. Eng yaxshilarini telegram kanal va you tubelarimga post qilamiz. Bunday yondashuv ko’pchilik uchun foydali bo’ladi. Masalan, kelayotgan haftada maoshlar, ijtimoiy nafaqalar va bola puli to’g’risida suhbat rejalashtiryapmiz. Kimlarga qiziq bo’lsa shu mavzuda hozirdan guruhda fikrlarini yozishi mumkin. Boshqa davlatlarda qanday solishtirishi, tahliliy maqolalar tayyorlashi, xorijda yashayotgan vatandoshlarimiz o’zlari yashayotgan davlatdagi tartiblar bilan o’rtoqlashishlari mumkin. Eng yaxshi fikrlar yoki tahliliy maqolalarni kanalga joylashtirib boramiz. Boshqa davlatlar tajribasini o’rganish uchun sun’iy intellektdan ham foydalanishlariz mumkin.

Taklif ma’qul bo’lsa, mavzuni yozdim.

@UygonTuron
👍114💯16🔥141🤝1
BO’M ning Nizomdagi huquqiy shakli partiya emas, harakat edi. Eng boshidan ustoz Jahongir Muxammad ham, men ham tashqarida partiya ochib bo’lmasligini, shuning uchun avval siyosiy harakat atrofida xalqni birlashtirishimiz, so’ngra kelgusida O’zbekiston ichida tuziladigan siyosiy partiyalarni qo’llab-quvvatlashimizni aytib kelganmiz. Nizomda ham xuddi shunday. O’qimaganlar uchun nizomni qayta o’qishni tavsiya qilaman. Odamlarning huquqiy savodxonligi pastligidan foydalanib, amaldagi hukumat kabi aldamaslikni maslahat beraman. Harakat va Partiyani farqlolmaydiganlar ushbuni o’qishlarini so’rayman:

HARAKAT VA PARTIYA O‘RTASIDAGI FARQ

Ko‘pchilik “siyosiy harakat” va “siyosiy partiya” tushunchalarini bir xil deb o‘ylaydi. Aslida ular maqsad va faoliyat shakliga ko‘ra farqlanadi.

Siyosiy harakat — bu jamiyatni birlashtirish, muammolarni ko‘tarish va siyosiy o‘zgarishlarga undash uchun tuziladigan keng jamoatchilik platformasidir. Harakat:
• xalqni birlashtiradi,
• muammolarni ochiq muhokama qiladi,
• islohotlar talab qiladi,
• kelajakda partiyaga aylanishi mumkin.

Siyosiy partiya esa — davlat siyosiy tizimida rasmiy ishtirok etuvchi tashkilot bo‘lib:
• saylovlarda qatnashadi,
• parlament va hokimiyatga kirishni maqsad qiladi,
• qonuniy ro‘yxatdan o‘tgan bo‘ladi.

Oddiy qilib aytganda:
• Harakat — o‘zgarish uchun kurashni boshlaydi.
• Partiya — o‘sha o‘zgarishlarni davlat boshqaruvi orqali amalga oshiradi.

Ko‘plab demokratik davlatlarda siyosiy partiyalar aynan harakatlar asosida shakllangan.

Harakat — boshlanish.
Partiya — natija.

Ps: bu postni harakat bilan siyosiy partiyani farqiga bormaydigan do’stlarizga jo’nating😉

@UygonTuron
👍84💯28🔥7
Prezidentda bunday vakolat bormi?

Masalan: Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida (Germaniya, Fransiya, Shvetsiya kabi) prezident yoki bosh vazir hatto eng iqtidorli va muhtoj talabaga ham o‘z ixtiyori bilan byudjetdan uy, mashina yoki $100,000$ naqd pul bera olmaydi.Sababi: Davlat mablag‘lari faqat parlament tasdiqlagan ijtimoiy dasturlar va grantlar orqali sarflanadi.

Talabaning to‘lov qobiliyati yo‘qligi aniqlansa, u "Prezident sovg‘asi"ni emas, balki qonunda belgilangan yordamni oladi.
Agar talaba iqtidorli bo‘lsa, u maxsus fondlardan akademik stipendiya oladi; agar kambag‘al bo‘lsa, ijtimoiy nafaqa yoki foizsiz ta’lim krediti beriladi. Bu tizimda inson omili (prezidentning xohishi) emas, qog‘ozdagi mezonlar rol o‘ynaydi.

Agar rahbar qonunni chetlab o‘tib kimgadir shaxsiy saxovat ko‘rsatsa, bu korrupsiya va vakolatni suiiste’mol qilish deb baholanadi. Bu esa rahbarning iste’fosi va sudlanishi bilan yakunlanadi. Avtoritar davlatlarda jamoatchilik va sudlar bunday jinoyatlarga ko’z yumadi. Oqibatda, diktator o’z reytingini ko’tarish uchun xalqning pullarini o’zinikidek qonunlarga zid tarzda sarflaydi. Qonuniy yordam beradigan institutlar esa ataylab yo’q qilinadi. Bunday harakatlar konstitutsiya va qonunlarga zid tarzda shaxsga sig’inish g’oyasini ommalashtirish maqsadida qilinadi. Aldangan odamlar, prezidentga raxmat deb qolaveradi.

@UygonTuron
👍106💯46🌚2
Davlat tomonidan bolalarga beriladigan nafaqalar bolaning haqidir va uni davlat har bir bolaga berishga majburdir! Keling, qaysi davlatlarda bola nafaqalari qandayligini ko'rib chiqamiz:

🇩🇪 Germaniya - Kindergeld

bolalar 18 yoshgacha nafaqa puli olishadi. Agar o'qiyotgan bo'lsa 25 yoshgacha.
Bola puli har bir Germaniya rezidentiga beriladi. Germaniya fuqaroligiga ega bo'lsa bo'ldi.
Bola puli miqdori 250 evro.
Bola puli bermaslik uchun hech qanday talab mavjud emas!

🇫🇷 Fransiya - Allocations familiales

mamlakatda qonuniy yashayotgan oilalarning farzandlariga beriladi. Bola puli oiladagi bolalar soni, yoshi, oilaning daromadiga qarab 134 evrodan 500 evrogacha o'zgaradi. Bola pulini bermaslik uchun hech qanday cheklov yo'q!

🇬🇧 Buyuk Britaniya - Child Benefit

Har bir bola 16 yoshgacha, agar o'qiyotgan bo'lsa 20 yoshgacha nafaqa puli oladi. Birinchi farzand 24 funt. Keyingilari, 15,90 funt. Bola pulini bermaslikka hech qanday cheklov yo'q! Ammo, ota-onaning yillik daromadi 50000 funtdan oshsa, bola puli kamayishi mumkin.

🇨🇦 Kanada- Canada Child Benefit

6 yoshgacha har oyda, 620 kanada dollari, 6-17 yoshgacha 520 kanada dollari.
Shartlari, Kanadada yashashi kerak.
Kam daromadli oilalarga bundan ko'proq bola puli chiqadi.

🇺🇸 AQSH - Child Tax Credit

AQSH fuqarosi yoki rezidenti bo'lgan har bir bola 17 yoshgacha yiliga 2000 dollar miqdorida soliq imtiyozlari, ayrim kam daromadli oilalar uchun avans tarzida oyma-oy to'lanadi.  Bermaslik uchun hech qanday cheklov yo'q!

🇯🇵 Yaponiya - Jidō Teate

0-3 yoshgacha 15000 yen
3-12 yoshgacha oyiga 10000 yen, uchinchi bolalar 15000 yen
12-15 yoshgacha 10000 yen
Shartlari, ota-ona Yaponiyada yashashi kerak!

🇸🇪Shvetsiya - Barnbidrag

Har bir bola oyiga 110 dollar, ko'p bola bo'lsa qo'shimcha to'lovlar bor.

Shartlari, Shvetsiyada yashovchi ota-onalarga avtomatik ravishda to'lanadi.

🇰🇷 Janubiy Korea - Adong Sudang

0-7 yoshgacha bolalarga har oy 220 dollarga teng bola puli beriladi. Ba'zi hollarda bola puli ikki barobarga oshirib 440 dollargacha berilishi mumkin. Bola pulidan tashqari, tug'ilishni rag'batlantirish uchun oilalarga turli dasturlar asosida bir qator imtiyozlar va moddiy yordamlar beriladi.
Shartlari, J.Korea fuqarolari, rezidentlari, qonuniy tarzda yashayotgan chet ellik oilalar bola puli olishi mumkin. Bola pulini bermaslik uchun cheklov yo'q!

Xullas xorijiy mamlakatlarda bola puli olish uchun ish haqidan spravka va shunga o’xshagan qog’ozlar talab qilinmaydi. Bola tug’ildimi davlat uning haqini beradi.

P.s: O'zbekistonda bola puli qancha va talablari qanday? Fikrlarizni izohlarda yozib qoldiring!

@UygonTuron
👍66💯22
Uyg’onish
Do’stlar, menda bir taklif bor. Bundan keyin har yakshanba kuni qiladigan muhokama mavzumizni oldindan e’lon qilamiz va shu mavzuga oid fikrlarni hafta davomida guruhda o’rtoqlashamiz. Kimlardir tahliliy maqolalar qilib guruhga joylashi mumkin. Eng yaxshilarini…
Maoshlar, nafaqalar va bola puli” mavzusida 1-mart kuni, Toshkent vaqti bilan 20:00 da, @UygonTuron telegram kanalimizda navbatdagi xalq bilan muloqot bo’lib o’tadi. Hozirdan shu mavzuda ko’proq izlanib, jonli suhbatimizda mavzu doirasida foydali ma’lumotlar bilan faol bo’lishlarizni so’rayman. Boshqa davlatlar tajribasini o’rganishni ham tavsiya qilaman.

@UygonTuron
👍45👏33🔥7