Uyg’onish
1.46K subscribers
101 photos
18 videos
2 files
50 links
Asliddin Kamolning yagona telegrami👉🏻@k_A_i_4
Boshqa barcha telegram sahifalar soxta.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bular tinchligimizni ko’rolmayotgan qora kuchlar emas. Bular Farg’onaning Qumtepa bozoridagi bozorchilar. Joylari mas’ullar tomonidan tortib olinganiga norozilik bildirib yo’lni to’sishgan. Bularga qarshi anavi mashg’ulotlardagidek, zirxli moshinalarda avtomat-u, dubinka ko’tarib kelish shart emas. Shunchaki borib muammolarini eshitish va masalalarini hal qilib berish kifoya.

@UygonTuron
👍7722🔥5
👍432🔥2👏2
👍48🔥3
Instagram yana bloklandi 😎
😢38😁9👏4🔥3🤣3🤔2
Egasiz byudjet mablag’lari ayovsiz talanyapti.

Toshkentda 2026 yil 1-choragida, ya’ni 3 oyda bayram festivallar uchun 75 mlrd so‘m sarflanibdi

Oyiga 25 mlrd so’m xalqning pullari bemaqsad ishlarda talon-taroj qilinyapti degani bu.

@UygonTuron
1🔥5127👍10😢6👎2
Demak yaqin kunlarda arablar keladi ov qilgani

@UygonTuron
65👍9😢8😁3👎2🤔2
Instagramda yangi sahifam ishga tushdi. Obuna bo’lib, qo’llab yubormoqchi bo’lganlar uchun👉🏻 https://www.instagram.com/asliddin7kamol?igsh=MXB2Z2d5NnhvNnVqZw%3D%3D&utm_source=qr
👍30👏2😢1
Uyg’onish
https://www.youtube.com/live/M9TH_ZuGR9E?is=-1ohdMbGBi1Z_YBF
You tubeda yoyinni 20 daqiqadan keyin boshlaymiz
1👍33🔥5
Instagram yana bloklandi. Landovurlar yaxshi ishlashyapti 😂

@UygonTuron
😁44🤔8😢6👏4👍3
Maktabni bitirganimizgayam darrov 19 yil to’libdi. Maktab davri doimiy fan olimpiadalari, musobaqalar va turli iliq xotiralar bilan yodda qolgan. Men tamomlagan maktab nafaqat viloyatimizda, balki Respublika darajasida e’tirof etilgan nomdor ta’lim dargohi sanalardi. Tizim shunday kuchli yaratilgan ediki, maktab ichida ham o’quvchilarni salohiyatiga qarab maxsus iqtidorli sinflar shakllantirilgan va ta’lim dasturidan tashqari qo’shimcha fakultativ darslar o’tilardi. Kamina shu iqtidorli sinfda eng kuchlilar bilan o’qidim. Bunda maktabimiz direktori va bizga ta’lim bergan o’qituvchilar jamoasining mehnatlari beqiyos. Bugungi bilimlarimning poydevori aynan shu maktabda qo’yilgan edi.
Buning uchun o’z kasbining fidoiylari bo’lgan ustozlarimga o’z minnatdorchiligimni bildiraman.

Asliddin Kamol
2👍98🔥11👏7
Bular anaqalar emas. Bular Tailand politsiyasi. Qidiruvdagi narkobaronni qo’lga olish uchun maxsus operatsiyada raqqosalar bo’lib uning oldiga kirishgan. Endi o’zimizga qaytsak. Bizning dxx landovurlari ham tarmoqlarda chiroyli ayollarni suratlarini qo’yib, ayol profillarda o’tirishadi. Sizga ayollardan do’stlik takliflari kelsa yoki chiroyli ayol sms yozsa, darrov havolanib ketmang. Profil ortida landovurlar bo’lishi va ular siz bilan yaqinlashishga urinayotgan bo’lishlari mumkin. Kaminaga doim ko’plab shunday ayollardan do’stlik takliflari va sms xabarlar kelib turadi. Javob bermasam yangilaridan chiqaverishadi 🤭

@UygonTuron
😁60🤣248👍5🔥3🤔3
Qurbon hayiti bilan barcha yurtdoshlarimiz, dindoshlarimiz, ustozlarimiz va safdoshlarimizni tabriklayman. Barchangizga ikki dunyo saodatini tilayman. Hayitlariz muborak bo’lsin.

@UygonTuron
👍86🤝14👏5👎1
Biz jadidlar, minglab millat ziyolilari 1937-38 yillarda soxta ayblovlar bilan qatag’on qilinganlarini bilamiz. Lekin bu ishlarni boshida turgan ko’ppaklarni tanimaymiz. Inson nafaqat do’stlarini balki dushmanlarini ham unutmasligi shart.

Derenik Apresyan Zaxarovich

1937-38 yillarda O’zSSR NKVD (hozirgi DXX va IIV tuzilmalarining ajdodi) komissari bo’lgan. Aynan manashu arman millatiga mansub Apresyan davrida yurtimizda millat gultojlarini xibsga olishlar va qonli qatag’onlar amalga oshirilgan. 1889 yilda arman rohibi oilasida tug’ilgan Apresyan 1917 yilda armanlarning radikal millatchi “Dashnokyun” partiyasi safiga qo’shiladi. 1920 yildan Dashnoqi safdoshlari bilan qizil armiya safida xizmat qiladi. Taqdirning ayanchli qismatini qarangki, tarixda Turkiylarga qarshi qirg’inlarni olib borgan millatchi dashnoqi Turkistonning o’zagi bo’lgan O’zSSR kuch tuzilmasi “NKVD” rahbari bo’ladi.
Bir dashnoqi arman boshliq NKVD deb atalmish terror tashkiloti butun boshli millat ziyolilarini terror qilar ekan sodda avom ularning yolg’onlariga aldanib qarab qoladi. Go’yoki bu terrorchilar vatan himoyachilariyu, ularga qarshi chiqqanlar esa bosmachilar, vatan xoinlari edi o’sha davrda.
Itning o’zi ham ishlatib bo’lingach, 1939 yilda xo’jayinlari tomonidan otib tashlanadi.

Bugun ko’plab haqiqatlar oshkor bo’ldi. Biroq, 1917 yilda yahudiylar asos solgan kuch tuzilmalari hozirgacha o’z faoliyatlarini davom ettirib kelayotganlari sabab, bizga bu ko’ppaklar tanitilmayapti. Ajdodlari o’zbek xalqini qirgan xoinlarning bolalari bugun ham hokimiyat tepasida.
Ziyolilarimiz bugun jadidlar haqida emas, ularni otgan ko’ppaklar haqida ham gapirishlari kerak. Xalqimizga tanitishlari shart!

Zero, bugun ham ularning izidan borayotgan, Abduqodir Mo’minov, Olimjon Haydarov, Sirojiddin media kabi faollarni soxta ayblovlar bilan qamayotgan ko’ppaklar xulosa qilsinlar. Ularning nomlari ham o’z vatanini sotgan, taraqqiyotiga bolta urgan ko’ppaklar deya tarixga muhrlanishini anglasinlar!

Jazosizlik keyingi jinoyatlarga eshik ochadi. Mazlumlarning haqi uchun ham ko’ppaklarga shafqat qilmasligimiz kerak.

@UygonTuron
👍7628🔥6
Hamid Sodiq bilan bunday ochiq va manfaatli suhbat tashkil qilish uchun jurnalistga professionallikning o’zi kamlik qiladi. Bugun birinchi marta shunday jurnalistni ko’rdim. Savollar va javoblar boshidan oxirigacha hamma uchun manfaatli bo’lgan. Ko’rishni tavsiya qilaman.

@UygonTuron

https://youtu.be/CRc3q_M_hEc?is=_I8sfNejw6lI-eFU
39🔥10👍7👏3🤝2
Inson Qadri Qayerda? Yevropa Farovonligi va Bizning Voqelik

Tasavvur qiling: Germaniya, Norvegiya yoki Belgiyada tug'ilgan, tug'ma imkoniyati cheklangan inson. U hayoti davomida davlatga bir soat ham ishlab, foyda keltirmagan bo'lishi mumkin. Ammo davlat uni hech qachon o'z holiga tashlab qo'ymaydi. Unga munosib yashashi uchun har oy o'rtacha 1000 yevro (taxminan 13–14 million so'm) nafaqa ajratadi, tibbiy xizmat va maxsus sharoitlarni bepul ta'minlaydi.

Nega? Chunki bu davlatlarda inson hayoti va qadri mutlaq qadriyatdir. Davlat xalq uchun xizmat qiladi, yig'ilgan soliqlar adolatli taqsimlanadi va hukumat har bir tiyin uchun saylovchilar oldida javob beradi.

Endi o'zimizning voqelikka qaytamiz. Garchi qonunchilikda nogironlik nafaqasi mavjud bo'lsa-da, amalda beriladigan summa (o'rtacha 80$) real yashash xarajatlariga umuman to'g'ri kelmaydi. Bu mablag' bir oylik yashash tugul, hatto bir haftalik oddiy oziq-ovqat, dori-darmon va kommunal to'lovlarga ham arang yetadi. Ko'pchilik buni haqli ravishda "sariq chaqa" deb ataydi.

Buning asosi iqtisodiyotda emas, siyosatda yotibdi:

Hisobdorlikning yo'qligi: Avtoritar tizimlarda rahbarlar xalqning oldida emas, tepada o'tirganlarning oldida hisob beradi. Davlat boyliklari ehtiyojmandlarga emas, hashamatli loyihalarga, dabdabaga va yopiq tizimlarga sarflanadi.
Siyosiy ongsizlik fojiasi: Eng yomoni jamiyatning bunga ko'nikib qolgani. "Shukr qilish kerak", "hech bo'lmasa shuni beryapti-ku" degan fikrlar qullik psixologiyasining mahsulidir. Hukumat berayotgan nafaqa ularning shaxsiy cho'ntagidan qilinayotgan ehson emas, balki shu zamindan chiqayotgan boyliklar va siz-u biz to'layotgan soliqlarning bir qismidir. Biz o'z haqimizni talab qilish o'rniga, unga sadaqadek qarab o'rganib qolganmiz.

Nega bugun uyg'onishimiz kerak?

Siyosatdan uzoqlashish o'z kelajagiga tupurish degani. "Siyosat menga kerak emas" degan odam, aslida o'zining va farzandlarining taqdirini boshqalar hal qilishiga rozi bo'layotganini anglamaydi. Yevropadagi nogironlar u yerdagi xalq siyosatga aralashgani, o'z huquqini talab qilgani va davlatni nazorat qila olgani uchungina shunday munosib hayot kechirmoqda.

Unutmang: sog'liq omonat narsa. Bugun boshqaning boshiga tushgan nogironlik va qashshoqlik, ertaga har qanday insonning eshigini qoqishi mumkin. Shunday og'ir kunda sizni qaysi tizim himoya qilishini xohlaysiz? Insonni qadrlaydigan va yelkangizga suyanchiq bo'ladigan tizimnimi yoki arzimagan chaqa tashlab, sizni unutib yuboradigan tizimnimi?

Qachonki xalq siyosiy ko'rlikdan uyg'onib, davlat bu xalqning xizmatkori ekanligini anglab yetmas ekan, jamiyatning eng zaif qatlamlari doimo sarsonlikda, qashshoqlikda yashashga mahkum bo'lib qolaveradi. Uyg'onish vaqti keldi, zero insondek yashash har birimizning tug'ma haqimizdir!

@UygonTuron
42👍18
Siyosiy mahbus Abduqodir Mo’minovni soxta ayblovlar bilan qamagan, tergov davrida uni vatan xoini deb atab, jismoniya va ruxiy tazyiqlar o’tkazib kelgan Toshkent shahar IIB tergovchisi KO’PPAK Atabek Kamalov.

Ayni paytda Mirzo Ulug’bek tumanida advokatlik faoliyati bilan shug’ullanib yurgan og’zi teshik bu ko’ppak davralarda Salim Abdullayev, Baxti Tashkentskiylarni tergov ishlarini olib borganini faxr bilan aytib maqtanadi. Qolaversa u, Abduqodir Mo’minovni shaxsan Mirziyoyevning topshirig’i bilan qamaganini, bundaylarga zarracha achinmaslik kerakligini sharaf bilan tilga oladi. O’ldirilgan insta bloger Asal Honeyning uyidan sobiq hamkasblari bilan juda ko’p miqdorda pullar va tilla taqinchoqlarini o’g’irlashganini ham bu ko’ppak hanuzgacha atrofidagilarga aytib keladi. O’zining aytishiga ko’ra, ishratxonaga aylantirgan Yashnoboddagi ko’p qavatli uyini ham qurilish firmasida balandlikdan qulab vafot etgan ishchining ishini bosti-bosti qilgani ortidan qurilish kompaniyasi tomonidan pora sifatida olgan.

Manashu maxluq it 2024 yilning avgust oyida, oilali ayolni soxta ayblovlar bilan gumonlanuvchi sifatida xibsga oladi. Tergov davrida garchi ish unga tegishli bo’lmasada, gumonlanuvchi D. Beknazarovani Toshkent shahar IIB binosidagi o’zining xizmat xonasi bo’lgan 402 kabinetda olti kun davomida jinsiy zo’rlab keladi. Qo’liga kishan urilgan ayolga agar u bilan yaqinlik qilmasa uning o’zini ham uzoq muddatga qamatishini, turmush o’rtog’ini ham moshinasiga narkotik tashlab qamatib yuborishini aytib qo’rqitib, o’zining g’araz maqsadini amalga oshirib keladi. Eri bir nechta advokatlar yollasada bu kunlarda ayolning oldiga hech bir advokati kiritilmaydi. Faqat oltinchi kuni hamshahari bo’lgan yangi advokat o’zining IIV yuqori tizimida ishlaydigan do’stlarining yordami bilan himoyasidagi ayolning oldiga kirishga muvoffaq bo’ladi. Ayol unga barcha bo’layotgan voqealarni aytib, yordam so’raydi. Shundan so’ng, yettinchi kuni ko’ppak yana ayolni o’z xonasida zo’rlamoqchi bo’lganida tezkor xodimlar tomonidan qo’lga oladi. Xizmat xonasidan jinoyatlarni tasdiqlaydigan prezirivativlar va boshqa ashyolar aniqlanadi. Ko’ppak ishdan haydaladi. Biroq IIV o’z sha’nini o’ylab ishni bosti-bosti qiladi. Xibsdagi ayolga turli va’dalar beriladi va uning soddaligi va ojizaligidan foydalanib, aldov yo’li bilan bergan ko’rsatmalarini o’zgartirish so’raladi. Voqealardan xabar topgan turmush o’rtog’i ayoldan voz kechadi. Bir oila buziladi. D. Beknazarova bugungacha adolat izlab turli idoralarga murojaat qilib keladi. Xususan Bosh prokuratura, Prezident Shavkat Mirziyoyev va Saida Mirziyoyevalarga bu itga chora ko’rishni so’rab murojaatlar yo’llaydi. Biroq, hech bir idora jabrdiyda ayolning faryodini eshitmaydi. Eridan ajratib olishga usta ayollar huquqlarini himoya qiluvchilar ham, minbarda og’zini ko’pirtirib gapiradigan Saida Mirziyoyeva ham IIB binolarida nafsi buzuq tergovchilar tomonidan zo’ravonlik qurboni bo’layotgan ayollar mavzusini umuman tilga olmaydi.

Siyosiy faollarni soxta ayblovlar bilan qamagan va o’sha vaqtlar hali Asliddin Kamolniyam tutib keltiraman deb maqtangan bu ko’ppak hozirda advokatlik faoliyati bilan shug’ullanadi. Meni soxta ayblovlar bilan qamash bu itga armon bo’ldi. Yaratganing marhamati bilan bu vatan xoinini xalqimizga tanitishdek ulug’ ish kaminaga nassib qildi.
Bu xoin it haqida har qanday ma’lumotga ega bo’lganlar telegramdan @k_A_i_4 akkauntiga xabar yuborishlari mumkin. Xalqimiz, tuzini yeb tuzlug’iga tupurgan bunday sharafsiz ko’ppaklarni unutmasligi va bularga qarshi murosasiz bo’lishi shart va zarur!!!

@UygonTuron
2🔥73👍3328😢6
Toki tergov idoralarida Atabek Kamalov kabi jirkanch ko’ppaklar ishlar ekan, ertaga qizi, singlisi, nevaralari bilan bunday holat sodir bo’lmasligiga hech bir yurtdoshimiz kafolat berolmaydi. D.Beknazarova ham oddiy o’qituvchilar oilasining qizi edi.
Befarq bo’lmang!

@UygonTuron
295🤝8👏6🔥5