Uyg’onish
1.46K subscribers
103 photos
18 videos
2 files
50 links
Asliddin Kamolning yagona telegrami👉🏻@k_A_i_4
Boshqa barcha telegram sahifalar soxta.
Download Telegram
Hozir qamalayotganlarni sud qarorlariga “hukm to qiyomatgacha o’z kuchida qolsin, 100 yildan keyin oqlanmasin” - degan bandni kiritish kerak.

@UygonTuron
👍38😢22
Ikkinchi jahon urushi ulug’ vatan urushi emas, xor bo’lgan qullar fojeasidir!

Haqiqiy vatan himoyachilari 1938-yillargacha otilib ketgan edi. Urushga borganlarning aksari o'z vaqtida jadidlarni nohaq ayblab otishganda inidan chiqishga qo'rqqan qo'rqoq olomon, siyosatga aralashmaydigan qo'y-qo'zilar, bosqinchiga sotilgan xoinlar edi. O'z yurtida vatani uchun jonini berishdan qo'rqqanlar, o'zga yurtda bosqinchisi uchun xor bo'lib o'lgani g'alaba emas, fojeadir! Bunday badbaxt qismatga achinish va bundan to'g'ri saboq chiqarish kerak!

Ertaga 9-may, shu mavzuda you tubeda jonli yoyin qilamiz.

@UygonTuron
🔥5224👍21🤔3👏2
Takrorda foyda bor!

1939 yilda Yevropani o'zaro bo'lib olish ustida Hitler Germaniyasi va SSSR o'rtasida Molotov-Ribbentrop maxfiy kelishuvi imzolanadi. Kelishuvga ko'ra Yevropaning bir qismini nemislar bosib olishi kerak, Boltiq bo'yi mamlakatlari, Latviya, Litva, Estoniya va Finlandiya esa Rossiya tomonidan egallanishi kerak edi. Shunday qilib, maxfiy kelishuv asosida SSSR va Germaniya ikkinchi jahon urushini boshlaydilar va 1939 yilda Polshaga bostirib kiradilar. Polshaning bir qismini SSSR, bir qismini nemislar egallaydi. 1939 yil 30 noyabrda, Hitler Germaniyasi bilan tuzilgan maxfiy bitmga ko'ra SSSR Finlandiyaga bostirib kiradi. Ruslar Finlandiyani tez fursatda bosib olishlariga ishonishardi. Ammo 170 million aholiga ega bo'lgan qudratli SSSR, atigi 3 million aholiga ega Finlandiyadan kaltak yeb, 1940 yil, 3-martda urushni tugatishga majbur bo'ladi. Bu jangda SSSR yuz mingdan ortiq askarlarini yo'qotadi. Finlandiya mustaqilligini saqlab qoladi. Aynan ana shu urush qudratli deb ko'rilgan SSSRni aslida zaif ekanini, uning urushdagi do'sti bo'lgan nemislarga ko'rsatib qo'yadi. Nemislar o'risni bu qadar sharmanda bo'lishlarini kutmagan edilar. Shu urushdan keyin Yevropani bemalol bosib olayotgan Hitler Germaniyasi bira-to'la daxriy bolsheviklarni ham yo'q qilishni istab qoladi va 1941 yilda, ittifoqchisi bo'lgan SSSRga bostirib kiradi. Nemislar qisqa muddatda SSSRning kattagina qismini bosib olishadi. Uni butkul tor-mor qilishlari ham aniq edi. Biroq, 1941-yilda AQSH prezidenti, Ruzvelt tomonidan Lend-Liz dasturi ishga tushiriladi. Bu dasturga ko'ra, AQSH fashistlarga qarshi, SSSR, Buyuk-Britaniya va Xitoyni qurol-yarog', oziq-ovqat va harbiy texnikalar bilan ta'minlaydigan bo'ladi. Aynan shu dastur sabab nemislar urushda mag'lubiyatga uchrashdi.

Bu urush inson qadrini bir tiyinga olmagan ikki qonxo'r diktatorning urushi edi. Ularning o'zaro urushiga millionlab odamlar majburlab jo'natildi. Urushga yuborish uchun ulug' vatan urushi degan cho'pchaklar tarqatilib, odamlarni aldashdi, majburlashdi, qo'rqitishdi, qamashdi, o'ldirishdi. Millionlab yurtdoshlarimiz bu urushga xuddi qul kabi yuborildi. Ularni hayoti, taqdiri, hatto o'z hukumatlarini o'ylantirmasdi. Qancha odam o'lsa-o'lsin lekin diktator va tuzum tirik qolsin! Endi shu fojeani g'alaba deya bayram qilish uchun odam naqadar manqurt bo'lishi kerak?

@UygonTuron
👍5121🔥3
Moxovning chaqirilmagan paradiga kutilmaganda uchib borgan Mirziyoyevni Putin emas, uning bosh vaziri ham emas, umuman vazirlariyam emas, vazir o’rinbosari kutib oldi.

P.s: Qaytayotganida yandeksda chiqarib yuborishmasa bo’lgani😅

@UygonTuron
🤣113😁9👍654🤔3
Takrorda foyda bor!
2021 yilda yozgan maqolam:
___

Ziyolilarini asramagan millatni Allox shu dunyoni o‘zida xor qiladi!

1938 yil oktyabr. Shu yurt, shu xalq uchun umrini bag‘ishlagan bir gurux millat ziyolilari o‘z ona yurtida bosqinchilar qo‘lida shafqatsizlarcha otib tashlandi. Xo‘sh bu paytda millat qayerda edi? Stalin uchun jonini bergan millionlab o‘g‘lonlar qayerda edi? Axir Qodiriylar, Cho‘lponlar shularni deb jon bermaganmidi?! Ularning so‘nggi daqiqalarini bir ko‘z oldingizga keltiring, xayollaridan eng oxirgi daqiqalarda nimalar kechdi ekan? So‘nggi daqiqagasigacha millatining mard o‘g‘lonlari kelib ularni qutqarishiga umid qilishganmikan? Yoki mana shu qo‘rqoq, o‘zini tinchini o‘ylab yashaydigan millat uchun umrlarini bag‘ishlaganlariga afsus qilishganmikan? Bilmadim bularni qaybiri o‘tdi ularni xayolidan, bu xayollar o‘zlari bilan ko‘milib ketdi.
O‘shanda balki bu qo‘rqoq xalqni qarg‘ashgandir? Beayb xalq dushmani deb otilganlarning qancha onaizorlari qarg‘adi ekan bu xalqni? Balki shu farzand dog‘ida kuygan mushtiparlarni qarg‘ishi urdimi, yoki yetim qolgan bolalarning gunohiga qoldimi bilmadim lekin oradan ko‘p ham o‘tmay butun millat farzand dog‘i nima ekanini o‘zida his qildi. O‘z jonini o‘ylab, o‘z yurtida sharafli o‘lim topishdan qo‘rqib ziyolilarini otib tashlashlariga indamay turgan bu xalq ko‘p o‘tmay o‘z diktatori uchun o‘zga yurtlarda xor-u zorlikda kafansiz ko‘milib ketdi. Ularning ko‘pini xatto qabri ham yo‘q. Ular Allox taoloni shunchalar la’natiga mubtalo bo‘lishganmidiki hatto ona vatan tuprog‘i ularni o‘z bag‘riga olishga jirkangandi. Shu o‘rinda Allox “lut” qavmini qanday xor qilganini eslang?! Allox taolo ularga yuborgan ilm ahllarini qadrlamagan, ularga tosh otgan har bir millatni ana shunday jazolashiga tarix guvoh. Bugun esa tarixning mana shu mash’um kunlarini har birimiz yaxshi angalshimiz, taxlil qilishimiz va ular qilgan xatolarini takrorlamasligimiz zarur( biz esa hatto xotira va qadrlash kunida kimlarni xotirlashimiz keraklini ham bilmaymiz). Zero tarixni bilmay turib kelajakni qurib bo‘lmaydi. Kelajakni esa millat ichidan chiqqan fidoiy, jonkuyar ilm ahllari quradi.

Shu o‘rinda urush haqida shaxsiy qarashlarimni bildirib ketsam.

Birinchidan, millat uchun jon beradiganlar 1941-yilgacha jon berib búlgan edi. Ikkinchidan, Ikkinchi jaxon urushi bu ikki qonho‘r diktator o‘rtasidagi urush edi. Bu urush bizga mutlaqo begona edi. Agar vaqtida bu millat o‘z ziyolilarini quloq tutib, ularning izidan yurganida juda bo‘lmaganda bu urushga o‘z ona tuprog‘ida mustaqil davlat sifatida kirar edi. Shaxid ketsa o‘z ona tuprog‘i ularni bag‘riga olar edi, ammo ular bu urushga qul sifatida majburlab yuborildi. Yoki urushga bormaslikdan boshqa choralari ham bormidi? O‘z bosqinchilari himoyasi uchun o‘zga yurtlarda safarbar qilinib, urushning old qanotlarida qurolsiz, qurol bo‘lsa o‘qsiz jangga kirishni menimcha xech kim istamaydi. Faqatgina qullar bunday nochorlikka maxkum bo‘ladilar va albatta yuqorida aytganimdek Allox ularning qilgan gunoxlari uchun shu dunyoni o‘zida do‘zaxni ko‘rsatgandi.

Bu ularga jazo bizga esa ibrat bo‘lsin. Allox o‘tganlarni gunohlarini kechirsin. Kech bo‘lmasidan ilm ahlini ortidan ergashing.

@UygonTuron
👍63🔥1052
Ikkinchi jahon urushida bosib olingan Fransiya 85 yoshli keksa fransuz marshalli boshchiligida nemislar tayinlagan sotqin hukumat qo’liga o’tdi. Urushdan keyin ozod etilgan Fransiyada bosqinchiga sotilgan hukumat shavfqatsiz jazolandi. Xuddi shunday Italiya bosh vaziri Mussolini ham Italyalik partizanlar tomonidan ushlab dorga osildi. Nemislar tomonidan bosib olingan boshqa yevropa mamlakatlaridayam bosqinchiga xizmat qilganlar jazolandi.
Endi savol! Ruslar bizni o’lkalarga bostirib kelganida ularga sotilganlar, yuz yillar davomida bosqinchiga xizmat qilganlar qachon jazolandi? Qachon biz bosqinchi ruslar hokimiyatga keltirganlarni jazoladik va tarixiy haqiqatni o’z-o’rniga qo’ydik? Mana nima uchun bizda hozir sharafini sotgan sotqinlar, xalqdan o’zini ustun qo’ygan korrupsioner-o’g’rilar ko’p.
Jazosizlik bundaylarni ildizini ko’paytiradi.

@UygonTuron
👍5630
1937 yil 31 avgust kuni Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining IV Plenumida yozuvchi Komil Yashinning soʻzlagan nutqi:

- Yozuvchining "yozuvchi" degan nomi qanchalik faxriy, baland nom ekanini bilishimiz kerak. Chunki sovet yozuvchisidek baxtli yozuvchi hech bir dunyoga kelgan emas, boʻlgan emas. Buning tarixini surishtirganda, oʻtkandagi yozuvchilarning hammasi baxt degan narsani koʻrmasdan "baxt" deb yigʻlab oʻtib ketganlar. Baxt faqat sovet yozuvchisiniki. Shuning uchun baxt gʻalabalarini kuylash, uning sururini, lazzatini sezish va boshqalarga berish bizning - sovet yozuvchilarining ulugʻ vazifasi boʻlib turadi. Biz shunday asarlar yarataylikki, bizning adabiyotimizni, dramaturgiyamizni, poeziyamizni boʻgʻmoqchi boʻlgan sinfiy dushman, xalq dushmanlari Ziyo Said, Elbek, Choʻlpon, Fitrat, Abdulla Qodiriy va boshqa dushmanlarga qarshi ikkinchi bir zarbali javob boʻlishi kerak...

P.s: Katta terror davrida Komil Yashinlar qaysi jadidlarimizni nomini bulg’agan bo’lsa barchasi qatag’on qurboni bo’lib ketgan. Biroq, Yashinlar omon qolgan. Hozir ham millatni uyg’otayotganlarga qarshi hangraydigan Yashinlar oramizda. Unutilgan tarix takrorlanish xususiyatiga ega. Xulosa esa sizdan!

@UygonTuron
63👍26
Ekotizm haqida gap ochilsa odatda kesilayotgan daraxtlar va yo’qolib borayotgan yashillikka urg’u beriladi. Biroq, tobora kamayib borayotgan qushlar dunyosi e’tibordan chetda qolyapti. Korrupsionerlar qo’lida qolgan tartibsiz urbanizatsiya nafaqat yashillikni, balki o’lka ekotizimi uchun muhim bo’lgan qushlar olamini ham yo’q bo’lib ketishiga olib kelyapti. O’zbekistondan tashqariga chiqqan odam buni darrov his qiladi.

@UygonTuron
57👍18🔥4
Diktatura xalqni qanday qilib"Sabr"ga mahkum etadi?

Diktatura — bu faqatgina qamoqxonalar va qurolli askarlar degani emas. Zamonaviy avtoritarizm ko‘proq psixologik qafasga o‘xshaydi. Rejimlar xalqni jismonan emas, balki ruhan bo‘ysundirishni afzal ko‘radilar. Buning uchun ular asrlar davomida sinalgan, ammo bugungi texnologiya asrida yanada mukammallashgan 5 ta asosiy manipulyatsiya usulidan foydalanishadi.

1. "Xaos Qo‘rquvi" va Soxta Muqobillik

Diktatorlik tuzumlari xalq ongiga bitta markaziy qo‘rquvni joylaydi: "Agar biz ketsak, hamma narsa vayron bo‘ladi."

Mexanizm: Ular qo‘shni davlatlardagi urushlarni, inqilobdan keyingi tartibsizliklarni va iqtisodiy inqirozlarni tinimsiz namoyish etadilar. Xalqqa: "Ha, bizda korrupsiya bor, ha, oyliklar kam, lekin bizda urush yo‘q-ku!" degan fikr singdiriladi.
Natija: Insonlar o‘z erkinliklarini "xavfsizlik" deb atalgan mavhum tushunchaga ixtiyoriy ravishda almashtiradilar. "Yomon bo‘lsa ham, tinch bo‘lsin" degan tamoyil jamiyatning asosiy shioriga aylanadi.

2. "Dushmanlar Fabrikasi" (Tashqi va Ichki Xavf)

Xalqning diqqatini ichki muammolardan chalg‘itishning eng samarali yo‘li — umumiy dushman yaratishdir.

Mexanizm: Iqtisodiy inqiroz yoki tizimli xatolar yuz berganda, darhol "tashqi kuchlar" (G‘arb, maxfiy tashkilotlar, qo‘shnilar) yoki "ichki xoinlar" (blogerlar, erkin jurnalistlar, faollar) aybdor qilib ko‘rsatiladi. Ular "beshinchi kolonna" yoki "xalq dushmani" deb tamg‘alanadi.
Natija: Xalq o‘zining real dushmanini (adolatsizlikni) emas, balki hukumat ko‘rsatgan xayoliy nishonlarni yomon ko‘ra boshlaydi. Bu esa rejim atrofida "jipslashish" illuziyasini yaratadi.

3. "Yaxshi Shoh, Yomon Vazirlar" Paradoksi

Bu usul diktatorning shaxsiy obro‘sini har qanday sharoitda saqlab qolish uchun xizmat qiladi.

Mexanizm: Mamlakatda biror yaxshi ish bo‘lsa, u faqat "oliy rahbarning tashabbusi va donoligi" tufaylidir. Agar muammo chiqsa (chiroq o‘chsa, yo‘llar buzilsa, narxlar oshsa), bunga faqat "pastdagi amaldorlar" yoki "dangasa hokimlar" aybdor.
Natija: Oddiy odamlarda: "Prezidentimiz juda yaxshi odam, hamma narsani xalq uchun qilyapti, lekin atrofidagilar yomon, unga haqiqatni aytishmayapti", degan noto‘g‘ri tushuncha shakllanadi. Bu esa xalqni yuqori rahbariyatdan emas, quyi bo‘g‘indan norozi bo‘lib yurishiga sabab bo‘ladi.

4. Axborot Gallyusinatsiyasi (Gaslighting)

Diktatura davlatida reallik televizorda ko‘rsatilgani kabi bo‘lishi kerak. Agar televizor va hayot o‘rtasida farq bo‘lsa — demak, hayotingiz xato, televizor to‘g‘ri.

Mexanizm: Statistika idoralari o‘sish sur'atlarini bo‘rttirib ko‘rsatadi, "misli ko‘rilmagan yutuqlar" haqida har kuni bong uriladi. Erkin matbuot yo‘q qilinadi va muqobil fikrli odamlar axborot maydonidan chetlatiladi.
Natija: Inson o‘zining qashshoqligini ko‘rib tursa-da, atrofdagilarning hammasi "baxtlimiz" deb aytayotgani uchun, u o‘zining noroziligini "noto‘g‘ri" deb hisoblay boshlaydi va ommaga qo‘shilib qarsak chalishda davom etadi.

5. "Kelajak Uchun Sabr" — Soxta Messianizm

Diktatorlar doimo bugungi kungi qiyinchiliklarni muqaddas bir maqsad bilan oqlaydilar.

Mexanizm: "Biz buyuk kelajak poydevorini quryapmiz", "Farzandlarimiz baxti uchun bugun qiyinchilikka chidashimiz kerak", "Bu o‘tish davri" kabi iboralar ishlatiladi. Diktatura o‘zini millatning "yagona najotkori" sifatida ko‘rsatib, xalqni cheksiz kutish rejimiga tushirib qo‘yadi.
Natija: Odamlarning real hayoti "vaqtinchalik qiyinchiliklar" bilan o‘tib ketadi. Sabr qilish diniy yoki milliy qadriyat darajasiga ko‘tarilib, haqqini talab qilish "beadablik" yoki "noshukurlik" sifatida talqin etiladi.

Avtoritar tuzumlar uchun eng katta xavf — bu mustaqil fikrlaydigan, savol beradigan va o‘z huquqini biladigan fuqarodir. Ular sizni "sabr" qilishga o‘rgatayotgan bir paytda, aslida sizning hayotingizni va kelajagingizni o‘g‘irlayotgan bo‘lishadi.

Zanjirlarni uzish uchun avval ularni ko‘ra bilish kerak. Haqiqiy barqarorlik qo‘rquv ustiga emas, adolat va qonun ustuvorligi ustiga quriladi.


@UygonTuron
👍60302👎1👏1
Kim g’olib-u, kim mag’lub aslida?
O’zbekistonning ko’rsatgichlarini izohlarda yozing!

@UygonTuron
👍6718😢3🤔2
Forwarded from Abdurahmon Tashanov
Ўзбекистон ҳукуматини Сирожиддин Адиловни озод қилишга чақирамиз!

Ўзбекистон инсон ҳуқуқлари "Эзгулик" жамияти БМТнинг инсон ҳуқуқлари бўйича Олий комиссари, Amnesty International, HRW ва бошқа халқаро ташкилотларга мактуб йўллаб, жамиятимиз фаоли, блогер Сирожиддин Адиловни озод қилиш учун ҳаракат бошлаганимизни маълум қиламиз.

Ўрганилган ҳужжатлар, жиноят иши материалларига кўра, Сирожиддин Адилов касбий профессионал фаолияти туфайли қамоққа олинган, унга нисбатан илгари сурилаётган айбловлар уйдирма ва тергов органи мутлақ процессуал қонунчиликка хилоф тергов олиб бормоқда.

Шунингдек, ижтимоий тармоқларда уни қоралаш, обрўсизлантиришга қаратилган стихияли кампания ташкил этилганини эътироф этамиз. Унга қўйилган айбловлар аввалдан режалаштирилган, унинг касбий профессионал фаолиятини тўхтатиш ҳамда сўз эркинлигини бўғишга қаратилган ҳаракатдир.

Бугун Ўзбекистон Республикаси ЖПКнинг 252-моддаси (Жамоа кафиллиги) бўйича дастлабки тергов даврида унга нисбатан қамоқ эҳтиёт чорасини ўзгартириш бўйича тергов органига хат бердик. Мурожаатимиз рад қилинса, яна бир бор унинг ҳибсга олиниши ортида сиёсий сабаблар мввжудлиги аёнлашади.

Ҳамфикр дўстларимиз, жамоатчилик ва оммавий ахборот воситаларини Сирожиддин Адилов ҳимоясига чорлаймиз! Адиловнинг ҳибсга олиниши сўз эркинлиги учун тажовуздир.
1👍13816👏10🤝2
Mirziyoyev haqida ham shunday gaplar bolalab yuradi. Yaqindan taniganlar uni folbinga juda o’ch deyishadi.

@UygonTuron
😁49👍236🤔1
Manfaatli ko’rsatuv bo’libdi. Biroq juda kam ko’rilgan. Ko’proq layk va izoh yozib, do’stlaringizga ulashib, xalqimizning siyosiy ongini o’stiradigan shunday kontentlarni keng yoyilishiga sababchi bo’ling. Birlashuv maydonlarda emas, ana shunday kichik qadamlar bilan boshlanadi.

Birlashsak katta kuchmiz✊🏻

@UygonTuron
1👍71
Aslida shunday ko’rsatuvlar TVda ketishi kerak. Xalq to’layotgan soliqlardan maosh olayotgan davlat telekanallari xodimlari xalqning siyosiy, huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qilishi kerak. Bizda esa aksi. Xalqni serial va konsertlar bilan ovora qilib, manqurtga aylantirish uchun ishlashadi. Keyin nega bizning xalq befarq, qorin g’amida yashaydi, siyosatga aralashmaydi deb nolib yuramiz.

@UygonTuron
61👍21🔥7
O’tgan yillarda Ozodlik radiosi yopilarkan deb O’G’RILAR rossa xursand bo’lishgan edi. Ozodlik esa hanuzgacha o’g’rilarni xalqdan talagan o’g’riliklarini fosh etishda davom etib kelmoqda. Xalq hokimiyati o’rnatilgan davlatlarda buncha faktlardan keyin prezident va uning oilasi xibsga olinardi. Biroq bizda hatto rasmiy munosabat ham berisholmaydi. Bunday boshqaruv bilan mamlakat uzoqqa bormaydi.

@UygonTuron

https://youtu.be/PLLy99wiQYk?is=O8D47EDcdYSTdSnC
👍76242🔥2🤔1
Diqqat e’lon!

Soxta ayblovlar bilan qamalgan siyosiy faollarning ehtiyojmand yaqinlari bo’lsa, aloqaga chiqishsa yordam beramiz. Murojaat manzili telegram kanalda ko’rsatilgan.

@UygonTuron
👍79🔥8👏5