Uyg’onish
1.46K subscribers
103 photos
18 videos
2 files
50 links
Asliddin Kamolning yagona telegrami👉🏻@k_A_i_4
Boshqa barcha telegram sahifalar soxta.
Download Telegram
Aliyevning 50 ming kishilik trollar armiyasi mavjud deydi Oksford Universiteti tahlilchilari. Ularning tadqiqotlariga ko’ra talabalar, kuch tuzilmalari zobitlari va byudjet tashkilotlari xodimlaridan tashkil topgan 50 ming kishilik trollar armiyasi tarmoqda Aliyevni madh qilish, uning muxoliflarini obro’sizlantirish ishlari bilan faol shug’ullanib kelishadi.

P.s: Diktatorlarga tekkan kasal ekan xullas, pastkashlik, sharafsizlik va har qanday jirkanchliklardan qaytmaslik.

@UygonTuron
👍90💯42👏4👎2
Forwarded from Homidov Gapiradi 🔞
Temurmalik Toshmuhamedov sheri
Abdunosir Homidov oʻqidi🎤
👍67🔥19😢8👎2💯1
Alhamdullilah, telegram kanalim va guruhim qisqa muddat bloklandi va hozir qayta tiklashga muvoffaq bo’ldik.

@UygonTuron
👍93👏21👎3🔥3🌚1
Bugun telegram kanalim va guruhim bloklandi. Buni qanday qilishdi?

Bugun tongda avvaldan guruhda izohlar qoldirib yurgan bir necha foydalanuvchi bir vaqtning o’zida eski izohlarini barchasini tahrirlaydi. Tahrirlangan izohlarda ular ommaviy telegram qoidalariga zid targ’ibotlarni yozishadi. Ya’ni bolalarning jinsiy zo’rlangan videolarini sotish, soxta bank hujjatlari sotish va shunga o’xshagan ham O’zbekiston Respublikasi qonunlariga zid, ham Xalqaro qonunlarga zid ishlarga qo’l urishadi. Keyin o’zlari go’yoki bu jinoyatlarini kanal ma’muriyatiga to’nkab telegramga shikoyat yuborishgan. Telegram avtomatik tarzda kanal, guruh va sahifamni vaqtincha blokladi. Apellaytsiya tartibida bergan shikoyatlarimdan keyin barchasi qayta tiklandi. Landovurlar maqsadlariga yetolmadilar. Ammo bu ishlari bilan ular Mirziyoyev hukumati va kuch tuzilmalari so’z erkinligiga qarshi naqadar tuban va pastkash ekanligini yana bir bor isbotlashdi. Bizga qarshi hech mard bo’lib kurashishni o’rganmadi bu sharafsizlar.

@UygonTuron
💯92👍49👏6🤔6🔥3👎1
Live stream started
Jonli yoyin boshlandi
👍77🔥6👎2
Uyg’onish pinned «Jonli yoyin boshlandi»
Live stream finished (1 hour)
Hatto so’zimizdan qo’rqishadi.

Birlashsak katta kuchmiz 👊🏻

@UygonTuron
👍104🔥20💯14👏3👎21
Biz chekinganimiz yo’q va dushmanlarimiz ham bizga qarshi kurashdan zarracha to’xtashgani yo’q. Bugunning o’zida uchta soxta shikoyat, kechagi suhbatimizda 20 mingdan ortiq trollar armiyasi tashlanishi, yangi telegram kanalimizni bloklashga urinishlari, bobigiyu, eshagiyu, cho’chqalari haliyam hangrab yotgani, Respublikada hanuz dxx va iiv xodimlari tarafdorlarimizni ortidan itdek izg’ib yurishi, bularning hammasi ular kimdan ko’proq qo’rqishayotganini, kimni lider deb ko’rishayotganini ko’rsatadi.

Haqiqiy liderlarni do’stlaridan avval dushmanlari tan olgan bo’ladi. Mansab, obro’ talashuvchilarni esa vaqtni o’zi axlat qutisiga uloqtiradi.

@UygonTuron
💯91👍50
Yutug’imiz haqida qisqacha:

Muxolifat harakatini boshlashimiz bilan respublika bo’ylab butun boshli dxx va iiv terrorizmga qarshi kurash bo’limlari 🐶 lari bizga qarshi safarbar qilindi. Har bir 🐶 ga muxolifatni qo’llayotgan yurtdoshlarimizni tarmoqlardan shaxsini aniqlab, uyiga borib qo’rqitib qo’yish bo’yicha kunlik norma belgilandi. Hozirgacha ular uyma-uy izg’ib, qo’llovchilarimizni qonunlarga zid tarzda qo’rqitishayotgani, vakolatlaridan chetga chiqib turli bosimlar qilishayotgani to’g’risida bugungacha xabarlar kelib turibdi.

Respublika bo’yicha terrorizm bo’limi 🐶 lari bungacha nima bilan band bo’lishardi? Ular “rezultat” uchun har kuni begunoh yurtdoshlarimizni topib, soxta ayblovlar ilib, qamash bilan band bo’lishardi. Ushbu bo’lim faoliyatidan yaqindan xabardorlar bularni bilishadi. Qisqa muddatdagi faoliyatimiz davomida ularni o’zimiz bilan ovora qiloldik va ular tomonidan soxta ayblovlar bilan qamalishi mumkin bo’lgan yuzlab yurtdoshlarimizni asrab qololdik deb o’ylayman. Hozir ular kimni terroristga chiqarib qamasam degan fikrdan uzoqda, chunki tepadan kelayotgan topshiriqlar boshqacha. Bu bizning ko’zga ko’rinmas g’alabalarimizdan bittasi.

BOM dan ketib BOMchilarga qilgan eng katta yaxshiligim esa barcha trollar-u, bobiklarni o’zim bilan olib ketdim. Ya’ni BOMdan yolg’iz o’zim ketganim yo’q. Ularga qarshi tashlangan barcha kuchlar bugun men bilan. Spamlar, trollinglar, haqoratlar, fisqu-fasod mashinalari bugun menga qarshi tashlangan. BOMchilar bilan hech bir 🐶 ning ishi bo’lmay qoldi. Shunday ekan imkoniyatdan to’g’ri foydalaninglar. Barcha 🐶 lar men bilan ovora ekan sizlar otlaringni qamchilanglar, bitta joyda qotib qolmay. Hadeb menikiga osilavermay.

✍🏻Asliddin Kamol

@UygonTuron
🔥63💯39👍31👏64
Mana Mirziyoyev ham yoshlar bilan muloqotni boshlab yubordi.

@UygonTuron
🤔50👍38👏82🌚2
Boy berilgan 35 yil: O‘zbekiston qanday davlat bo‘lishi mumkin edi?

O‘zbekiston o‘z mustaqilligini e’lon qilganida, Markaziy Osiyodagi eng yirik sanoat bazasiga, eng ko‘p aholiga va strategik xomashyolarga (oltin, gaz, paxta) ega edi. Agar bu resurslar "halol boshqaruv" filtri orqali o‘tkazilganda, bizning iqtisodiy ko‘rsatkichlarimiz bugun quyidagicha ko‘rinish berardi:

1. Iqtisodiy quvvat va YaIM

Bugungi kunda O‘zbekistonning YaIM (yalpi ichki mahsuloti) taxminan 100-110 milliard dollar atrofida. Ammo, agar iqtisodiy islohotlar 1990-yillarda Janubiy Koreya yoki Boltiqbo‘yi davlatlari kabi amalga oshirilganda:

Taxminiy YaIM: Kamida 350-400 milliard dollar.
Aholi jon boshiga daromad: Hozirgi $2,500 o‘rniga $10,000–$12,000 (bu hozirgi darajadan 4-5 baravar yuqori degani).
Valyuta barqarorligi: Inflyatsiya bir xonali raqamlarda saqlanib, so‘m xalqaro miqyosda ayirboshlanadigan nufuzli valyutaga aylangan bo‘lardi.

2. Korrupsiya reytingi

Hozirda O‘zbekiston "Transparency International" reytingida 180 davlat ichida 121-o‘rin atrofida (avvalroq 150-o‘rinlarda edi).

Ideal ssenariyda: Agar tizim halol ishlaganda, biz top-30 talikka kirgan bo‘lardik (Estoniya yoki Yevropa Davlatlari kabi).
Natija: Budjetdan o‘g‘irlangan milliardlab dollar mablag‘lar xorijiy bank hisoblariga emas, balki zamonaviy maktablar, shifoxonalar va yuqori texnologiyali zavodlarga yo‘naltirilgan bo‘lardi.

3. Inson kapitali va migratsiya

Eng og‘riqli nuqta bugungi kunda millionlab urtdoshimizning xorijda qora mehnat qilayotganidir.

Halol tizimda O‘zbekiston ishchi kuchi eksport qiluvchi emas, investitsiya va aqllarni jalb qiluvchi markazga aylanardi. O‘zbek yoshlari Moskva ko‘chalarida emas, Toshkentdagi IT-parklar va zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarida yuqori maosh olib ishlagan bo‘lishardi.

Diktatura: Davlatni parokanda qiluvchi "ko‘rinmas ofat"

Diktatura va yopiq boshqaruv tizimi davlatni uchta asosiy yo‘nalishda halokatga yetaklaydi:

1. Tanlovning yo‘qligi (Negativ seleksiya): Diktatura sharoitida rahbarlikka aqllilar emas, balki "sodiqlar" keladi. Bu esa davlat boshqaruvida intellektual darajaning pasayishiga va strategik xatolarga sabab bo‘ladi.
2. Mulk huquqining yo‘qligi: Hech kim o‘z mulki daxlsizligiga ishonmaydi. Bu esa tadbirkorni investitsiya kiritishdan to‘xtatadi. Odamlar pulini O‘zbekistonga tikish o‘rniga, xorijga olib chiqib ketishga harakat qiladi.
3. Ijtimoiy degradatsiya: Adolatsizlikni ko‘rgan xalqda "vatanparvarlik" tuyg‘usi so‘nadi. Jamiyatda "faqat o‘g‘irlik bilan boyish mumkin" degan noto‘g‘ri tushuncha ildiz otadi, bu esa millatning ma’naviy parokandaligidir.

Xulosa: Agar biz 34 yil davomida halollik va erkin bozor yo‘lidan borganimizda, bugun O‘zbekiston "Markaziy Osiyo yo‘lbarsi" maqomida, aholisi farovon va dunyo tan olgan qudratli davlat bo‘lar edi. Diktatura sabab, biz nafaqat moddiy yoki ma’naviy, balki eng qimmatli narsa vaqtni ham boy berdik.

@UygonTuron
👍88💯40🔥7🌚31
Uyg’onish
Mana Mirziyoyev ham yoshlar bilan muloqotni boshlab yubordi. @UygonTuron
Endi har payshanba yoshlar bilan muloqot kuni deb e’lon qilindi. Amaldorlar shu kunda joylarga chiqib, yoshlar bilan muloqot qilishi belgilandi.

Muxolifat hali shakllanmagan bo’lsada Mirziyoyevni o’rnidan qimirlata oldi. Endi tasavvur qiling birlashsak qanday katta kuchga aylanishimizni.

@UygonTuron
👍150💯55🔥82🤝2👎1
Birlashgan O’zbek Muxolifatining jamoatchilikka e’lon qilingan nizom va dasturida uning nomi “Birlashgan O’zbek Muxolifati” deb yuritilishi belgilangan edi. Ammo bugungi hujjatda nom o’zgarganini ko’rish mumkin. E’lon qilingan hujjatga qaralsa, tashkilot nizomda ko’rsatilgandek muxolifat harakati emas, oddiy markaz sifatida ro’yxatdan o’tgan. Muxolifat harakatining sobiq raisi sifatida jamoatchilikni qiziqtirayotgan savol meniyam qiziqtiryapti:
1. Nizom va dastur Hay’at yig’ilishida o’zgartirildimi?
2. Nega bu haqida jamoatchilikka e’lon qilinmadi?
3. Avvalgi nizomga zid tarzda boshqa nom bilan va boshqa faoliyat turi sifatida ro’yxatdan o’tkazish nizom talablariga zid emasmi? Bu o’zboshimchalik uchun javobgarlikni kim o’z bo’yniga oladi?
4. Jamoatchilikka e’lon qilingan nom bilan rasmiy hujjatdagi nom boshqa ekan, endilikda markaz rahbariyati muxolifat harakatiga da’vo qilolmasligini biladimi?

Xullas, Birlashgan O’zbek Muxolifati degan nomdan voz kechishibdi. Demakki bu nom haliyam egasiz. Kimlar shu nom bilan muxolifat harakatini ro’yxatdan o’tkazsa, qonuniy egalari o’shalar bo’lishadi.

@UygonTuron
👍6144🤝3