Uyg’onish
1.46K subscribers
101 photos
18 videos
2 files
50 links
Asliddin Kamolning yagona telegrami👉🏻@k_A_i_4
Boshqa barcha telegram sahifalar soxta.
Download Telegram
👍124💯25🔥7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bular xalq boyliklarini o’marsa mayli. Xalqni boyligi qani deb so’raganlar esa “xoin, vatan dushmani, chet eldan pul oladi”.

Xalq muxolifat atrofida birlashmas ekan xalqning haqini talab boyiyotgan kalamushlar to’xtamaydi. Muxolifatdan ana shular qo’rqadi. Muxolifat kelsa ana shu kalamushlarning kuni bitadi. Shuning uchun muxolifatga qarshi butun boshli trollari, quloqlari, sotqinlarini tashlashadi.

@UygonTuron
👍125💯33👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bu yigitni uyiga bugun Terrorizmga qarshi kurash bo’limini Gulmurodlari boradi. Tushuntirish (qo’rqitib qo’yish) ishlari o’tkaziladi. Avtoritar rejim undan qo’rqmaydigan, bo’ysunmaydigan, yangi bir avlod yetishib kelayotganini haliyam anglamayapti. Bugungi yoshlarda qo’rquv yo’q. Bu esa korrupsionerlardan tashkil topgan amaldagi avtoritar rejim uchun jiddiy xavfdir.

P.s: Faqat bu bolaniyam firibgarlik va tovlamachilikda ayblab qamamanglar. Sizlardan bunday jinnilikni kutsa bo’ladi.

@UygonTuron
💯95👍49🔥34👏73
Xorazmda Al Xorazmiy haykali uchun soliq to’lovchilarning byudjetidan 25 mlrd so’m ajratilyapti. Shu pul ta’limga, bola puliga yoki nafaqaxo’rlarning nafaqalariga ajratilsa bo’lardimi? Bo’lardi. Lekin bu yerda asosiy maqsad haykal emas, haykal bahona byudjet pullarini talon-taroj qilish. Xalqqa bersa unda amaldorlar puldan quruq qoladi. Nazorat qiluvchilar yo’q ekan, parlamentda muxolifat bo’lmas ekan xalq pullari anashunday talon-taroj qilinaveradi. Bugun muxolifatdan aynan shu xalqni talayotganlar qo’rqyapti.

@UygonTuron
👍109💯42🔥3🤔3😢2
Germaniyada ilk taroveh namozini bolalar bilan birga o’qidik. Demokratik davlatda Afg’onlar va Suriyalik muhojirlar ko’p keladigan masjid atrofida bitta ham politsiyachi yo’qligini ko’rib ajablandim. Hech bo’lmasa bolalarga mumkin emas deb turishsa kerak deya o’ylagandim.
Xitoy ta’siri ostidagi Sharqiy Turkistonda uyg’ur bolalar masjidga qo’yilmayotgani, xitoy polislari tarovehga kelayotganlarni qattiq nazorat qilayotgani haqida yozishyapti. Aksar aholisi musulmon bo’lgan O’zbekistonda ahvol qanday?

@UygonTuron
👍119😢24👎7🔥72🎉1
Trump Mirziyoyevni mening do’stim dedi. Albatta, kimdir senga 100 mlrd dollarini olib kelsa nafaqat do’stim, voy dodam deydi ba’zilar.

Trump va Mirziyoyev munosabatlari shaxsan Trumpning va AQSH xalqining yutug’idir. Shu aloqalar sabab AQSHga 100 mlrd dollar kiryapti axir. Ular qancha xursand bo’lsa, qancha bayram qilsa arziydi. Lekin O’zbekistonliklarchi? Mirziyoyev xalqqa bu 100 mlrd dollar qayerdan ketayotganini hisobini bermaydimi? Qishda energiyadan uzilganlar, sovuqda tuni bilan metanda navbatini kutganlar, ortiqcha soliqlar va jarimalar hisobidanmi bu pullar? Yoki sotilgan lavozimlardan, sindirilgan bizneslardan, talangan tabiiy boyliklardan va boshqa korrupsion jinoyatlardan yig’ildimi bu pullar? Yo’q bu pullar halol, xalqni haqini yemay topganmiz deyishsa marhamat qilib qayerdan degan savolga javob berishsin?!

@UygonTuron
👍125💯41🔥7👎1
Aliyevning 50 ming kishilik trollar armiyasi mavjud deydi Oksford Universiteti tahlilchilari. Ularning tadqiqotlariga ko’ra talabalar, kuch tuzilmalari zobitlari va byudjet tashkilotlari xodimlaridan tashkil topgan 50 ming kishilik trollar armiyasi tarmoqda Aliyevni madh qilish, uning muxoliflarini obro’sizlantirish ishlari bilan faol shug’ullanib kelishadi.

P.s: Diktatorlarga tekkan kasal ekan xullas, pastkashlik, sharafsizlik va har qanday jirkanchliklardan qaytmaslik.

@UygonTuron
👍90💯42👏4👎2
Forwarded from Homidov Gapiradi 🔞
Temurmalik Toshmuhamedov sheri
Abdunosir Homidov oʻqidi🎤
👍67🔥19😢8👎2💯1
Alhamdullilah, telegram kanalim va guruhim qisqa muddat bloklandi va hozir qayta tiklashga muvoffaq bo’ldik.

@UygonTuron
👍93👏21👎3🔥3🌚1
Bugun telegram kanalim va guruhim bloklandi. Buni qanday qilishdi?

Bugun tongda avvaldan guruhda izohlar qoldirib yurgan bir necha foydalanuvchi bir vaqtning o’zida eski izohlarini barchasini tahrirlaydi. Tahrirlangan izohlarda ular ommaviy telegram qoidalariga zid targ’ibotlarni yozishadi. Ya’ni bolalarning jinsiy zo’rlangan videolarini sotish, soxta bank hujjatlari sotish va shunga o’xshagan ham O’zbekiston Respublikasi qonunlariga zid, ham Xalqaro qonunlarga zid ishlarga qo’l urishadi. Keyin o’zlari go’yoki bu jinoyatlarini kanal ma’muriyatiga to’nkab telegramga shikoyat yuborishgan. Telegram avtomatik tarzda kanal, guruh va sahifamni vaqtincha blokladi. Apellaytsiya tartibida bergan shikoyatlarimdan keyin barchasi qayta tiklandi. Landovurlar maqsadlariga yetolmadilar. Ammo bu ishlari bilan ular Mirziyoyev hukumati va kuch tuzilmalari so’z erkinligiga qarshi naqadar tuban va pastkash ekanligini yana bir bor isbotlashdi. Bizga qarshi hech mard bo’lib kurashishni o’rganmadi bu sharafsizlar.

@UygonTuron
💯92👍49👏6🤔6🔥3👎1
Live stream started
Jonli yoyin boshlandi
👍77🔥6👎2
Uyg’onish pinned «Jonli yoyin boshlandi»
Live stream finished (1 hour)